tungi.ru

6qing

Adamni topib berasizmi?

Allo...

-Xa bolakay, kimni izlayapsan? -

Menga adamni topib bering!

-Adang??? Kim u? -U dunyodagi

eng, eng, eng yaxshi odam.

Oyimlani aytishicha men

tug'ilganimda o'g'limga mashina

olib kelaman deb Rossiyaga

ketgan ekanlar. Bu yil kuzda

maktabga boraman, jooon opa

adamlarni ko'rsangiz ayting:

-Menga mashina k.kmas, adam

o'zlari kelib maktabga o'zlari olib

borsinlar... U kunichiii oyim rosa

yig'ladi, qo'shni xola:

-Og'ling tez ulg'ayyapti, dadasini

boshqa bolalari borligini bilsa

nima qilarkin, yoshligida sen xam

turmush qursang bo'lardi

dedilarda. Opo'o'o'! Adamga

ayting mayli boshqa

bolalariniyam olib kelaversin

menga boshqa ada k.kmas!

Oyimla yig'lamasa, adam

yonimizda bo'lsa yetadi

Aytasiza adamga? Tog'am

menga kaaaattakon mashina

oberganlar, adamni bollariga

beraman o'shani, menga

mashinayam k.kmas adamni

qaytib bersinlar... Adam uyga

kelsa men xam oshnalarimga

o'xshab:

-Adam chaqiryapti kirmasam

ertaga chiqarmaydi deyman

shunaqa desalar xavasim

keladida meniyam adam

chaqirsaydi deb...

Adamni topib berasizmi...........? * *

*

Oilasining to'kinligi tinchligini

o'ylab musofirlar yurtlarda xalol

mexnat qilayotgan

musofirlarimiz Allohga

omonatlarimizdir!!! Lekin, chetga

chiqib o'z oilasini unutganlar,

farzandlarini ilhaq nigohlariga

mung, iztirob to'ldirayotgan

yurtdoshlarimizga bir savolimiz

bor:

-AYTING BIRODARIM,

GO'DAKNING UVOLIDAN

QO'RQMAYSIZMI?

Boshqa hikoyalar