tungi.ru

Xoin 4-qism

Biroz pul ishlash uchun shunaqa qilayapman. -dedim.

- Xoin! -deb baqirib tepdi. Chap bergandim ikkinchi oyog'i tegdi.

Men uni zarbasidan emas, aytgan sözidan "yaralandim".

- Mard bölsang qurolsiz kurash! -dedim. U qurolini tashladi. Endi bemalol urushsak böladi. 10 minutcha mushtlashdik, unga kuchim yetmadi. Xuddi robotga öxshardi qancha ursam ham sezdirmaydi. Men öz xoinligim sabab yengildim...

- Özbekistonni qayeridansan? -dedi.

- Samarqanddan.

- Qayeridan?

- Bulung'urlikman, -dedim -özingchi?

- Ishing bölmasin! Isming nima?

- Bektosh. Qölimni qöyvor-e! Sen kimsan? -dedim.

- Men Sardorbekman! Senga öxshagan xoinlarni yöq qiladigan! Sönggi sözingni ayt! -deb töpponchasini öqtaldi.

- Sardorbek, menga yordam ber aybimni yuvay?

Uzoq bahsdan söng u rozi böldi. Biz sulh tuzdik...

...

Bir necha kundan söng qirg'in boshlandi. Mendan mol oladiganlarni tunlari kimdir öldirib ketaverdi... Öqishim yakunlay deb qolgandi. Endilikda kunduz yuk yetkazib berib kechasi ösha uyga Sardor bilan borardik. Bir haftada narkotik savdogarlari ancha siyraklashib qoldi. Ham öqish ham ish, kechasi "ov" meni charchatardi. Iroda, sizga nima böldi özizga öxshamayapsiz derdi. Qishloqni sog'indim, eslab hayajonlanayapman, dedim. Uni qölidagi uzuk meni vijdonimni qiynardi.

- Iroda, bir shahar aylanamizmi? Makkajöxorisimon binoga boramiz? -dedim qölidan ushlab.

- Qölizni oling. Mayli boramiz, Zilola bilan. -dedi.

Dam olish kuni poytaxt markazidagi qöshaloq binoga bordik. 60 qavatli egizak binoning 45-chi qavatida osma köprik bor edi. Ösha köprikga chiqdik. Atrofni tomosha qilib shahar körkidan bahramand böldik.

Yaqinda Özbekistonga ketamiz...

Kechqurun bossni oldiga borganimda xavotirga tushib mendan biroz shubhalandi. Bu haqda Sardorga aytdim.

- Yana 2tasini yöq qilaylik, bossingni qölga olib Malayziya politsiyasiga topshiramiz. -dedi.

Ertasiga yukga borganimda bugun ishga chiqmasligim ma'lum böldi.

Hechqisi yöq deb Abrahamni tug'ilgan kuniga bordim. Kechasi Sardor bilan kattaroq xaridornikiga bordik. Uyi 2 qavatli, soqchi qöriqlardi. Sardorni vintovkasi bor ekan osongina soqchini tinchitdi. Lekin baland devor, qulflangan darvoza oldida turib qoldik.

- Balkondan kirsa böladi. Yordamlashib yubor. -dedi Sardor.

Balkon oldida tiz chökdim. Men tiz chökib turdim Sardorbek

yugurib kelib yelkamga oyoq

tirab sakrab balkonga osilib

chiqdi. Imo bilan "chiqasanmi"

dedi. "Aylanib qara, chiqaman"

dedim. 2-3 minutda parda osilib

tushdi. Osilib men ham ichkariga

kirdim. Birinchi körganim

divandagi murda edi. Seskanib

ketdim. Umrimda öldirilgan

odamni körmagandim. Sardorbek

imo bilan "imillamay bölaqol" dedi.

Töpponchamni qölga olib uni

ortidan bordim. Qorovulxonasida

chiroq yoniq, kimdir bor edi. Meni

töpponcham Sardorbeknikiday

emasdi. Öq uzsam qöshnilar

uyg'onadi. Afsus qilib pichoqni

oldim. "Sen qorovulni gumdon qil,

men boshqa xonalarga

qarayman" dedi u. "Xöp". Ovozsiz

borib qorovulni eshigi oldida

turibman chiqsa sanchaman deb

pichog'im shay. Bir payt narida

xonalardan biridan shovqin

eshitildi. Qorovul chiqib

kelayotganda pichoqni

sanchdimu, Sardorbek tomonga

chopdim. Yana bir pichoqni

qölimga olib borayotgandim,

kimdir bir eshikdan chiqib qoldi.

Öldirishga qölim bormadi. Zarb

bilan urib hushdan ketkazdim. 15

minutdan keyin bu hashamatli

uyda faqat ikki kishi

harakatlanardi. Xonalarni tintib

tashladik. Yertöla arsenalga

aylantirilgan ekan. U yerda 2 ta

Snayper vintovkasi, önlab

avtomatlar, allaqancha pistolet

va öqlar bor edi. Bir zum

töxtadik.

- Hammasini mashinaga ortamiz.

dedi Sardorbek. Qurollarni

hovlidagi ga joyladik.

Darvozani ochib mashinada

chiqdik.

- Qayoqqa boramiz? dedim.

- Sohilga.

Yölda ketayotgandik ortimizdan

JIP quvladi. Izma-iz kelaverdi.

Chalg'itib bölmadi. Köchada öq

uza boshladi.

- Ot ularni nega qarab turibsan?

dedi Sardorbek. Avtomatlardan

birini qölimga olib tomdan

boshimni chiqarib JIPga tarillatib

otdim. JIP ortiga qaytib ketdi.

- Shunisi yomon böldida. dedi

Sardor.

- Nega?

- Ular endi köpayishib keladi.

- Politsiyani chaqiramizmi?

dedim.

- Jinnimisan? Iloji yöq, bu

ahmoqlik. dedi Sardor.

Sohilga yetib keldik. Uni sherigi

bizlarni kutib olib qurollarni

boshqa mashinaga ortdi.

- Seni aybing yuvildi hisob. Ertaga bossingni ushlab politsiyaga topshiramiz. dedi Sardorbek.

Men xonamga kelib uxladim 2 soat uxlabman, tong otdi. Öqishga boray, ertaga bitiruv marosimi böladi. Kechga avtoritetni sönggi a'zosi, bossni bir yoqli qilamiz. Zarina xonim nima qilarkin-a? Shu öylarda öqishga bordim. Charchoqdan öqish kallaga kirarmidi? Öqishdan chiqib Irodaga ertangi bayramga tayyorgarlik kör, deb Zarina xonimnikiga sönggi bor yöl oldim. Zarina xonimnikiga borganimda oilaviy hammasi yumush bilan band edi.

- Hormang xonim, buncha tashvish? Köchayapsizlarmi? dedim.

- Ha. Indoneziyada uyimiz bor, ösha yerga köchamiz. dedi Xonim.

- Pochcha qani? Biroz hisob-kitobimiz bor edi...

- Tepadagi xonada. Puling qolganmidi?

- Ha ozroq. -deb tepaga chiqdim. Boss qog'ozlarni taxlayotgandi.

- Salom boss.

O‘xshash hikoyalar