tungi.ru

Gunohko

Mening tug‘ishgandek qadrdon

do‘stim bor edi.

O‘tgan xafta baxtsiz hodisa –

avtohalokatda

to‘satdan vafot etdi. Alloh

gunohlarini kechirsin, rahmatiga

olsin! Lekin uning bir

muammosi hal

bo‘lmay qolib ketdi. Do‘stim

internetni yaxshi

bilardi. Behayo sahifalarni topib,

behayo suratlarni yig‘ishni yaxshi

ko‘rardi. Hatto

o‘ziga veb-sayt ochib,

unga o‘sha suratlarni

joylashtirgandi. Buni qarangki,

u boshqa o‘ziga

o‘xshaganlarga beminnat xizmat

ham tashkil qilgan ekan. Uning

veb-manzili boshqa

bir qator veb-manzillarga a'zo

ekan. O‘sha

manzillar yangi–yangi suratlarni

unga davomli

jo‘natishar ekan. Do‘stimning

manzili esa avtomatik

ravishda u suratlarni o‘z

manzili

a'zolariga jo‘natadi. Qarabsizki son–

sanoqsiz

beminnat gunohlar

oshnam huzuriga yo‘l olmoqda.

Qachon deysizmi?

O‘LIMIDAN KEYIN!

Aksiga olib manzilning sirli kalitini

(parolni) hech

kim bilmaydi.

Janoza boshlanishini kutib

o‘tirarkanman shularni

o‘ylardim. Tobutni ko‘tarib

borarkanman o‘zimdan so‘rardim:

- Qabrga nima olib ketyabdi?

Behayo suratlarnimi?

Qabri tepasiga ham yetib keldik.

Ba'zilar uni qabrga

tushirayotganda, tuproq

tortayotganda ko‘z yosh

to‘kishdi.

– Ko‘z yoshdan nima foyda?

Unga

nima qilib bera

olasizlar? Tirikligida qayda edinglar?

Uni to‘g‘ri yo‘lga

chaqirganmisizlar!? – dea

o‘ylardim.

Nasihat qilganlardan biri men.

Qachon shu mavzuni ochsam:

- Qo‘y oshna, bu shunchaki bir

sho‘xlik. Bilasanku -

yoshmiz. Yoshlik esa – sho‘xlik.

Bir necha yilda

buning hammasi unutiladi. Xozir

boshqa

mavzularda gaplashaylik!

Vafotidan bir ikki kun o‘tib

onasi

telefon qilib qoldi.

– Bolam! Do‘stingdan xavotirdaman.

G‘alati tushlar

ko‘ryabman. Bugun

tushimdamish.. uning qabriga

yosh-yosh yigitchalar ketma–

ket

kelib uning qabriga siyishyabdi.

Qo‘rqib

uyg‘onib ketdim. Ta'biri

nima ekana bilmaysanmi bolam?

– Xavotir olmang onajon,

yaxshilikdir, men ta'bir

bilmayman, birortasidan so‘rab

berarman. Siz

xotirjam bo‘ling!

Bechora onani tinchlantiraman-u

ichimni it

titalaydi. Nima, bilmaymanmi!?

Tush ta'biri aniq. Bu o‘sha mash'um

manzildan surat

kelgan yoshlar

gunoh qilishyabdi. Ularning

ketma-ket kelishi esa

bir-biriga jo‘natganidan. Unga

yana yaxshilik qilish maqsadida veb-

manzilni ijaraga

bergan tashkilotga

bog‘landim. Ma'lumotlarni olishib,

do‘stimning

saytiga yana uch yillik ijara

to‘langani, agar manzilning sirli kaliti

bo‘lmasa

hech narsa

qilolmasliklarini, ijara muddatini

tugashi bilan

manzil o‘z–o‘zidan bekor

bo‘lishini aytishdi. –

Tushunsanglarchi axir, egasi

o‘lgan. U yo‘q!

– Biz boshqa yordam bera

olmaymiz! Yana uch yil!!

Bunisiga nima deysiz!? Yomonlik

kaliti bo‘lmasangchi, nima qilasan

boshqalarga ham

tarqatib! Mana endi nima qiladi?!

Har kuni yangi va

yangi gunohlar.. manzili

a'zolaridan, yana o‘sha a'zolar boshqa

tanishlariga.. ular

ham vahokozo..

uzundan-uzoq zanjirlar. Bu

zanjirlarga ilingan

gunohlar.

Mushfiq Payg‘ambarimiz Muhammad

sollallohu

alayhi va sallam

ogohlantirishlarigaquloq

solmaslikning jazosi bu:

"Kimki bir yomonlikka chaqirsa, u

odamga o‘sha yomonlikka ergashgan

har bir

kishining

yomonligidan to‘la bir ulush

borib

turadi.

Avvalgilarning ulushidan

keyingilarga berilgani

sababli kamaytirilmaydi"!

Do‘stim o‘ldi. Lekin qiyomat

kunida veb-manzilidan

tarqalgan suratlarga tushgan

xar bir nazarga, sabab

bo‘lgan xar bir buzuqlikka, xar

bir

tarqatishga javob

beradi.

Ehe, bu zanjir qachongacha davom

etar ekan?

Alloh o‘zi kechirsin!

(Muallifdan Alloh rozi bo‘lsin)

Bu voqeani har birimiz chuqur

tahlil qilib, o‘zimiz

uchun kerakli xulosalarni

chiqarishimiz zarur.

Ko‘zlarimizni kattaroq

ochishimiz

kerak. Blyutuz,

MMS, internetlar orqali

o`tayotgan suratu

videolar, saytlarga

yozilayotgan behayo hikoyalar

zalolat zanjirirni

tug'diradi. Bilib-bilmay qilingan

gunohlarimizni Yaratguvchi avf

etishini tinmay.

Boshqa hikoyalar