tungi.ru

Aldangan QiZ (songi qisim)

Mashinalarda birin-ketin kelib-ketayotganlar ularni savdolashib, tanlab olishyapti. Tashqaridan ko‘rimsiz tuyulgan bu uyda xilvat va

hashamdor xonalar ko‘p. Fahsh botqog‘iga botgan bu iflos go‘shada holimiz nima kechadi? Undan ko‘ra otib tashlashgani ma’qul emasmi?

Dugonalarimga qarab, bir kilometr narida turgan Qo‘chqor ota ko‘liga ishora qildim. Biz biroz taraddudlanib, qocha boshladik. Atrof- dagilar

tomosha qilib turardilar. Puli kuygan haydovchi bilan Bo‘riboy semiz bizni quvlardi.

-Ov, tek tur. To‘xta, -derdi ular. Men ortiq orqaga qaramay qo‘ydim. Sitti bilan Pottiyam bir necha qadam ortda chopib kelyapti.

Yiqilib-surinib boyagi joyga yetib keldim. Pastga qarab boshim aylanib, ko‘zim tinib ketdi. Juda chuqur bo‘lganligidan suv zo‘rg‘a ko‘rinib

turardi. Nazarimda biz 50-60 metr balandlikda edik.

-Qo‘lga tushdingbi, -qozoqlar hansirab, yugurmasdan kela boshladi.

-Guli, buncha chuqur ekan. Sakrolmaymiz, -dedi Sitti bilan Potti qo‘rqib. Nima qildik endi, qayoqqa qarab qochamiz. Ular jarlikdan

qo‘rqib boshqa tarafga qocha boshladilar. Kelishib olishni hech iloji yo‘q edi. Men o‘z hayotim uchungina tavakkal qilishim, o‘limga tayyor

turishim mumkin. Ular buni o‘zlari hal qilishlari kerak. Ozroq ortga tislandim-u, ko‘zimni yumib tashladim. YO hayot, yo o‘lim.

Dugonalarimning chinqirgani, erkaklarning g‘o‘ldiragani eshitildi. So‘ng qulog‘im bitib, shang‘illab qoldi. Men qushdek pastga qarab

uchayotgan edim.

Ha, men tubi ko‘rinmayotgan ko‘lga qulayotgan edim. Nahotki o‘lim bilan hayot oralig‘i bir nafas bo‘lsa... Endi bu noma’lum ko‘lning

noma’lum ruhiga aylanamanmi? Xudoyim, men bilan birgamisan? Hali ko‘p gunoh qilishga ham ulgurmadim-ku! Jannatingdan joy

berarmikinsan? Hech bo‘lmasa, momomning yoniga qo‘yarmikinsan? Bir o‘zim endi nima qilaman? Hatto, Qarshidagi qabristonni ham

menga ko‘p ko‘rdingmi? Kalima keltirishniyam bilmayapman. Ayajon, endi sizni ko‘rolmaymanmi?

Ko‘z o‘ngimda bir ota-onam, bir maktab, kollejdagi ustozlarim, Bahrom aka, Toshkentlik yangam va yo‘lak supurayotgan kelinchak

gavdalandi. Yana dadajonim endi esimni taniy boshlaganimda keltirgan katta, chiroyli qo‘g‘irchog‘im! Anchadan beri cherdakda yotgan bu

qo‘g‘irchog‘im, ikki qo‘lini cho‘zgancha keraksiz buyumlar orasidan uni olishimni so‘rayotgandek mo‘ltillab turardi. Qanchalar beoqibat

ekanman-a. Uni shuncha yil o‘ynab, bir chekkaga itqitibman. Chiroyli qilib yasantirib, tryumamni yoniga qo‘ysam bo‘larkan. O‘zim o‘lim

yoqasidaman-u, o‘ylagan narsamni qarang. Qo‘g‘irchog‘imning taqdirini o‘ylab-o‘ylab, suvga qarsillab tushganimni sezmay qolibman.

Bo‘g‘zimni to‘ldirayotgan suv cho‘kayotganimni, so‘nggi nafasimni olayotganimni bildirardi. Shu payt qayerdandir kuch enib,

qo‘llarim harakatlana boshladi. Momomning bulutdek ro‘moli meni tepaga tortardi. Suv yuzasiga chiqib, entikib nafas oldim.

Bir zum qaysi tomondan o‘zimni ko‘lga otganimni bilmay turdim. Chunki, tepani ko‘rib bo‘lmasdi. Ko‘lning narigi, olis tomonida

momom ko‘rindilar. Nima bo‘lsa bo‘lsin. Momomning ruhlari yo meni qutqaradi yoki o‘zi bilan olib ketadi. Men tayyorman, momojon! Sizni juda

sog‘inganman. Bir zum bag‘ringizga bosh qo‘yish uchun hammasiga tayyorman. Bor kuchim bilan o‘sha tarafga suzaverdim. Bir cheksizlik

ichiga tushgandek edim. Na vaqtning borligini bilardim, na sohilni. Momomning oppoq ro‘molidan boshqa hech narsa yo‘q edi.

Ko‘zimni yumdim, chunki judayam uyqu bosayotgandi. Shu payt soatning sekundiga qarab, bir qo‘lida hushtak bilan turgan

trenerim ko‘rindi. Juda qattiqqo‘l. Imillaganim uchun bir gal jahli chiqib, yuzimga tarsaki tushirgandi. O‘sha tarsaki yuzimni yondirgandek

bo‘ldi. Ko‘zimni ochib, yana suzishni davom ettirdim. Nazarimda ming yil, million yil suzgandek bo‘ldim. Nihoyat, qirg‘oq ko‘rindi. Beixtiyor

bo‘shashib ketdim. Bilaklarim harakatdan to‘xtadi. Yana bo‘g‘zimni suv to‘ldirdi. Jon talvasasida harakatlanib, qirg‘oqqa yaqinlashdim. Bu

mo‘jiza edi. Tirmashib tepalikka chiqa boshladim. Ammo juda nishab joy ekan. Yana suvga qaytdim. O‘n metrcha suzib, tepaga chiqishga

qulayroq joyni mo‘ljalladim. Tirik qolganimning o‘ziyoq menga kuch bag‘ishlagandi. Endi men o‘limdan juda qo‘rqardim. Egni-boshim loytuproq, yantoqlar ilashgan, tanamni nimalardir tilib tashlagan. Ko‘ylagim ham uzilib tushayozgan, yirtiq ahvolda ko‘lning tepasiga chiqib

oldim. Oyoqqa turolmaganim bois, xuddi ilondek sudralishdan o‘zga choram yo‘q edi. Tepaga chiqdim-u, pastga enishning uddasidan

chiqolmadim. Yumalab ketdim. Keyin nima bo‘lganini eslay olmayman. Qandaydir shifoxonada ko‘zimni ochdim. Dastlabki xayolimga kelgan

narsa egnimda nimadir bormikan, kiyimlarim titilib ketgandi, kim meni o‘sha ahvolda ko‘rdiykan, degan xijolatomuz o‘y edi. Hamshira,

ko‘zimni ochganimni bilaman, qayergadir yugurib ketdi. Toza sharmanda bo‘libman-u. Kimdir meni kiyintiribdi. Ikki qo‘limni qimirlatolmadim.

Bint bilan bog‘langan. Demak, tirikman. Quvonish-quvonmaslikni ham bilmay qoldim Egnida forma kiygan, oq xalatni yelkasiga tashlab

olgan yoshgina yigit, hamshira bilan kirib keldi.

Umrim bino bo‘lib, bunday jasur qizni ko‘rmaganman. Juda omadli ekansan-ku. Erkaklar ham o‘tolmaydigan ko‘ldan qanday suzib

o‘tding? Xudo qiz bersa, sendek uddaburon bo‘lishini istardim.

Xo‘sh, qizaloq! Odam yursa oyog‘idan, qush o‘tsa qanotidan ayriladigan ko‘l bo‘yiga qanday borib qolding? Savollarim seni qiynab

qo‘ymaydimi?

-O‘zbekcha gapiryapsiz, men O‘zbekistondamanmi?

-Iye, avval mening savollarimga javob bering, demoqchisan-da? Ha, O‘zbekistondasan. Sirdaryodagi shifoxonadasan. Bugun bu

yerga keltirilganingga uch kun bo‘ldi. Faqat alahsirab yotganing uchun seni gapga tutolmadim, kimligingni bilolmadim. Chegarani

qo‘riqlayotgan akalaringga ming rahmat. Seni ular behush holda topib olishgan. Manzilingni bilsak, yaqinlaringni chaqirgan bo‘lardik.

-Dadam, bechora dadam. Telefon qiling. Tezroq.

U kishiga raqamni aytdim. Fikrimni bir joyga to‘plolmay, yig‘lab yubordim. Leytenant raqamni terib, xonadan chiqib ketdi. Bexos

dugonalarim yodimga tushdi. Ularning ahvoli nima kechdiykan? O‘rnimdan turishga harakat qildim. Biroq, oyoqlarim ham menga

bo‘ysunmasdi. Birozdan so‘ng biroz asabiylashgan, jiddiylashgan, xavotirga tushgan leytenant yana kirib keldi.

-Dugonalaringga yordam kerakdir? Tezroq nima bo‘lganini gapirib ber. Dadang yo‘lga tushdilar. Hademay yetib kelishadi. Uch-to‘rt

kun oldin yo‘qolgan uchta qizning biri ekansan-da? Suratlaringiz hamma postlarda yopishtirilgan.

Men o‘zimni tutolmay, yig‘lardim.

-O‘pkangni bosib ol. Dugonalaringning ota-onasiniyam o‘yla. Leytenantning endi jahli chiqqan, bir joyda turolmasdan xonaning u

boshidan bu boshiga yurar, goh deraza raxiga qo‘llarini qo‘yardi. Betoqat bo‘layotgan bu insonga boshimdan o‘tgan voqealarni qanday

aytishni, gapni nimadan boshlashni bilmasdim. Men "sotka”dagi tanishuvdan gap boshlamasam, tushuntirib bo‘lmasligini anglab, telefon

tutgan kunimdan gapira boshladim.

"Hammasiga "sotka” aybdor. Ungacha hayotimiz bir zaylda edi... Qolgan gaplarni siz yaxshi bilganingiz uchun qaytarib

o‘tirmayman. Tergovchi bilan qariyb uch soatlar suhbatlashdik. Ora-sira u kimlargadir topshiriq berar va topshiriq olardi. Avval yigitlarning,

keyin dugonalarimning tashqi qiyofasini yaxshilab tasvirlab berdim. So‘nggida ko‘lning narigi yog‘ida joylashgan "qiz bozori” va uning joyi

o‘zgarib turishi mumkinligini aytdim.

Chunki, Bo‘riboy chorshanba bozoriga, ovi yurishmasa payshanba bozoriga olib chiqaman, deb Aydanaga aytgani qulog‘imga

chalingandi. Birozdan so‘ng ukollar ta’sirida charchab, uxlab qoldim. Qandaydir shovqin-u, to‘polonlardan seskanib, uyg‘onib ketdim.

Ko‘zimni ochishgayam yuragim dov bermadi. Sal ko‘zim ilindimi, Bo‘riboy bilan sherigi meni quvlardi. "Ko‘zingni och bolam, ayangman”,

degan qadrdon ovozni eshitib, qo‘rquvni unutdim. "Ayajon, mehribonim, meni qutqaring” -deganimni o‘zim ham bilmay qoldim. "Iltimos, bittabitta kiringlar, shovqin ko‘tarmanglar” -dedi oq xalatli shifokor. Bilishimcha ortimdan ikki mashina odam kelgan. Sitti bilan Pottining ayalari

shifokorning gapiga ham quloq solmasdan yonimga kelishdi.

-Sittijon qayerda, tirikmi, nega birga qochmadi? Fotimaga nima bo‘ldi, tezroq gapir, qizim? Adoyi tamom qildilaring-ku.

Nima deyishimni bilmay qoldim. Bundan ko‘ra, ular bilan qolganim osondek tuyulardi.

-Ular ko‘lga sakrashga qo‘rqishdi. Keyin nima bo‘lganini bilmayman. Agar sakrashsayam o‘lgan bo‘lishardi. Chunki, suzishni

bilishmaydi, -dedim.

Ayam meni qo‘llarimni ushlab ko‘rar, paypaslardi. Hamshira uning holatini ko‘rib, taskin berdi. "Ko‘p harakatlanganidan mushaklar

zo‘riqib, shishib ketgan. Vaqt o‘tib, yaxshi bo‘lib ketadi.” Dugonalarimning onalari hiq-hiq yig‘lagancha, leytenantga ergashib chiqib

ketishdi. Shu payt dadajonim keldilar.

-Bitta to‘g‘ri ish qilgan ekanman, seni suzishga qo‘yib. Treneringga rahmat. Sensiz ado bo‘ldim, qizalog‘im, -dedilar boshimni silab.

-Kechiring, dada. Bekor «sotka» olib bering, deb gapingizni ikki qilibman. Men ota pandiga quloq solmagan qizga parvardigorning

o‘zi jazo berdi.

-Unday dema, parvardigor seni bizga qaytarib berib, himmatliligini ko‘rsatdi. Yur, ayasi, buni hujjatlarini to‘g‘irlaylik. Olib ketamiz.

Ayamning ortidan qarab qoldim. Quchay desam, qo‘llarim ishlamayapti, boray desam oyoqlarim. Notavonga aylandim-qoldim.

Eshikdan Bahrom akam kirib keldilar. Ko‘zlarida yosh. "Men aybdorman, kechirolsang kechir, Gulijon” deya karovatim yoniga o‘tirdilar. Juda

horg‘in. -Qarshida duv-duv gap bo‘lib ketdimi?

-Mahallada, degin.

-Endi nima bo‘ladi? To‘y nima bo‘ladi? Ota-onangiz nima deyishadi?

-Bir gap bo‘lar. Muhimi, sog‘ayib ketsang bo‘lgani. Ular qo‘limga tushsa, sog‘ qo‘ymayman. Qanday qilib, o‘zingni o‘ldirishga

chog‘landing, Gulijon! Suzib o‘tolmasang, meni kuydirarding-ku!?

-Tirik qolib, ularning changaliga tushganimdan ko‘ra, o‘lganim yaxshi, -dedim. Ular meni sotib yuborishmoqchi edi. Keyin sizning

yuzingizga qanday qarardim. O‘lganim ma’qul edi-da.

Bahrom akaning yuzlari yorishdi.

-Xayolimga nimalar kelmadi, Gulijon! Meni or-nomusimni o‘ylab, o‘limga tik boribsan, men bo‘lsam, noshudlik qilib seni yo‘qotib

qo‘ydim. Men senday qizga arzimas ekanman. Yosh bo‘la turib, buncha aqlli ekansan. Bahrom akam siniq jilmaydi:

-O‘zim davolataman, doim boshimda ko‘tarib yuraman. Bilib qo‘y, har qanday sharoitda ham senga uylangan bo‘lardim. Chunki

dadangning omonatini eplolmagandim.

-Agar qo‘l-oyog‘im ishlamay qolsa-chi?

-Baribir, seni kichkinaligingdan yaxshi ko‘raman. Ko‘z ostimga olib yurgan yagona qiz-sensan.

Bu gaplardan kayfiyatim ko‘tarildi. Demak, Bahrom akam shunchaki emas, sevgani uchun uylanyapti ekan. Men bo‘lsam...

-Nega yana xafa bo‘lyapsan? -dedilar.

-Dugonalarim yodimga tushib ketyapti.

-Sitoraning dadasi yurak xuruji bilan shifoxonada yotibdi. Seni dadang ham tabletka ichib yuribdi. Yomon bo‘ldi. Bir gap aytaymi,

dadang Shavkat aka ikkimizni rosa tepkiladi. O‘ziyam shunga yarasha ish qildik-da.

Meni olib, Qarshiga qaytishdi. To‘g‘ri shahar shifoxonasiga joylashtirishdi. Bu orada o‘sha "sotka”dan tanishgan yigitlarni qo‘lga

olishibdi. Ular oltmishga yaqin qizlarni, juvonlarni qozoqlarga sotib yuborishgan ekan. Bo‘riboy bilan uch-to‘rt yildan beri shu "biznes” bilan

shug‘ullanishgan. Aytishlaricha, ular begonamas, o‘zlari aytgandek Chiroqchi taraflardan ekan. Endi men ishonaman. O‘z qo‘shnisini,

hamqishlog‘ini pul evaziga sotib yuboradigan nokaslar oramizda borligiga. Agar boshimdan o‘tmasaydi, bu bir lof-da deb, ishonmagan

bo‘lardim. Hatto, yigitlar ham pul topaman deb, odamfurushlarning qo‘liga tushayotganiga endi ishonaman. Bir lahzada hayoti ostin-ustun

bo‘lib ketgan o‘lim yoqasiga borib qaytgan qizning gaplariga siz ham beparvo bo‘lmang. Yana "sotka” tutayotgan qizlarga ham bir og‘iz

gapim bor. Tanimagan yigitlar bilan gurunglashmang. Ular ehtimol, odam savdosi bilan shug‘ullanar, ehtimol narkomandir, balki yoshi katta

erkakdir. Har qanday sharoitda ham ota-onangizga ishoning. Faqat ular bizni aldamaydi. Yana sport bilan shug‘ullanishni unutmang. Ular

hayotda asqotishi mumkin.

Dugonalarimni so‘rayapsizmi? Ular ortga qaytarilgan qizlar orasida yo‘q edilar. Eng og‘iri - men endi har kun Sitoraning eshigi

yonidan o‘tyapman. U Bahrom akamga qo‘shni-ku. Dugonalarim qaytarmikan? Ularga o‘sha kelinchakdek kimnidir yo‘lagini supurish nasib

etarmikan? Bu mening qalbimga bir umrlik armon bo‘lib qolsa kerak. Ota-onalari hali yo‘l qarab, qizlarini kutishyapti. Ishqilib, ular sog‘-salomat qaytishsin-da... TAMOM. Sabr bilan o'qiganingiz uchun rahmat.

O‘xshash hikoyalar