tungi.ru

"BaBy" 3 - qisim

Mubi, yuraqol..."

-Yaxshilikcha, tezda bu yerdan anu ikki qarichlik kablokchangizni shiqillatingchi yaxshi qiz. Hozir nomoz vaqti bo'ldi. Ketmasam bo'lmaydi. Xoxlagan vaqting lyuboychasiga tortishaman. -boshini qiyshaytirib, beetibor, ammo nafrat ila gapirdi yigit.

-Men ketaman, ammo san bilan hali gaplashamiz. -ketar ekan, ortga qarab qo'lini bigiz qilgancha gapirdi Mubina.

Shundan so'ng 10 kun ketma - ket Mubina o'sha bozor atrofidan o'tdi, yigitni uchratmadi. Chunki, uning qo'polligi, qo'rs va mag'rurligi uni lol qoldirgandi. U bilan yana bir bor gaplashib ko'rgisi keldi. Ammo topolmadi va u o'ylay boshlad: "Ex tentak qiz, nimalar qilyapsan? Ikki marta aldanganing yetmaydimi? Yana nega yigit zotiga qiziqib qolding? Bas qil!!! Yig'ishtir bu maynavoschilikni" deya yuragidan sado keldi.

Shundan so'ng u o'sha yo'ldan yurmadi. Lekin uning bepisand gapirishlari, o'tli - o'tkir nigohlarini har eslaganda butun vujudi ajib bir jimirlab ketardi. Ko'zlarini yumib, qay-qayta o'sha voqeani eslayverardi. Bu xol ko'p vaqt davom etdi. Juma kuni darslaridan chiqqan Mubina masjid oldidan avtobusda o'tar ekan, o'ziga, hayollariga, tushlariga juda tanish bo'lgan chehrani ko'rdi. Avtobus orqasidan shoshilib, turtinib oldinga intildi va avtobus haydovchisiga o'tina boshladi: Iltimos, to'xtating!!! O'tinaman, faqat tez...

-Kechirasiz, bu yerda to'xtash mumkin emas qizim.

Mubina xomush va o'ychan avtobus eshigiga suyanib qoldi.

Shundan so'ng har kuni o'sha masjid qarshisidagi kattakon majnuntol daraxti panasida uni kutadigan odat chiqardi. U har juma kuni kelardi. Buni tushungan Mubina endi har Juma o'sha majnuntol ostida uni kelishini kutardi, u kelardi. Boshidagi do'ppisi ham o'ziga juda yarashgan. Yigit masjidda qancha vaqt o'tirishidan qat'iy nazar Mubina uni sabr bilan kutardi. U chiqqach yana ko'rinmay qolguncha uning ortidan tikilib qolardi. Bu holat taxminan 2 oycha davom etdi. Bu orada yigit uni 2-3 marta ko'rib qoldi. Bir kuni Juma nomozini ado etib chiqqan yigit majnuntol ostida yana o'sha qizni ko'rgach, to'g'ri u tomonga yurib kela boshladi. Bu holatni kutmagan Mubina nima qilishini bilmay dovdirab qoldi va so'mkasidan qo'liga ilashgan bir kitobni oldi-da o'qigan kishi bo'lib kitobdan ko'zini uzmay o'tiraverdi. Yigit uning yoniga yetib kelgach avvalambor salomlashdi:

-Assalomu Alaykum va Raxmatillohu va Barakotu. Sog'ligingiz yaxshimi?

-Ha yaxshi, Salom. -mehr ila jilmaygancha so'zladi Mubina tepasida tik turga yigitga boshini ko'tarib qarar ekan.

-Tushunarli, salomlashishni ham tuzukli bimayman deng? Bu yerda "oriflime" katalogini chappa tomosha qilish o'rniga darsingizga borsangiz bo'lmaydimi?

Mubina qo'lidagi katalogni tezda so'mkasiga solib qo'ydida o'rnidan turdi.

-Kechirasiz, Assalomu Alaykum!!! Siz nomoz o'qiysizmi?

-Voalaykum Assalom!!! Kechirasizu, ammo bu savolni berish ham, bunga javob berish ham to'g'ri emas...

-Tushunmadim.

-Salomat bo'ling! Men endi boraqolay, ishlarim bor.

-To'xtang, buncha shoshilasiz? Bugun meni tug'ilgan kunim. Sizni taklif qilmoqchi edim, borsangiz juda ham xursand bo'lardim.

-Inshoolloh! Olloh nasib qilgan bo'lsa albatta boramiz.

-Ismingiz nima?

-Vaqti kelsa aytarman, -mana bu ro'mol sizga. U kungi qo'polligimni kechirishingizni istayman. Bu sizga juda yarashadi. Omon bo'ling, barchamiz Ollohga omonatmiz. -u shunday deya so'mkasidan bir dona shoyi ro'mol olib Mubinaga uzatdi.

-Raxmat, lekin qiziq, yigit kishi so'mkasida ro'mol olib yursa-ya, tavba. -sharaqlab kulib yubordi Mubina.

-Bu sizga va sizga o'xshagan qizlarimizga o'zligini, o'zbekligini eslatib qo'yish uchun singlim.

-Tushunmadim.

-Demak, buni anglash taqdiringizga yozilmagan ekan.

-Buncha donolik qilaverasiz?

-Buni ham vaqti kelsa, taqdiringizda bo'lsa bilib olarsiz. Endi men boraqolay.

-Yaxshi, tug'ilgan kunimni "Qaldirg'och" bog'ida nishonlayman. Soat 17:30da. Umid qilaman-ki, taklifim yerda qolmaydi.

Mubina o'ychan holatda yigitning ortidan tikilar ekan, ko'zlariga ishonmadi. Nahotki bu o'sha. Nahotki bu o'sha kungi qo'pol, jaxldor yigit. "Yo'q, ishonmayman" deya o'ziga o'zi ta'kidlardi u.

***

Yigit o'ylab - o'ylab ahiyri borishga qaror qildi. Sovg'a borasiga kelganda esa ikki chandon ko'proq o'ylandi va bir dasta oppoq atirgul hamda o'zi sevib mutolaa qiladigan bir kitobini sotib olishga qaror qildi. U yo'lda ketar ekan, ming istihola ila qadam tashladi. Ikki bor ortga qaytishni ko'ngliga tugdi, ammo taklif qilingan joyga bormaslik yaxshi emasligini tushunib, yo'lida davom etdi. U aytilgan vaqtdan 10 daqiqa kechikib bordi. Bog' chetidagi keksa chinor ostiga bejirim ikki kishilik stol stul qo'yilgan. Stol usti turli xil noz-ne'matlar bilan bezatilgan. Mubina esa chinor ostida teskari qarab, hovuzdagi suvni tomosha qilib turardi. Boshida yigit bergan pushti rang ro'mol, egnida o'sha ro'molga mos ravishda did bilan tikilgan libos. U yigit kelganini payqab, yoki tasodifan u tomonga o'girildi. Yigit ko'zini olib qochdi.

-Assalomu Alaykum!!! Xush kelibsiz, kelganingizdan biram xursandmanki, kelmaysizmi deb juda qo'rqqandim. -sevinchini yashira olmadi Mubina. -Keling, bu yerga o'tiring!

-Voalaykum Assalom, xursandligingizni ko'rib juda sevindim, ammo men va sizdan boshqa mehmonlar ko'rinmaydi. Stol stullar ham ikki kishilik. -ajablanib so'radi u.

-Ha, avvalambor buni aytmaganim uchun uzur. Men 20 yoshimni yolg'iz nishonlamoqchi edim, ammo sizni ham taklif qilgim keldi. Shu bohonada ham yarashib ham tanishib olamiz. -samimiy jilmaydi Mubina.

Bu holatdan yigitning g'azabi oshdi. Faqat yigitni yolg'iz bog'ga tug'ilgan kunni nishonlash uchun taklif qilgani g'ashini keltirdi. Qizlarning bu qadar surbetlashib ketgani uni yuragiga og'ir botdi. Nafaslari bo'g'ildi. Qizning maqsadini anglay olmay tik qotib qoldi.

-Kechirasiz singlim, bu qilgan ishingiz hech narsaga to'g'ri kelmaydi. Sizni hurmat qila boshlagandim, ammo bir chandon u ehtiromim zaiflashdi. Tug'ilgan kuningiz muborak!!! -deya qo'lidagi gul va kitobni stol chetiga qo'ydi va bog'ni tark etdi.

Uning gaplaridan Mubinaning yuraklari bir qalqib tushdi. Uyatsizlik, sharmsizlik qilganini anglab yetdi va yigitning ortidan sekin yura boshladi. Yigit qadamini yanada tezlatdi, Mubina ham qolishmadi. Bekatga yaqinlashib qolganda unga yetib oldi va ming istihola bilan gap boshladi:

-Bilasizmi, sizga hurmatim cheksiz. Siz boshqa yigitlarga o'xshamaysiz... G'ururli, mag'rur insonsiz. Sizdek insonni tarbiyalagan ota-onangizga ming bora tashakkur! Ilohim umrlari uzoq bo'lsin... Siz bilan yaqindan do'stlashishni juda istagandim. Ammo ilmsizligim, tarbiyam siznikiga nisbatan ancha boshqachaligi sabab bu nasib etmadi. Ammo siz bilan baribir yaqindan tanishaman, bu taqdirimga yozilganiga ishonaman. Yo'qsa siz bilan uchrashib qolmasdim... Bilaman, siz bilan fikrlashimiz, dunyo qarashimiz butkul boshqacha, ammo men siz bilan yaqindan tanishish uchun ham o'zgaraman. Ko'zingizdagi mung, alam nimani ta'sirida qotib qolganini bilishni istayman va bu nasib etishiga ishonaman.

Bu so'zlarda yigit allanechuk bo'lib ketdi. O'tli nigohini qizning iztirobli ko'zlariga tikdi.

-Ismim Muhammad. -qo'lini cho'zdi u.

-Mubina, -qiz ham jilmaygancha yigitning qo'lini siqdi.

-Tanishganimdan xursandman. Ko'ngilni eritishga juda usta ekansiz. Lekin men uchun o'zligingizdan kechib, o'zgarishingizga hojat yo'q deb o'ylayman. Erka o'sgan ko'rinasiz, oilada nechta farzandsizlar? -yigitning ketma-ket bergan savoli Mubinani shoshirib qo'ydi.

-Oilada bitta qizman. U qadar erka emasman... -yuraklari orziqib, ming hayajonlarib gapirdi. Yigitning har bir gapi mehrga yo'g'rilgandek tuyulardi Mubina uchun.

-Yaxshi, men ham oyimning yolg'iz farzandiman.

-Raxmat, raxmat sizga Muhammad. Indamay ketib qolmaganingiz uchun raxmat!!!

-Arzimaydi. Endi men ketdim, Olloh taqdir qilgan bo'lsa yana ko'rishamiz. Shungacha o'zingizni ehtiyot qiling, Ollohga omonatmiz. -u shunday dedi-yu avtobusga chiqib manziliga ravona bo'ldi. Mubina esa yuragining urishini hech kim eshitmasligi uchun ko'ksini qo'llari ila mahklam bosib turdi. U bunday hayajonni hech qachon, hech qayerda tuymagandi. Hammasi uchun Tangriga shukrona aytib, o'z uyiga yo'l oldi.

Uyida ota - onasi va yaqin qarindosh-u, kursdoshlarigacha uni kutib turishardi.

-Qizim, bu nima qilganing? Telefoningni ham xonangda qoldiribsan, kamiga aytmay ketgansan... -onasi gapira boshladi kuyunib.

-Assalomu Alaykum va Rahmatullohu va Barakotu. -shodon kulib kirib keldi Mubina. -Ming bor uzur, eski kursdoshlarim bilan ko'rishib qoldim. Chin dildan uzur so'rayman.

Ota-onasi, dugonalari hayron. Doim "Hi, Sava, Salom" deb kirib keladigan qiz... Umuman aqlga sig'maydi. Yana onasiga hisob topshirdi, ilgarilari "Bu mening ishim" deya xonasiga indamay chiqib ketardi. Bu o'zgarishning boisi ne? Hammada shu savol.

Bu ishq, bu muhabbat. Bu shunday tuyg'uki, insonni qalbini poklaydi, U shunday tuyg'uki, g'oyibdan dillarni bir-biriga bog'laydi, hijronlarda dog'laydi. Mansab, davlat tanlamaydi. Bu nochor, bu badavlat demaydi. Qalb eshigini taqillatmasdan to'ppa to'g'ri kirib keladi, exxx bu muhabbat, bu ishq... Ha... ha bu ishq...

Oradan kunlar o'tdi. Mubina kundaligiga Muhammad bilan o'tgan ilk janjalidan tortib, to tug'ilgan kundagi uchrashuvgacha hayajonga to'lib, jo'shib yozdi. Yurakchalar bilan bezadi. U endi oshiq, u endi o'zga olam mehmoni. Bu dunyo, bu yolg'onchi dunyo unga begona. Hayotda u uchun bir donagina rosti bor. Bu ham bo'lsa o'sha mag'rur Muhammad.

Kundaligini qayta-qayta o'qirdi. Tunlari kundaligini quchgancha uxlab qolardi. Muhammad sovga qilgan kitobni esa yodlab olgan. Ro'molni esa boshidan tushurmaydi. Shunday kunlarning birida darsdan qaytayotgan edi, ortidan juda tanish, juda qadrli bir ovoz uni chaqirdi:

-Mubinaxon...

-Labbay!!! -hayajon ila ortiga qarab, Muhammadni ko'rib sevinib ketdi.

-Assalomu Alaykum Muhammad aka. -sho'x jilmayib, sevinchini yashira olmay salom berdi u!!!!

Davomi bo

O‘xshash hikoyalar