tungi.ru

sevgi degani faqat sex emas. RUXNING SEVGISI

Rustam

Qashqadaryo universitetiga

o’qishga kirgan yili qishloqdan

shaxarga ijaraga uy izlab kelib, bir

qarovsiz qolgan, egasi Rassiyaga

ishlashga ketganligidan, kichkina

xovlisi bor. Xovli o’rtasida bitta tut

daraxti joylashgan, uch xonali uyga

kursdoshi Tursunboy bilan

joylashgan ekan. Uy egasi

ketganiga uch oy bo’libtiki,

xechkim bu uyda turmagan ekan.

Bu uyni qo’shni xovlida turadigan

60 65 yoshdagi kampir orqali bu

yerga joylashishipti, kampir uy

egasini onasi ekan. Shunday qilib,

Tursunboy va uning do’sti

Ravshanni bu uyda turish

shartlarni aytgan kampir ularga uy

xonalarini ko’rsatipdi. Ikki

xonaning eshigini ochib o’sha ikki

xonadan foydalanishni, uchinchi

qulflangan qizil eshikni

ochmaslikni tayinlab, shartlar

qo’yibdida ularni yolg’iz qoldiripdi.

Mana uch kundirki Tursunboy

mazza qilib uxlar ekan, Rustam

bo’lsa qalin kitob olib o’qish bilan

ovora. Shu payt Rustamning ko’zi

toliqipmi, qo’lini stol ustiga qo’yib,

boshini egkancha shkaf tarafga

qarab yotgan ekan, shkafning

tagida qalin chang bosib turgan

kimningdir katta partretiga ko’zi

tushib qoladi. U qiziqib shkaf

tagidagi o’sha bir uchi ko’rinib

turgan partretni sekin o’ziga tortib

oladi, changlarini qoqadi. Partetda

chiroyli taxminan 15 16 yoshlar

atrofidagi qizning rasmi edi. Qiz

judayam chiroyli ediki, uni ko’rgan

har qanday kishi qayta qayta

ko’rgisi kelardi. Rustam ham

suratni ko’rib xuddi oshiq bo’lib

qolgan shaxzodadek cho’ntagidan,

dastro’molini olib, partretni sekin

artdi. U qiz shu qadar go’zal

ekanki, ko’zlari katta katta, xuddi

oxuning ko’zlariga o’xshar, yuzlari

sutga chayilgandek oppoq,

qoshlari ingichka va qora, lablari

esa xuddi ertaklardagi

malikalardek kichik va qalin edi.

Shunday qilib Rustam suratni

changlardan tozlab, chiroyli qilib

devorga, ya’ni o’ziga ko’rinadigan

tarafga ilib qo’yipdi. Keyin takror

va takror suratga qaran so’ng

kitob o’qishni davom ettiripdi…

Oradan bir necha hafta o’tgach

kechasi taxminan soat o’n

yarimlarda Rustam kitob o’qib

o’tirar ekan, hayoliga xuddi yaxshi

narsa kelganday do’sti

Tursunboyni turtib uyg’otadi. U

boshida alaxsirab uyg’onishi qiyin

bo’ladi, so’ng Rustam do’stiga

kampir taqiqlab qo’ygan xonani

ochib ko’rishni aytadi. Tursunboy

ham anchadan beri qiziqib yurgan

ekan. Tezda yuz qo’llarini yuvdi-da,

ikki o’rtoq o’zlari uchun ruxsat

etilgan hona kalitlarini ochish

taqiqlangan qizil eshikning qulfiga

solib ko’rishadi. Xuddi hammasini

o’ylab qo’yilganidek kalit ham qulf

ga tushib taq etib ochiladi. Rustam

eshikni ochmasdan turib men

hozir deya honasiga kiribfonar olib

chiqadida jentelmenlarcha eshikni

ochadi. Eshik ochilmaganiga uch

to’rt yil bo’lgan shekili, eshik

ochilishi bilan tirqichlardan chang

zar kabi to’kiladi, Rustam fonarni

yoqib ichkariga kiradi, fonar

yorug’ida xonani ko’zdan kechirar

ekan, honadagi jihozlar did bilan

joy joyiga qo’yilgan, xona to’rida

deraza joylashgan bo’lib, pardalar

qiya ochib qo’yilgan, deraza yonida

devorga yaqin qilib kravat

joylashgan. Xonaning eshikdan

kiraverish tomonida trimo

joylashgan bo’lib, qizlarning turli

taqinchoqlari-yu bo’yonchiqlari

ko’zguga taqalib taxlab qo’yilgan,

o’sha taqinchoqlar yonida bir dona

tilla uzuk joylashgan bo’lib, to’rt

buklangan qog’ozning ustiga

qo’yilgan, Rustam ularga

tegmasdan shunchaki ko’z

yugurtirib chiqardi yonidagi

do’stiga qarab Tursunboy

ko’ryapsanmi o’rtoq bu xona

menimcha o’sha uy egasini

qizining honasi bo’lsa kerak

xoynaxoy, nima deding?, atrofga

tikilib qararkan, to’g’ri menimcha

ham shunday bo’lsa kerak dedi

Tursunboy. Xona devorlarida o’sha

paytlarda endigina tanilib

kelayotga n qo’shiqchilarning

suratlari ilingandi, o’sha rasmlar

devorning hamma tomonida bor

edi, Tursunboy bu rasmlarni

erinmay tomosha qilib chiqardi,

devorning yana bir burchagida esa

katta kitob javon joylashgan bo’lib,

kitob javonida katta bir qutida qizil

lenta bilan o’ralgan, sovg’aga

o’xshagan narsa turardi. Rustam

sekin javonni ochib, o’sha qutini

oladida eshikdan kiraverishdagi

tryumo ustiga qo’yib ochmoqchi

bo’ladi, shu payti o’zidan o’zi

uyning chiroqlari o’chib, xona

eshigi taq etib yopiladi. Rustam

qo’rqib ketganidan fonarni eshik

tomonga yoqar ekan, xechkim

ko’rinmasdi. Tursunboy ham

qo’rqdi shekilli kim yopdi senmi

dedi Rustamga, Rustam yo’q

eshikni sen yopding deb o’ylabman

deydi, so’ng ular hammasini

shundayligicha qoldirib hona

eshigini ochib tashqariga

chiqishadi. Tezda fonar yorug’ida

xonani qulflaydi. Shu payt yana

chiroq yonadi, so’ng o’zlari uchun

ajratilgan xonaga borib eshik ochib

qarasa, ne ko’z bilan ko’rsinki

o’ktam ilib qo’ygan partret yerga

tushib yotardi. U hayron bo’lib bir

sesgangancha, atrofga razm solib

qaraydi. Xechkim yo’q u chuqur

nafas olib chiqargancha,

hechnarsa bo’lmagandek suratni

oladida, stol yoniga borib kitob

o’qiydi, do’sti Tursunboy esa yotib

uxlaydi. Taxminan kechasi soat o’n

ikkilar… Rustam xali ham kitob

o’qib o’tirardi, Tursunboy bo’lsa

xurrak otgancha uxlab yotibdi.

Xullas shu payt Rustam devordagi

suratga uzoq termulib qaraydida

tabassum qiladi. Shu pay tuning

yelkasiga kimdir qo’lini

qo’yayotganday bo’lganini sezadi,

Rustam xayron bo’lib birdan yon –

atrofiga, ortiga qaraydi, xechkim

yo’q. u qo’rqib ketadi, u balki

menga shunday tuyulayotgandir

deya o’z ishi bilan mashg’ul

bo’ladi. Yo’q, bu hayol emasdi,

xuddi boyagi voqea yana

takrorlanadi. Kimdur Rustamning

bo’ynidan quchoqlaydi. Rustam

qo’rqib hayajonlangancha

Tursunboyni uyg’otadi, do’stiga

uni kimdur quchoqlayotganini,

judayam qo’rqib ketayotganini

aytadi, Tursunboy unga

ishonmasdan, Rustamni urushib

beradida, yana uxlayveradi. Voqea

yana takrorlangach, Rustam

do’stiga yig’lab hayajonlangancha

g’ayratabiiy voqeani aytib beradi,

o’shanda unga Tursunboy yaxshi

gaplar bilan bu voqeani unutishini

aytib tinchlantiradi. Shu tarzda

tong ham otgach, bu kuni ham

huddi o’sha voqea takrorlanadi.

O’ratada Tursunboy uyqusizlikdan

nolirdi. Rustam bo’lsa uni

ishontirish bilan kuni o’tardi. Shu

zaylda oradan 5 kun o’tadi,

oltinchi kuni ertalab Tursunboy

Rustamni olib uy egasining ya’ni

kampirning oldiga olib boradi.

Bo’lgan voqealarni oqizmay

tomizmay kampirga aytib beradi.

Kampir bu gaplarni eshitib,

ulardan rosa jaxli chiqadi: men

senlarga xatto xonani ochmanglar

degan edimku deb urushib beradi.

Boshini egib turgan bollarni

ko’rgan kampir g’amgin ohangda,

o’sha xona to’g’risida so’zlab

beradi. Kampirning aytishicha chet

elga ketga o’g’lining birdan bir hali

voyaga yetmagan qizi bo’lganligini,

nimadir sabab bo’libmi?, yoki

kasallikmi, tug’ilgan kunini katta

bayram qilib nishonlab bergan

kechasi o’sha qiz adashmasam

ismini Parizod degandi, o’sha qiz

o’zini o’sha kecha xovlisidagi katta

tut daraxtiga oshib joniga qasd

qilgan ekan, kampir taqiqlab

qo’ygan xona o’sha qizning xonasi

bo’lib, u vafot etgandan so’ng

onasi qizini unutish uchun, uni

eslamaslik uchun mana uch yildirki

qulflab qo’yilgan ekan. Bu gaplarni

eshitgan Rustam bilan Tursunboy

hayron bo’lib qaraydi. -endi biz

nima qilamiz? Kampir bir oz

o’ylanib turib, bunday g’ayratabiiy

voqealarni eskichasiga o’qib forix

qiladigan bir chol borligini, u

qo’shni mahallada turishini, uning

yoniga o’qitib tashlash kerakligini

aytadi. Shundan keyin kampir

o’sha cholning uyiga bolalar bilan

birga borib bo’lgan voqeani aytib

berishadi. Chol bir kosa suvga

uzoq termulib turib ko’zini

yumadida tasbex sanaydi. So’ng

chol Rustamga qarab o’sha

xonadonda yosh qiz o’z joniga

qasd qilganini, yigitlarning qaysidir

harakatidan ruh bezovta

bo’lganligini, o’sha vafot etgan qiz

Rustamni sevib qolganligini aytadi.

Rustam bu gaplarni eshitib

daxshatga tushadi, u Tursunboyga

qarab, bu uydan ketib, boshqa joy

topishini aytadi. Chol unga uzoq

tikilib qarab buning foydasi yo’q

ekanligini, yigit qayerga bormasin

rug u bilan soyadek ergashishini

aytadi. Rustam ruhdan qutulish

uchun nima qilish kerakligini

so’raganida, chol buning uchun

birgina yo’l borligini, u ham bo’lsa

nikoh o’qitish kerakligini hamda

uch kundan so’ng, yigit o’sha

qizning ruhiga taloq berish

kerakligini aytadi. Rustam boshida

ko’nmaydi, xuddi o’zini jinni

bo’layotganday xis qiladi. Cholning

uzun va ma’noli gaplaridan keyin

bunga ham ko’nadi. Chol

Rustamga nikoh o’qishda, qizning

roziligini bilish uchun o’rtaga

sham qo’yishlarini va o’sha shamni

Rustamning o’zi yoqish kerakligini

aytadi. Agar qiz rozi bo’lsa sham

o’chishi kerak bo’ladi. Cholning

aytishicha Rustam shamni uch

marta yoqishini aytadi. Chol

tahorat olib kelgach, nikoh

o’qishga tushadi. Nikoh o’qib

bo’lgach u Rustamdan qizga

uylanishga roziligini so’raydi,

Rustam uch marta “ha” deb javob

beradi so’ng shamni yoqib qo’yadi.

Chol qizning ruhidan so’raganda

sham har safar o’chardi. Shunday

qilib nikoh o’qib bo’lgach, oradan

uch kun o’tgandan so’ng, Rustam

cholning yoniga kelib, qizning

ruhiga taloq berganini aytadi. Chol

Rustamga qarab o’sha nikohdan

so’ng nima bo’lganini so’raganda,

Rustam hammasi yaxshi meni

hechkim bezovta qilmadi, faqat

ko’p uxladim. Tushimda esa o’sha

suratdagi qiz bilan birga bo’ldik

deb javob beradi. Shundan keyin

Rustamni g’ayratabiiy narsalar

xechqachon bezovta qilmaydigan

bo’libdi.

O‘xshash hikoyalar