tungi.ru

Qalbim monologi ( Tanlov uchun)

Bilasanmi yurak bilan yashash

modadan qolgan, buni bilsam

xam yurak bilan yashayman.

Yolg'on bilan yashash osonroq

deyishadi, men qiyinrog'ini

tanlayman, rost bilan yashayman. Birgina bilgan

rostim esa sen. Tog'ri tan

olaman men xam farishta

emas, xamma kabi gunoxkor

banda. Bilip bilmay yolg'on

gapirib qo'yaman bazi bazida. Yolg'on gapirsam senga yaxshi

ko'rinish uchun

gapirgandurmanda, yolg'onim

uchun mendan xafa bo'lma,

meni ayblama. Axir o'sha

yolg'onim xam o'zingsanku, yolg'onlarim o'zing.

Yolg'onlarimda xam shuncha

mexrim bor g'alati a???

Extimol senga bo'lgan

tuyg'ularimni tushuntirishga,

yetkazishga chiroyli so'zlar bilan yetkazishga ojizlik

qilarman. Yoki mendagi

andishayu uyat tilimni tiyar.

Bu tabiiy axir ko'ngil

gapirganda so'zlar jim turar...

Oramizda kilometr, masofalar, sog'inganda ko'risholmaymiz

extimol. Yoki borgani to'rt

besh qadam tashlagani

qo'rqamiz etamiz inkor.

Kimdur aytdi mexr ko'zda

emish, yo'q yo'q men bunga ishonmayman, bu yolg'on sen

xam ishonma zinxor. Ko'zlar

axir ko'ngil ko'zgusi, men seni

ko'rmasamda nega menga

buncha yaqinsan, qanchalar

qadrdon??? Bazida o'ylap qolaman men

axmoqman. Sevgan odaming

bilan do'st bo'lish axmoqlik

bo'lmasa

unda nima? Qo'rqoqlikmi?

Qalbimda birgina qo'rquv bor u xam bo'lsa seni yo'qotish...

Men bormayman sen xam

kelmaysan. Men aytmayman

sen xam sezmaysan. Bizni

o'rnimizga xam taqdirni o'zi

xarakat qiladi. Axir xaqiqiy muxabbat hech qachon

javobsiz qolmaydi...

Ko'zlaring menga tikilganda

senga qaramasligim mumkun.

Chunki meni ko'zlarim senga

tikilganda sen ko'rmagan bo'lasan.

Odnoklassnikida sevgi xaqida

statuslar yozmasligim mumkin.

Chunki sevgi statusda emas

yurakda...

Extimol men bilan qiziqmaydi deb xafa bo'larsan. Xozir

odamlarga kim bo'lib

ishlaysan, Toshkentda

kvartirang, mashinang,

diploming bormi shular qiziq,

shular muximroq. Ko'ngling bilan esa hech kimni ishi yo'q.

Xa to'g'ri menga bular qiziq

emas. Qancha kilo chiqasan,

qanday kiyinasan umuman

qiziqmas. Menga faqat

ko'ngling qiziq ko'nglingda nimalar bor, qanday dardlar

bor shular qiziqroq...

Extimol sen uchun ko'z yosh

to'kmasman yig'lamasman.

Chunki meni qachonki

eslasang doim tabassum bilan eslashingni xoxlayman.

Senga jonimni beraman deb

baland parvoz gaplarni xam

aytmayman, chunki bular

soxta oshiqlar takrorlaydigan

baland parvoz so'z xolos. Men seni shunchaki oddiy, sodda

sevaman deyman. Chunki

oddiy narsalar samimiy va

qadrli bo'ladi...

Sensiz yasholmayman deb

xam aldamayman. Xa men sensiz yashay olaman tog'ri,

lekin seni sevmay yashay

olmayman...

Nolimayman xatto kelmasang

xam. Shunchaki kutaman sabr

bilan. Rashq qilmayman boshqa yigitlarlarga qarasang xam.

Chunki kimga qanday

munosabatda bo'lsang

shunday javob qaytishini

yaxshi bilaman. Umid oxirida

o'ladi diyishadi. Men xam oxirigacha umid uzmay

yashayman...

Agar sen tushuna olganingda

ko'nglimda nima? O'qiy

olganingda edi qalbim

monalogini. Sen bilarding, tasavvur qilarding sevgi aslida

nima degani. Uning tami

qandayu, rangi qanaqa

bo'ladi...

Yo'q menga raxming kelmasin,

kelmasin raxming menga. Men xammasiga ko'nikib qoldim.

Sog'inishga, kutishga,

qo'rqishgayu, azobli

axmoqona do'stlikga. Xar

qancha vafodor odamga xam

tinmay befarqlik qilinsa sabri tugaydi deyishadi. Tog'ri

menda sabr tugagan bo'lsa

bordur, lekin ko'nikish

boshlangan ko'nikib

ketganman o'rganib

qolganman... Xayotimda nimadur baxt,

nimadur armon bo'lsa xam.

Taqdirimda bo'lsang,

bo'lmasan xam raxmat

borliging uchun xam. Raxmat

xotiralarimni to'ldirganing uchun xam. Katta raxmat

menga sevgini anglatganing

uchun xam. Yana raxmat

azoblaringa o'rgatib

qo'yganing uchun xam.

Extimol peshonamga yozilmagandursan. Balkim

boshqa bilan baxtli bo'larsan.

Mayli bu endi bu meni

peshonam. Endi bu mening

armonim. Qayda bo'lma sog',

omon, baxtli bo'lsang bo'ldi. Ana shunda men baxtli

bo'laman xamma xammadan

xam...

Boshqa hikoyalar