tungi.ru

Iffat

Iffat

Do‘stimizning nikoh to‘yi munosabati

bilan uzoq tog‘li qishloqlardan biriga

yo‘l oldik... Borgan kunimizning o‘zida o‘z-

o‘zimizga to‘yni boshlab yuborgan

bo‘lishimizga qaramasdan, baribir

uch-to‘rt kun o‘sha yerda

bo‘lishimizga to‘g‘ri kelardi. Ex… Garchi hamma narsa to‘la-to‘kis,

do‘stlar hammasi jamul-jam, toza

havo, dam olish, hursandchilik avjida

bo‘lishiga qaramasdan, shugina

sanoqli kunlarda sevgilimni juda-juda

sog‘inishimni o‘ylasam yuragim orqaga tortib ketardi... Aksiga olib u yerlarda telefon qurg‘ur

to‘lqinlarni ham ushlamas ekan. Na bir

qo‘ng‘iroq, na ishqdan mastona SMS

lar jo‘nata olmasam… Hech

bo‘lmaganda internet ham ishlamaydi. Sog‘inardim... Sevgilimni kulgularini,

hazillarini, uni juda ham ko‘rgim

kelardi... Sog‘inardim... U bilan qo‘l ushlashib

bog‘ aylanishni, kun botar mahal

anhor bo‘yida yelkasidan quchib,

xuddi sovuqdan bir-birini asrayotgan

musichalardek o‘tirishni sog‘inardim... Uning mayin, nafis sochlarini silagim,

g‘uncha lablaridan qayta-qayta bo‘sa

olgim kelardi... Uni shunchalik sevganimdan, u ham

meni sevishidan shunchalar baxtiyor

edimki; xatto sevgi-sevgi deb,

yoshlik-erkalik deb qilayotgan

sho‘xliklarimizmi, to‘g‘riroq aytganda

bexayoliklarimizmi hech, hech biri hayolimga ham kelmasdi... Toki... Toki, o‘sha to‘y kunida yuz

bergan voqeagacha... To’y tugar mahal, yonimga bir o’rta

yoshli ayol keldi-da, qo’limga bir

tugunchani tutqazib:

– O‘g‘lim shu kampirni uyigacha

kuzatib qo‘ying. O‘zlari narigi

mahallada turadilar, qorong‘uda ko‘zlari o‘tmay, u-bu yerda to‘qishib

yurmasinlar tag‘in. Yosh bolalar

hammasi ko‘chada o‘ynab

yurishibdimi, hech kimni topa

olmadim, dedilar.

Ho‘p bo‘ladi-da, dedim-u qari onaxonni oldilariga borib:

– Buvijon yuring, uyingizga kuzatib

qo‘yaman, dedim.

Ozroq yurganimizdan so‘ng odatiy

past-baland, mayda toshlarga boy

qishloq ko‘chasiga kirdik, shunda men:

– Buvijon, keling qo‘lingizdan

qo‘ltiqlab olaman, deb qo‘llaridan endi

tutaman deganimda:

– To‘xta! Mana yengimdan tut, deb

kampir meni urishdi... O‘shanda shunaqa kulgim keldiki.

Zo‘rg‘a o‘zimni tiyib qoldim. Rostda, u

kishi qari bir kampir, men esa

nevaralari tenggi yigit bo‘lsam... To‘yni ham tugatdik. Uyga qaytaman,

sevgilimni ko‘raman… U bilan oxirgi

kunlarda hech xabarlashmaganimiz

uchun qaytishimni kutilmagan

uchrashuv bilan uyishtirmoqchi edim. Kelishimiz kun botar paytga yaqin

bo‘lgani sababli u yashaydigan joyga

qop-qora tunda yetib bordim. Uning

mahallasi tomonga qayrilishda chiroq

yorug‘lari ostida o‘tirib gaplashish

uchun qulay kichikkina joy bor edi. U bilan bu yerda juda ko‘p marta o‘tirib

gaplashganmiz. Hayolimdan shularni o‘tkazib, o‘sha

tomonga nigohimni burganimda

qulog‘imga tanish kulgu ovozi

eshitildi... Sekin borib qaradim. Ha, afsuski, bu

o‘sha men ko‘rishni orziqib kutgan

sevgilim. Lekin, boshqa bir yigit bilan... Balki, shunchaki tanishi yoki

qarindoshidir, deb o‘ylab, o‘zimga

tasalli berardim-u baribir borib, o‘z

ko‘zlarim bilan ko‘rmaguncha

ishonchim komil bo‘lmasdi. Ular yo‘lga teskari o‘tirishgani uchun

ularga yaqinlashganimni

payqashmadi. Tanish kulgu, tanish

ovozlar, tanish erkalanishlar-u, tanish

sevgi izhorlari... Nahot shu uch kunginada shuncha

o‘zgardimi yoki u doim shunaqa

edimi!? Ko‘zlarim ko‘rmidi!? Qadam tovushimni eshitib ikalasi ham

ortiga o‘girildi. Daxshat...

Hech narsa demadim, indamadim;

alvido iffatsiz sevgilim... Iffat... Shunchalik ham bo‘ladimi

nomussizlik!? Xuddi, avval

bo‘lgandek, avval bormidi shu qizda

o‘sha iffat!? Tog‘li qishloqdagi kampir bilan

bo‘lgan voqeani esladim...

Boshqa hikoyalar