tungi.ru

keli

Hay-hay, uyat, jon o'lan, Kelin

keldi, yo'lni och, Ne ko'z bilan

ko'rayki, Kelin yarim yalang'och.

Sharqning qizi bo'lganda, Bo'lib

sharmu hayosi, Bunchalar ochiq-

sochiq, Bo'lmas edi libosi. - Kelin

qaydan? - so'radim Bitta kelin-

oyidan, Kesatdi: - Shu qishloqning

"Parij" degan joyidan. - Yo, tavba!

O'zimizning Qizimizmi bu hali?

Otabeklar, Kumushlar Kiygan

liboslar qani? Ko'ylagi uzuq-yuliq,

Yelkalari yap- yalang, Voy-o'lay!

Qo'ltiqlari Ko'rinyaptiku, qarang.

Ayol kishi bo'lsam ham, Junjikib

ketti etim, Ko'krak yarim ochilib,

Bo'b turibdi bir yutum. Bu libosda

qizlarni, Ko'rgandim kinolarda,

Bo'lar edi g'arbdagi Ko'ngilochar

joylarda. Yozilardi u joylar

Eshigiga hammasin: "O'n oltiga

to'lmagan Bolakaylar kirmasin".

Yopiqqina bo'lmasmi Axir,

"siyna", degan joy Hamma ko'rdi,

kuyovga Nima qoldi endi, voy?!

Yirtilib ketganmikin, Yoki ochgan

jo'rtaga? Qaynotasi uyalib Chiqib

ketti ko'chaga. O'g'lin so'kar

ichida, Qanday bo'g'ilmay tursin:

"Uni - u, buni - bu", deb Topgan

xotinig qursin. Badaniga qarasam,

Oriyatdan qaqshayman, Xotinlar

xammomida O'tirganga

o'xshayman. Qaynona: "Yelkasini

Yoping!" deb imlayapti, Yanga

der: "Yopay desam, Kelin

unamayapti". Qaynonasi garg'azab,

Ichida der: "To'y o'tsin, Kuningni

ko'rsataman, Qiz bo'lmay beting

qursin!" Ro'molin uchin bilan,

Bekitvolib og'zini, Kampirsholar

uyalib Chetga olar o'zini.

Namoyishga ochilgan, Bo'yin,

qo'ltiq, yanoqlar, Ko'zi bilan "yeb

qo'ysam", Deb turipti bo'ydoqlar.

Qanday chidab tiripti, Kuyov

munchalar royish, Kelinnnig

ziynatlarin Qilib qo'yib namoyish.

Kuyovga qaradimu, Orim keldi,

bo'ldim lol, O'tiribdilar "okam"

Tirjayvolib bemalol. Shom bo'ldi,

tugadi to'y, Karnayning o'chdi uni,

Tamom bo''ldi, ming shukr,

"Ochiq yelkalar kuni". Hayratda

qolaman söng. Tonga turib kelini

eltiwadi hijobda? Bu nimasi axir?

Kechda töyda xalq oldiga kelini

chiqazib yalang'och. Tongda eltar

hijobda, yuzlari yopiq..hechkim

kormasin deya. ?

Boshqa hikoyalar