tungi.ru

Sevgi haqida

O‘shanda qishning qorli-qirovli

kunlari tugab, bahorning iliq

havosidan sovuqdan junjikkan

vujudlarimiz yayrab, ko‘ngillarda

yangi-yangi umidlar, orzular

tug‘ilgandi. Go‘yo yerga nurlarini bir

qadar bisyorroq socha boshlagan

quyosh qalbimizda mudrab yotgan

tuyg‘ularni uyg‘otib yuborgandek

edi. Shubhasiz, tabiat ham bu

o‘zgarishlardan chetda qolmagandi.

Hamma yoq ko‘m-ko‘k. O‘rik

daraxtlari qiyg‘os gullagan. Xullas,

bahoriy kayfiyat har bir narsada, har

bir jonzotda aks etib

turardi. Sinfdosh bolalar bilan

kelishib, qizlarga ziyofat qilib

bermoqchi bo‘ldik. Bundan men juda

xursand edim. Chunki... Chunki bu

ziyofatda uni ko‘rishimni bilardim.

Aynan shu kechada men unga

dilimdagi bor gapni aytishim kerak.

"Shuncha payt sir saqlaganim ham

yetar. Sevishimni bilib olsin!” deb

o‘yladim...Farida bilan men bir sinfda

o‘qib, bir partada o‘tirganmiz. Men

shu qizni sevardim. Avvaliga, ya’ni

boshlang‘ich sinflarda, aniqrog‘i,

yettinchi sinfga qadar unga

shunchaki oddiy sinfdosh sifatida

qarardim. Lekin keyinroq... Faridani

ko‘rmasam, sog‘inadigan, uzoq-uzoq

o‘ylaydigan bo‘lib qoldim. Yonimda

bo‘lganida esa termulib

o‘tiraverardim. Uning chehrasi

menga endi boshqacha, juda ham

boshqacha tuyila boshlagandi.

Ilgarigi qo‘pol hazillarimni

yig‘ishtirib qo‘ydim. Faridaga

zarracha ozor yetishini xohlamasdim.

O‘sha paytlarda bu tuyg‘uning sevgi

ekanini tasavvur ham qilmagandim,

qilolmasdim ham. Chunki men unda

endigina o‘n uch yoshda edim. Lekin

his-tuyg‘ularim yildan-yilga

chuqurlashib boraverdi va men

Faridani juda-juda qattiq sevishimni

tushundim.Unga ishqimni izhor

qilishga chog‘lana-chog‘lana

maktabni bitirish vaqti kelib

qolganini ham sezmay qolibman.

"Oqshom”da dilimdagini to‘kib-

solishga qaror qilib, bir necha bor

og‘iz juftladim. Ammo... Qaniydi, bu

soqov til aylana qolsa!.. Maktabni

bitirib shahodatnoma oldim hamki,

Faridaga sevishimni

aytolmadim.Ko‘pgina

sinfdoshlarimiz oliy o‘quv

yurtlarining talabasi bo‘lishdi.

Jumladan, men va Farida ham. Turgan

gapki, uni endi har kuni emas,

haftada bir yoki ikki marta ko‘radigan

bo‘ldim. Ammo hamon sevgimdan

so‘z ocholmayman. Vaholanki,

maktabni bitirganiimzga ham ikki

yildan oshdi...Ertalabdan yog‘a

boshlagan yomg‘ir o‘n birlarga borib

qorga aylanib ketdi. Havo ham

shunga yarasha — sovuq. Endigina

uyg‘ona boshlagan tabiat ham

uyquga ketgan kabi hissiz, madorsiz.

Osmon esa qovoqlarini uyib

olgancha qor yog‘dirishdan

charchamasdi. Kunning bunchalik

"tundligi” ko‘nglimni biroz g‘am

qilsa-da, Faridani ko‘rish umidi bu

g‘ashlikni tumandek tarqatib

yubordi. "Bugun, albatta, aytaman!

Aytmasam bo‘lmaydi. Qachongacha

ichimda saqlayman? Balki... Nima

bo‘lganda ham, unga aytishim kerak

hammasini”.Ziyofat Ziyodullanikida

bo‘lishiga kelishganimiz uchun o‘sha

yoqqa bordim. Belgilangan vaqtdan

biroz ertaroq kirib borganimga

qaramay, deyarli hamma jam bo‘lgan

edi. Faqat... Faqat Farida va uning

yaqin dugonasi Gulnora yo‘q edi.

Ko‘nglim yana g‘ashlandi.— Farida

nega kelmadi? — sabrsizlanib

so‘radim Ziyodulladan. Ovozim

g‘alati, titrab chiqdi.— Kelib qoladi,

— beparvo javob berdi u. — Hali

vaqtli-ku!..Dasturxon juda to‘kin edi.

Hamma yeyish-ichish bilan ovora.

Lekin mening tomog‘imdan suv ham

o‘tmasdi. Faridaning nega

kelmayotganini bilolmay hayron

edim.— Farida ziyofatga

kelmoqchimidi? — so‘radim

yonimda o‘tirgan Muniradan.—

Albatta. Bir hafta avval ko‘rganimda,

"Zo‘r ish bo‘pti, boraman”,

degandi. — Kelmayapti-ku! — dedim

zarda bilan go‘yo Faridaning

kelmayotganiga Munira aybdordek.

— Qiziqsan-a? — to‘ng‘illadi u. —

Men qayoqdan bilay?! Ehtimol, ota-

onasi...Munira gapini tugatmagan

ham ediki, "zal” eshigi oldida

Gulnora ko‘rindi. Qizlar bir zumda

chuvillashib uning atrofini o‘rab

olishdi.— Namuncha kech qolding?

— Kelmasang kerak, deb

o‘ylayotgandik.— Farida-chi?! Qani

u?!Gulnora sirli jilmayib

hammamizga bir-bir qarab chiqdi.—

Suyunchi berlaring! — dedi

kutilmaganda qarsak chalib. —

Faridani erga beramiz.Boshimga

kimdir musht tushirgandek butun

vujudim zirqirab, ko‘zlarim tinib

ketdi. Bir lahza qaerda, kimlar

orasida ekanligimni unutib qo‘ydim.

Es-hushimni yig‘ishtirib olganimda,

Gulnoraning berilib aytayotgan

gaplarini eshitdim.— Bugun fotiha

bo‘lyapti. Farida rosa xursand.

O‘ziyam ikki yildan beri uchrashib

yurishardi...Gulnoraning qolgan

gaplari qulog‘imga kirmadi.

Ko‘zlarimni derazaga qadadim.

Tashqarida o‘rikning chiroylikkina

bo‘lib ochilib turgan nim pushti

gullarini oppoq qor oplab olgandi.

Xuddi mening sevgim singari.

O‘xshash hikoyalar