tungi.ru

KIcHkInA_RePPeR dan ilk bora "Muslima Singlimga"

O'smasi o'chmasa qaro qoshidan, Ro'moli

tushmasa aslo boshidan. Namozni boshlagan

to'qqiz yoshidan, Muslima qizlarimizga jannat

tilayman.? Qiblaga burilgan uning yuzlari.

Hayoga burkangan qaro ko'zlari. Faqat qur'on

o'qur uning ko'zlari. Muslima qizlarimizga

jannat tilayman.? Otamning onamning

quvonchi unda. Akasin tergaydi namoz deb

kunda. Ibodat qiladi uxlamay tunda. Muslima

singlimga jannat tilayman..? Allohdan qo'rqib

tinmay yig'laydi. Klipu seriallar aslo

ko'rmaydi. Qur'on o'qimasa ko'ngli to'lmaydi.

Muslima singlimga jannat tilayman..? Akasin

tog'dayin qalqon deb bilar. Onamning poyini

jannat deb bilar. Tong saxar quyoshdan

avvalroq turar. Muslima singlimga jannat

tilayman..! Qur'on o'qib mening ko'nglim

yumshatar. Joynamoz tunda band tongda

bo'shatar. Shaytonni tinch qo'ymay doim

qaxshatar. Muslima singlimga jannat

tilayman..! Faqat ixlos ila yo'ling yuradi.

Yig'lasam yig'laydi kulsam kuladi. Tinmasdan

akasin duo qiladi. Muslim singlimmizga jannat

tilayman. Allohim firdavs bog'in singlimga

bergin. Gar bo'lsa gunohin o'zing kechirgin.

Bir aka so'raydi ijobat qilgin. Muslima

singlimga jannat tilayman..? Allohim yolvoray

qiyomat kuni. Jahannam o'tidan asragin uni.

Men faqat so'rayman o'zingdan shuni. Muslima

qizlarimizga jannat tilayman..? O'zingdan

o'zga ilox yo'q Alloh. Bandamiz kechirgin

bisyordur gunoh. Oxirat kunida o'zing ber

panoh. Muslima onamga jannat tilayman...

Boshqa hikoyalar