tungi.ru

ona

Qorong'uda

paypaslab telefonimni topdim.

Qatorasiga beshta SMS turardi.

Shoshib, ochib o'qiy

boshladim. Ikkitasi SIM-

kartaning kompaniyasidan

ekan, o'qimasdan

keyingilariga o'tdim.

"Bolamga kun bermayotgan

ekansan. Seni Xudoga

soldim...” Xatning davomi

qarg'ishga to'la edi. Yuragim

siqilib telefonni o'chirdim,

qolgan ikkita SMSni o'qishni

istamadim. "Men bu ayolga

nima qildim?” degan savol

yuragimni o'rtay boshladi. Jahl

ustida unga javob yozmoqchi

bo'ldimu, lekin erimning

"og'irroq bo'l” degan gapi

esimga tushib, alamimni

ichimga yutdim. O'rnimdan

turib tinchlantiruvchi dori

ichib, uxlashga harakat qildim.

Bo'lmadi. Tonggacha kiprik

qoqmadim. Ertalab ishdan

kelgan erim kayfiyatim

yomonligini sezib

"tinchlikmi?” debso'radi.

Indamay unga telefonni

uzatdim. O'qimasdan nima

gapligini tushungan erim, uf

tortib telefonni kresloga

tashladi.

— Senga necha marta

aytganman, uning gaplariga

e'tibor berma, deb... Bolalar

qani?

— Ovqatlanishyapti.

— Bog'chaga qo'yib kel, keyin

gaplashamiz.

Kechgacha bu mavzuda

gaplasha olmadik. Erim

"smenad”dan charchadim deb

o'zini uxlaganga solib yotib

olgani uchun men ham

indamadim. Bog'chadan

kelgandan buyon injiqlik qilib

turgan Boburning orqasiga bir

tarsaki tushurgach, chidab

turolmadim. Bolani qo'lidan

tortib oldim. Ko'zidan miltillab

oqayotgan yoshlarni mitti

kaftlari bilan artayotgan Bobur

va akasining kaltak yeganidan

qo'rqib joyida qotib qolgan

Lobarni qo'lidan tutib,

xonasiga yetakladim.

Bolalarni uxlatib kelganimda

ham erim joyidan jilmagandi.

Xona tutunga to'lib

ketganidan nafas olib

bo'lmasdi.

— Balki. Boburjonni bir-ikki

haftaga uning yoniga

yuborarmiz... — dedim qo'rqa-

pisa.

— Nima?! Oxiri ichingdagini

aytding-a! Qutulolmay

yurganingni biluvdim!

— O'ylab gapiryapsizmi... Axir

uni o'z bolamdek...

— Yolg'on! Bilasanmi, seni

Loladan farqing nimada?! U

qanday bo'lsa, shundayligicha

ko'rinadi. Sen esa

ikkiyuzlamachisan! U bizni

yomon ko'rishini yashirib

o'tirmaydi, sen esa o'zingni

Boburni yaxshi ko'rgan qilib

ko'rsatasanu, lekin ichingda

o'gaylik qilasan!

Oyog'imning uchigacha

muzlabketdim. Men nima

dardda gapiryapmanu, unima

deyapti. Alam qilganidan tilim

tutilib qoldi. Erim "bolamga

o'gaylik qilmayapsanmi?” deb

hazil-chin aralash bir-ikki

marta gapirgan, bu gapga

unchalik xafa bo'lmaganman.

Hamma ham bolasi uchun

xavotirlanadi-da, bir kun kelib

tushunib qolar, debo'zimni

ovutardim. Lekin bugun meni

Lolaga tenglashtirgani,

shuncha yillik mehnatim,

bardoshim evaziga"usendan

yaxshiroq” degani yuragimga

tig'dek botdi.

— Nima?! M-meni kimga

tenglashtirayotganingizni

bilasizmi? Axir... — xo'rligim

kelganidan erimning yuziga

ham qaragim kelmay, eshikni

taraqlatib yopib chiqib ketdim.

Bolalarning xonasiga kirib

ham tinchlana olmadim. Nima

qilishni bilmay uyoqdan-bu

yoqqa borib kelaboshladim.

Shayton "qizingni ol-da, chiqib

ket, o'g'li bilan bilganini

qilsin” debko'tara boshladi.

Darrov bu xayollarni

miyamdan haydadim. Boburni

o'zim katta qilganman, qanday

qilibuni tashlab ketaman.

Yig'lay-yig'lay bolalarning

yonida uxlabqolibman,

ko'zimni ochsam, erim

ustimga ko'rpa yopib ketibdi.

Shuncha gapni eshitib, hech

nima bo'lmagandek yura

olmasdim. Lekin bolaga jabr

qilish ham qo'limdan

kelmasdi.

— Zaxro.. kechir, jahlustida

gapirib yubordim.

Indamadim.

— Nima qilay, bolani unga

bergim kelmaydi-da... Lekin

qaytarib berishga majburman

shekilli...

Qo'rqib ketdim.

— Esingizni yedingizmi? Nega

bunday deyapsiz?Men faqat

bolasini sog'ingan bo'lsa,

ko'rsin demoqchiydim...

— Boshqa ilojim yo'q... Bunday

yashab bo'lmaydi. U ham ona-

ku, o'z bolasiga yomonlik

qilmas. Shunday qilsam, balki

tinch qo'yar, biz ham odamdek

yasharmiz...

Ovozititrab ketganidan bu

gaplarni aytish unga qanchalik

qiyinligini tushunib turardim.

— Yo'q, unday qilmang,

iltimos. Nahotki

tushunmayapsiz, axir uning

maqsadi ham shu! Bizni

urushtirib qo'yib, bolani olib

ketmoqchi.

— Hozircha bu gapni hech

kimga aytmay tur, men

yaxshilab o'ylab olay, keyin bir

qarorga kelaman.

Nima qilishni bilmay ich-

etimni yeyaboshladim. Bu

gapni eshitganimdan keyin

kecha eshitgan haqoratim

ham esimdan chiqib ketdi.

Erim bolalarni bog'chaga olib

ketgach, shoshib qaynonamga

telefon qildim.

— Voy, o'lsin, umenga ham

telefon qilgandi, sizlarga

aytmay turuvdim... Ering

bekorini aytibdi, Lolaga

beradigan nabiram yo'q! U

haqida eshitgan gaplarni

aytsam, tepa soching tikka

bo'ladi. Kuni-kecha qo'shnim

keldi, o'sha shahardagi

mehmonxonalardan birida

oshpaz bo'lib ishlarkan.

"Keliningizni ko'rsangiz

tanimaysiz, sochining yarmini

qirdirib olib tashlagan,

orqasida to'rtta kokil

qoldirgan. Qopa-qora shim va

kurtkalar kiyib, allaqanday

temir-tersaklarni taqib yuradi.

Ishonsangiz, uning turqidan ot

hurkadi. Meni tanisa ham

tanimaganga olib o'tib ketadi.

Ko'rinishimni o'zgartirsam,

hamshaharlarim tanimaydi

debo'ylasa kerak-da. Bir ishlar

qilibyuribdiki, aytishga tilim

bormaydi” dedi. "U mening

kelinimmas, o'g'lim

ajrashganiga besh yil

bo'lyapti, bilganini qilib

yuraversin, menga nima

dedim”. To'g'risi-da, hozirgi

zamonda chet elda

ishlaydigan yoki o'qiydigan

odam bitta umi?Hammaning

ham ortidan bunaqa gap

eshitmaymiz-ku. Odamning

o'ziga bog'liq hammasi, deb

qo'shnimni koyib berdim. Bir

yoshga to'lmagan bolasini

tashlab, "men

boyvuchchalardek yashashni

istayman” debketvorgan

ayoldan nimani ham kutish

mumkin. Menga desa, o'lib

ketsin...

— Qo'ying, oyi, qarg'amang.

Men uni o'ylamayapman, o'zi

shu ahvolda yashasa, Boburga

qanday qaraydi?.. O'g'lingizni

bir amallabbu fikrdan

qaytaraylik.

Kun bo'yi shu xayol bilan

yurdim. Bog'chadan bolalarni

olib kelish uchun

otlanayotganimda Boburning

tarbiyachisi telefon qilibqoldi.

Xavotirlanib go'shakni oldim.

— Zaxro opa, tezkelmasangiz

bo'lmaydi, bir ayol kelib "men

Boburni onasiman” debjanjal

qilibyotibdi. Qanday qilib

bog'chaga yetib borganimni

bilmayman.

Bog'cha mudirasi va

tarbiyachilar qurshovida

shang'illayotgan bir ayol

tarbiyachilarning ortidan

menga o'girildi.

— Boburjon qani? — dedim

hech kimga e'tibor bermay.

— Yotoqxonaga kirib

yashirinib olgan, — aybdorona

yerga qaradi tarbiyachi.

Otilib bolalar uxlaydigan

xonaga kirdim. Lolaning

yonidan o'ta turib, uning usti-

boshiga nazar soldim.

Qaynonam ta'riflaganidek otni

hurkitadigan darajada

kiyinmagan, boshida shapkasi

bo'lgani uchun soch turmagi

ko'rinmasdi. "O'zini sipo

ko'rsatmoqchi bo'libdi-da”

degan xayol o'tdi miyamdan...

Bolaginam eng chekkadagi

karavotda yig'lab o'tirardi.

Eshik ochilganidan cho'chib

tushib qo'rquv to'la ko'zlari

bilan menga qaradiyu, baqirib

yig'lab yubordi. Keyin quchoq

ochgancha menga otildi. Shu

lahza haqqi, bolaginam

mendan madad kutgandek

ikki qo'lini cho'zgancha

yugurib kelayotgan lahza

haqqi, ikki dunyoda ham

bolani unga bermayman deb

qasam ichdim! Bag'rimga

otilgan bolaginamning yurak

urishi eshitilib turardi. "Bolani

qo'rqitibdi” debo'yladim va

ovutish uchun uning

ko'zlaridan o'pa boshladim.

Shu payt tarbiyachi hech

gapdan xabari yo'q qizimni

ham yetaklab keldi.

— Zaxro opa, boshqa eshikdan

chiqing, anovi ayol shallaqilik

qilibyotibdi...

— Yo'q, to'g'ri yo'ldan

chiqaman, — dedim va

o'g'limni ko'tarib, qizimni

qo'lidan tutdim. Bu jur'at

menda qaerdan paydo bo'ldi

bilmayman, ayollar yig'ilib

turgan bog'cha hovlisiga

chiqdim. Ayolgako'zi tushgan

Boburjon yuzini bo'ynimga

yashirdi.

Hamma menga qarab turardi.

To'g'ri ayolning yoniga bordim

va boshimni baland ko'tarib:

— Qancha gapingiz bo'lsa,

erim bilan gaplashing! Agar

yana bolalarimni qo'rqitadigan

bo'lsangiz, militsiya

chaqirishadi! — dedim

e'tirozga o'rin qoldirmaydigan

ohangda va yo'limda davom

etdim.

Ayol miq etmadi. Bog'chadan

chiqqanimdan keyin esa

qo'rqqanimdan oyog'im

qaltirab ketdi.

Erim va sobiq xotini o'rtasidagi

tortishuv anchagacha davom

etdi. Men bu ishlarga umuman

aralashmadim, bolalarimni

ham aralashtirmadim!

Lolaning qilmishlari isbotlanib,

onalik huquqidan mahrum

etilgach, uyana kelgan joyiga

qaytib ketadigan bo'ldi.

Bu xabarni eshitib, endi tinch

yashasak kerak, deb yengil tin

olganimda telefonimga

begona raqamlardan SMS

keldi. "Bolamni o'z bolangdek

ko'rishingga ishontirganing

uchun ham rahmat. Bolamni

senga, seni Xudoga

topshirdim” deb yozilgandi

xatda. Shu damda ayolga

emas, onaga achinib yig'lab

yubordim.

bu hikoya ko'chirilga

Boshqa hikoyalar