tungi.ru

"AjoyiB TanishuV"

Yigit : "Sizni

sevib qolsam

maylimi" ?-dedi. Qiz

biroz o'zini

yo'qotdi va bir marta

yigitga ko'z tashlab indamay

oldidan o'tib

ketdi. Avtobusga

o'tirgan qiz

"ishqilib bu notanish

yigit avtobusga chiqmasin"

deb

pichirladi.

Hayriyatki yigit turgan

bekatda

avtobuslar to'xtamas ekan. Qiz

yengil

tortganday bo'ldi.

Boshini avtobusning

oynasiga

qo'ygancha o'ylay boshladi :"Telbaroq

ekan. Sevish,

sevmaslik ham

birovdan

so'ralarmikan ?

Yana yugurib chiqqani ortiqcha.

Yuragim

chiqay dedi. Uff !

Namuncha

o'sha jinni

haqida o'ylab qoldim ? Unchalik

chiroyli

emasdi-ku". Avtobus

to'xtadi. Qiz

tushib uyi tomon yo'l

oldi. * * *

Ayni vaqtda yigitning

kayfiyati

yo'q edi. Qaysidir

o'rtog'i

unga :"kayfiyating yo'q bo'lsa,

darrov birorta chiroyli

qiz topib,

unga sevgi izhor qil.

Kayfiyating

ko'tariladi" degandi. Yigit o'sha

o'rtog'ini ichida so'kdi.

"Kayfiyating

ko'tariladimish ! Endi

u qiz men haqimda

nima hayolga boradi ?Aslida o'zim

qizlarga gap

otishda no'noqman"

deb o'yladi.

* * *

Ertasi kuni qiz yana o'sha bekat

oldidan o'tayotganda

atrofga

yaxshilab nazar soldi.

O'tgan kungi yigit

ko'rinmadi. Shunda bildiki,

yigit shunchaki gap

otgan. Qiz

alam bilan

bekatdagi o'rindiqqa

o'tirdi. Lablari

pichirladi :"Yaramas,

ko'ngliga

oladi deb

o'ylamaydi

bunaqalar !" (Qizga alam qilgani

shunda edi. U yigitga

yanayamyoqish

uchun alohida pardoz

qilgan edi.

Yana yangi ko'ylak kiydi. Bari

bitta

betayin uchun !)

* * *

Yigitning ko'ngli hijil

bo'la boshladi. Qizni o'yladi.

"Bechora

qiz sevgi izhorimni

to'g'ri

ma'noda tushundi.

Chunki uning yuzlari qizardi. Ko'zlari

biroz

pirpiradi" deb o'ylay

boshladi.

Shartta o'rnidan turib,

kiyimlarini kiydi. Taksi ushlab,

o'sha bekatga

yo'l oldi.

* * *

Qizning ko'zi yoshlandi.

"Shunaqayam yengiltag

bo'lamanmi ?!Bitta

shilqimning gapiga

aldanib

o'tiribman" deb o'yladi.

Shu zahoti sochidagi

tasmasini yechib

oldi.

Uzun sochlari beliga

sirpanib

tushdi. Qiz shu turishida

farishtadek go'zal

ko'rinardi.

Faqat buni o'zi

ko'rmayotgandi.

Uyiga ketgisi keldi. Lekin

uning qalbi

yana biroz

shu bekatda o'tirishni

buyurdi.

Yigitga taksi juda sekin

yurayotgandek

tuyildi. Haydovchiga

tezroq

haydashni iltimos qildi.

Yana qiz haqida o'yladi.

Lekin qizning yuz

tuzilishini aniq

eslayolmadi. Faqat

qizning uzun

sochlarini esladi. Nihoyat bekatga

yetib kelgan yigit

darrov

mashinadan tushib,

bekatdagi

odamlar orasidan qizni qidira

boshladi.

Nogohon o'rindiqda

boshini hiyla

egib

o'tirgan qizga ko'zi tushdi. Uni

darrov tanidi.

Hayajonlandi. Yuzi

qizardi. O'zida

kuch

topib, qiz tomon yura boshladi.

* * *

Qiz o'zidan, shilqim

yigitdan

nafratlana

boshlagan edi. Shunda kimningdir yo'talgan

eshitildi. Qiz

e'tibor bermadi. "Sizda

gapim bor

edi" degan ovoz

eshitildi. Qizning jahli chiqdi. Chunki qiz

yana bitta

shilqim gap otayapti

deb

o'ylayotgandi. Jahl

bilan :"Siz ham sevgi izhor

qilmoqchimisiz"-dedi.

Yigit g'alati holatga

tushgandi.

Nimadeyishni bilmay

qoldi. Keyin :"Yo'q, men kecha

sevishimni aytgandim"-

dedi. Qiz

shu gapni

eshitishi bilan yigitga

qaradi. Yigit ham

unga qarab turardi. Bu

o'sha yigit

edi.

Nigohlar to'qnashdi.

Yigit qizning ko'zlaridagi uchqunni

ko'rib

mahliyo bo'lib

qoldi. Shundagina

qizning kamon

qoshlariga, uzun kipriklariga,

quyosh nurida

tovlanayotgan uzun

sochlariga,

yuzidagi

o'ziga yarashgan holiga ko'zi

tushdi. Qiz

ko'zini olib qochdi. Ayni

vaqtda

unda ham

shu holat yuz berayotgan edi. Qiz

yana

yigitning ko'zlariga

qarashga,

uning

ko'zlarining asirasiga aylanishga

qo'rqdi.

(Yigit uyidan

chiqqanida nimaga

borayotganini o'zi

bilmasdi) O'ylay boshladi :"Agar

hozir

gaplashmasam, keyin

bu qizni

topa olmashim

mumkin". Qaltiroq ovozda :"Men

sizni

sevaman"-

dedi. Qizning yuzi

ikkinchi bor

qizardi. U oniy lahzada ginalarni

unutgandi.

Nimadeyishni bilmadi.

Biroz

turib :"Kechirasiz,

o'qishga kech qolayapman"-deb

o'rnidan

turdi.

Besh-olti qadam

tashladi. Yigit

tosh qotgandi. Qiz hozirgina

yoqtirib

qolgan

yigitdan ajralgisi

kelmayotgandi.

Shu sabab ortiga o'girildi va

yigitga jilmayib qo'ydi.

Bu

jilmayish ortida tabiiyki

olam-

olam ma'no bor edi. Yigit buni tez

tushundi va

tez-tez

yurib qizga yetib oldi .

Yigit :"Ismingiz nima ?"

Qiz :"Avval siz ayting". Yigit :"Ismim . Aziz...

Qiz :"Meniki Shaxzoda

Yigit :"Judayam chiroyli

ismingiz

bor ekan !

... " Bir juft kabutarlardek ! Baxtli

bo'lishsin !

Azizlar ko'rib

turibmizki

"SEVGI"insonlarga xos

ajoyib tuyg'u ! Uni ermak qilib

bo'lmaydi...

Boshqa hikoyalar