Layli va Majnu
Layli va Majnun
Kamron xonasida o'tirgancha ich-etini yerdi. Ko'zlari qizarib ketgan, bir nuqtaga ma'nosiz tikilgancha o'tirardi. Hayolida o'tmishga aylangan xotiralar charx urib, yuragini ezardi. . .
Xona eshigi ochilib, oyisi asta qadamlar bilan kirib keldi. Kamron buni deyarli sezmadi ham. Qulog'iga eshik ochilgani, qadam tovushlari kirsada bu miyasiga yetib bormasdi. Oyisi asta Kamronning yoniga o'tirdi.
-O'g'lim, o'zingni qo'lga ol, taqdirga tan ber, endi hech narsani o'zgartira olmaysan. . .
Kamron javob bermadi. Umuman, u oyisining gaplarini eshitmadi ham. U hamon o'zining xotiralari bilan edi. . .
* * * * *
4 yil avval. . .
-Kamronbek, o'g'lim!?
-Ha oyi?
-Mana bu dasturxonni yangi qo'shnilarnikiga opchiqishib yubor.
-Hozir, bir daqiqa.
Kamron kompyuterdagi o'yinga pauza berib o'rnidan turdi. Oyisi tugib qo'ygan tugunni ko'tarib, oyisining ortidan ergashdi. Kuni kecha ularning yonidagi uyga yangi qo'shnilar ko'chib kelishgandi. Ochiq darvozadan ichkarilasharkan, oyisi qo'shnilarni chaqira boshladi:
-Qo'shni? Qo'shniii?
Ichkaridan "hozir" deya 35 yoshlardagi istarali ayol chiqib keldi.
-Voy assalomu alaykum qo'shni, -deya Kamronning oyisi bilan salomlashdi.
-Yangi qo'shnilar bilan tanishib chiqay degandim, -deya darvoza yonida turgan Kamronni chaqirdi oyisi.
Kamron ham ichkariga salom berib kirarkan, qo'lidagi tugunni ayolga berdi. Ayol ichkari tarafga qarab, qizini chaqirdi:
-Laylo! Qizim kelaqol, mana bularni olgin!
Xonalardan birining eshigi ochilib, atlas ko'ylagi o'ziga juda yarashgan, siyrak sochlari husniga husn qo'shib turgan chiroyda betakror qiz chiqib keldi. Qiz ham taxminan Kamronning tengdoshi, 15 yoshlardagi qiz edi.
Laylo zinadan chopqillab tusharkan, Kamron uning go'zalligiga mahliyo bo'lib turardi. Go'yo vaqt surati to'xtagandek edi. Go'yoki bu yorug' olamda ulardan boshqa hech kim yo'qdek edi.
Laylo ularga yaqinlashib, o'ziga yarashgan tabassum bilan salom berib, oyisi uzatgan tugunni ko'tarib boshqa bir xona tarafga yurdi. Kamronning nazarida Laylo unga ham qarab jilmayib qo'ygandek bo'ldi. . .
* * * * *
-O'g'lim, nimadir yeb olasanmi? -so'radi oyisi Kamrondan, xavotirli ohangda.
Kamron hamon jim edi. Uning hozirgi holatida ko'ngliga hechnima sig'masdi. U Layloni ilk uchratgan kunini yodga olarkan, o'sha kuni Layloning chiroyi ko'z oldidan ketmay tuni bilan uxlay olmagani, kechki dasturxon vaqtida oyisi "Latofatxonga qizi Layloni Kamron o'qiyotgan sinfga joylashni maslaxat bergani"ni aytganda yuragi yanada yonib ketayozgan edi.
Kamron hozir o'sha davrlarni eslarkan, ko'zidan yana bir tomchi ko'zyosh dumalab tushdi. . .
* * * * *
-Demak, bolalar, qizlar, yangi o'quvchimiz bilan tanishinglar - Laylo.
Laylo sinfdagi o'quvchilarga qarata jilmayib qo'ydi. Yigitlar sinflariga yangi go'zal chehra qo'shilganidan hursand bo'lishsa, qizlar Layloning chiroyiga havas va hasad bilan qarashardi.
-Laylo Kamronning yangi qo'shnisi ekan, -gapida davom etdi sinf rahbari, -shunday ekan, menimcha ular yonma-yon o'tirishsa yaxshi bo'lardi.
Kamronning partadoshi, eng yaqin do'sti Zokir kitoblarini yig'ishtirib, o'rnidan turdi va orqa qatordagi Donyorning yoniga o'tirdi. Laylo mayda qadamlar bilan Kamronning yonidagi joyga o'tirdi.
-Mayli domla, darsingizni davom ettiring, -deya Kimyo fani o'qituvchisiga yuzlandi sinf rahbari, -bolalar, darsdan qochish bo'lmasin! Oxirgi soatda xabar olaman!
Sinf rahbari xonani tark etgach, o'qituvchi yana ze'rikarli ma'ruza qilishda davom etdi.
Kamron Layloga bunchalik yaqin turganidan yettinchi osmonda yurgandek edi.
-Salom, -deyarli pichirlab gapirdi Kamron.
-Salom, -Laylo ham past ovozda javob berdi. . .
* * * * *
Kamronning oyisi Xusnida opa o'g'liga gapirishdan foyda yo'qligini anglab o'rnidan turdi. U xonani tark etarkan, stol ustida turgan, ramkaga solingan Layloning rasmiga qarab chuqur xo'rsinib qo'ydi. . .
* * * * *
Xusnida opa hovli supurayotganida hovliga Zokir kirib keldi.
-Assalomu alaykum, xolajon.
-Va alaykum assalom, Zokirjon o'g'lim, yaxshimisan?
-Rahmat yaxshi. O'ziz tinchmisiz? Kamron qani?
-Xonasida, dars tayyorlayotgandi adashmasam, kiraver o'g'lim.
Zokir indamay Kamronning xonasi tarafga yurdi. Ichkariga kirarkan, ko'zlari sevgidan sarmast holda shiftga tikilib yotgan Kamronni holatini ko'rib hayron qoldi.
-Iyaaa Kamron, senga nima qildi? Suzilib qobsanmi?
-Ha Zokir, qalaysan, -dedi Kamron Zokirni ilg'ab, uyqudan turayotgandek o'rnidan turarkan.
-Kel o'zim taxmin qilaman, kimnidir sevib qolgansan a?
-Ee boree, -dedi Kamron hijolat bilan jilmayarkan.
-Topibmanku a? Kimakan u? Laylooo!?
Kamron bunga javoban kulib qo'ydi. Zokir taxmini to'g'ri ekanidan faxrlanib, gapida davom etdi:
-Uchi? U ham sevarmikan?
-Bilmadim to'g'risi. Lekin befarq emasligi aniq.
-Aytib ko'rdingmi?
-Qiziqmisan, nima deyman?
-Sevaman deysanda, nima derding?
-Eee, bo'lmaydi, aytolmayman.
-Kamron, 1-2 oyda maktabni ham tugatamiz, keyin kech bo'lmasin deyapman.
-U bilan tanishganimizga ham yarim yildan oshdi, lekin. . . U hafa bo'lib qolsachi?
-Ahmoqmisan, sevgi izhorigayam hafa bo'ladimi?
-Bilmadim, o'zi nimaga kelganding?
-Ha aytgancha, bolalar bilan pleysteyshnga bormoqchi edik, borasanmi?
-Borgim yo'q, -dedi Kamron ikkilanib.
-Yig'ishtir bu gapingni, qani tur o'rningdan, uyda yotib nimayam qilarding.
Kamron "uff" deya majburan o'rnidan turdi.
* * * * *
Kamron ko'zyoshlarini artarkan, ovozi titrab, dedi:
-Seni sevaman, Laylo, sevaman. . .
Bu gapdan negadir yuragi to'lib, bo'g'ziga nimadir tiqildi. U ayni damda bor ovozda baqirganicha yig'lashni istardi. Qani endi shunday joyga borsayu, uni hech kim ko'rmasa, eshitmasa.
U shunday joyni bilar edi. . .
* * * * *
Ularning mahallasidan uncha uzoq bo'lmagan joyda jarlik bor edi. Jarlik qiya emas, o'ta tik holda pastga qarab ketgani kishida vahima uyg'otar va ko'pchilik bu hududdan uzoqroqda yurar edi. Bu jarlikning o'zgacha jihati faqat bu emas edi. Jarlik labida chinor ham o'sgan bo'lib, saraton vaqtlarda soyasi jarlik tubigacha borardi.
-Kamron, buyerga nega keldik?
-Bilasanmi Laylo, menimcha bizning ham odamlardan holi uchrashadigan joyimiz bo'lsa yomon bo'lmasdi.
-Voy buu, namuncha vahimali, -deb yubordi Laylo, jarlik og'zidan pastga qararkan.
-Ehtiyot bo'l, -Layloning qo'lidan ushlab oldi Kamron, -yana sirpanib ketma.
Ular daraxtga suyangancha o'tirisharkan, suhbatni davom ettirdilar.
-So'nggi qo'ng'iroq ajoyib o'tdi a? -so'radi Kamron o'ychan holda.
-Ha, nimasini aytasan. Hecham ishongim kelmayapti, buyerda juda ko'plab do'stlar orttirgandim, endi ular bilan ko'risha olamizmi yo'qmi. . .
-To'g'ri, juda ko'p do'st orttirding.
-Va do'stlarimning eng yaqini sensan.
Kamron Layloga qarab jilmayarkan, ichida "aytsammi, aytmasammi?" deb o'ylab qoldi.
-Kel bir ish qilamiz, -dedi Kamron.
-Nima qilamiz?
-Do'st ekanimizni mana shu chinorga yozib qo'yamiz, -dedi Kamron yonidan cho'ntak pichoqchasini chiqarib.
-Voy yaramas, hali yoningda pichoq olib yurasanmi?
-Qo'rqma, bu bezarar, o'tmas pichoq.
Kamron shunday deb, chinor po'stini o'yib, "Kamron" deb yozdi, uning ostiga "+", uning ostiga "Laylo" deb yozdi. Pastga esa, "Do'stlik" deb yozib qo'ydi.
-Ana, yaqin do'stlar ekanimizni mana shu daraxt eslatib turadi endi, -dedi Kamron.
-Ha. . . Voy, quyosh botay deb qolibdiku, uyga qaytaylik, Kamron, oyim havotir olayotgandir.
* * * * *
-Dadasi, o'g'limizni ko'rib ezilib ketyapman, -dedi Xusnida opa eriga. -Anchadan beri tuz totgani yo'q, xonasidan chiqmay o'tiribdi bolam bechora.
-Nima qil deysan onasi? Agar qo'limdan nimadir kelganida o'g'limiz avvalgi holiga qaytishi uchun borimni bergan bo'lardim.
Xusnida opa javob qilishga gap topolmay qoldi. Shu vaqt darvoza ochilib, Zokir kirib keldi.
-Assalomu alaykum, yaxshimisizlar?
-Kel Zokirjon o'g'lim, ahvollaring yaxshimi? -dedi Xusnida opa o'rnidan turarkan.
-Rahmat yaxshi, xonasidami? -so'radi Zokir, g'amgin ohangda.
-Ha xonasida, hechnima yemayapti. Bir og'iz ham gapirmayapti. Bu ketishda bolam bechora kasal bo'lib qoladi.
-Men yoniga kiraychi, -Zokir Kamronning xonasi tarafga yurdi.
Xona eshigini ochib, ichkariga kirarkan, Kamronni ko'rib kayfiyati tushib ketdi. Rangi o'chgan, ko'zlari qizarkan, lablari qurib qolgan, yuzida ko'zyoshlari qotib qolgan Kamron hamon bir nuqtaga tikilgancha hayol surib o'tirardi.
-Ha, o'tiribsanmi? -deb qo'ydi Zokir kirganini bildirish maqsadida. Lekin Kamron unga parvo qilmadi.
Zokir unga yaqinlashib, uni ortidagi kursiga o'tirarkan, Kamronning yelkasiga urib, chuqur xo'rsinib qo'ydi.
-O'zingni qo'lga ol o'rtoq. Bunaqada aniq kasal-pasal bo'pqolasan. O'zingni o'ylamasang ham ota-onangni o'ylagin. Ularda nima ayb? Seni bu holatingni ko'rish ularga osonmi? Taqdirga tan ber endi. Axir dunyoda qizlar ko'pku?
-U yagona, -dedi Kamron titroq tovushda. . .
* * * * *
-Kamron, nega buyerga chaqirding?
-Laylo, boshqa-boshqa joylarga o'qishga topshirganimiz bekor bo'ldida.
-Dadamni bilmaysanda, juda jaxldor odam. "Uzoqqa yubormayman, shu yonimizdagi pedkollejga topshiradi" debdi.
-Ha attang, men akademik litseyga topshirgandim. Endi avvalgidek doim birga bo'lolmaymiz. . .
-Sen baribir eng yaqin do'stim bo'lib qolasan.
-Laylo, senga bir gap aytmoqchi edim.
-Qanaqa gap?
Kamron ortga o'girilib, chinorga ishora qildi. Chinordagi bitiklarning ostiga yangi so'z qo'shilgandi: SEVGI. . .
Laylo yozuvni ko'rdiyu, "Men. . . Haligi. . " deya kalovlanib qoldi. Yuzlari uyatdan lovullab yonib ketdi.
-Laylo, seni sevaman, -dedi Kamron bosiqlik bilan, -seni jonimdan ortiq ko'raman. . .
Laylo ortiq buyerda turolmasdi. Uyat bunga yo'l qo'ymasdi. U chopqillaganicha uyi tomonga ketib qoldi. Kamron esa uzoq vaqt ko'nglida saqlab kelgan gapni ayta olganidan juda baxtiyor edi. . .
* * * * *
Zokir Kamronning gapirganini eshitib hayron qolgan bo'lsada, sir boy bermaslikka harakat qildi. Nimadir demoqchi bo'ldiyu, gap topa olmadi va chuqur xo'rsinib qo'ydi.
-Uni sevaman, -gapida davom etdi Kamron, -usiz bu dunyo menga qorong'u. . .
-Bilaman, o'rtoq, bilaman. . . Lekin oilangdagilarni ham o'ylaginda.
-Laylo yonimda bo'lmasa. . . Men bu dunyoda nima qildim. . .
-Unaqa gaplarni gapirma!
* * * * *
-Laylo, meni sog'indingmi?
-Yo'q, hecham sog'inmadim, -dedi Laylo yosh boladek.
-Ko'zlaring boshqacha gapiryaptiku?
-Nima deyapti? -Laylo uyatdan qizarib ketdi.
-Mensiz juda qiynalganingni, tomog'ingdan ovqat o'tmaganini. . .
-E bore, -Laylo uyalib teskari qarab oldi.
-Nima, noto'g'rimi? -Kamron arazlagandek gapirdi.
-Yo'g'ey. . . Rost. . . -Laylo yanada ko'proq uyalib ketdi.
-O'qishim uzoqlik qilayotgani uchun yotoqxonaga joylashishga majbur bo'ldim. Endi faqat hafta oxirida gaplashishimiz mumkin.
-Ha, tushunaman. Harqalay gaplashib turibmizku.
-Ha. . . Yaqinda yangi yilga ta'til berishadi. Bir hafta birga bo'lamiz. . .
* * * * *
-O'rtoq, endi nima qilasan? Umringni oxirigacha shunday yurmaysanku?
Kamron indamadi. Eshitmaganidan emas, javob topa olmaganidan. Rostdan ham nima qiladi?
-Bilasanmi sen kimsan? Telbasan, telba. Sevib telbaga aylangan oshiq. . . Arabchasiga aytganda. . . Majnun. . . Majnunsan. . . Laylo. . . Yo'q, Layli va Majnun. . .
Kamron bu gaplarni eshitsada, javob bermasdi. Zokir og'ir xo'rsinib o'rnidan turdi. U xonani tark etarkan, shivirlab qo'ydi:
-Ehh sevgi, sevgi. . . Yaxshiyam sevib qolmaganman hali. . .
* * * * *
Bahor. . . Yangilanish va yosharish fasli. . . Atrof ko'm-ko'k maysalarga burkangan. . . Jarlik yoqasida qad rostlagan chinor mayin shabbodada ohista tebranib qo'yadi. Chinor po'stiga muhrlangan so'zlarni siypalagancha turgan o'smir yigit uzoqdan qadam tovushlarini eshitib hushyor tortdi va ohista jilmayib qo'ydi.
-Assalomu alaykum, -dedi hozirgina kelgan qiz jilmayib, Kamronga qo'lini uzatarkan.
-Va alaykum assalom, -dedi Kamron, Layloning kaftini siqib qo'yarkan.
-Bormisan Kamron? Mundoq xabar berib qo'ymaysana, o'tgan hafta kelmaganinga havotirdan o'layozdimku!?
-Kechir, Laylo. . . Aybdorman. Lekin mana keldimku, soppa-sog'man.
-Ahmoq.
-Seni juda sog'indim.
-Ishonmayman, -Laylo uyatdan qizargan yuzlarini yashirish uchun teskari qarab oldi.
-Chin so'zim. Bir zum ham hayolimdan ketmading. . .
-Yo'g'e? Yurgandirsan uyoqda qizlar bilan?
-Tentakvoyim, sendan boshqasi yuragimga sig'armidi. Sen ham sog'indingmi?
-Shunaqa shekilli. . . -Layloning yuzlari yanada qizarib ketdi.
-Unda quchoqlab qo'y. . .
-Bore uyatsiz.
Ular 2 kursda edilar. Biri kollejda, biri akademik litseyda. Ikki sevishgan suhbatlarini davom ettirib, quyosh botar mahalida uyga qaytishdi. . .
* * * * *
Kamron, yoki boshqacha aytganda Majnun, Layloni, yoki Laylini juda sog'ingandi. U bilan o'tkazgan damlarni qumsadi. Uni esga soluvchi joylarni qumsadi. . .
U asta o'rnidan turdi. O'tiraverganidan oyoqlari uyushib qolgan ekan. Avval biroz qiynalib qadam tashladi. Dars stolini bezab turgan Laylisining suratini qo'liga oldi. Uning jilmayib turgan chehrasi Majnunning zimiston qalbini yorita olmadi. . . Titroq barmoqlari bilan uning sochlarini silagan bo'ldi. Rasmni joyiga qaytarar ekan, yana qadam tashlab, xonasidan chiqdi. Hovlida hechkim yo'q edi. Dadasi ishda, oyisi oshxonada, tushlikka ovqat tayyorlash bilan band edi. Kamron darvoza tarafga qarab yurdi. Yuzi hamon horg'in holatda edi.
U uyidan chiqarkan, yon tarafdagi uyga qaradi, Laylining uyi huvillab yotardi. . . U yurishda davom etdi, bu ko'chaning har bir burchagi unga Laylini eslatar edi. Anavi ariqdan suv olib, Layli o'zlarining va Majnunning uyi oldiga separ, har tong supurib qo'yardi. Manavi baland o'rik daraxtining mevalarini terib olishayotganida bitta ezilib ketgan o'rik mevasi Laylining boshiga tushgandi. . .
Majnu shu kabi xotiralarni xotirlab, yo'lida davom etdi. . .
* * * * *
Bu safargi uchrashuv jarlik yoqasida bo'lmadi. Yozgi ta'tilga chiqqan Kamron uydagi devorlarni oqlash bilan band edi. Bu vaqtda ularning hovlisiga Laylo yoshgina singlisi Shahlo bilan kirib qoldi.
-Assalomu alaykum! -deya salom berdi Laylo, darvozadan kirarkan.
Kamron ortga o'girilib, Layloga jilmayarkan, yana ishida davom etdi:
-Va alaykum assalamdaa, kel, ahvoling yaxshimi chaqaloq?
-E bore, o'zing chaqaloq!
Yoshgina Shahlo o'z akasidek bo'lib qolgan Kamronning yoniga chopqillab borib, quchoqlab oldi.
-Ha Shahlo, ikkinchi sinfga o'tdingmi?
-Yo'q, hali o'qish boshlanmadiku?
-Boshlanadida. Hali zerikib ham ketasan.
-Akajon, dadamchi, opamga telefon sovg'a qildi!
-Yo'g'e? Qanaqa ekan? -Kamron Layloga yuzlandi.
-Hech qanaqa. Ishlatmay olib qo'ydim.
-Nega?
-U telefonda kim bilan ham gaplashardim? Axir. . . Axir sen ishlatmaysanku?
-Tentakvoy, nima mendan boshqasi bilan gaplashmaysanmi?
-Yana kim bilan gaplashishim mumkin?
-Balki 3-kursni boshlagunimizcha men ham telefonli bo'larman?
-Voy rostdanmi? Zo'r bo'lardida!
* * * * *
Mahallalar bo'ylab ketayotgan Majnun yana Layli bilan o'tgan damlarni eslashda davom etardi. Ko'chadagi odamlarga e'tibor bermay bir maromda ketib borayotgan Majnun Layli bilan ko'p vaqtini o'tkazgan chinor tarafga ketayotgandi. Uzoqdan barglari sarg'ayib, to'kila boshlagan chinor ko'zga tashlandi. Huddi Layliga qarab turgandek, Majnunning yuragi allanechuk bo'lib ketdi. U yurishdan to'xtab, o'zidan 300 qadam uzoqlikdagi chinorga tikilib qoldi. . .
* * * * *
-Allo?
-Allo, Kamron?
-Dunyo go'zaliga salomlar! Hayrli kech!
-Rahmat o'zinga ham.
-Nima qilyapsan?
-Xonamdaman, darslarimni tugatayotgandim.
-Ha. . . Seni sog'indim. . .
-Im. . . Aldoqchi. . .
-Judayam judayam sog'indim Laylo!
-Ha bo'pti ishondim.
-Seni quchoqlab olgim kelyapti. . . Qaniydi yonimda bo'lsang. . .
-Bo'ldi qil, ahmoq.
-Nega? Lablaringdan o'pib. . .
-Kamron agar bas qilmasang telefonni o'chiraman!
-Ha bo'pti, mana to'xtadim. . .
-Jinnivoy. . .
-Laylo, o'qishlaring yaxshimi?
-Yaxshi rahmat. O'zingnikichi?
-Yaxshi, lekin biroz qiyinroqda.
-Agar qizlarga qarayvermay o'qishni o'ylasang qiyin bo'lmaydi.
-Gapingni qarayu, qanaqa qizlar, sendan boshqasini nima qilaman tentak?
* * * * *
Kamron qadam tashlashni boshlab, chinor tarafga yura boshladi. Qulog'ida Laylining shodon kulgisi jaranglay boshladi. U yurishda davom etarkan, Laylo aynan shu chinor ostida aytgan gaplarni eslay boshladi.
"Kamrooon! Keldim! Uxlayapsanmi?"
Kamron chinor soyasida uxlab qolganini esladi.
"Seni sog'inmay bo'ladimi, sog'indimda. . ."
Majnun ma'yus holda jilmayib qo'ydi. Chinor unga tobora yaqinlashardi. Bahorda ko'm-ko'k o'tloqqa aylanadigan yerlar chinorning sarg'aygan, qurigan barglari bilan to'la edi.
Majnun chinorga yaqinlashib, uning tanasini silab qo'ydi. Uni atrofida asta aylanarkan, barmoqlari o'yib yozilgan so'zlarni silay boshladi: Kamron, Laylo, Do'stlik, Sevgi, Hijron. . .
* * * * *
-Shu gap rostmi Laylo?
-Ha. 2 kundan keyin ko'chib ketamiz.
-Axir nega? Nega birdan?
-Dadamning bu shaxardagi vakolati tugadi, endi boshqa shaxarga yuborishyapti. Yoshligimizdan beri shu ahvol. Har 4 yilda boshqa viloyatga o'tamiz. . .
-Lekin menchi?
-Menga qolsa ketmasdim. . . Lekin qo'limdan kelmaydi Kamron, kelmaydi, -Layloning ko'zidan ko'zyoshlari dumalab tusha boshladi.
-Gaplashib turamiz a? -so'radi Kamron, Layloning ko'zlarini barmoqlari bilan artib qo'yarkan.
-Har kuni. . . -dedi Laylo va yuragi to'lib, Kamronni mahkam quchib oldi. -Seni sevaman, Kamron. . .
Kamron Layloning yelkalaridan qucharkan, uning ham ko'zlari yoshlanardi. Bu ularning ilk marta, ta'bir joiz bo'lsa so'nggi marta quchoqlashishlari edi. . . Laylo ilk marotaba sevaman deb aytgan kun edi. . .
* * * * *
Majnun asta yerga o'tirdi, chinorga suyangancha, uzoq uzoqlarga termuldi. . . Bugun uning hayotida katta dog' qolayotgan kun. Balkim eng yomon kundir. . . Uzoqlarga tikilgancha yuziga urilayotgan kuz shamolini his qilarkan, hayotini tamoman o'zgartirgan o'sha qo'ng'iroqni yodga oldi. . .
-Allo?
-Kamron. . .
-Laylo! Tinchmisan? Nega 3-4 kundan beri xabaring yo'q, tinchlikmi?
-Unchalikmas.
-Ovozing ham boshqacha. . . Nima bo'ldi?
-Kamron, haligi. . .
-Gapir!
-Shu 3-4 kun ichida. . . Meni unashtiruvim bo'ldi. . .
O'sha vaqtda Kamronni ko'z oldi qorong'ilashib ketgandi. . .
-Tushunmadim, nima deyapsan? Qanaqa unashtiruv? Kimga?
-Dadamning yaqin do'stini o'g'liga. . .
-Laylo. . !? Menchi?
-Meni kechir Kamron. . . Dadamning qaroriga qarshi bora olmadim. . .
-Axir. . .
-Oyim tushuntirishga urindilar, "qizimizni Kamronbekda ko'ngli bor" dedilar. Lekin dadam yoshligidayoq u do'sti bilan quda bo'lishga ahd qilishganini, bu qarorini hechnima o'zgartira olmasligini aytdilar. . .
-Axir seni sevamanku?
-Kelasi oyning ikkinchi kunida to'y. . . Kechir meni. . .
-Hali to'y bo'lmaptiku? Biror iloji bordir?
-Kechir Kamron, dadamning yuzlariga oyoq qo'ya olmayman. . .
-Menchi?
-Sen ham o'zing hohlagandek qizni uchratasan. . .
-Men seni sevaman! Faqat seni!
-Men ham seni sevaman. . . Lekin. . . Meni unut. . .
-Unutmayman! Unutolmayman ham!
-Meni qiynama Kamron. . . Meni unut. . .
Chinor ostida o'tirgan Majnunning qulog'ida "meni unut" degan so'zlar takrorlanaverardi. . . O'shanda ota-onasiga aytgandi. . . Lekin ularning aralashuvi ham hech qanday foyda bermadi.
Bugun. . . O'sha kun. . . Oyning ikkinchi kuni. . . Olis shaxarlarning biridagi uyda to'y tantanalari. . .
Majnun quyilib kelayotgan ko'zyoshlarini artarkan, cho'ntagidan pichoqchasini chiqarib, chinor po'stiga yangi so'zlarni o'yib yozib qo'ydi: Ayriliq. . .
U o'rnidan turdi. Jarlik og'ziga yaqin keldi. Juda ham yaqin. . . Cho'ntagida jiringlab qolgan telefon hayolini bo'ldi.
-Allo?
-Kamronbek bolam qayerdasan? Uydan chiqib ketibsanku? Bir og'iz aytib qo'ymabsan ham. . .
-Men. . . Ko'chadaman oyi. . . Hozir kiraman. . . Albatta kiraman. . .
Kamron shunday deya telefonni cho'ntagiga solarkan, yana yoshlanayotgan ko'zlarini artib, jarlik tubiga qaradi. Yuz metrcha pastlik. . . Kamron jarlik og'ziga