tungi.ru

"QURBON HAYIT" muborak azizlar...!

Assalomu Alaykum barcha Musulmon ahli!

Barcha yaqinlarim va o'zim nomimdan siz azizlarni, ushbu Musulmon ahlining Ulug' ayyomi bo'lmish kirib kelayotgan Muborak QURBON HAYITI bilan chin dildan qutlab qolaman!

* * *

Dunyoda bayramlar to'lib yotibdi,

Ularning asli cho'pchak yo ertak.

Bugun hatto quyosh go'zal otibdi

Qurbon Hayit barcha musulmonlarga bo'lsin muborak!

Gullar bilan to'lib toshganda saxro,

Cho'lda gullagan eng go'zal chechak

Iymon lazzatidan olingiz bahra

Qurbon Hayit barcha musulmonlarga bo'lsin muborak!

Shafaqning qo'yniga yashiringan oq

Go'zal tong otdi deb bergandek darak

Buyuk e'tiqodni ramzi o'laroq

Qurbon Hayit barcha musulmonlarga bo'lsin muborak!

Dunyoda muhabbatin o'ziga jo aylagan

Oyning yuzin yopar ehtimol etak

Rasululloh sevib bayram aylagan

Qurbon Hayit barcha musulmonlarga bo'lsin muborak!

Kufru, shirk, ma'siyat, bo'xtonu g'iybat

Islomsiz yo'lkaga sochganda pechak

Mo'min birodarim tilagim faqat

Qurbon Hayit barcha musulmonlarga bo'lsin muborak!!!

* * *

Olamlarning Robbisi bo'lgan Parvardigorimiz barchamizni ushbu qilayotgan va qilingan ibodatlarimizni o`z dargohida qabul va maqbul aylab, duolarimizni mustajob qilsin! Ushbu Ulug` kunlarda nimain-ki yaxshi va holisona niyat qilgan bo`lsangiz, barchasi ro`yobga chiqishini yaratgan Tangrimizdan so'rab qolamiz! OMIYN!

Bir-birlaringizni shunday ulug' Bayram bilan tabriklab, bir-birlarimizni dillarimizni og'ritmasdan, oralar buzilgan bo'lsa o'zaro oralardagi munosabatlarni iliqlashtirib, qalblarni yaqinlashtirib, kechirimli bo'lib hamda zakotlarni berib, "DUO"da bo'lishingizni istar edik

Yana shunday Ulug' kunlarda siz Azizlar bilan birga bo'lishlikni ALLOH ta'alo nasibu-ro'zi aylasin!

YANA BIR-BORA AYYOM MUBORAK!!!

Муаллиф:StarSARDOR(САРДОР АБДРАИМОВ).

Boshqa hikoyalar