tungi.ru

Sevgi

Uylanaman degach yigit b-n

arazlashib qolgan qiz xomush

uyiga kirib kelar ekan, darvoza

qarshisida turgan mashinaga

va

mashina ichida unga qarab turgan begona yigitga e'tibor

qilmadi. Tez-tez yurib öz

xonasiga kirib ketdi. Kravatiga

ötirdiyu, közlaridan

tomchilayotgan yoshni sidirib

tashladi. Qöliga tel ini oldi. Undagi yigitning jilmayib

tushgan suratiga bir zum

termulib qoldi. Keyin unga sms

yubordi: "Uni sevasizmi?" Yigit:

"Ha" Qiz: "U chiroylimi?" Yigit:

"Juda ham" Qiz: "U sizga shunchalik azizmi?" Yigit:

"Jonimdek" Qiz: "U kim? Ismi

nima?" Yigitdan sms kelmadi.

Uzoq vaqt kutib, yuragi qon

bölib ketgan qiz eshik

ochilganida chöchib tushdi va qölidan tel i tushib ketdi.

Qizning

onasi ekan. Sekin kelib

qizining

yoniga ötirdi va gap boshladi:

"Qizim haligi kungi sovchilar yana kelibdi. Adang özidan

söra

dedilar. Bizaga u yigit ma'qul

böldi. Öqiganakan, oilasi ham

yaxshi. Suriwtirdik, hamma

maqtadi. Nima deysan a?" Qiz javob berish örniga yig'lab

yubordi. Ayni damda u

yigitning

uylanyapman deganini öylardi.

Ona qizini yupatdi: "Qiz

bolaning taqdiri bu, köngil qöyganing

bölsa ayt. Bölmasa, sovchilar

kutib turibdi. Manga qolsa

shulaga xöp deyaqol!" Ona

gapirgan sari qiz tinmasdan

yig'lardi. U köngil qöygani uylanyotganligini qanday qilib

aytish mumkinligini bilmasdi.

"Nega indamaysan axir? Bir

nima

desangchi!" Qiz birdan

yig'lashdan töxtadi: "Öziz bilasiz..." "Nima?" Qiz: "...siz

nima

desaiz shu"... Qiz onasi chiqib

ketgach yengil tortdi. U

yuragida

qasd oldim deb özini yupatardi. "Buni men emas, siz xohladiz",-

öylardi u. Qiz deraza pardasi

chetini tortib sovchilarning

xursand holda ketishlarini

tomosha qilib turdi. Keyin

kravatiga qaytib kelib ötirdi. Shu

onda uning hayolini sms ovozi

böldi. Yigitdan sms kelgandi:

"Ösha juda chiroyli, men

jonimdek sevadigan, men

uylanishim mumkin bölgan yagona qiz SENSAN. Seni

sevaman!" Qiz sms ni 2 marta

qayta öqib chiqdi. Endi uning

köz

yoshlarini hech nima töxtata

olmasdi . .

Boshqa hikoyalar