tungi.ru

QIZLAR BILAN QANDAY TANISHISH KERAK?

Qizlar bilan ilk marotaba

tanishganda shunday

hatoliklarga yo`l qo`yamiz-ki,

keyinchalik bular bizning munosabatlarimizga o`z ta`sirini

o`tkazmay qolmaydi. Albatta, ko`pchilik

bunday holatlarni yuzlarida tabassum

bilan yodga olishadi. Lekin bu holatdan

doimo ham kulgu bilan chiqib keta

olmaysiz. Shu sababli qizlar bilan tanishishdan avval quyidagilarni bilib

o`lsangiz o`zingizga foyda bo`ladi. 1. O`ZINGIZNI MUHABBAT ASIRIGA

AYLANTIRMANG

U haqda kamroq o`ylang. Hayolingizda

uning tasvirini chizishni ham bas qiling.

Ayolga sizning fikrlaringizni band etishga

imkoniyat bermang. Agar shunda ham muhabbat dardiga duchor bo`lsangiz,

unga buni bildirmang. Albatta, ayollarda

ichki hissyot juda rivojlangan. Bu sizga

qiyin bo`lishi mumkin. Agar u sizning

yaxshi ko`rishingizni payqasa, bu sizga

jarima bo`ladi. Ayollar bilan bo`ladigan aloqalarning barchasini yakkama-yakka

o`ynladigan o`yinga qiyoslash mumkin.

Siz keyingi uchrashuvlarni hayajonga

berilmagan holda rad eting. Unga ko`p

qo`ng`iroq qilmang. Siz qilayotgan

qo`ng`iroqlar soni u sizga qilayotgan qo`ng`iroqlar sonidan ortib ketmasin.

Ammo, ataylab qilayotganingizni

sezdirmaslikka harakat qiling.

Yodda tuting: agar bu qism shartlarini

bajarmasangiz, qolgan shartlar o`z

kuchini yo`qotadi! 2. AYOLNI YAXSHILAB O`RGANIB CHIQING

Siz o`zingiz uchun yangi yo`nalish toping.

Qizni "skaner" qilib, "rentgen"dan

o`tkazib o`rganing. Muhimi uning qalbiga

yo`l toping. Uning qiliqlari, qiziqishlari,

yomon ko`rgan narsalarini bilib oling. Agar u termush qurgan bo`lsa, extiyot

bo`ling. Eng asosiysi uning turmush

o`rtog`ini yomonlamang. Yaxshisi uni

himoya qilishingiz to`g`risida ikki og`iz

gapirib qo`ying. 3. TASHQI KO`RINISHINGIZGA

E`TIBORLIROQ BO`LING

Tashqi ko`rinish o`zaro aloqalar

o`rnatishda muhim rol o`ynaydi. Agar

ayol sizga "erkak kishi maymundan farq

qilsa bo`ldi", desa, ishonmang! Albatta, go`zallik bu nisbiy tushuncha. Agar sizdab

ter hidi kelib tursa yoki tirnoqlaringiz osti

kir bo`lsa, yaxshisi siz tanishish haqida

o`ylamang.

Kiyim ham bu borada muhim unsur

hisoblanadi. Hayotda avval soatini, keyin botinkasini, so`ngra yigitning o`zini

yoqtirib qolgan hodisalar ham uchragan.

Biroq kiyimga katta e`tibor berish ham

talab etilmaydi. Muhimi ular toza va

o`zingizga yarashib turadigan bo`lishi

lozim. 4. "ERKAK BO`LING"

Xarakteringizga katta e`tibor qarating -

qiyin vaziyatlarda his-hayajonga

berilmasdan, hazil bilan vaziyatni

yumshating. Jiddiylikni saqlang.

Mimikangizning holatiga ham alohida e`tibor bering. Ayollar masxaraboz

erkaklarni yoqtirishmaydi. Qizni turli

laqablar ("mushukcham" va boshqalar)

bilan atamang. Yengiltaklik, bolalarga hos

qiliqlar qilmang. Agar u sizga "Huddi yosh

bolaga o`xshaysiz-a", desa, tamom. Munosabatlaringizni yaxshilash yo`llarini

qidiravering.

Ayollar aqlli erkaklarni yoqtirishadi. Lekin

siz buni suyiste`mol qilmang. Uning

fikrlarini o`zingizning "temir

mantig`ingiz" bilan bo`lmang. Bu holat munosabatlarga yomon ta`sir o`tkazadi. 5. ZIQNALIK QILMANG

Ayollar ziqna erkaklarni hush

ko`rishmaydi. Agar sizda moliyaviy

muammolar bo`lsa, go`zal xonimlar

haqidagi orzularingizni unuting.

Cho`ntagingizga pul tushsa, o`zingizga yaqin bo`lgan qizni restoranga taklif

qiling. U yerda unga eng qimmat

taomlardan totib ko`rishni maslahat

bering. Statistika ma`lumotlariga ko`ra

bunday sahiylikka mahliyo bo`lgan ayol,

biron-bir arzonroq taomga buyurtma berishi aniqlangan. Ko`plab arzon

sovg`alarga ovora bo`lmasdan, bitta

qimmatini sovg`a qiling. Siz ayolga o`z

qarashlaringizdan kelib chiqib emas, balki

uning ko`nglidagi narsani sovg`a qilishga

harakat qiling. Shuni unutmang-ki, ortiqcha qilingan

harajat ham qizning ko`nglini sovutib

qo`yishi mumkin. Agar sizlar taksiga

o`tirib, unga keragidan ko`p pul

bersangiz, siz haqingizda qiz

quyidagilarni o`ylashi mumkin: - Ahmoq, bu pul bilan yarim kun aylansa

bo`lardi.

- U taksida juda kam yuradi.

- U savdolashishni bilmaydi, u bilan

uzoqqa borib bo`lmaydi.

- U mening yonimda o`zini shunday tutyapti. Demak, tushunchasi yaxshi emas

ekan. 6. UNI TINGLANG VA AKSINI BAJARING

Gap shundaki qizlarning ko`pchiligi o`zlari

o`ylayotgan narsaning teskarisini

so`rashadi. Agar biror qiz sizni hech

qachon sevib qolmasligini aytsa, bu

haqiqat bo`lishi mumkin. Lekin, ko`p hollarda buning aksi bo`lib chiqadi. 7. ALOQALARGA ANIQLIK KIRITISHGA

HARAKAT QILMANG

Qiz sizni sevadimi-yo`qmi, bilishga

harakat qilmang. Undan bugun nega

kayfiyati yo`qligini, shirin so`zlar bilan

sizni siylamayotganligi haqida so`ramang. Biror marta bunday suhbat

sizlarning boshingizdan o`tgan bo`lsa,

butun umrga yutqazdim deb

hisoblayvering. 8. UNGA MASLAHAT BERMANG

Har qanday holatda ham ayollarga

maslahat bermang. Qanday bo`yanadi,

qanday kiyinadi, o`zi hal qilsin. Buni u

o`ziga nisbatan haqorat deb qabul qilishi

mumkin. Hatto u o`zining bugungi hunuk ko`rinishi haqida fikringizni so`rasa ham

sizning nigohlaringizda undan go`zali

yo`qligini ayting.

Ilmiy yoki ish yuzasidan maslahatlarda

esa boshqacha yo`l tuting. Ularda ham

ehtiyotkorlik talab etiladi. Yaxshisi siz u sizning oldingizga qo`ygan variantlar

ichidan kerakligini tanlab olishga yordam

bering. 9. O`ZINGIZGA ISHONING

Bilasizmi, kecha siz havas bilan qarab

turgan qiz bugun sizniki bo`lishi mumkin.

Umuman tanishib bo`lmaydigan ayollar

yo`q. Ular ham biz istagan narsani

hohlashadi. Bizningcha siz shu qizning orzusidagi yigitsiz. O`zingizga ishonch

bilan qarang. Lekin o`zingizni birnchi

o`ringa qo`ymang. Ayollar egoistlarni

yoqtirishmaydi.

Agar siz shu qoidalarga amal qilsangiz

o`ylaymizki ko`nglingizdagi qiz bilan tanishish sizga ancha oson bo`ladi.

O‘xshash hikoyalar