tungi.ru

"BeK" dan "Qasos" 2-qism... Yakun...

Qo‘lim darhol to‘pponcha

solingan

cho‘ntagim tomon uzatildi, ammo

yarim yo‘lda

to‘xtab qoldi. Yotoqxona eshigi oldida

baland bo‘yli, yuzlarini ajin bosgan oq sochli

erkak

turar, uning qo‘lidagi to‘pponchaning

mili to‘g‘ri

mening qornimga mo‘ljallangandi.

Turgan gapki, avvaliga faqat to‘pponchani ko‘rdim,

keyinroq

uning ko‘ylagiga qadalgan sherif

yulduzchasini

payqadim. “Boplab qo‘lga tushdim-

ku!” – deb o‘yladim nima qilishimni bilmay

qaqqayib

turarkanman.

Baquvvatgina qariya meni diqqat bilan

ko‘zdan

kechirdi, keyin ortiqcha xavf yo‘qligiga ishonch

hosil qildi, shekilli, shoshilmay men

tomon

yura boshladi. Men xonadan qochib

chiqib, bu

la’nati shaharchadan juftakni rostlab qolishni

istardim-u, ammo turgan joyimdan

qimirlay

olmasdim, chunki u meni darhol otib

tashlashini yaxshi bilardim. Erkakning

ortida esa mening yordamimda eridan

qutulmoqchi

bo‘layotgan yosh ayol turardi.

– Juda vaqtida keldingiz, – ma’qullab

dedi erkak.

– Bu maqtovga arzigulik fazilat, yigitcha. Puxta

odamlar hozir judayam kam qolgan.

– Bu bilan nima demoqchisiz? –

hayratlanib

ming‘irladim men. – Men vaqtida

keldimmi? – Siz nima uchun kelganingizni yaxshi

bilaman,

– jilmayib bosh irg‘adi u. – Siz meni

o‘ldirgani

kelgansiz, shundaymi? To‘g‘rirog‘i,

meni o‘ldirish uchun kelganingizga ishonasiz.

– Menga qarang, – xirilladim men

tomog‘imga

turib qolgan “tosh”ni yutib yuborishga

urinib.

Men goh ko‘ylagiga sherif yulduzi qadalgan

qariyaga, goh joniga tekkan erini

o‘ldirtirish

uchun yigirma besh ming dollar

to‘lamoqchi

bo‘lgan ayolga qarardim. – Bu yerda nimalar

bo‘lyapti o‘zi, tushuntirsangiz-chi

bundoq?

U menga yaqinlashdi va yelkasi osha

ayolga

buyruq berdi: – Undan pullarni ol.

Ayol men bilan sherifning o‘rtasiga

turib

qolmaslikka uringancha yuzimdan

ko‘zini uzmay

asta yaqinlashdi va kostyumimning ichki

cho‘ntagidan hamyonimni chiqardi.

To‘g‘ri, u

men uyga kirish oldidan kamarimga

qistirib

olgan to‘pponcha haqida ham unutmadi.

– To‘xtang, – e’tiroz bildirdim men. – U

yerdagi

pullar besh mingdan ko‘proq.

O‘zimning

pullarim ham bor. – Sizniki edi, – iljaydi sherif. – Endi uniki

bo‘ldi.

– Hammasi joyida, – dedi ayol pullarni

tezgina

sanab chiqib. – Mening besh ming

dollarim va yana qo‘shimchasiga uch ming...

– Menga qaranglar! – jahl bilan xitob

qildim

men. – Bu yerda nimalar bo‘lyapti o‘zi?!

U yana kulganida, uning kulgisi

hiqildog‘imga kelganini sezdim. Doim og‘zi qulog‘iga

yetib

yuradigan nusxalarni o‘lardek yomon

ko‘raman!

– Sen haliyam hech narsani

tushunmadingmi? – ochiqchasiga mazax qildi sherif.

– Tushunmadim.

– Bu Klaraning sevimli nayrangi, –

tushuntira

boshladi u xuddi yosh bola yoki

tentak bilan gaplashayotgandek sabr-toqat bilan. –

To‘g‘ri, bu

ishdan ko‘p daromad qilmaydi, ammo

uning

uchun pullar asosiysi emas – erkinlik

va mustaqillikning his etish ko‘proq

yoqadi.

Bugungi kunda ayollar qanday

ekanligini o‘zing

bilasan. Ular erkinlikni va eriga tobe

bo‘lmaslik uchun o‘z puliga ega bo‘lishni

istashadi.

– Aytmoqchisiz-ki... – butunlay

sarosimaga

tushib qoldim men. – Bu gap-

so‘zlarning bari... – Mutlaqo to‘g‘ri, – vazminlik bilan

bosh irg‘adi

sherif. – Klarada doimo bir nechta o‘ta

qiziqarli

voqealar taxt turadi. Bunisi eng

ishonarlisi, to‘g‘ri emasmi?

Klara pullarni mehr bilan siladi va xush

tabassum bilan eriga qaradi.

– Omadli oqshom bo‘ldi, Karl. Shuncha

puli bor

lapashangni hali qo‘lga tushirolmagandik. Puli

ayni menga keragicha ekan o‘ziyam!

– Yulduzni nega taqib oldingiz? –

g‘azabim

qaynab, o‘shqirdim men. – Nima, bu

sizga huquq beradimi?

– Men shu graflikning sherifiman, –

xoxolab

kuldi Karl mening hayratimdan

zavqlanib. –

Nima, u sizga bu haqda aytmaganmidi? – Yo‘q, aftidan, u menga ko‘p narsani

aytmagan,

shekilli. Agar siz sherif bo‘lsangiz...

– To‘g‘ri, men qonunni himoya qilishim

kerak.

Ammo men xotinimni ham juda sevaman, –

sherif kresloga o‘tirdi va yana

to‘pponchasini

mening qornimga o‘qtaldi. – U menga

turmushga chiqqanida, sevgidan asar

ham yo‘qligini, hamma gap mening

pullarimda

ekanini tushunganman, albatta. Men

unga

ko‘ngli tilagan narsani bajo keltirishga

va’da berganman va baholiqudrat

so‘zimning ustidan

chiqyapman.

– Seni juda sevaman, Karl, – erkalanib

so‘z qotdi

Klara, – buni bilasan-a? – Albatta, meni sevasan-da, – kulib

yubordi

sherif. – Axir men jajji o‘yinlaringni

o‘ynashing

uchun ruxsat beryapman-ku!

– Keyingi haftada Floridaga boraman, – mamnun ohangda xabar qildi ayol, u

endi

menga avvalgidek yoqimtoy

ko‘rinmay

qolgandi. – Pullarni nimaga sarflashni

hali o‘ylaganimcha yo‘q. Balki ot va itlarga

tikarman.

– Keyin-chi? – titroq kirgan ovozda

qiziqsindim

men.

– Agar sen aqlli yigit bo‘lsang, bu shahardan

tuyog‘ingni shiqillatib qolasan, – yelka

qisdi

talonchi sherif. – Boshqa chorang yo‘q.

– Afsuski, siz haqsiz, – alam bilan uning

gapini tasdiqladim men.

Menga tavoze bilan eshik tomonni

ko‘rsatishdi,

ammo nima uchundir bu yerdan chiqib

ketolmasdim. Mashinam tomon

chopish va tirik hamda ozod ekanligimdan quvonish

o‘rniga

mehmonxonaning o‘rtasida qaqqayib

turar va

goh sherifga, goh uning ustomon

xotiniga mo‘ltirardim.

Ko‘zlari chaqnab turgan Klara pullarni

o‘zining

kattakon sumkasiga joylay boshladi.

– Shoshilma, azizam, – uni to‘xtatdi

sherif. – Menimcha, besh ming menga tegishli

ekanligini

unutding, shekilli.

– Karl... – hiqilladi xotini.

– Mening besh ming dollarimni qaytar,

– buyurdi sherif qat’iy ovozda.

Klara istar-istamas eriga yaqinlashdi va

besh

taxlam pulni uning cho‘ntagiga tiqdi.

Keyin stol

ustiga 32-kalibrli to‘pponchani tashladi va

kresloning tirsak qo‘ygichiga o‘tirdi.

Bir qo‘li

bilan erining yelkasidan quchgancha,

ikkinchisi

bilan sochlarini erkalatib to‘zg‘ita boshladi.

Baxtiyor er-xotinlar jilmaygancha

menga

tikilishardi.

– Ketadigan vaqting bo‘ldi, – eslatdi

sherif. Kallamda turli xayollar g‘ujg‘on urardi.

Men

boshqa choram yo‘qligini yaxshi

bilardim. U

meni otib tashlashi va suvdan quruq

chiqib ketishi mumkin. U meni panjara ortiga

o‘tkazishi ham mumkin. Axir uning

uyiga

cho‘ntagimda to‘pponcha bilan

bostirib

kirganimni unutmaslik kerak. Klaraning

aytganlarini quloq qoqmay qaytaradi.

Faqat

o‘taketgan ahmoqqina shunchalik

aldanib

qolishi mumkin. – Bo‘pti, – dedim men. – Men ketdim.

Men eshik tomon yo‘naldim, ammo

ostona

oldiga kelganda to‘xtadim. Sherifning

qo‘lida

to‘pponcha bo‘lmaganida edi, ularni eng

namunali er-xotin deyish mumkin edi.

– Sherif, – dedim men, – umid

qilamanki,

xotiningiz hamma ikir-chikirlarni aytib

o‘tirmaydi. Ayniqsa, meni qotillikka ko‘ndirish

uchun nimalarga rozi bo‘lganini... –

Sherifning

basharasi bir zumda o‘zgarganini

ko‘rib, to ayol

gapimni bo‘lmasidan oldin tugatib olishga

shoshildim. – Bilasizmi, pul uchun

odam

o‘ldirishga tayyor kimsalar bor, ammo

ko‘pchilikka faqatgina pulning o‘zi

kamlik qiladi. Xullas, bundaylar uchun ishq-

muhabbat degan

narsa ham kerak bo‘ladi. Men

ahvolingizni juda

yaxshi tushunyapman. Sizning

o‘rningizda bo‘lganimda o‘zim ham xuddi

shunday ish

tutgan bo‘lardim. Bunaqangi ehtirosli

ayol

uchun esa jinoyatdan ham qaytmagan

bo‘lardim! Oxirgi marta bundan o‘n besh yil

muqaddam,

yengil atletika bo‘yicha maktab

jamoasi

sharafini himoya qilayotganimda

shunchalar qattiq yugurgandim. Men mashinamga

o‘tirib,

o‘t oldirdim. Mashina o‘rnidan

qo‘zg‘alganida,

orqa tarafda o‘q ovozi yangradi...

TAMOM...

Boshqa hikoyalar