tungi.ru

YOMGIR!!

Yomg'irning

shitirlab yog'ishidan uyg'onib ketdim. Deraza yoniga keldimda, yana o'sha

kunlarni eslay boshladim. Bundan 5 yil

oldin moviy közli, chiroyligina

qizaloq edim. Qayg'u nimaligini

bilmasdim. O'sha kechasi sochlarimni

tuni bilan jingalak qilib chiqdim. Chunki ertaga dugonamni tug'ilgan kuni edi.

Dars tugagach kafeda o'tirmoqchiydik.

Sochimni jingalak qilib turmaklashni

yoqtirardim. Ertalab uyg'onganimda

jahim chiqib ketdi: "Obbo

yomg'ir yog'ayapti, sochlarim turmagi buzulib ketadiku!" Keyin darsga kech

qolayotganim yodimga tushib qoldi.

Shosha-pisha kiyindim, baland

poshnali tufligimni kiydim-u liftni

chaqirdim. Obbo, lift ishlamayaptiku. 7-

etajdan taqillab tusha boshladim. Ko'chaga chiqqach sumkamni

ochdim. Uff, soyabonim ham qolib

ketibdiku. 7-etajga yana qayta chiqishni

öylasam yuragim orqaga tortdi. Nima

qilishga boshim qotib turganda

tog'rimdagi qip-qizil soyabon hayolimni böldi. Bir yigit qip- qizil soyabon tutib

shosha-pisha ötib ketardi. Ichimda

tovba, yigitlar ham qizil

soyabontutarkanmi deya hayron

qoldimu ortidan tezda yugurib

yetvoldim. -Iltimos yo'lni boshigacha siz bilan borib olay, soyabonm uyda

qolibdi. 7- etajga chiqishga erindim

dedim. U bo'lsa g'alati qo'pollik bilan

mayli dedi. Uning qilgan qo'polligiga

yana jahlim chiqdi. Bugun qanaqa

kun bo'ldi o'zi, ertalabdan dilxiralik. Yigitning yonida jim ketarkanman,

qiziquvchanlik kasalim xuruj qilib qoldi:

- Nega qip-qizil soyabon tutib oldiz,-

deb söradim. U bo'lsa: -Shuning uchun

ham ertalabdan asabim tarang, kichkina

singlim bor. Maktabiga soyabonimni olib ketibdiyu, menga jajji maktubcha bilan

shu soyabonni tashlab ketibdi,- dedi.

Qiziqib maktubchada nima yozilgan

ekan deb söradim. - Kechqurun menga

shirinlik olib kelmaganiz uchun jazo

sifatida soyabonigizni olib ketdim, o'zimnikini qoldirdim. Agar yana

shirinlik olib kelmasaiz, ertaga

telefonizni bekitib ketaman deb yozibdi.

Kulib yubordim, singliz judayam sho'x

ekan dedim. U ham jilmaydi. Shunda

uning yuziga boqdim-u yuragim jizillab ketdi. U juda yoqimtoy edi. Shu payt

uning telefoni jiringlay boshladi. Qizig'i

aynan mening

telefonimga qo'yilgan musiqa edi.

Kimdir bilan gaplashdida shoshgancha

qo'limga soyaboni tutqazdi: - Kechasi bilan sochingizni jingalak

qilib chiqgandiz. Yomg'ir yuvib

ketmasin,- jilmaygancha shoshib

yugurib ketib qoldi. Ortidan esa hayron

bo'lgancha qolaverdim. "Nima? Kechasi

bilan dedimi? U qayerdan bila qoldi?" Shu kundan boshlab u hayolimdan

ketmay qoldi. Uni qaysi uyda turishini

derazamdan qidira boshladim. Aniqki u

meni kuzatadi, demak menga

befarq emas. Yuragim quvonib ketardi

uni o'ylasam. Shu kundan boshlab uning qip- qizil soyabonini yonimda olib

yuradigan böldim. Bir kuni uni egasiga

qaytib berishni xohlardim. Har lahza

uni qidirardim. Bir kuni har doimgidek

o'qishdan qaytayotsam, uyim oldida bir

yigit turardi. Yuragim tez ura boshladi. Chunki bu o'sha yigit edi. Yoniga

nimagadir uyalib yaqinlashdim. Bir-

birimizga qarab soyabon degan so'zni

birga aytib yubordik. Keyin yana birga

kulib yubordik. So'ng sumkamni

ochdimda, soyabonni qo'liga tutqazdim. Rahmat aytdim. U bo'lsa,

iltimos telefoniz berib turing dedi. Nima

uchun so'rayotganini bilsam ham

berdim. Kimgadir qo'ng'iroq qildida,

tezda qaytarib berdi. So'ng xayrlashdik.

Uyga chiqdimda qo'ng'iroq qilishini intizorlik bilan kuta boshladim.

Sms habar keldi: "Salom men bir

bemorman, menga sizni bo'lajak doktor

deb aytishdi. Yordamingiz kerak".

Smsni o'qib quvonib ketdim, bilardim bu

o'sha yigit edi. So'ng javob yozdim: "Qanaqa og'ir dard ekanki, bölajak

doktor yordam berishi shart bölsa?",-

javob yozdim. So'ng u: "Qanaqa

dardligini bilmayman, lekin na uxlagani

qöyadi, na uxlamaslikka. Na ishlagani

qöyadi, na ishlamaslikka. Yordam bering qiynalib ketdim". Men: "Balki

yomg'irli kunda soyabonizni kimlargadir

berib, öziz shu tufayli kasal bölib

qolgandirsiz?" U: "Tanamga

qancha sovuq tomchilar tushsa ham

mayli edi, ammo ösha kunda "u" tufayli yuragimga yomg'irlar yog'di".Men: "Kim

ekan u dilozor?" U: "Siz..." Nima

deb javob yozishni bilmay qoldim. Shu

qadar quvonardimki, yuragim dukurini

aniq eshitib turardim. Biroz ötgach

undan yana sms keldi: "Yaxshi doktor bemorini kuttirib qöymaydi".

Men: "Qanaqa dori berish haqida öylab

qoldim" U: "Qanaqa dori bersaiz ham

mayli. Faqat sizni dori bilan ertaga

uyimiz oldidagi xiyobonda

kutaman". Keyin ertangi kun ham keldi. Do'konga kirdimda jajji yurakcha sotib

oldim. Xiyobonga bordim. U kutib

ötirgan ekan. Yoniga borib uni berdim.

U bo'lsa bunaqa soxta yurakga

tuzalmayman, menga haqiqiysi kerak

dedi. Jimgina jilmaydim so'ng u shunday dedi: - Men seni sevaman! Telbalarcha!

Seni 4 oydan beri kuzataman,

ammo so'z ochishga juratim yetmasdi.

Nima ham deya olardim. Uyalib jim

turaverdim. U sözlashda davom etdi: -

Bu yerga ko'chib kelganimizdan beri seni kuzataman. Sen ertaklardagi

erka malikalarga öxshaysan... Shu

kundan e'tiboran uchrasha boshladik.

Ularsiz Özimni bir sonyaham tassavur qilolmasdim!!!! Davomi bor!!

Boshqa hikoyalar