tungi.ru

Ona qadriga yetaylik azizlar!!

Eshikka termulgancha ona ko'zlari,

Mayus yuzla boqadi,farzand yo'liga.

Betoqat umri ham,o'tgan onaning,

Yaqin kuni qolibdi,jon berishiga.

Derkan Olloh! bir pas kutaylik,

Hali kelib qolar,bezori bolam.

Sog'indim ko'rmasam bo'lmas bolamni,

Sabr qilgin ozgina qoldi Ollohim.

Ona zor-zor kutarmish,farzand soyasi,

Ko'rinmasmish eshik

ochib,kelmasmish xech kim.

Tikilib-tikilib ko'zlari tolgan,

Onaning ko'zlari yumilay

dermish.

Ona yaxshi bilarmish,keladi bolam,

Uxlamayman-uxlasam uyg'onish gumon.

Toliqqan yuragi qaltirar bir xol,

Ona qo'lga qalam olib,yozarmish bir xat.

"Qachonlardir men

seni,kutgandim uzoq,

Hudo berdi bag'rimga,to'qqiz oy

boqdim.

Dunyoga keldinggu mehribon bolam,

Seni tuqqan onangni,unutib ketting.

Qayerdasan, qaylardasan,bilsam qaniydi,

Mayli kelma bolajonim,o'zim borardim.

Seni bir bor bag'rimga,bossam roziman,

Armonim qolmasdi qaydasanbolam".!

Ko'nglim sezar kelayapti,bolam

Ollohim, Nega buncha shoshilmasang jonim olishga.

Hayot uchun ko'p bo'ldimi,bitta

jon senga,

Shuncha sabr qildimku men,sabr

qil sen ham.

Ana keldi-keldi axir,mehribonbolam,

Jonim bolam kelaqol,yuz-ko'zing o'pay.

Seni juda sog'indim,yolg'izim

bolam,

Biroz yonimda qolgin,sen bilan bo'lay.

Farzand ko'zin yoshlabdi,kech

qoldimmi onajon,

Kechiring men

bag'ritosh,beshafqat bolangizni.

Qo'ldagi xatni olib,o'qib o'ksib yig'labdi,

Afsus ona ko'zin ochib,Ollohga

jon beribdi.

Sendan roziman deya,ona jonin beribdi,

Ollohdan bolasini asrashini so'rabdi.

Farzandi yig'lar zor-zor,ayriliqqa dunyo tor,

Ey hudo onalarni,farzandiga

qilma zor...

Umr o'tib boraverar

ekan,yonimizdagi Ota-Onamiz

Farishtalarimizni qadriga yetib

qolaylik.

Boshqa hikoyalar