tungi.ru

Fojea

Bu hikoya hayotdan

olingan bo'lib, ayni shu

kun o'zim guvohi bo'lgan

voqea asosida

yozmoqdaman. Bugun

shaxrimizda yomg'ir

yog'ayotganligi tufayli

yo'llar ho'l kamiga ozroq

tuman ham tushgan. Shu

sababli ishga borgim kelib-

kelmay yo'lga chiqdim.

Ishxonamga kelib qolay

deganimda bir Matiz juda

tez kelib maktabga

ketayotgan tahminimcha 2

yoki 3 - sinf o'quvchisini

urib ketdi! Haydovchi

bolaga yordam berish uchun

to'htash o'rniga,

katta tezlikda avtomobilini

haydab ketib qoldi.

Dunyoda yahshi odamlar

ham bor. Undan kegin

kelayotgan damas haydovchisi

to'htab bolani

mashinasiga olib

shifoxona tarafga olib

ketdi. Hozir bolani axvoli

nima kechayapti ekan?

Bilmadim... Hech ham

tushunmayman nega

odamlar bunchalik

shoshishadi? Ahir

shundoq ham havo yahshi

bo'lmasa! Avtomobil

boshqarayotgan inson hafaqat

o'zini balki

boshqalar hayotiga

javobgan bo'ladi! O'zingiz

bir o'ylab ko'ring balki

bolaga hech narsa qilmas,

balki sog'ayib ketar! Lekin, aksi

bo'lsachi? O'sha

haydovchi qonun

posbonlari tomonidan

qo'lga olinar, jazolanar

ham. Lekin, bundan kimga

foyda? Ahir, bir inson bu

dunyoni tark etgan

bo'ladi-ku! Ota-onasi, qon-

qarindoshlari ortidan qon

yig'lab qolishadi! O'g'lim

tobutimni yelkasida

ko'taradi deb ne umitlar bilan

yurgan ota o'z o'g'lini

tobutini ko'tarishiga to'g'ri

keladi-ku! Mayli, eng

avvalo bola sog'ayib

ketsin! Exxx, bu voqea

menga juda qattiy tasir qildi.

Hozir ham o'sh

bo'laning yo'lda qonga

bo'yalib yotishi ko'z

o'ngimdan ketmayapti! Bu

hikoyamdan kimdir

tasirlanib, to'g'ri hulosa

chiqarar deb o'ylayman...

Bir o'ylab ko'ring agar

o'sha haydovchi ozroq

sekin yurganida bu

ishlarni hech biri bo'lmas

edi!!! Mayli, nima bo'lsa ham

bola sog'ayib ketsin

iloxim...

Boshqa hikoyalar