tungi.ru

EroMasterning Qaytishi 2!

EroMasterning Qaytishi 2

Hikoyaning davomi.

Oldingi Qism

-Siqilma, yig'lama, senga yordam beraman, -shunday deb peshonasini silab qo'ydim. Lekin qanday olib chiqaman?

Miyamga bittagina g'oya keldi. Telefonimni olib Murodga sms yubordim: "Buyoqqa chiq. Ishkal qilamiz. Qizni opchiqib ketishim kerak. Eshikni ochiq ushlab tur"

"Jiddiy aytyapsanmi? O'rto bitta qizzi deb a?"

"Mutlaqo jiddiy. Tez bo'l, bo'lmasa o'zim harakat qilaman"

Krovatga, qizni yoniga o'tirdim va tasalli bera boshladim:

-Bo'ldi qil, keyin yig'laysan. Agar eplayolmasam hafa bo'lma. Ko'zyoshlaringni art, -shunday deb ro'molchamni qo'liga tutqazdim. U ko'zyoshlarini artib, chuqur nafas ola boshladi.

Men esa hayajonlanardim, imtixon topshirayotgan vaqtim esimga tushdi negadir. Birozdan keyin sms keldi:

"Showtime!"

Qizni qo'lidan tutib, eshikka yetakladim, eshikdan tashqariga qarab olgach, unga qaradim:

-Qulog'inga quyib ol, vaqti kelganda menga qaramay qochaver, tushundingmi, ko'chaga chiq, kumushrang mashina turibdi, ho'p?

-Hho'p, -dedi u titragan tovushda.

Chuqur nafas oldimda, "Bismilloh" deb pichirladim, "Ey xudo, shu qizni qutqarishimga yordam ber" deya hayolimdan o'tkazdim.

Qizni qo'lidan mahkam ushlab, koridorga chiqdim, chiqish eshigi tarafga shahd bilan yura boshladik. Murod dev bilan nimanidir gaplashayotgan edi. Eshik qiya ochiq. Qizni qo'lidan yanada mahkam siqib, eshikka yaqinlashdik. Dev avvaliga bizni sezmadi, lekin bizga ko'zi tushib, qo'li bilan yo'lni yopdi.

Qizni qo'lidan siltab, oldinga itardim, u engashib, devdan o'tib, eshikdan chiqib qochdi.

* * * * *

Karaht holda mashinada o'tirardim. . .

-Huuuuuuhuuhuhuuu! -qichqirdi Murod mashinani uchirgancha.

O'g'zi-burnim to'la qon, burnim singani aniq edi. Karaxt holatda oxirgi 5 daqiqada bo'lgan voqealarni xotirladim: dev menga yopishgani, yoqamdan olib, burnimga tushirgani, yana tushirgani, men uni changalidan chiqolmasdim, uni qorniga tepganimda biroz bukchaygani, Murod unga yopishib ag'dargani, meni sudrab olib chiqqani. . .

Orqa o'rindiqda qiz yuzini changallab o'tirardi.

-Menga qara, bu qiz jigaringdan urdimi deyman a? -dedi u hursandchilikdan baqirib.

Labim ham og'riyotganidan gapira olmasdim. Qon to'xtamay oqardi.

-Kasalxonaga boramizmi?

-Uyga, -dedim zo'rga, lablarimni bazo'r qimirlatib.

-Hey. . ?

-Uygaaaa!

Kvartiram joylashgan bino yonida to'xtab mashinadan tushdik. Lekin qiz tushmay o'tiraverdi. Orqa eshikni ochib, unga ishora qilganimdan keyin tushdi. Lekin bir og'iz ham gapirmas, ko'zlari qizarkan, yuzida ko'zyoshlari qotib qolgandi. Bir qo'lim bilan burnimni, boshqasi bilan qizni qo'lini ushladim. Murod oldinda yurib, yo'l boshlardi.

Kvartiraga kirganimizdan keyin Murod shkaflarni titkilay boshladi:

-Aptechka qayerda?

Unga tushintirishga qiynalgandan ko'ra o'zim oshxonaga o'tib, oq qutichani olib chiqdim. Murod aptechkani ochayotganida kirganimizdan beri eshik tagida turgan qiz ovozga kirdi:

-Menga bering.

Murod bir zum hayrat bilan tikilib turdida, "mayli" deb qutichani unga tutqazdi.

-Axror, men boraqolay, Lena havotir olayotgandir? Kechroq telefon qilib xabar olaman.

Unga javoban bosh irg'ab qo'ydim. Murod eshikni yopib chiqib ketgach, qiz (ismini haliyam bilmasdim) qutichadan paxta va spirt olib qonni artib tozaladi. Ko'zimni yumib, boshimni yuqoriga qilib o'tirardim. Qiz keyin qon oqayotgan joylarga yod surib qo'ydi. Yod tegishi bilan bir sapchib tushdim, juda achishtirardi.

-Ana bo'ldi, tez orada to'xtaydi.

-Rahmat, -dedim ortga suyanib olarkanman. Qiz haliyam tik oyoqda edi.

-Siz. . . Sizga rahmat. . . Judayam rahmat. . .

Qarasam hozir yana yig'i-sig'i boshlanadigan.

-Bo'ldi, jim, tsss! Qani, o'tirchi, -unga kresloni ko'rsatdim. U iymanibgina o'tirdi.

-Isming nima?

-Kamola.

-Yoshing?

-22da.

-Qayerdansan?

-Buxorodan.

-Ha yaxshi. Endi bunday, bo'lib o'tgan ishlarni unut. Birga toshkentga qaytamiz tez orada.

-Lekin. . .

-Nima. . . ?

-Passportim. . . Ularda, Sanamda qolgan. . .

Eeee homkalla! Odamni sotgandan keyin passportini olib qo'yishardiku, buni qanday unutdim a? Shu narsa hayolimga ham kelmabdi. . . Lekin baribir passportini ololmasdik. Muhimi Kamolani o'zini opqochdim!

-Ehh. . . . Uniyam biror nima qilarmiz. Bir iloji topilar.

-Rahmat, sizga . . . ?

-Axror, ismim Axror. Sendan 2 yosh kattaman.

-Rahmat Axroraka. . .

Muzlatkichni titkilab, konservalangan baliq bilan qorin to'qladik (labim ham yorilgani uchun ovqatni zo'rg'a yegandim). Keyin singan burnimga qon oqayotgani uchun plaster yopishtirib oldim. Bu kvartirada faqat bitta yotoqxona va bir kishilik krovat bor edi. Xonamni Kamolaga bo'shatib berib, o'zim mexmonxonadagi divanda uyquga ketdim.

* * * * *

-Axroraka, Axroraka?

Erinibgina ko'zimni ochdim. Tepamda Kamola jilmayib turardi. Uni ko'rib meni ham chehram yorishdi.

-Turing, nonushta tayyorladim.

Yuvinish xonasiga bu ahvolda kirishni hechkim istamasa kerak. Yuzimni yuvaman desam, suv tegsa achishadigan bo'lib yotibdi. . .

Oshxonaga kirganimda nonushta tayyor edi: kofe damlangan, tuxum qovurilgan, mevalar tuzalgan. Nonushta qilib bo'lmasimizdan Murod keldi.

-Basharang chiroyli bo'lib qoptimi? -deya iljaydi u. Unga Kamola haqida gapirib berdim.

-Passporti ham yo'q. Nima qilsak bo'ladi?

-Bilmayman, bunaqa narsalarga aqlim yetmaydiyu, o'zing surishtir tanishlaringdan.

Rostdanam uni qo'lidan hamma narsa kelavermaydiku deb o'ylab qoldim.

-Sen o'rto bugun ishga chiqma, uyda qol. Bunaqa afting bilan bemalol ishlolmisan ham.

-Unda haydavorishmidimi?

-Yo'q, bugungi rizqingni boshqa kuryerlar yeydi faqat. Bo'pti menga ruxsat unda, -Murod chiqib ketar ekan, Kamola tarafga nazar tashlab qo'ydi.

Kamola o'ychan holda yonimga kelib o'tirdi.

-Axror aka?

-Ha?

-Endi nima qilaman, boradigan joyim ham yo'q, ishim ham. . .

U "ishim" deganida ovozi titrab ketdi. Balki oldingi "ish joyi" esiga tushgandir. . .

-Tentak bo'lma. Hozircha shuyerda yashaysan. Xujjatlaringni tayyorlab keyin birga Toshkentga uchamiz. Uyerdan birorta ish topib berishga harakat qilaman.

-Raxmat sizga. . .

O'sha kuni uyda qoldim. Kamolani nima ish bilan shug'ullanganini bilsam ham unga yomon nazar qilmasdim. Toshkentga, IIBdagi tanishimga telefon qilib passportni to'g'rilash bo'yicha tavsiyalar oldim. Elchixona, ariza, qog'ozbozlik, bir oylarda bitadigan ish ekan. . .

* * * * *

Kamola bilan uzoq suhbat qurdik, ba'zan hazillashib turardik. Ertasidan yana ishga qaytdim. Burnim va labimda jaroxat izlari hali ketmagan edi. Kamola meni uyda kutardi. Ertalab nonushta tayyor, kelishimga issiq ovqat ham bor.

Piskako'z qo'shnilarim kvartiramda men bilan bir qiz yashayotganini bilib, menga uncha yopishmay qo'yishdi. Kamolani ham hujjatlarini to'g'rilashni boshladik. Avval o'zbekistondan javob kelgunicha bir hafta kutishimiz, javob ijobiy bo'lsa yangi passport 2 haftada tayyor bo'lishini aytishdi.

Bazan Kamolani ham ishga olib ketardim, mashinada, yonimda men bilan gaplashib ketardi. Biz ancha yaqinlashib, qalinlashib ulgurgandik.

-Axror aka? -chaqirdi u, qo'limga hozirgina damlangan qaynoq kofeni tutqazib.

-Ha? -achchiq kofedan ho'plab, televizordan ko'zimni uzib unga yuzlandim.

-Yoqtirgan qizlariz ko'p bo'lsa kerak a?

-Nega unaqa deyapsan?

-Endida, ko'p bilan yursez kerak?

-Ko'p qizlar bilan gaplasharman ham, lekin yoqtirganim yo'q.

-Juda yaxshi. . .

-Nima? Nimasi yaxshi?

-O'zim shunday.

Bokalni stolga qo'yib, unga yuzlandim:

-O'zingni yoqtirganing bormi?

-Avval yo'q edi. . . Endi bor. . .

Uning bu gaplari, nigohi ehtirosli chiqqandi, mening ham ehtiroslarim uyg'onib ketdi.

-Kim ekan u?

Kinolardagidek, lablariga tikilgancha asta unga yaqinlasha boshladim. U ham menga asta yaqinlasha boshladi.

-Sevgan qiziz rostdan yo'qmi? -ehtirosli ovozda davom etdi.

Birdan atrofim qorong'ilashib ketgandek bo'ldi. "Sevganim bor", hayolimdan o'tkazdim, "uni juda sevaman. . .". Ehtiroslarim so'nib bo'lgandi, yuzimni ortga burganimdan Kamola ham xato ish qilganidan uyalib ketdi. O'rnidan turib, chiqib ketishga shaylanganida tilga kirdim:

-Sevganim bor. . .

G'amgin ovozim uni to'xtatib, qaytib joyiga o'tkazdi.

-Keyinchi. . ?

-Taqdirimizda birga bo'lish yozilmagan ekan. . .

Unga Marjonam haqida qisqacha gapirib berdim.

-Siqilmang Axror aka, hali sizni baxtli qila oladigan qizni uchratasiz albatta. Sizga bunaqa g'amginlik yarashmaskan.

Kunlar shu zaylda o'taverdi. Bu orada men adminlik qilgan sayt bilan bog'liq asabbuzarliklar ham paydo bo'ldi. O'zbekistondan yuborilgan so'rovga ijobiy javob kelgandi. Yangi passport uchun yozilib keldik. To'g'rirog'i u yozildi. Bu orada dubayga kelishimga asosiy sabab bo'lgan ish ham bitdi. Buyerda qolishimga aytarli sabab yo'q edi, Kamoladan boshqa!

-Ketasizmi?

-Ha, ketmasam bo'lmaydi. Sen havotir olma, Murod bilan gaplashdim, ularnikida yashaysan. Xotini bilan dugona bo'pqoldinglarku.

-Sizdan ajralgim kelmayapti. . .

-Toshkentda seni o'zim kutia olaman, buyog'iga meni nazoratimda yashaysan, tushunding?

-Ho'p. . . Qachon ketasiz?

-Ertaga ertalabga reys bor ekan, lekin indinga uchadiganiga yozildim. Ishni topshirdim, ertaga ikkimiz miriqib shaxar aylanamiz, o'ynab-kulamiz ho'p yig'loqi?

-E boringe, -dedi u nam ko'zlarini artib kulib qo'yarkan.

Kamola pazanda qiz edi, har kuni turli o'zbekcha ovqatlarni (asosan menga yoqadigan, sergo'sht ovqatlarni) tayyorlab berardi. Uxlashga yotayotganida xona eshigini yopmay qo'ygani menga ishonch bildirganini anglatardi.

Ertasiga Murod o'zini mashinasini berib ketdi. Kamolani bahonasida o'zim ham Dubayni miriqib aylandik. Avval yaqindan ko'rishni istaganim, palma orollariga bordik. Arxipelagda bir nechta palma va "dunyo orollari" mavjud edi. Kamola bilan "Jumeyra" nomli palma orolga sayohat qildik. Odamlar yashaydigan uylar, kafe-restoran, mexmonxonalar ham qurilgandi bu sun'iy orolda. Do'konlarni aylandik (hechnima olmasak ham), kafelarda yengil tamaddilar qildik, tushlikkacha shu orolda qoldik. Sohilga yaqin joyda biroz nafas ham rostladik.

Obeddan keyin esa butun dubaydan ko'rinib turadigan bino, dunyoda balandligi bo'yicha 1-o'rinda bo'lgan, palma orollardan uncha uzoq bo'lmagan hududdagi Burj-Xalifa binosiga yaqinlashdik. Agar binoni tagidan yuqori uch qismiga qarasangiz boshingiz aylanishi tabiiy edi. Binoni tashqi tomondan tomosha qilib, ichiga kirdik. Huddi katta xolamizni uyiga kelayotgandek tutardik o'zimizni. Binoda qiladigan ishimiz yo'q, shunchaki qavatlarni aylanib, yuqorisiga chiqmoqchi edik. Taxmiman 850 metrlik bino 200 atrofidagi qavatdan iborat ekan. Bino ichida do'konlardan tortib, biznes markazlarga, hatto bir necha qavatni band qilgan mexmonxonalar ham joylashgan edi. 100-qavatdan yuqorilaganda hayajon bosib, oyoqlar qaltirarkan. Chunki yerdan yarim kilometr balanddamiz. Xullas, aytaman desam kitob yozib qo'yarkanman, shu kuni uyga juda kech qaytdik. Qaytiboq qotib uxlagandik. Kamola oldingidan ancha quvnoq, sho'x qizga aylangandi.

Ertasiga ertalab Murod mashinasini olib ketdi. Bugun kechki paytda Toshkentga uchardim.

-Bugun yerni tagini aylansak nima deysan?

-Bugun ketasiz a. . . ?

Kamolani yelkalaridan ushlab o'zimga qaratdim:

-Kamola, menga ishon hammasi yaxshi bo'ladi. Hali bu yig'loqiligingni eslab rosa kulishamiz sen bilan.

Uning ko'zlari yoshga to'lib, meni mahkam quchoqlab oldi. Men ham yelkalaridan quchib turardim.

Shu kuni tushgacha "Dubay Metro"da daydidik. O'zimizdagi metrodan ancha uzun, odamlar ham juda to'la. . .

Soat 12larda juda charchab uyga qaytdik. Tushlikka yengil ovqat tayyorlab, qorinni to'qladik. Kamola yuklarimni yig'ib, chemodanga solib o'tirardi men esa qulog'imga naushnikni tiqib, klassik qo'shiqlarni tinglab, divanda o'tirardim. Hayolga berilgancha o'tirardim. . . Qulog'imda esa holatga mos fransuz musiqasi. . .

Noooon, g'iyen deg'yeen. . .

Noooon, jeneg'ek g'etteg'yeeen. . .

Qandaydir harakatdan o'zimga kelib, ko'zimni ochdim. Kamola meni oq ko'ynagimda, oyoqlari ochiq, quchog'imga o'tirib, yuzlarimga ehtiros bilan tikilib turardi. Undan kelayotgan kishini sarmast qiladigan hid ham aqldan ozdirardi. Ehtiroslarim uyg'ongan bo'lsada o'zimni tutardim, lekin qarshi turishga kuchim yetmasdi. U yuzlarimni nozik barmoqlari bilan silab o'ziga tortganida ehtiroslarim butunlay g'olib keldi. Lablarimiz topishib, uning lablaridan so'rirdim. U sochlarimni qo'llari bilan o'ynab o'pishardi. Qo'llarim ham harakatga kelib, belidan mahkam quchib oldim. Shu onda lablarimiz uzilib, u ko'zlarini yumdi. Men tomoqlaridan o'pishni boshlaganimda ehtiroslanib "ohh" deb yubordi. Egindagi ko'ynakning tugmalarini yecha boshladim. Kamolaning tanasi sutga chayilgandek oppoq, harqanday odamning ehtirosini qo'zg'otmay qo'ymasdi. Kaftimni to'ldirib turgan ko'kraklari ham uning qomatiga juda mos edi. Ko'kraklarini silab, ezib massaj qilayotganimda u yelkalarimni ehtirosli tarzda silay boshladi. Uning belidan mahkam quchib o'zimga tortdim va ko'kraklaridan so'rib ketdim. Belidan quchib turgan qo'llarim pastga harakatlanib, trusik kiyilmagan ko'tlarini silay boshladim. Uni shu holatda mahkam quchib, dast ko'tardimda, yotoqxonaga olib kirdim. Lablarimiz yana tutashib, yalab-yulqashib ketdik. Uni yotkizganimda meni ko'ynagimni yecha boshladi. Men ham darrovda yalog'och bo'ldim va allaqachon yana ham qattiq, yanada yo'g'onlashib ketib shu onni kutayotgan qo'tog'imni ushlab Kamolaning amiga tiqa boshladim. Qiyinchilik bilan tiqayotganimda u ko'zlarini yumib, to'lg'ongancha "mmmm ohhh" deb yubordi. Oxirgi marta sikishganimga ham yarim yildan ortgandi. Qo'tog'im shuncha vaqtda endi amni his qilib, maroq bilan kirib-chiqardi. Qo'tog'im biroz bemalol harakatlana boshlagacha Kamolani bag'rimga bosgancha asaldek totli lablaridan bo'salar olib sikishda davom etdim. U yelkamlarimdan quchib, o'ziga tortar, baland ovozda ehtirosli tovushlar chiqarardi. . .

Oyoqlarini yuqoriga ko'tarib, qo'llarim bilan tutib sikayotganimda ichimda issiqlik to'planayotganini his qildim. Kamolaning ichiga bo'shanganimdan so'ng bo'shashib, tanam qizib, o'zimni uni ustiga tashladim. Yana o'pishdik. . .

Bir muddat quchoqlashib yotganimizdan so'ng ikkinchi martasiga ham hohishlarimiz uyg'ona boshladi. Bu safar u orqasini qilib, qornini to'shakka tekkazib yotardi. Uning orqasida bellaridan, ko'tlaridan, sonlaridan silab sikardim. U esa to'lg'onganicha yotardi. . .

-Sizni. . . judayam yaxshi ko'raman. . . Juda-juda. . . -dedi u, yelkamga boshini qo'ygancha.

Aslida qalban "sevaman" deyayotganini his qilsamda sir boy bermay, yuzlaridan o'zimga tortib, labidan o'pib qo'ydim. . .

Soat 5ga yaqin Murod keldi. Kvartirani qulfladik. Yuklarni mashinaga ortib, aeroportga ravona bo'ldik. Yarim soatda yetib keldik. Soat 6da samolyot uchadi. Ular bilan xayrlashib, nazoratdan o'tdim. . .

Bo'lib o'tgan voqealarni eslab, hikoya yozsammi deb qoldim, telefonimni kovlab, zametkalarga kirdim va doimgidek hikoyaning nomini yozib qo'ydim: "Dubay, dubay, dubay, dubay" (Radius21ning qo'shig'i hayolimdan o'tgandi o'sha vaqtda).

* * * * *

Parvozning asosiy qismini uyqu bilan o'tkazdim. Tongi 4larda Toshkentga yetib keldik. Chemodanimni sudrab borar ekanman, hayolimda Kamolaning so'zlari charx urardi:

-Sizga bunday yurish yarashmaydi. . . .

Boshqa yaqinlarimning ham so'zlari jaranglay boshladi:

-O'zgaribsan. . . Ammo bu o'zgarish yaxshi bo'lmabdi. . . Avvalgi Axror yaxshi edi. . .

-Axror aka, o'zizmisiz. . . ?

Sevgi odamni ne kuylarga solmaydi deysiz? Avval qizlar bilan ko'ngil xushlaydigan, o'yinqaroq yigit qayda qoldi rostdan ham? Uni hayolan ichimdan qidira boshladim. O'tmishdagi ishlarim ko'z oldimga kela boshladi. Sevganimga yetisholmaganim boshimga ne ko'yga solib qo'ydi. Marjonani umrbod sevib qolaman. Undan o'zgani sevolmayman ham. . . Lekin. . . Lekin endi hayotga tik qarashim kerak. Hadeb ich-etimni yeyavermayman endi. . . O'zgaraman. . . Avvalgidek quvnoq bo'laman. . .

Hayolimdan shularni o'tkazarkanman, kutish zalidagi yaqinlarim, do'stlarim va bir-ikki yaqin do'stim bo'lgan qizlarga qarab bir muddat qotib qoldim. Chuqur nafas olib, chemodanni sudragancha, shaxdam qadam tashlab ular tarafga oshiqdim:

Men qaytyapman. . . EroMaster qaytyapti. . .

[Tamom]

O‘xshash hikoyalar