tungi.ru

Mardikorning Muhabbati (II)

"Kimdir kutganmi, kutmaganmi, hikoyamning 2-qismi

Seks hikoya o'qimoqchi bo'lganlar hikoyani tark etishlari miumkin"

Muallifdan.

Mardikorning Muhabbati

II bob

-Qahramonjon, turaqol, o'g'lim!

Muborak opaning ovozidan uyg'ongan Qahramon krovatida o'tirgancha ko'zlarini ishqalab, kerishib oldi. Kecha nimalar qilgani, bugun nimalar qilishi haqida hayol surdi. Kiyimlarini to'g'rilab, tashqariga chiqarkan, quyosh terak bo'yi ko'tarilib bo'lganini ko'rdi.

"Qotib uxlabmanku!", hayolidan o'tkazdi Qahramon.

Yuz-qo'llarini yuvib, hovlida nima qilarini bilmay turganida, ortidan sehrli ovoz eshitildi:

-Oshxonaga kiring, nonushta qilib oling. . .

Qahramon beixtiyor ortiga o'girildi, ovoz sohibasi Malika edi. Uning hozirgi boqishlari sho'x-shaddod edi, Qahramonga jilmayib qo'yib, xonasi tarafga o'tib ketdi. Qahramon oshxonaga kirdi, stol ustida nonushta tayyor edi. Aftidan, Akromboy allaqachon ketib bo'lgandi. Qahramon piyoladagi murabboga nonni botirib, yeya boshladi. Shu vaqt xonaga Muborak opa kirib keldi.

-Yaxshi dam oldingmi, bolam?

-Rahmat, yaxshi, xolajon.

-Yaxshilab qorningni to'ydirib ol, Xondamga aytdim, tushga yaqin gul ko'chatlarini olib keladi.

Qahramon qo'liga ketmonni olgancha ishini boshladi, ariqcha qazishni tezroq tugatishi kerak. Bu orada Malika ham o'qishiga ketdi. Muborak opa esa uy yumushlarini boshlab yubordi, xonalarni tozalab, changlarni artib chiqdi. Qahramonni gapga solib turdi, ikkovlon ancha chiqishib ketishgandi. Ariqchalarni qazishni tugallaganida Xondamir bir necha xil gul ko'chatlarini olib keldi. Qahramon bu gullarni bilardi, qanday rangda ochilishini, shu sabab ularni avval rangiga qarab ajratib chiqdi. Muborak opa bilan ko'chatlarni qanday tartibda ekishni maslahat qildi. Ikkovlon ancha vaqtgacha maslahat qilishdi, bog' ichiga tushib olib, uyoq-buyoqni o'lchagan bo'lishdi, shu bilan tushlik vaqti ham bo'lib qoldi. Qaynoq sho'rva bilan tushlik qilishayotgan mahal Malika o'qishdan qaytib keldi. Kiyimlarini o'zgartirib, muhokamani davom ettirayotgan Muborak opa va Qahramonga qo'shildi.

-Nima deysan, avval qizil, keyin sariq qilib shu ketma-ketlikda ekaylikda, oralariga atirgul qo'shib chiqaylik?

-Atirgulniyam ikki xilidan olib kelibdiyu xolajon, qizil-oq-qizil-oq tartibida ekamizmi?

-Umuman, bog' chetiga qizil atirgullarni ekib, ichki qismiga oqlari ekilsachi? -taklif kiritdi Malika.

-Agar bunaqa qilsak mana bu gullarni joylash qiyin bo'pqoladi, qizil-qizil bo'lib xunuk ko'rinadi.

-Yo'q, aytmoqchi bo'lganim, qizil atirgullar orasiga sariq gul, oq atirgullar orasiga qizil atirgul.

Qahramonga Malikaning taklifi yoqib tushdi, va Muborak opaga batafsil tushuntira boshladi. Bu g'oya Muborak opaning ham ko'ngliga o'tirishdi, Malika tushlik qilishga oshxonaga kirib ketganida Qahramon va Muborak opa ishni boshlab yuborishdi. Muborak opa suv tashib turar, Qahramon esa, chuqurcha qazib, ko'chatni o'tqazib, suv quyib chiqardi.

-Men ham yordam beraymi, -so'radi tushlik qilib bo'lgan Malika.

-Yo'q qizim, sen darsingni qilaqol.

Malika biroz ikkilanib, nima qilarini bilmay o'ylanib qoldi va noiloj xonasiga kirib ketdi. Qahramon ko'zi Malikaga tushganida yurak urishi o'ziga eshitilib ketar, qulog'iga Muborak opaning gaplari kirmay qolardi. Malika xonasiga kirib ketganida esa, uning yuzi qizarib, nimadandir asabiylashib ketdi. Soat 4ga yaqinlashgach Xondamir va Akromboy kirib keldi. Akromboy bog'dagi ishni biroz kuzatdi, ular bilan gaplashdi.

-Akromjon, maslahatli gapim bor edi sizda, -deya unga yaqinlashdi Muborak opa.

Ikkisi bir necha daqiqa nimanidir muhokama qilishdi, suhbatga Xondamir aralashdi. Qahramon uning "yomon yigitga o'xshamaydi" degan gapini eshitib qoldi va gap u haqida ketayotganini angladi. Ichida "tinchlik bo'lsinda" degancha ishini davom ettirdi.

-Ukam, qani buyoqqa keling, gap bor, -dedi Xondamir unga yaqin kelib.

Qahramon yutinib qo'yib, kiyimlarini qoqdi va so'riga, Akromboy va Muborak opa nimanidir muhokama qilayotgan joyga bordi.

-Qani keligchi, o'tiring buyoqqa.

-Yo'q, rahmat, kiyimlarim toza emas, to'shak kir-tuproq bo'lib ketadi.

-E-e, hech narsa qilmaydi, -davom etdi Akromboy, -yuvsa ketadi. Muhimi sog'likni asrash kerak, tik oyoqda zo'riqasiz, qani, o'tiringchi.

-Kel, o'tirchi, bolam, -Muborak opa ham zo'rladi.

Qahramon chorasiz qolib, so'ri chetiga ominat o'tirdi.

-O'g'lim, -jiddiy ohangda gap boshladi Akromboy, -Mubopa siz haqizda gapirib berdi, doimiy ishiz, turar joyiz yo'q ekan.

Qahramon o'zini noqulay his etib, o'ng'aysizlandi.

-Yana bog'bonlikdan xabariz bor ekan, xolez sizni maqtayapti. Eshitgandirsiz, o'zimizni bog'bon qazo qilib qoldi. Shunga biznikda bog'bon bo'lib ishlashga nima deysiz? Ijara uyizdan shuyerga ko'chib kelaverasiz, doimiy ish ham, doimiy turar joy ham bo'ladi.

-Men. . . Haligi. . .-Qahramon gap topa olmay atrofga alangladi, Muborak opaga tikilib qoldi, huddi uni o'rniga Muborak opa gapirishi kerakdek.

-Yaxshilab o'ylang, buyer noqulay bo'lsa, oladigan maoshlarizi yig'ib, kichikroq uy olib chiqishiz ham mumkin.

Qahramon nimadir deyishga ham kalovlanib, bezabon, harakatsiz o'tiraverdi. Qahramon gapirmayotganidan Akromboy ikkilanib, o'rnidan turdi:

-Yaxshilab o'ylang. Uyimizni ko'ryapsiz, sharoti bilan ham qisman tanishsiz, ma'qul kelsa shuyerda qolaverasiz.

U shunday deb xonasiga kirib ketdi. Qahramon bog'ga tikilganicha o'tirib qoldi. Muborak opa jimlikni buzdi:

-Rozi bo'laqol bolam, bog'da ishlab o'zingam unchalik qiynalmaysan, yaxshi yashaysan, yaxshi topasan.

-Men haligi. . . Jamshid akam nima derkin. . .?

-Jamshid akang kelsa, o'zim gaplashaman u bilan. Rozi bo'lmay o'libdimi, muhimi seni roziliging.

Qahramon indamay o'rnidan turdi, bog'ga o'tib, ishini davom ettirdi. Qo'li ishda bo'lsada, hayoli hozirgi taklifni o'ylash bilan, muhokama qilish bilan band edi. Bir tarafda qurilishdagi yigitlar, ular Qahramonning yagona do'stlari, bir tarafa pul topish, bir tomonda. . . Malika. . . Yo'q, uning qanday aloqasi bor bunga? Malika kim-u, Qahramon kim? Lekin. . . Hech qursa u bilan bir hovlida yashaydiku? Uni har kuni ko'rib turadiku? U bilan yaqindan tanishib, yaqin insonlarga aylanishi mumkinku?

"Menga nimalar bo'lyapti? Qizlarga qiziqishim yo'q, e'tibor bermasdimku? Nega birdan u qiz haqida ko'p o'ylayapman?", hayolidan o'tkazardi Qahramon.

Hayoliy tortishuvlardan so'ng nihoyat bir qarorga keldi: U qoladi!

-Voy bolam, juda yaxshi qilding rozi bo'lib, -Muborak opa xursand bo'lib ketdi.

Jamshid akasi kelganida Muborak opa uni chetga tortib, vaziyatni tushuntira boshladi. Jamshid aka ham boshida tixirlik qildi, unamadi, lekin cho'ntagi sal qappaygach, ko'ngli ham sal yumshadi.

-Qahramon, ukam omading kelyapti sen bolani, qara qanaqa joydan ish topildi. Yuzimni yerga qaratmagin, yaxshi ishla, yaxshi ovqatlan, o'zinga qarab yur. Keyin bizni yigitlarni ham unutib yuborma, ko'rgani kelib tur, tushundinga?

-Ho'p, Jamshid aka, havotir qilmang, ertaga boraman.

-Bo'pti, unda, men ketdim, yaxshi qolinglar.

-Hoy, Jamshidjon, ovqatga qolsangiz bo'lardi, hademay suzamiz, -Muborak opa uni qaytarishga urindi.

Lekin Jamshid aka shoshilganicha ketib qoldi. U cho'ntagidagi pullarni tezroq sanab ko'rish uchun ham shoshilardi. Qahramon namozshom vaqtigacha gullarni ekib tugatdi. Kiyimlarini alishtirib, yuvinib, oshxonaga kirib o'tirdi. Malika gazetani ochib olib, krossvord yechish bilan band, Muborak opa qozon kovlar, ba'zida Malika so'ragan krossvorddagi jumboqning javobini aytib turardi.

Qahramon kirib, chetdagi stulga ohista cho'kdi. Malika boshini gazetadan ko'tarib, Qahramonga bosh-oyoq razm soldi. Bundan Qahramon bezovtalanib, derazadan hovliga tikildi.

-Keldingmi, bolam, -dedi Muborak opa, Qahramonni ilg'ab, -charchamay tugatib oldingmi?

-Charchash qayoqda, xolajon, ishlab dam olamanku.

-Bu gullariz qachon ochiladi? -so'radi Malika jilmayib.

-Bir oyga qolib-qolmay ochiladi, xudo hohlasa.

Bugun ham Qahramon so'rida boshqalar bilan birga ovqatlanmadi. Oshxonada hayollar og'ushida qolgancha sekinlik bilan ovqatlanardi. Endi u Malikani har kuni ko'rishi mumkin edi, u bilan bir tom ostida yashaydi. . .

* * * * *

Qahramon erta tongda turib, bog'ni ko'zan kechirdi. Kechagina o'tqazilgan ko'chatlarni birma-bir tekshirib, suv quyib sug'ordi. Muborak opa ham uyqudan uyg'onib, unga sherik bo'ldi. Keyin nonushta tayyorlay boshladi. Xondamir kelishi bilanoq Akromboy nonushta ham qilmay ishga shoshildi. Qahramon, Muborak opa va Malika birgalikda nonushta qila boshlashdi.

-Xolajon, -dedi Qahramon, Muborak opaga yuzlanib, -Bugun qurilishdagi sheriklarim bilan xayrlashib, kvartiramdan yuklarimni olib kelsam degandim.

-Juda yaxshida bolam, agar yuklaring ko'p bo'lsa, shoshilma, Xondamga aytaman, mashinasida birga borib-keladi.

-Yo'g'-ey, unchalik ko'p emas, kiyimlarim xolos.

-Bog'imiz avvalgidan ancha chiroyli bo'lib qopti, -gap qo'shdi Malika.

Bu maqtovdan Qahramon sezilar-sezilmas darajada qizarib ketdi.

-Senga ham yoqdimi, qizim? Qahramon bolamga ko'z tegmasin, qo'li gul bog'bon ekanu, qurilishda ishlarkan, -dedi Muborak opa kulgi aralash.

Qahramon yaxshilab yuvinib-taranib, uydan chiqayotganida Malika ham o'quv formasida tashqariga chiqdi. Qahramonning tanasi bir qizib, bir sovib ketar, yurak urishi tezlashib ketardi. O'zini beparvodek tutib, yerga tikilgancha ketib borarkan, hayolan Malika bilan qo'l ushlashib ketardi. Yo'l bo'yiga chiqqach, Malika taksi to'xtatdi. Eshikni ochib, o'tirishga shoshilmay, Qahramonga yuzlandi:

-Siz ham shaxar markazi tarafgami?

-Yo'q, men buyoqqa, -deya teskar tarafni ko'rsatdi Qahramon.

Malika unga tabassum hadya etib, taksiga o'tirdi. Uzoqlashib ketayotgan taksining ortidan tikilib qolarkan, Qahramon nega u ham yo'li shu tarafda ekanini ochiq ayta olmaganini o'ziga ham tushuntirib berolmasdi.

Jamshid akasining brigadasidagi yigitlar ishlayotgan bino tarafga yuradigan avtobusga chiqarkan, kelajagi tez orada o'zgarib ketishini anglab turardi.

Qurilish binosiga kirib kelarkan, Jamshid akadan yangilikni eshitgan yigitlar qiyqirib kutib olishdi. Qahramon ular bilan kulishib, qo'l berib ko'rishib, ular bilan xayrlashib oldi.

-Qahramon, endi boy uyda ishlayman deb yaqinlaringni unutib yubormassan?

-Umuman olganda biz ham boy uyda ishlaymiz, faqay uy egalari bilan yashamaymiz, -bu gapdan davradagilar kulib yuborishdi.

-Sizlarni sog'inib qolaman, -dedi Qahramon.

-Ko'rgani kelib turarsan?

-Albatta! Xabarlashib turamiz sizlar bilan!

-Haliyam ishongim kelmaydi, quruvchi yigit bog'bonlik qilayotganiga. Bu huddi kulturistlar nozik ishlar bilan shug'ullangandek gap! -yana kulgi ko'tarildi.

Yaqin do'stlari bilan uchrashib, kayfiyati tog'dek ko'tarilgan Qahramon 2-3 chaqirim naridagi ijara uyiga piyoda yo'l oldi. U piyoda yurishni yoqtirar, yo'lda hechkim halal bermaydigan vaqtda u hayot haqida mushoxadalar olib borardi.

Uyga kelgach, avval uy egasi bo'lgan, yoshi 40ladagi erkakni yoniga kirdi:

-Assalomiu alaykum, amaki!

Qahramon unga vaziyatni tushuntirdi, endi ketishini bildirdi, ertalab Muborak opa bergan puldan bu oyning ijara haqini to'lab qo'ydi. Amaki biroz hafa bo'ldi, ozmi-ko'pmi shu uydagi yumushlarga qaralashib turardi. . .

Qahramon xonasiga kirib, katta sport sumkasini oldi va kiyimlarini, buyumlarini joylay boshladi. . .

* * * * *

Qahramon yuklarini yangi uydagi yangi xonasiga joylab chiqib, ovqatga o'tirdi.

-Qalay, bolam? Do'stlaring bilan xayrlashib kelvoldingmi?

-Ha, ko'rgani borib turaman, dedim, -deya javob qildi Qahramon.

-Yaxshi qibsan, ishdan bo'sh vaqtingda bemalol do'stlaringni ko'rib kelaverasan. Qorning to'ydimi?

-Ha, rahmat to'ydim.

-Unda xonanga kirib, uxlab ol. 2 kundan beri tinmading, charchagansan, ko'zlaringdan bilinib turbdi bolam.

Qahramon qarshiliksiz o'rnidan turdi. O'zi yaratgan, o'zi parvarish qiladigan bog'ga qarab turdida, xonasi tarafga yurdi. Lekin Malikaning xonasidan qandaydir boshqacha ovozlar kelardi. Qahramon o'zi ham istamagan tarzda Malikaning xonasiga yaqinlashdi, eshikka yaqin kelganida, telefonda gaplashayotgan Malikaning bir jumlasi Qahramonning yuragini teshib o'tdi:

-Xa-xa-xa, jinnivoy, albatta sevamanda! . .

[Davomi Bor]

Одноклассники - Mardikorning Muhabbati

Facebook Page - Mardikorning Muhabbati

O‘xshash hikoyalar