tungi.ru

Poytaxtim Toshkent

Toshkent — Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri — O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Toshkent — shahar, Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti, Toshkent viloyati markazi. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan. Respublikaning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440—480 m balandlikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan. Aholisi 2,340,900 kishini tashkil etadi (2013). Shahar Qozog‘istonning chegarasiga yaqin joylashgan. Maydoni 327,9 km2.

2007-yili Toshkent Islom madaniyati markazi, deb eʼlon qilindi. Bunga sabab sifatida shaharda koʻplab tarixiy islomiy inshootlar va Toshkent Islom Universiteti borligi, shahar madaniy tarixi islomiy anʼanalar bilan bogʻlanganligidir.

2009-yilda Toshkentning 2200 yilligi nishonlandi. Bu munosabat bilan shahar infra- va transport tizimi yangilandi.[4]

Mundarija

1 Geografik joylashishi

2 Shahar hokimiyati

3 Etimologiyasi

4 Iqlimi

5 Toshkent shahri tumanlari

5.1 Uch tepa tumani

5.2 Bektemir tumani

5.3 Mirzo Ulugʻbek tumani

5.4 Mirobod tumani

5.5 Sergeli tumani

5.6 Olmazor

5.7 Chilonzor tumani

5.8 Shayxontohur tumani

5.9 Yunusobod tumani

5.10 Yakkasaroy tumani

5.11 Hamza tumani

6 Aholisi

7 Tarixiy va arxitektura yodgorliklari

7.1 Madrasalar

8 Tarixi

9 Mustaqillik davrida

10 Sovet davridagi Toshkent

10.1 Toshkentning Maʼdaniy maʼishiy inshoatlari

10.2 Zamonaviy inshoatlar

11 Mustaqil Oʻzbekiston hududidagi Toshkent

11.1 Transport

12 Hamdoʻst shaharlar

13 Manbalar

14 Havolalar

15 Adabiyotlar

Geografik joylashishi

Toshkent vohasi Tyan Shanning g‘arbiy yonbag‘irlaridan boshlanib Sirdaryo etaklariga tushadigan keng tog‘oldi tekisligining bir qismida joylashgan. Sharqda u uchta — Ugom, Piskom va Chatqol tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan bo‘lib, bu tizmalarni shu nomlar bilan ataluvchi daryolar oqib o‘tuvchi daralar ajratib turadi. Bu daryolar qo‘shilib Chirchiq daryosini hosil kiladi. Chirchiq daryosi Chorvoq havzasining tor darasidan o‘tib, G‘azalkentdan quyiroqqa tushganda kengligi baʼzi joylarda 20 kmdan oshadigan qadimiy tekislik bo‘ylab oqadi. G‘arbda Chirchiq vodiysiga Qizilqumning qaynoq nafasi uriladi. Bu qayirning bir qismini Chirchiq daryosining hozirgi o‘zani egallagan. Janubiy qismida esa vodiyga kirib boruvchi Ohangaron daryosi yastangan. Ushbu tekislik shimolida joylashgan Aris daryosining vodiysi bilan birga bu tabiiy suv tarmoqlari O‘rta Osiyo dehqonchilik vohalarining chekka mintaqasini tashkil etadi. Undan shimol tomonga qarab esa, yaylovlarga boy bo‘lgan poyonsiz cho‘l yastanib yotadi.

Chirchiq daryosi havzasi O‘rta Osiyoning qadimiy dehqonchilik va shahar madaniyatlari beshiklaridan biridir. Uning hududida Toshkentning markazi paydo bo‘lgan. Joydan joyga ko‘chib turgan bu markaz qadimda va o‘rta asrlarda Choch yoki Shosh, keyin esa Toshkent nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Toshkent vohasida barcha tarixiy davrlarda suv mo‘l-ko‘l bo‘lgan. Tarixan tarkib topgan kanallar tarmog‘i shaharni suv bilan taʼminlab turgan. Shu bois shahar xech qachon suv taqchilligini sezmagan. Buni o‘rta asrlardan to XIX asrgacha Toshkent to‘g‘risida yozgan mualliflar xamisha taʼkidlab kelganlar. Bu yerdagi iqlim hozirgi odamlarning ajdodlari paydo bo‘lgan, yaʼni bir necha o‘n ming yil muqaddam mavjud bo‘lgan iqlimdan farq qilgan. Issiq quruq yoz bilan yillik yog‘in miqdorining asosiy qismi yog‘adigan qahraton qish almashinib turgan.

Toshkentning tog‘ yonbag‘irlari va tekisliklar o‘simliklarga boy bo‘lib, ibtidoiy odamlar ovlaydigan yovvoyi hayvonlar juda ko‘p boʻlgan. Ularning aksariyati, jumladan, arxar, jayron, qulon va asl bug‘u kabi hayvonlar yaqin vaqtda yo‘qolib bitgan bo‘lsa, junli karkidon, g‘or ayig‘i, arslon singari hayvonlar esa ancha ilgari yo‘qolib ketgan. Ular haqida ibtidoiy odamlar manzillarini qazib o‘rganish chog‘ida topilgan qoldiqlar orqali maʼlumot olish mumkin.

Bu yerlarda bir necha yuz ming yil avval ovchilik va termachilik bilan kun kechiruvchi ibtidoiy jamoalar g‘orlar va tog‘ bag‘ri bostirmalarini, yoki daryo sohillari va chashmalar yonidagi ochiq manzillarni egallab makon qilganlar. Bunday joylar hozirgi Toshkent shahri hududida ham mavjud bo‘lgan.

Jumladan, Bo‘z suv yoqasidagi Qo‘shilish manzilgohidan birmuncha nozik ishlangan chaqmoqtoshlar, pichoqlar, bigizlar, ibtidoiy ustalar tomonidan bundan to‘qqiz ming yil avval yasalgan ov va mehnat qurollari topildi. Topilmalar orasidan yovvoyi buqa tur suaklarining uchrashi, mutaxassislar fikricha, ularning o‘sha vaqtlardayoq xonakilashtirilgan deb taxmin qilishga asos bo‘ldi. Hayvonlarni xonakilashtirish jarayoni Toshkent vohasi hududida ham kechgan.

Miloddan oldingi uchinchi ming yillikdan boshlab, bu hudud dastlabki chorvadorlar tomonidan o‘zlashtira boshlashgan. Ular ish asboblari va jezdan qurollar tayyorlashni o‘rganganlar. Arxeologlar Toshkent shahri hududi va uning atrofida chorvadorning ko‘pdan ko‘p qabrlari hamda qo‘rg‘onli dahmalarini topganlar. Bu joylarda dafn etilganlarning yoniga jezdan yasalgan ish asboblari, qurollar, zeb-ziynatlar va qo‘lda yasalgan idishlar ham qo‘yilgan.

Toshkent shahri hududida bunday qabristonlar hozirgi shampan vinosi zavodi yaqinidan, shuningdek, Qoraqamish arig‘i bo‘yidan topilgan. Sirg‘alida esa dasht chorvadorlari va yilqichilarining manzili bo‘lganligi aniqlangan. Bu yerdan ish qurollaridan tashqari burama halqali jez bilaguzuklar ham topilgan.[5]

Shahar hokimiyati

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Toshkentda Oʻzbekistonning boshqa viloyat va shaharlarida boʻlgani kabi boshqaruvning tarixiy-milliy shakli — hokimlik oʻrnatildi. 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining „Oʻzbekiston Respublikasi poytaxti — Toshkent shahri maqomi va davlat hokimiyati organlari toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq Toshkentda hokim lavozimi joriy etildi. Toshkent shahar hokimi Prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda Xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shahardagi tumanlarning hokimlari shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi.

Toshkent teleminorasi

Etimologiyasi

Toshkent 2200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida u mudofaa devori bilan oʻralgan qalʼadan jahondagi yirik shaharlardan biri, Oʻzbekiston Respublikasining poytaxtigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. Asrlar davomida shahar oʻzining tinch hayotidagi muhim voqealarni va suronli jangu jadallarni, yuksalish va inqiroz davrlarini boshidan kechirdi. Necha bor shahar vayron boʻlib, qayta qad koʻtardi. Toshkent oʻrnidan necha bor siljib, nomi xam bir necha marta oʻzgardi. Xoja Ahror Valiy, Shayx Umar Bogʻistoniy, Abu Bakr Shoshiy, Abu Sulaymon Banokatiy, Hofiz Koʻhakiy kabi butok allomalar shu hududda yashab, ijod etganlar.

Shaha sifatida Toshkent haqidagi birinchi maʼlumotlar eramizdan avvalgi II asrdagi qadimgi-sharqiy manbalarda uchraydi; Xitoy manbalarida Yuni deb atalgan; Fors shohi Shоpur I eramizdan avvalgi 262-yildagi „Zardusht Kaʼbasi“ qaydnomalarida Toshkent vohasi Choch deb nomlangan. Choch — oltin eksporti, qimmatbaho toshlar, shirinliklar va aslzot otlarni boshqa shahar va mamlakatlarga olib o‘tishdagi yo‘lning chorrahasida joylashgan. „Tosh shahar“ maʼnosini anglatuvchi bugungi Toshkent — zamonaviy respublikaning poytaxti, o‘tmish maʼlumotlarini saqlovchi, Oʻzbekiston tarixi haqida ko‘p maʼlumotlarni xotirlovchi, 2 milliondan ortiq aholisi bo‘lgan bu shahar Markaziy Osiyoning eng katta industrial markazlaridan biridir.[manba kerak]

Toshkentning uzoq oʻtmishi va u qad koʻtargan qadimgi Choch yoki Shosh viloyati haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda xilma-xil hamda uzuq-yuluq tarzda aks etgan. Zardushtiylarning qadimgi muqaddas kitobi Avesmona Sirdaryo havzasidagi mamlakat „Turon“, aholisi esa „tur“lar deb yuritilgan. Bu oʻlkada tur qavmlari urugʻ va qabila oqsoqollarining diniy va siyosiy qarorgohi — Qangʻxa (Qangʻa) shahri borligi tilga olinadi.

Toshkent haqidagi dastlabki aniqroq maʼlumotlar mil. av. 2-asr — mil. 5-asrlarga mansub Xitoy manbalarida uchraydi. Ularda Toshkent viloyati qadimda Loyuyeni, Yuni, soʻngra Chjeshe, Chjechji, Chjesi va Shi deb nomlangan. Bu atamalar (avvalgi ikkitasidan tashqari) „Choch“ soʻzining xitoycha talaffuz etilishi natijasida hosil boʻlib, hatto oxirgi „Shi“ toponimi xitoychada „tosh“ maʼnosini anglatgan.

Mil.av. 3-asrda qadimgi Choch viloyatida tashkil topib, milodning 3-asrlarigacha hukm surgan „Qangʻ“ („Qangʻa“ yoki „Qangʻxa“) davlati Xitoy yozma manbalarida „Kangkiya“ („Kanizyuy“) nomlari bilan tilga olinadi. Qadimgi toxarlar tilida „qangʻ“ soʻzi ham „tosh“ maʼnosini anglatgan. Bu davlatning poytaxti — Bityan shahri boʻlib, u Iosha-Xasart daryosi (Sirdaryo) boʻyida joylashgan. Bityan shahri Davan (Fargʻona vodiysi)dan 1510 li (528 km) masofada boʻlgan. Bityan shahrining bizgacha saqlanib qolgan xarobalari mahalliy aholi oʻrtasida „Qanqatepa“ nomi bilan mashhur. U Toshkentdan 70 km janubda — Sirdaryoga yaqin yerda, Ohangaron daryosining qurib qolgan qadimgi oʻzani boʻyida joylashgan. Arxeologik maʼlumotlardan maʼlum boʻlishicha, Qanqatepa mil. av. 3-asrdayoq atrofi mudofaa devori bilan oʻralgan hamda arkli katta shahar boʻlib, maydoni 160 gektarga teng boʻlgan. Qadimgi Qangʻ davlatining fuqarolari ham „qangʻar“, „qanzar“, keyinchalik „qanhi“, „qangʻli“ yoki „qaʼni“ deb nomlangan. Ular (qanqalar) hindlarning qadimgi kitobi „Mahabharata“da saklar va toxarlar nomlari qatorida tilga olingan. Yozma manbalarda keltirilishicha, Toshkentning qadimgi nomi „Choch“ boʻlgan. Toshkent arablar tasarrufiga oʻtgach, arab alifbosida „ch“ harfining yoʻqligi bois arabiy asarlarda „Shosh“ deb yuritilgan. Ilk oʻrta asrlarda u „Choch“, „Shosh“, „Shoshkent“, „Madinat ash Shosh“, „Binkat“ va „Tarkan“ deb nomlangan. Toshkent haqidagi dastlabki maʼlumotlar mahalliy olimlar (Xorazmiy) va tarixchi geograflardan Tabariy, Istahriy asarlarida uchraydi. Istahriyning „Kitob al masolik val mamolik“ („Yoʻllar va mamlakatlar toʻgʻrisidagi kitob“)ida Shoshning bosh shahri Binkat deb koʻrsatiladi. 10-asrda yozilgan (muallifi nomaʼlum) „Hudud ul Olam“ („Olamning chegaralari“) kitobida „Choch bu katta viloyat, xalqi jangovar va sahiydir. U yerda kamon va oʻqyoy yasaladi. Binkat Chochning poytaxti hisoblanadi. Bu katta shahar, ayni vaqtda podshoning qarorgohidir“, deb taʼriflanadi. Firdavsiyning „Shohnoma“ asarida Choch oʻzining kamoni Shoshiy (oʻqyoylari) bilan mashhurligi haqida misralar bor.

Shahar „Toshkent“ nomi bilan dastavval 11-asrning mashhur allomalari — Abu Rayhon Beruniy va Mahmud Qoshgʻariyning asarlarida tilga olinadi. Beruniy „Hindiston“ asarida Toshkent nomining kelib chiqishi toʻgʻrisida soʻz yuritib, „Tosh“ soʻzi asli turkcha boʻlib, Shosh koʻrinishini olgan. „Toshkand — toshli qishloq demakdir“, deb izohlaydi. Mahmud Qoshgʻariyning maʼlumoti boʻyicha, Toshkent 11 —12-asrlarda „Tarkan“ deb ham yuritilgan. Zahiriddin Muhammad Bobur „Boburnoma“da Toshkent nomi ustida toʻxtalib, asarlarda Toshkent nomini Shosh, baʼzan Choch yozadilar" deb qayd etadi. Biroq 16-asr oxiri va 17-asr boshlarida Toshkent toponimi shuhrat topib, uning qadimgi Choch, Shosh va Binkat nomlari asta-sekin muomaladan tushib qoldi. 17-asrda yashagan tarixchi olim Mahmud ibn Vali shunday yozadi: „Shosh — Sayxun (Sirdaryo)ning u tomoniga joylashgan shahar va Turkiston (viloyat)ga qaraydi… Uni Choch ataydilar. Biroq hozirgi vaqtda u Toshkent nomi bilan mashhurdir“. Toshkent vohasida shahar madaniyatining shaqllanib, shaharning qad koʻtarishi shu oʻlkada yashagan qadimgi chorvador va dehqonlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi ulkan tarixiy jarayon boʻlib, bu jarayon shubhasiz oʻlkaning oʻzlashtirilib, obod etilishi, ayniqsa, unda chorvachilik va dehqonchilik xoʻjaliklarining tashkil topishi hamda hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanish tarixi bilan uzviy bogʻliqdir. Bu jarayonning tarixiy manzarasi nihoyatda keng boʻlib, u yozma manbalarga nisbatan koʻproq arxeologik tadqiqotlar vositasi bilan tiklanmoqda. Shuning uchun ham Toshkent hududida olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning natijalari qadimgi va oʻrta asrlarga oid manbalardagi maʼlumotlarni toʻldirib, ularga aniqlik kiritmoqda.

Iqlimi

Iqlimi kontinental, jazirama, quruq yoz kunlari hamda sovuq qish iqlimi bilan Shahar boshqa dunyo shaharlaridan ajralib turadi. Yillik oʻrtacha harorat 13,5 °C. Yozda esa harorat 35 °C gacha yetish bilan birga, qish oylarida buning aksini kuzatish mumkin. Havo harorati −25,-30 C° gacha boradi. Asosiy yogʻinlar noyabr hamda mart oylarida kuzatiladi.

Toshkent iqlimi kontinental, yillik oʻrtacha temperaturada 13,3°, yanvarning oʻrtacha temperaturasi —1,1°, eng past t-ra —29°. Iyulning oʻrtacha trasi 27,5°, eng yuqori t-ra 42°. Yiliga 360— 390 mm yogʻin yogʻadi. Chirchiq daryosidan chikarilgan va butun shahar boʻylab oʻtadigan Boʻzsuv, Salor, Anhor, Qorasuv, Oqqoʻrgʻon, Boʻrijar, Oktepa, Qoraqamish va boshqa kanallar uning mikroiklimiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Toshkent shahri tumanlari

Toshkent tumanlari xaritasi

Shahar 11 ta tumandan iborat:

Tr Tumanlar Aholisi

01.01.2009-y.

(ming kishi)[6] Hududi

(km²)[7] Aholi

zichligi

(kishi/km²) [7] Xaritada

1 Bektemir 27,5 20,5 1 341 Tashkent District 1 - Bektemir.png

2 Chilonzor 217,0 30,0 7 233 Tashkent District 2 - Chilanzar.png

3 Hamza 204,8 33,7 6 077 Tashkent District 3 - Hamza.png

4 Mirobod 122,7 17,1 7 175 Tashkent District 4 - Mirobod.png

5 Mirzo Ulugʻbek 245,2 31,9 7 687 Tashkent District 5 - Mirzo Ulugbek.png

6 Sergeli 149,0 56,0 2 661 Tashkent District 6 - Sergeli.png

7 Shayxontohur 285,8 27,2 10 507 Tashkent District 7 - Shaykhontohur.png

8 Olmazor[8] 305,4 34,5 8 852 Tashkent District 8 - Olmazar.png

9 Uch Tepa 237,0 28,2 8 404 Tashkent District 9 - Uchtepa.png

10 Yakkasaroy 115,2 14,6 7 890 Tashkent District 10 - Yakkasaray.png

11 Yunusobod 296,7 41,1 7 219 Tashkent District 11 - Yunusabad.png

Toshkent 2 206,3 334,8 6 590

Uch tepa tumani

Uch tepa (sobiq Akmal Ikromov) tumani — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1977 yilda Chilonzor va Oktyabr (hozirgi Shayxontohur) tumanlarini ixchamlashtirish maqsadida, ular hududida tashkil etilgan. Davlat arbobi Akmal Ikromov nomiga qoʻyilgan. 1977 yildan hozirgi chegarasida janubiy va janubiy sharqdan Zargarlik va Qatortol koʻchalari bilan boshlanib, gʻarb va shimoliy gʻarbda avtomobil halqa yoʻliga tutashadi. Maydoni 2797 ga, jumladan, koʻkalamzor yerlari — 1124 ga. Aholisi 228,3 ming kishi (2004). Koʻchalar soni 424 tani tashkil etib, shundan 8 tasi markaziy hisoblanadi. Asosiy avtomagistrallari: Lutfiy, Hamroqul Tursunqulov, Farhod, Sulton Segizboyev, Uygʻur, Nazarbek, Beshqayragʻoch, Toʻqimachi koʻchalari va Kichik halqa yoʻli. Tumanda 50 ta mahalla mavjud.

Tuman hududida quyidagi sanoat korxonalari: zargarlik zavodi, bulkakonditer, sut kombinatlari, „Toshkentsut“ aksiyadorlik jamiyati, „Fonon“ zavodi, „OsiyoFud“ non mahsulotlari korxonasi, „Chevar“ tikuvchilik ishlab chiqarish. birlashmasi, „Gazavtomatika“ korxonasi, „Toshinterm“ Oʻzbekiston — Xitoy, „Shayxontohurtekstil“ qoʻshma korxonalari, Toshkent mexanizatsiya vositalari va jihozlari hamda stanoksozlik tajriba eksperimental mexanika zavodi, toʻqimachilik kombinatining 4-yigiruv toʻquv fabrikasi, 13 avtotransport va 5 qurilish tashkiloti mavjud. Tumanda Jahon tillari universiteti, Davlat soliq akademiyasi, yuridik kolleji, sanʼat internat maktabi, 3 ta akademik litsey, 5 kasb-hunar kolleji, 37 umumiy taʼlim maktabi, 53 bolalar bogʻchasi va yaslisi, 8 davolash yaslisi, 6 davolash profilaktika muassasasi, 22 poliklinika, 6 oilaviy poliklinika, 5 kasalxona va dispanser bor. Tuman aholisiga 512 oziq-ovqat va 550 sanoat mollari doʻkoni, 420 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat qiladi. 2 madaniyat uyi, 8 jamoat kutubxonasi, „Vatan“ kinoteatri, Akmal Ikromov nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi bor. Turar joy fondining umumiy foydali mayd. 3486 ming m^2 (2004). Tumanda qurilish ishlari 1966 yildan boshlangan. Toshkentni rekonstruksiya qilish va rivojlantirish Bosh planiga muvofiq tumanda katta qurilish ishlari olib borilmoqda; 270, 272 ATS, stomatologiya poliklinikasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, „Karvonsaroy bozori“, „Oʻrikzor“, „Guliston“ turar joy massivlari, bolalar bogʻchalari, maktablar qurilib ishga tushirildi. Farhod va Uygʻur koʻchalari kengaytirildi.

Toshkentning balanddan koʻrinishi

Bektemir tumani

Bektemir tumani (1990 yilgacha Narimonov) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1960—81 yillar Bektemir shaharchasi:

1973—90 yillarda shahar,

1981—90 yillarda davlat va jamoat arbobi, yozuvchi Narimon Kerbalay Najaf oʻgli Narimonov (1870—1925) nomi bilan yuritilgan.

1990-yildan Toshkent tarkibidagi Bektemir tumani.

Chirchiq daryosining chap sohilida. Bu daryo Bektemir tumanini boshqa tumanlardan ajratib turadi.

Maydoni 1,83 ming ga, shu jumladan koʻkalamzorlashtirilgan hududi 0,012 ming ga.

Aholisi 29,9 ming kishi (2004).

Koʻchalar soni 45 ta. Asosiy yirik koʻchalari: Husayn Boyqaro, Ohangaron shohkoʻchasi, Bektemir.

12 ta mahalla mavjud.

Tuman hududida „Oʻzsmatana“, „Agrokeramika“, „Mirmaks“ qoʻshma korxonalari, 17 sanoat korxonasi, shu jumladan, Toshkent motor, „Irgidromash“ va boshqalar, 9 transport muassasasi, „SredazVNIIgidromash“ i. t. instituta, 5 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, bolalar sport maktabi, 13 bolalar bogʻchasi, 16 tibbiyot davolash muassasasi, 4 poliklinika bor. Tumanda 522 yirik hamda kichik oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatadi, shundan 44 tasi xorijiy investitsiyalar ishtirokida tuzilgan korxonalardir. Tuman aholisiga 11 oziq-ovqat, 4 sanoat mollari, 7 aralash mollar doʻkonlari, univermag , 30 ovqatlanish korxonasi, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari xizmat qiladi. 5 jamoat kutubxonasi, klub, madaniyat uyi, kinoteatr, 10 dan ziyod bolalar sport maydonchalari, tennis korti, 2 futbol maydoni bor.

Tumanda Oʻrta Osiyoda yagona boʻlgan „Golfklub“ tashkil etilgan.

Mirzo Ulugʻbek tumani

Mirzo Ulugʻbek tumani (1935 yilgacha — Proletar tumani, 1992 yilgacha Kuybishev tumani; 1992 yil maydan Mirzo Uluyebek tumani) — Toshkentdagi maʼmuriy-hududiy birlik. 1929 i. tashkil qilingan. Hoz. chegarasi 1978 y. dan buyen oʻzgarmagan. Toshkentning shim.sharqiy qismida joylashgan. Toshkent markazi (Amir Temur xiyoboni)dan boshlanib, shim.sharqiy tomonga, Toshkent avtomobil halqa yoʻligacha boradi. Feruza mavzesi, Toshkent traktor zdi, Ulugʻbek shaharchasi gʻam tuman hududiga kiradi. Maydoni 3,2 ming km2, shu jumladan, koʻkalamzorlashtirilgan hudud — 0,579 ming ga. Aholisi 247,6 ming kishi (2004). Tuman hududida tarixiy va madaniy yodgorliklardan Kirxa (1892) saklangan. Koʻchalar soni 532 ta. Asosiy magistrallari: Pushkin, Parkent, Temur Malik, Oqqoʻrgʻon koʻchalari, Buyuk ipak yoʻli shohkoʻchasi, Habib Abdullayev koʻchasi, Kichik halqa yoʻl. 49 ta mahalla mavjud. Tuman hududida 377 yirik korxona, shundan 28 sanoat korxonasi (shu jumladan, „Toshkentkabel“, traktor zdlari, „Oʻzbekiston paxtachilik mashinasozligi“, lokboʻyoq zdlari.), 3119 kichik va oʻrta biznes subʼyektlari bor. 27 i.t. instituta, 10 loyiha inti, 4 oliy oʻquv yurti (Madaniyat inti, Jahon iktisodiyoti va diplomatiya unti va b.) xamda umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurti, harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish inti, yozuvchilar, kompozitorlar, meʼmorlar ijodiy uyushmalari va teatr jamiyati, 33 umumiy taʼlim maktabi, 12 kasbxunar kolleji, 4 bolalar musiqa maktabi va sanʼat maktabi, 10 kasalxona va dispanser, „Ona va bola“ markazi, 11 oilaviy poliklinika, 2 tibbiysanitariya qismi ishlab turibdi.

Toshkent koʻchalari

Aholiga 176 oziq-ovqat doʻkoni, 244 sanoat mollari doʻkoni, 304 umumiy ovqatlanishkorxonalari, 517 maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi xizmat qilmoqda. Muxtor Ashrafiy, Sergey Yesenin uymuzeylari, 28 jamoat kutubxonasi, 3 madaniyat uyi va saroyi, 3 madaniyat va istirohat bogʻi, hayvonot bogʻi va b. ishlab turibdi. Turar joy fondining umumiy foydalanish mayd. 2579 ming

Boshqa hikoyalar