tungi.ru

Yow boladan ibrat olilu

"Ada, oyim nimaga

uyg'onmayaptilar?"

Jajji bolakayning

savoli shundog'am siqilib turgan

dadasining yuragini ezdi. Ög'lini

tizzasiga ötqazdida, peshonasidan

öpdi. "Oying ög'lim, rosa

charchagan. Endi bir-necha kun

uxlab, yaxshilab

dam olishi kerak" Bolakay

indamadi. 5

yoshli bolakay onasining og'ir

kasalligini ancha oldin fahmlagandi.

Shifoxonaga dadasi körishga olib

borganida, oyisi uni quchib rosa

yig'lagandi. Dadasi oying tuzalib

ketadi, keyin shifoxonadan javob

berishadi degandi. Oyisi uyga

qaytganida bola oyim tuzalibdilar

deya

rosa sevingandi. Öy-hayollari özidek

sof murg'ak bola oyisiga boshqa

sababdan javob berib

yuborishganlarini bilmasdi. Har

kungidek örniga yotarkan bolakay

osmonga qarab qölini chözdi:

"Oyimni

tuzalishiga yordam ber, Xudojon"

Bir

necha kun ötgach tunda uyg'onib

ketdi. Pildirab koridorga chiqdi.

Dadasi

balkonda sigaret chekib, kim b-ndir

telda gaplashardi. Bolakay

dadasining

hamma gaplariga ham tushunmadi-

yu

shu gaplar orasidan operatsiya,

katta

pul degan jumlalarni ilg'ay oldi. Bir

kinoda körgandi. Operatsiyada

doktorlar kasalni ukol qiladi, keyin u

tuzalib ketadi. "Oyimni ham ukol

qilishsa sog'ayib ketadilar" öyladi

bolakay. Örniga qaytib yotarkan

osmonga qarab yana qölini chözdi:

"Oyimni tuzalishiga katta pul ber,

Xudojon" Bolakayning onasining

ahvoli kundan-kun yomonlashib

borardi. U esa buni bilmasdi. U faqat

dadasining ösha kungi gaplarini

öylardi: operatsiya...katta pul...

Oxirgi kunlar bolani oyisining

yoniga

kiritmay qöyishdi. U uyiga kelib-

ketayotgan köplab qarindoshlarni

jimgina kuzatib ötirardi. Dadasi esa

bolakayga pul tutardi: Ushla ög'lim,

borib muzqaymoq olib ye... Bolakay

onasining yaqinlari b-n

vidolashyotganini tushunmasdi.

Nihoyat uni chaqirishdi. Oyisining

yoniga olib kirishdi. Közlari shishib

ketgan, oppoq choyshab yopingan

köyi chözilib yotgan oyisining

yoniga keldi. -Kel shirinim,-

oyisining hasta

ovozi eshitildi,- aqlli bola

bölyapsanmi

bog'chada? -Ha, oyijon. -Yaxshi

özimni

toychog'im... -Oyi, endi tuzalib

ketasizmi? -Hm...,-oyisi yig'lab

yubordi.

-Menga yana ertak aytib berasizmi?

- Hm... -Sizni yaxshi köraman... Eh,

bolakay... Oyisi b-n shunday sönggi

marta gaplashib turganligini

qayerdan

ham bilardi u. Bog'chadan kelganida

uyidagi odamlarning köpligidan

hayron qoldi. Hamma bolakayni

körib köziga yosh olardi. "Ada oyim

uyg'ondilarmi?", dadasining yoniga

kelib söradi u. Dadasi chökkalab

ötirib

ög'lining közlariga boqdi: "Oying

endi

uyg'onmaydi bolam,- keyin ög'lini

quchdi,- oying bizni tashlab ketdi.

Ög'il yaxshi tushunmadi, kissasini

shoshib

kovladi-yu bir siqim buklanib

ketgan

pullarni chiqardi: "Ada, doktorlarga

ayting, oyimni ukol qilishsin, oyim

tuzalib ketsa böldi, men bitta ham

muzqaymoq yemayman, faqat

ayting ada, oyimni tuzatib

berishsin...."

Ög'ilning peshonasidan öparkan

dadasining köz yoshlari uning

yuziga

tomchiladi... Onasini kömishdi. Tun

chökkach örniga yotarkan bolakay

osmonga qölini chözdi: Iltimos,

oyimni menga qaytarib ber,

Xudojo

Boshqa hikoyalar