tungi.ru

"BeK" dan_Birinchi Muhabbatim...

Uning munis chehrasi ko‘z

oldimga kelganda, o‘zimni

aybdor his qila boshlayman.

Qanchalar yosh, sodda edi u.

Men qanchalik sevardim uni. Shunchalar sevardimki,

shamolni ham ravo ko‘rmasdim.

Ko‘zlari yoshlanishini, ko‘ngli

qayg‘u nimaligini bilishini

istamasdim. Lablarida hamisha

tabassum bo‘lishini xohlardim. Ammo u negadir doim g‘amgin

yurardi. Ko‘zlari ma’yus boqardi

menga. Nega bunchalik tushkun

yurishi sababini

tushunolmasdim. Sababini

so‘raganimda, mahzun jilmayish bilan kifoyalanardi, dardini

aytishni istamasdi sira.

Qanchalik qistamay, tayinli

javob ololmasdim. Bundan ko‘p

siqilardim, lekin unga qattiq

gapirolmasdim. Bir kuni uning kasalxonada

yotganidan xabar topdim-u,

ko‘nglim yomon xijil bo‘ldi.

Yomon hodisa yuz beradigandek

yuragimga g‘ulg‘ula tushdi.

Imkon topishim bilan kasalxonaga yugurib bordim.

Uning ahvoli og‘ir ekan.

Doktorlardan so‘rab-surishtirib

jigar tsirroziga yo‘liqqanini

bildim. Anchadan beri

og‘riyotgan ekan. Shuning uchun tez-tez davolanib

turarkan. Lekin bu davolanishlar

samarali emas ekan...

Palataga kirganimda, rangi-ro‘yi

bir ahvolda yotganini ko‘rib,

yig‘lab yuborishdan o‘zimni zo‘rg‘a tiydim. Meni ko‘rishi

bilan o‘rnidan turishga

chog‘landi.

— Yotaver, yotaver... — yoniga

cho‘kkalab, sochlarini

silarkanman, nima deyarimni bilmasdim.

— Nimaga xafasiz? — so‘radi u

quvnoq ohangda gapirishga

urinib.

— Menga ishonmaganing

uchun... Nega shu paytgacha aytmaganding? — men undan

chindan ham xafa edim.

— Sizga ishonmaganim

uchunmas, xafa qilishni

istamaganim uchun

aytmagandim... — uning ovozi juda past eshitildi. Ko‘zlaridan

duvillab yosh quyildi. — Meni

kechiring...

— Kechirim so‘rama, — o‘zim

ham yig‘lab yuborishga tayyor

edim. Lekin uning yonida kuchliroq bo‘lishim kerakligini

tushunardim. — Seni tushunib

turibman. Shuni deb

tushkunlikka tushishing

yaxshimas. Menga avvalroq

aytishing kerak edi... — Foydasi yo‘q... — u ayanchli

iljaydi. — Avvalroq aytganimda

ham, hech nima o‘zgarmasdi.

Buni hech kim o‘zgartirolmaydi.

— Hamma dardning davosi

bor... — Ajalning davosi yo‘q...

— Bo‘lmag‘ur gaplarni qo‘y! —

baqirib yubordim o‘zimni

tutolmay. — Nega hozirdan

bunchalik tushkunlikka tushib

qolding?! Aytyapman-ku, hamma dardning davosi bo‘ladi.

Faqat astoydil harakat qilish

kerak...

— Oyim bilan adam ko‘p

harakat qilishdi... — uning ko‘z

yoshlari tingan, ammo ko‘zlari juda-juda qayg‘uli edi. — Natija

bo‘lmadi shu paytgacha. Qancha

tabiblarga olib borishdi,

davolatishdi... Ahvolim

yaxshilangandek bo‘ladi-yu,

yana... — Iltimos, unday dema, —

uning gaplariga ishonishni,

haqiqatni tan olishni

istamasdim. — Hali ko‘p

yashaysan, bunga ishonchim

komil. Faqat umidingni uzmasliging kerak. Dardni

bergan Alloh davosini ham

beradi.

— Koshkiydi... — u yana

boyagidek mahzun kulib qo‘ydi.

Shu ma’yus tabassumi yuragimni yomon o‘rtab

yubordi. Hoziroq undan ajralib

qoladigandek qo‘rqib ketdim.

Tanishganimizdan beri ilk bor

jur’at qilib uning lablaridan

o‘pdim. U qarshilik qilmadi... O‘shanda bu bo‘sa birinchisi va

oxirgisi bo‘lib qolishini

o‘ylamagandim...

Uning ahvoli yaxshilanganday

bo‘ldi. Lekin bu holat uzoqqa

cho‘zilmadi. Bir haftadan so‘ng yana kasalxonaga yotqizishdi.

Bu safar o‘zim ham umidsizlikka

tushdim. Uning ahvoli juda og‘ir

edi. Erta-indin o‘lishiga shubha

qilmasdi. Gap-so‘zlaridan ham

umidsizlik hidi kelardi. Eng yomoni, men unga qanday

dalda berishni, nima deb

umidlantirishni bilmasdim.

Hamisha burro tilim taskin bera

oladigan so‘z topishga kelganda

ojizlik qilardi... Yana ikki hafta o‘tdi. Uning

ahvoli yaxshilanmadi. Kundan-

kun so‘lib boraverdi. Buni ko‘rish

menga og‘ir edi. Qo‘limdan hech

nima kelmasligini o‘ylab, ich-

etimni yerdim. Ammo... Uning o‘lganini eshitganimda,

dunyo ko‘zimga qorong‘i

ko‘rinib ketdi. Yashagim kelmay

qoldi. O‘sha paytda o‘lishga ham

tayyor edim. Usiz yashay

olishimga ishonmasdim... Yillar o‘tdi. Ayriliq azobi hozir

o‘sha kungiday emas, ammo uni

eslaganimda, o‘zimni aybdorday

sezaman. Uning o‘limida

mening ham aybim borday

tuyiladi...

Boshqa hikoyalar