tungi.ru

"BeK" dan -"SIRLI TAXLIKA"- (sirli sarguzasht detektiv)

Xammasi bowidan juda g'alati

bowlandi . Ajabtovur ob xavo

ertalabdan xammani xayratga solardi.

Osmon qovog'i soliq ammo oftob xam

charaqlab turar xavoda yomg'ir xidi

kelardi. Yotoqxonada tong otdi. Talabalar shanba kuni ta'til arafasidan

foydalanib o'z safar xaltalarini joylardi.

Ular baland tog'lar tarafga

Qo'rg'oshintepa daralariga sayoxatga

chiqishardi. Yasmina esa issiq

tuwakdan turgisi kelmas. Yana biroz mizg'ib olgisi kelardi.

-Yasmina. Tursangchi? Biz bir soatdan

sung yulga tuwamiz. Xamma

tayyorgarlik kurayabdi. Ammo

Yasmina aslo urnidan turay demas,

usha makonga usha guzal sayohatga negadir oyog'i tortmasdi. U erinib

dugonasi Leylaga qaradi- Men

bormeman. -Nega? Xamma taxtku?-

jaxli chiqdi Leylani- Xatto Kemran xam

sen uchun o'zining Jipida chiqmoqda.

Yana bitta Gazel(mashrutka- miniavtobus) xam turibdi pastda.

Bitiruvchi Ikkiita kurs talabalar yozgi

tatil oldidan bir sayoxatga chiqishga

qaror qilishgandi. Yasmina nedandir

xavotir olib yulga chiqqisi kelmasada

ammo sevgilisi Kemran va dugonasi Leyla sabab yulga chiqdi.

Nonushtani tog' yonbag'ridagi sokin

bodomzor ichidagi owxonada

qiladigan bulishdi. 21ta yow yigit qiz

yulga tuwiwdi. Kemran o'z Jipida rulda

yonida dusti Damir orqada esa Yasmina Leyla va Damirni sevgilisi Ashk

ismli 3-kursdagi talaba qiz xam

ketardi.

Baland musiqa ostida yowlar

Qo'rg'oshintepa tarafga yaqinlashib

yalpizzorlar dalasidan oshib o'tkanda oftob tepaga tik kela bowladi.

Bodomzordagi owxonada mazzali

wurvani ichiwgach toqqa eltuvchi

tikka yu'lga kutarilishga xarakat

qildilar. Taxminan bir chaqirimdan

sung tog' sharsharasi yonidagi so'lim dalaxovliga joylashdilar. Yigitlar og'ir

narsalarni qizlarga tuwirib yordam

berishdiyu sungra xammasi chumilish

uchun sharshara wovullayotgan

daryochaga yugurib ketishdi. O'nta qiz

dalaxovlida qoldi. Leyla qizlarni taom tayyorlashga unashgan pallada

ichishga suv keltirish uchun chelakni

olib pastga o'tloqzor oralab yigitlarni

shovqin suronni eshitilayotgan suv

buyiga yaqinlashdi. Elas elasdan

pastda yigitlarning suvning shaloplashi eshitilardi

Leyla shoshib chelakni buloq yoniga

keltirdida suv ola bowladi. Shu payt

yonginasida yarim yalang'och O'zgan

ismli parallel guruhdagi yigitni ko'rdi.

-Yigitlarni yashirincha kuzatish uyat!- deb kuldi u.

Leylani jaxli chiqdi

-Sen meni kim deb uylading? Naxotki

buzuq qizga uxshasam?

O'zgan uch yildan beri Leylaga gap otib

yurar ammo qiz uni yoqtirmas, qizga uni guruhidan Kenan ismli aqlli

uqimishli yigit yoqardi. Ammo Kenani

xayoli faqat uqishda. Qizning sirli

nigohlaridagi sevgini sezmasdi.

Xozir xam O'zganni shilqimligidan

g'azablanib nafrat aralash nari keta boshladi.

-Meni tinch qo'y!- dedi Leyla va ketib

qoldi. O'zgan uni orqasidan baqirdi

-Baribir sen meniki bo'lasan!

Leyla shoshganidan boya kelgan

yo'lidan adashib boshqa so'qmoqdan yura boshladi. Ancha yurdi ammo u

dala xovli uychasi qarshisidan

chiqmadi. Umuman uzun va olis

so'qmoqchadan ketib borardi.

Leyla endi qurqa boshladi. Quyosh

bota boshladi. Atrof xali xam yorug' edi. Ammo vaximali va g'aliz daxshati

ichida qolgandi. Leyla charchab bir

daraxt oldiga keldi va suyandi. -Endi

nima qilaman?- yiglashga tuwdi qiz-

Kim bor?! Kim bor?! - deya baqirdi u.

Atrof butkul sukunat ichida edi. Uzoqda suvning sekin sharillashi

eshitildi va qiz usha yoqqa keta

bowladi.

Ammo yul juda uzun va qiyshiq edi. Bir

ikki marta yiqilib tuwib oyog'ini xam

g'urra qildi. Yig'lagancha suv shildirashi tarafga yurdi va umuman

boshqa daryo buyidan chiqib qoldi. Bu

yer umaman bowqa joy edi. Xademay

qow qorayadi. Ana ushanda Leyla

butkul ulkan urmonda yolg'iz bir uzi

ekanini tuwunib yetdi. Leylaning sillasi qurib o'rmonda yurarkan ertagacha

qanday bo'lmasin usha uychaga yetib

olishni uylardi . Shu payt ortidan

shitirlagan qadam tovushi eshitildi va

bu O'zgan bo'lsa kerak deb baribir

xursand bulib ortiga ugurildi va daxshatdan qichiqirib yubordi.

U yerda kulrang kukatlar usib yotgan

utloq so'qmoqda eski yirtiq juldur

kiyimlarga burkangan eski junli bow

kiyim kiygan basharasi chutir juda

xunuk bir odam turardi odamni bir qo'li xaddan tashqari uzun edi. Va

barmog'i urnida yaltirayotgan

kumushrang tig'li o'tkir pichoq yo

nayzaga uxshardi.

Leyla daxshatdan qichqirib yubordi va

shoshib daryo yoqalab yugura boshladi.

Ortidan kimdir og'ir og'ir nafas olib

chopib kelardi ammo qiz chopishdan

tuxtamasdi. Guyo tuxtasa ulishini xis

qilardi. Ammo bir nima buldi-mi atrof

tinchidi. Va sokin musiqa va qaxqaxa tovushi yangradi.

Daryoning pastlik qismida shundoq

narida uz kursdishlari joylashgan

dalaxovli uychasi va Kemranni Jipi va

Gazel turardi. Yowlar gulxan arofida

quvnab kulib yayrashardi. Xavoda kabob xidi taralardi. Ana Yasmina

guwt qovurayabdi . Nejatbey gitara

chalib quwiq aytayabdi . Sal narida

qolgan kursdowlari tuplanib turishardi

shirin romantik suxbatlar bo'lmoqda.

Leyla baxtdan masrur buldi. Xozir shundoq ozgina yugurib borsa buldi.

Jonajon do'stlarini bag'rida bo'ladi.

Ammo bir qadam qo'ygan edi xam

ortidan xurillagan ovoz eshitilib katta

jirkanch qo'l uning og'zini yopdi va

ortidan qattiq quchoqlab sudragancha daraxtzor butazor orasiga sudrab

ketdi. Leyla chiyillab big'illab ukirar

ammo tovushi chiqmasdi. Qorong'ulik

orasida kursdosh do'stlarini elas elas

aks sadolarini oxirgi marta eshitib

turardi. Va nihoyat qop qora o'rmon

changalzorlari oralab sudralgancha

yurishgach qizni vaxshiy qo'llar qattiq

bo'g'a bowladi va yaraq etgan utkir

tig' Leylaning kuksiga sanchildi. Va

atrofga qip qizil qon sachradi. Sirli kulrang kulanka qonni oqizib

turdida sungra guwtlarni nimtalab

tashladi va qizning jasadini maydalab

qorong'ulik aro singib ketdi...

(davomi bor)... Agar xoxiwla b6sa albatta cqadi...

Boshqa hikoyalar