tungi.ru

EroMaster ovga chiqadi! (III)

EroMaster Ovga Chiqadi!

III qism.

"Shaxsiyatni himoyalash maqsadida ayrim odamlar(asosan qizlar)ning shaxsiy ma'lumotlari (ismi/yoshi/manzili/vahokazo) o'zgartirilgan!"

Ishkalchi.

Shaxsiy blog.

(Lorde - Everybody wants to rule the world)

It's my own desire

It's my own remorse

Help me to decide

Help me make the most of fear. . .

And of pleasure. . .

Nothing ever last forever. . .

EVERYBODY WANTS TO RULE THE WORLD!

Sevimli musiqamga jo'r bo'lgancha, ko'zlarimni yumib kuylardim. Endi eng avj nuqtasiga chiqayotganida qandaydir shovqin eshitilib, ko'zimni ochdim va naushnikni bir tarafini qulog'imdan oldim.

Men o'tirgan kameraning panjarali eshigi ochilgan, ostonada 2 odam turardi. Biri militsiya formasidagi odam bo'lsa, ikkinchisi yoshi 50lardagi, bilaklari yo'g'on, biroz qorin qo'ygan kishi edi. Uni ko'rdimu hushim boshimdan o'chdi. Sakrab o'rnimdan turdimda, joyimdan jilmay turaverdim.

-Chiq! -dedi haligi odam, qat'iy buyruq ohangida.

Ayb ish qilib qo'ygan boladek yerga qarab uning ortidan yurdim. Kameradan chiqishim bilan militsioner formasidagi taxminan tengdoshim bo'lgan yigit eshikni qayta qulfladi.

Men esa boyagi kishining ortidan ketib borardim. Mahalliy militsiya idorasidan chiqib borarkanmiz, eshik oldidagi militsionerni ko'rib aftim burishdi. Mendan 5 yoshlar chamasi katta, to'ladan kelgan, lekin badanidagi yog'ni mushak qilib ko'rsatish uchun torroq kiyimlar kiygan, labini bir chetida qon izlari yara bo'lib qotib qolgan. Uni yonidan indamay o'tib ketarkanmiz, unga qarab o'qrayib qo'ydim.

Boyagi kishini ortidan tashqariga chiqdim. Bino tashqarisidagi panjarali to'siqlardan o'tgach, chetda turgan mashinaga yaqinlashdik.

-Rulga o'tir, -dedi u, qo'limga kalitni tutqazib. Kalitni olib, qora rangli "Captiva"ning ruliga o'tirdim. U orqa o'rindiqdan joy oldi. Motorni o't oldirib, savol nazari bilan ularga qaradim:

-Ada. . .?!

-San bola qachon odam bo'lasan a? Qachongacha sani ortindan biza yugurishimiza keri? Uchastkavoyni nima qilding?

-Dubinkasi bilan qornimga urganidi. . .

Shunday deb kecha uchastkavoy menga po'pisa qilib, kuchini ko'rsatish uchun dubinka bilan qornimga urgani, biroz nafas ololmi qolganim, jaxlim chiqib uchastkavoyni devorga yopishtirganim, labini yorganim ko'z oldimdan o'tdi. "General bo'lsayam urganda jim turadigan lox yo'q" deya hayolimdan o'tkazim.

Indamay tanbexlarni eshitib o'tirdim. Dadam cho'ntagidan telefonini olib, kimgadir telefon qila boshladi:

-Alo, Mahmudjon, ha yaxshimisiz? . . . Ha opchiqdim hozir, qaytvomiza, . . . E ko'rmismi endi qachon qarasa bir ishkal qilib yuradi bu.

Sha'nimga aytilayotgan "maqtov"larni indamay tinglab o'tirdim.

-Ushla, -dedi, telefonni uzatib.

Telefonni qulog'imga tutishim bilan ichki ishlarda ishlaydigan tog'amning so'kishlari yangray boshladi.

-Mani ofisga tashlab o'tasan, -dedi dadam, telefonini qaytarib cho'ntagiga solgach, keyin ovozini balandlatti, - Keyin dodeni yoniga o't, sani dib yotib qopti. Agar sani problemalarini dib shulaga bir gap bo'lsa kalleni olaman.

Yuragim "shuv" etib ketdi. Bobom tinchmikan? Dadamni ishxonasiga olib borib, taksi ushlab bobomlarni uyiga uchdim. Hovlida ammamning yangi kelini "bruschatka" artish bilan band edi.

-Nigor, -dedim uni chaqirib.

-Voy, sollikum Axroroka, yaxshimisiz?

-Ha rahmat, kimla bor? Ammam ham shetdami?

-Ha kirurin, ichkaridalar.

Oshxona tarafdan xotinlarni ovozi kelib, eshigini ochdim:

-Assalomu alekooom.

-Va alekum assalom...mas! -dedi ammam paydo bo'lib, qulog'imdan tortarkan.

-Ayy amma qo'yvoringe.

-San bolani kalte bilan urish kere, ha ishkal qilganga yarasha, o'zing hal qimisanmi?

-Amma, o'zi sila qattan eshitdila? Dodam yaxshimila?

-Ha yaxshi, sani dib rosa siqildi lekigin. Akbar digan o'rtog'in etibdi. Keyin doden hammamizi chaqirdi srochni trevoga qilib. Rosa baqir-chaqir bo'ldi sani dib, keyin aden tog'en bilan gaplashaman diganidi.

-Ne voxma qilaslaye, birinchi marta opkirib qo'yoshgani yoku. Man dodammi yonlariga kirib chiqi.

Bobom yotgan xonaga kirdim. Yoshlari 80ga yaqinlashgan bo'lsa ham, bu yoshdagi qariyalardan ancha tetik va baquvvat ko'ringan bobom divanda yonboshlagancha kabel orqali arab kanallarini tomosha qilib o'tirardi.

Ular bilan 1 soatdan ortiqroq suhbatlashib, ko'nglini hotirjam qildim, ammam ham meni yonimni olib qo'ydi. Ular bilan xayrlashib, ko'chaga chiqarkanman, Akbarga telefon qildim.

-Alo?

-He jallab, gandon bla, ko'tinga eshshe sikkur, nime dodamlaga etasan yiban?

-Eee Axror chiqdinmi o'rto qattasan?

-Dodamlani uyidan chiqdim hozi.

-Mashineni olib bizanikiga kel, anulani yoniga boramiz, qattaligini bilaman. . .

* * * * *

Bir haftacha oldin.

Soat taxminam 11.

Universitetga borib, dekan bilan gaplashib chiqayotgandim. Hovlida ozro aylanib, tanish chehralar chiqib qolarmikan deb yurgandim. Keyin ketishga tushganimda kimdir ortimdan chaqirdi:

-Aaaaxroorakooo!!!

To'xtab, ortimga o'girildim. 19-20 yoshlardagi, chiroyligina qiz men tomon chopqillab kelardi.

-Iyee Ruxsora, bormisan? O'qishla qale ketvoti?

-Yaxshi rahmat, o'ziz tinchmi, muah, -yuzimdan o'pib qo'ydi.

-Ha yuribman ishlab, nima gapla?

-Anaqa. . . -dedi u, gapirishga hijolat tortib.

-Qanaqa?

-Russkida o'qidigan bitta bola orqamdan yuribdi, -u qizarib ketdi gapirayotib, -hadeb telefon qiladi.

Bu qiz Samarqanddan kelgan, bu universitetda birinchi kursda o'qir, u bilan anchadan beri yaqin bo'lganimiz uchun(to'g'ri ma'noda), himoya qilib yurardim.

-Nomerini etchi.

Yigitni nomerini yozib olib, Ruxsora bilan xayrlashdim. Universitet hovlisidan chiqib, daraxtlar soyasida turgan mashinamga chiqdim va raqamni tera boshladim. Uzoq chaqirganidan keyin nihoyat javob berdi:

-Da alo?

-Alo, sollikum.

-Sollikum oka.

-Kimidi bu uka?

-Kim keregidi?

-Man Ruxsorani okasi bo'laman.

-Haaa...-u gap topa olmay qoldi, -sizmi. . .

-Ismiz nima uka?

-Shahboz.

-Shahbozbe ukam, munaqib Ruxsorri orqasidan yurishshi yig'ishtirin ho'p, keyin hafalashib yurmeli.

-Yo, oka, anu...

-Anu-panusi yo ukam, Ruxsorri siz bilan gaplashkisi kemavotgan bo'sa naxxuy kere bunaqib orqasidan yurish a? Mani chundiz a, telefon qivurishiyam yo'qotin ho'p.

* * * * *

1-2 kundan so'ng

-Sizzi hohlavoman, -dedi Sabina, ko'ksimga boshini qo'yib.

-Eeee bore, -dedim jo'rttaga ko'zlarimmi yumib, - Man charchaganman.

-Charcholarizi chiqarib qo'yardim, jon?!

"Qani qanday charchog'imni chiqarar ekansan" deb atay javob bermadim. U esa vaziyatdan foydalanib pastlab ketdi va shimimni zamogini yecha boshladi. Hozir ishqiy sarguzasht boshlanishini sezgan qo'tog'im "ding" etib uyg'ondi. . .

Telefonim jiringlab qolganida Sabina zo'r berib minet qilardi. Ekranga qaradim: Ruxsora?! Tinchlikmikan, bekorga qilmaydi u?

-Alo, hov Ruxsor? -shunday deya Sabinani boshini nari surdim.

-Axrorakoo, -ovozi qandaydir yalinchoq edi. Buni sezib sergaklandim.

-Tinchlimi? Nima bo'ldi Ruxsor?

-Anu bola orqamdan mashinasida kuzatib kelyapti. Nimagadir qo'rqyapman.

-Qatta ketvosan?

U men yotgan domdan 2 kvartal narida ekanini eshitib sakrab turdim.

-Muhim ish chiqib qoldi, -shimimni ko'tarib, Sabinaga yuzlanarkanman. U o'zicha arazlagan bo'lib oldi.

Men esa tashqariga otilib chiqdim. "Onayniskeee yiban bla, man u churkaga nima diganidim? Amini chiqazaman hozi pidarazzi". Mashinaga gaz berdim.

Yo'l chetida, tratuarda Ruxsora ketib borar, meni kutayotganmidi, tez-tez umid bilan atrofga qarab qo'yardi. Yo'lda esa, sekinlik bilan yashil rangli Spark ketib borardi.

-O'sha!

Gazni bosib, undan oldinga o'tdim va mashinamni chetga burib, (uni yo'lini to'sib) keskin tormoz berdimda mashinadan otilib tushdim. Mendan taxminan 3-4 yosh kichik, nimjonroq, olifta ko'rinishga harakat qilayotganroq yigit ekan. Tezlib bilan Sparkni eshigini ochdim.

-Ee ok...

Gapini aytishga ulgurmadi, bir qo'limda bilagidan, boshqasi bilan bo'ynidan mahkam qisib, tortqilab mashinadan tushirdim, lekin qo'llarimni qo'yib yuborishga shoshilmay, uni tortqilab 2-3 metr yurdimda, basharasini Sparkni old oynasiga to'g'rilab zarb bilan itardim. "Daq" etgan ovoz bilan yuzi oynaga yopishdi. O'zicha nimalarnidir aytishga harakat qilar, lekin oxirigacha aytolmasdi. Sochidan g'ijimlab turgazdimda, o'zimga qaratdim:

-Sanga nima diganidim suka?

-Oka, man anu

-Oneni amiga tiqaman keyinga safar san qo'tobasharani, chunvoldinmi? -yana siltab, kuzovga itardimda, ortimga qayrildim.

Yo'l bo'yidagi ariqning narigi tarafidagi trotuarda turgan Ruxsoraga imo qilib mashinani orqa eshigini ochdim. Ruxsora mashinaga chiqqach, men ham o'tirdimda, yo'lga chiqdik.

-Yana ilakishsa et chunding?

-Ho'p... -qanaqadir mungli ohangsa aytdi.

Oynadan orqaga qaradim: ko'zlarida yosh!?

-Eeey yosh bolamisan nime yilavosan?

-Qo'rqib ketdim, -dedi u yig'lamsirab, ko'zyoshlarini artarkan.

-Qo'rqoq, -deya jilmayib qo'ydim.

Ruxsorani kvartirasiga eltib qo'ydim.

* * * * *

Ertasi kuni.

Soat taxminan 14:30.

-Allo Axror?

-Ha Akbar, tinchmisan?

-Universitetga kelolisanmi o'rto?

-Yo' hozi boromiman, ishdaman. Tinchlimi o'zi? Domla bilan 3 kun oldin gaplashib keludimu?

-Yo' sabab boshqa. Kechay kuni bitta bolani uribsanmi?

-Kimmi?

-Qattan bili, bizadan sal yoshrode.

-Ha kecha shunaqa bo'ludi shakil tinchlimi?

-Ha kecha rosa uribsan, shunga sani surishtirvoti, razborga chaqirishga.

-Chummadim, qanaqa uribman? Chertib qo'yganimga shunchalimi?

-Kelasanmi?

-Hozi o'tomimande bla, vashe uzoku, man ofisdaman. Yarim soatda ishlani tugataman.

-Man unda u bolaga etaman, soat 4ga yaqinro joyga borib turadi, bo'ladimi?

-Aha.

-Mayli ho'p.

Uxx blaaa, razbor qilishga chaqirayotganmish! Qayerdan oldi ekan bunch "dux"ni? Tomirlarimda oqayotgan qon qizib borayotganini his qilardim. Oylik hisob-kitobni to'g'rilab, boshliqqa berib qo'ysam bo'ldi. Shoshilib tezroq tugatishga kirishdim. Hisobotni tugatib, endi boshliqni xonasiga kirayotganimda Akbar kelib qoldi.

-Bo'shab qoldinmi?

-Ha, shundo shefni xonasiga kirib chiqi.

Doim hisibotni indamay olib qolib, menga "ketaver" deydigan odam bu safar javob berishga shoshilmay, faylni bir-bir varaqlab ko'ra boshladi. Shu turishda huddi yillab kutgandek bo'ldim. Nixoyat javob tegib tashqariga chiqdim.

-Kettikmi?

-Ha, sanam borasanmi?

-Iiy, sani bir o'zini jo'natamanmi? Manam bir ko'rib keli, anchadan beri razborga chiqmadim.

-Mashinadan tushmi o'tirasan unda, -dedim mashinani o't oldirib.

-Idi naxxuy jalab, yoshbolamidim sanga?

-Gap undamas, yakkama-yakka bo'sin, san aralashma dimoqchiman.

Shu atrofdagi Maksim Gorkiy tarafga yurdik. Allambalo ko'chalardan ichkarilab, ochiq maydonda to'xtadik. Uzoqda tanish Spark. Anavi "yiban" kapotga o'tirgancha telefonifa sms yozish bilan band. Men undan 20 metrcha beriroqda to'xtadim. Mashinadan tushib, u tarafga yaqinlashdim. U men kelayotganimni ko'rib, telefonini cho'ntagiga solib, peshvoz chiqdi. Yonma-yon kelib, baqrayib turaverdik.

-Oka kecha nimala qivordiz?

-Nimala qivoribman?

-Vash xuyet qivordizde okam lekin.

"Oho, ko'cha tilini zo'r bilarkanmi?" deya hayoldan o'tkazdim, "qattan ovoti buncha duxxi?"

-A tak bratishka sanga nima diganidim man undan oldin a? Ko'tini qisib yur digan...

-Ee oka narmani gapirin ho'p, -qo'lini paxsa qila boshladi.

-Nima qilasan soska?

Nega bugun "dux"i baland ekanini keyin bildim. Sparkni eshigi ochilib, 3ta yigit (menimcha uni "okaxonlar"i) tushib keldi. Yoshi taxminan men qatori yoki bir yosh kichik. Lekin gavdasiga qaraganda ancha baquvvat yigitlar edi.

-Nimala bovoti a? -dedi qolganlaridan ko'ra gavdaliroq, yoshi kattaroq, aqlliroq va o'zini shularni "kattasi" deb hisoblaydiganrog'i.

-Iy bla, -deb yubordim ularni ko'rib. Kelayotganimda mashinasini ichiga qaramaganim uchun ham bular kelib qolishini kutmagandim. Bu paytda orqadagi Lacettini eshigi ochilib-yopilganidan Akbar ham mashinadan tushganini angladim.

Men haligi yigitga hayrat bilan tikilib turardim. Shahboz esa gerdaygancha yana Sparkini kuzoviga o'tirib oldi.

-Kecha yaxshi ish qimabsizde o'rto, -deya menga yaqinlashdi.

-Unda qanaqa ish qibman? -dedim so'z o'yini blan jaxlini chiqarish uchun.

-Mambini qaren, a bu ukamizi vashe hafa qipqo'yibsizu? -menga yanayam yaqinlashdi, -Sal o'zizi bosib yurin ho'p.

-Bosib yurmasam nima bo'ladi?

-Unda bosib qo'yadiganla bor, -shu joyida huddi yosh bolaga "panyatka" berayotgandek qo'lini bo'yin aralash yelkamga qo'yvolgani qonimni qaynatdi.

Qo'lini siltab jag'iga musht tushirdim. Shu bilan janjal boshlandi. Uni sheriklari ham qo'shilishib ketishdi. Akbar yugurgancha yetib kelib oraga qo'shildi. Tepkilar... Mushtlar... Tarsakilar... Suyak singandek "qirs-tirs" ovozlar...

Ikki kishi bo'lsakda ularni adabini bera oldik. Hozirgacha hursand bo'ladiganim o'sha vaqtda Shahbozni rosa tepkiladim. Qayerinidir sindirganim aniq.

Qon qaynab turgan vaqtda bilinmas ekan, lekin keyinchalik uyoq-buyoqlarimda og'riq tura boshladi. Yuzim sezilarli darajada shilingan, qornimga yegan tepki yo mushtlarning asorati sezilyapti. Chap qo'limni yelkamga tutash qismi esa 2-3 kungacha qattiq og'rib yurdi.

-Bugun uyga bormiman, -dedim Akbarga, yo'l bo'yida mashina eshiklarini ochib o'tirarkanmiz.

-Iy, nee?

-Basharamga qara bla, qanaqib boraman.

-Unda qatta qolasan? Bizanikiga yur?

-Ha yooo, bironta qichammikida qolaman. Ertagacha sal-pal bitib qoladi harqale.

Shu kuni tanish qizlarimdan birini uyida tunadim. Seks qiladiganmas, yaqin do'stim bo'lgan qiz.

Lekin ertaga obeddan keyin uyga borganimda. . .

Xonamda yotgancha internetda sayr qilib yurgandim. Uyda hech kim yo'q. . . Kimdir darvoza qo'ng'irog'ini chaldi. Erinibgina o'rnimdan turdim. Tashqarida esa. . . Uchastkavoy turardi. Ortida bayroqni rasmi bor chiziq tortilgan damas. Rulda yana bir militsioner.

Qolgani hikoyam boshidan ma'lum. * * * * *

-Surishtirdim bla, anu detski ikki kun yotib chiqibdi, -dedi Akbar.

-Blaaaaa, ko'tligini qara ske, o'zicha kotta ketadi, bratanlariniyam opkeladide yana yozadiyam bu gandon bla, -dedim yana qizishib.

-Ha hozi kafeda o'rtolari bilan kayfuyem qilishvoti, amini chiqarib kelamizade.

Akbar aytgan kafega keldik. Ichkarida 7-8ta yigit alohida stolda o'tirishgandi. Ularni orasida Shahboz ham bor edi. Biz kirib kelganimizni ko'rib xo'rsinib qo'ydi, rangi o'cha boshladi. Yonidagi yigitga nimadir deb pichirladi. Yonidagi o'rnidan turib, ichkariga kirib ketganidan keyin ham bizni ko'rmaganga olib o'tiraverdi.

Biz sal chetroqdagi stoldan joy oldik. Qani nima qilarkan?

O'rtog'i ichkaridan qaytib chiqqach yana dadillashib, o'rnidan turdi, biz tarafga kela boshladi.

-Ha okkala? -dedi u kulishga harakat qilib, shunda ham ovozi titrab chiqdi.

-Ha ukka? -dedim qarashga erinayotgandek qarab.

-Manda ishila bormidi?

-Bor bo'sa nima qiberardin?

-Oka bu safar bekor keldilade.

-Ha bratishka, chem delo?

Uni ortidan yigit kishini ovozi eshitildi. Bo'yi taxminan 2 metr, devdek keladi, gavdasini o'zi odamga qo'rquv solardi. Egnidagi futbolka ham yirtilib ketay deb turibdi.

Lekin uni men tanirdim.

-Sarvar? -dedim balandroq ovozda.

U menga biroz tikilib turdida, quchoq ochib kela boshladi:

-Eee mujiki.

U bilan ko'rishganimizdan keyin yonimizdagi stulga o'tirdi. Sarvar bilan bakalavrda bir kursda o'qigandik. Lekin yoshi mendan bir yosh katta edi.

-Nima qivosla, nima janjal botta? -so'radi u.

Unga bo'lgan voqeani qisqacha gapirib berdim. Sarvar Shahbozni chaqirdi va so'kib ketdi, kafedagi odamlar "tinchlikmikan?" degandek biz tarafga alanglab qaray boshlashdi. Shahboz ketgach Sarvar gapida davom etdi:

-Havotritsa qimela mujiki, unaqa qimidi endi. Qizzi ortidanam yurmidi, -dedi menga qarab. Ishi ko'pligini aytib uzr so'radi, boshqa biror kun albatta kelishimizni tayinlab ichkariga kirib ketdi.

-Nima bo'ladi endi? -dedi Akbar, qaytib mashinaga chiqqanimizdan so'ng.

-Sarvar mujik, gapiga javob beradi doim. Havotirlanma.

-Qaytdikmi unda?

-Aha.

-Nima qilasan?

-Qizlani ovliman. . .

Одноклассники

Twitte

O‘xshash hikoyalar