Shayton qizning muxabbati 5 (yangi ijodkordan!)
Quyosh deyarli osmonni tark etgan, ammo uning so'ngi qizil nurlari osmonda ajoyib manzara paydo qilgandi. Yigit qizga biroz o'tirib dam olishni taklif qildi, ular o'tirishgach biroz jim bo'lib qolishdi. Quyoshning ufqdagi qizil shafaqlariga maxliyo bo'lgan ikki qalb huddi so'zsiz suhbatlashayotganday edi.
-bilasanmi? - yigit sukunatni buzdi va qizga qaradi. Qiz xam savol ma'nosi bilam yigitga yuzlandi.
-osmondagi quyosh bitar chog'idagi qizil nurlarni o'zgacha belgisi bor ekan, - yigit ko'zini ufq tomon ko'tardi. Qiz xam ufqqa termulib, qiziqqancha - qanday - deb so'radi.
-bir zamonlar ikki sevishgan bo'lgan ekan, ularning sevgisi judayam kuchli edi. Ularni sevgisini ko'rib shayton ularni ikkisini ajratmoqchi bo'libdi. U go'zal qiz ko'rinishida yigitning oldiga kelibdi, va uni yo'ldan urmoqchi bo'libdi. Ammo yigit unga parvo qilmabdi. U shunday muomila qilibdiki, shayton ham sevgilisiga hiyonat qilmasligini tushunibdi. Ammo baribir u bu yo'lidan qaytmabdi.. - orada biroz sukunat bo'ldi. Ikkisi xam tobora g'oyib bo'layotgan ufqqa qarab o'tirishardi.
-ho'sh, keyinchi? - hikoyaga qiziqib qolgan qiz davomini eshitishni hohlardi.
-shunda u hiyla qilmoqchi bo'libdi- hikoyasini davom etdi yigit. - bir kuni shayton qizning qiyofasiga kirib oladi va yigitga "agar meni sevsangiz bu yerlardan ketaylik, uzoqlarga" deydi. Yigit bu gaplardan hayron bo'lib qoladi. Lekin qizni qattiq sevgani va ko'p qistovlaridan so'ng ketishga rozi bo'ladi. Niyatiga erishgan shayton yigit bilan uzoqlarga ketadi. Oradan bir necha kun o'tgach, sevgilidan darak bo'lmagach, qiz har kuni kun botishida ufqqa termulib o'tirarkan! Chunki yigit unga "ufqdagi qizil nurlar bu meni senga bo'lgan muxabbatim, agarda ufqda qizil nurlarni ko'rmasang bilginki men, yoki sevgimiz o'lgan bo'ladi" degandi... - shunda orada yana biroz jimlik paydo bo'ldi.
-yigitning taqdiri qanday bo'lgan? - qiziqib so'radi qiz, ufqdan ko'zini uzgach yigitga qaradi. Yigit esa hamon ko'zlarini osmindan uzmagan, nimalarnidir xayolidan o'tkazardi. Qiz esa yigitni yelkasi bilan ohista turtkach, yigit hayollardan o'ziga keldi va endi gap boshlamoqchi edi yomg'ir tomchilari yuziga bir-ikki tusha boshladi.
-Yur panaroqqa o'tamiz, hozir yomg'ir boshlaydiganga o'xshaydi.
-hop. - ular sal nariroqdagi bekat ostiga borib olishdi. Yomg'ir bir pasda tezlashib ketdi. Baxorning xavosi shunday, bir oz oldin quyosh chiqsa birozdan so'ng yomg'ir yog'ib yuborishi xam hech gap emas. Ko'chada esa birorta osam ko'rinmas, bunaqa paytda xamma ko'chada yurishni, shalabbo bo'lishni xoxlamasdi.
-sovqotmadingmi?- qizga boqib uni biroz sovqotganini sezdi. Qiz esa - biroz -deya javob berdi. Yomg'ir borgan sari tezlashar, sovuq shabbodasi esa tanani junjuktirardi. Yigit ohista qizni bag'riga bosib oldi.
-endi sovqotmayapsanmi? - yigitning so'roviga qiz boshini qimirlatib "yo'q" ishorasini qildi. Ular shu zayl biroz turishgach yigit qizning qulog'iga sekingina shivirladi:
-Dilnur , - qiz u quchoqlashgan holatida yigitga qaradi. Yigitning bo'yi biroz baland bo'lganligi uchun biroz noqulay edi. Yigit esa gapida davom etdi.
-senga bir gap aytaman, faqat jiddiy qa'bul qil. - qiz boshi bilan qimirlatib "xa" ishorasini bildirdi.
-men seni sevaman! - yigit bu gapni zo'rga dilidan tiliga ko'chira oldi. Qiz esa uyalgancha pastga qarab oldi. - seni javobingni bilgim keladi, har uchrashganimizda bu gapni yuzinga qarab ming marotaba takrorliman, sen buni eshtmagansan, chunki bu gaplar dilimda qolib ketardi. - qiz xamon yerdan ko'zini uzmas, yigitning quchog'ida bo'lgani uchunmi, yoki ichidagi his tuyg'ular tufaylimi isib ketayotganday edi. - Bugun esa senga bu gaplarni ayra olishga kuch topa oldim. Agar bugun aytmaganinda, balki bu sirligicha qolib ketarmidi, - yigt qizni qo'li bilan boshini teparoq ko'tardi, ikkalasining ko'zlari bir biriga tushdi, shu holatda chamasi yarim daqiqami, yo ozroq bir birlariga termulib qolishdi. Yigit labini qizning labiga olib bordi. Shu onda ikkalovlari xam o'zgacha hissiyotni tuyishdi. Lablari xamon bir birini erkalar, o'zlari esa huddi bu yerda emas, osmonlarda uchib yurishgandek edi. Uzoqdan kelayotgan mashina ovozidan o'zlariga kelishgach, uzoqdagi avtobus chiroqlarini his qilishdi. Avtobus kelib bekatga to'xtadi. Ular endi piyoda yurib bo'lmasligini bilgach avtobusdan joy olishdi. Mashinada deyarli hech kim yo'q edi, orqa o'rindiqdagi qariya va oldiroqda ikki hotin suxbatlashib ketishardi. Avtobus o'rnidan qo'zgaldi, ular xam yonma yon o'rindiqni egallashdi. Yo'lda ketib borisharkan, qiz boshini yigitning yelkasiga qo'yib oldi. Yigit xam bundan mamnun edi. Chunki qiz endi uni sevishini biladi, qarshilik bildirmadi va u xali xam u bilan. Munosabatlar esa endi ochiq davom etardi...
-yaxshi dam oldingmi? - yigit va qizning erta tongda telefondagi suxbatlari shunday boshlandi.
-xa sevgilim, sizchi? - qizning javobidan yigit quvonib ketdi. Chunki qizdan birinchi bor "sevgilim" degan murojaatini eshtishi edi.
-Men xam Dilnurim - yigit negadir "jonim" yoki "asalim" singari so'zlarni ishlatolmadi. Chunki bunday so'zlarni avval ishlatmagan, qolaversa bunday so'zlar ishlatgan kop do'stlarini bilardi. Ular bunday so'zlar bilan bugun bittasiga, ertaga boshqasiga atab ketavarardilar. Shuning uchun buni sevgilisiga ravo ko'rmadi. Suhabatlari uzoq cho'zilmadi. Sababi ikkalovlari xam o'qishga borishga taraddud ko'rishlari kerak edi.
-mayli erkagina qaysarcham, o'qishlaringa omad. Yaxshi o'qib ol.
-xop, siz xam yaxshi o'qing..
Suxbatlari shu tarzda yakunlangach, Ismail o'zini oynada tomosha qilarkan, sal avva uyqidan turgani uchun faqat ich kiyimlarda turardi. Juda kelishgan bu yigitni tim qora sochlari uncha uzun bo'lmagan, ora -siraga bitta, ikkita oq tushib qolgani sezilib turardi. Ko'zlari sal jigarrang tusda, o'zi esa salgina qorachadan kelgan bola edi. Bo'ylari uzungina bu yigit oynada kuchga to'lgan muskullarini tomosha qilib biroz turgach kiyinishni boshladi. Bu payt qiz xam pardoz qilish chog'ida o'z go'zalligiga o'zi mahliyo bo'lib tikilib qoldi. Qop qora sochlari uzungina, yelkasidan sal patroqqacha tushardi, kipriklari uzungina, ular kimlarga yuzlanmasin nigoh egasiga asir etardi. Bo'ylari xam o'ziga yarashgan balandgina, ammo Ismailga nisbatan biroz pastroq edi...
Nonushtani qilib bo'lgan Ismail o'qishga otlandi. Uydagilardan duo olgach o'qishiga tomon shoshib ketdi. Dars boshlanishiga yetib kelgan Ismail, yana darsga sho'ng'ib ketdi. Ammo hayoli xamisha sevgilisida bo'ldi. 1-para tugagach do'sti Kamron bilan sihbati paytida, Kamron xam ishga o'z hamkorlarini jalb qilmoqchiligini aytib qoldi. Ular xam bu ishga qiziqayotgani va bu haqda to'liqroq ma'lumot olishni xoxlashlarini aytdi.
-ular nima ish qilishadi? - so'radi Ismail.
-ee, ishlashmidida. Biz bilan birga o'qishadi, kursdoshlarimizdan.
-ha unda yaxshi. Darsdan so'ng biror bo'sh sinf xona topsak o'sha yerda tushuntirib beraman. Dars ohirida ularni to'plagin...
Darslar yakunlashgach bo'sh honada Kamron ishga taklif qilgan hamkorlari to'planishdi. Anchagina yig'ilishibdi. 20 kishidan ko'proq talabalar xam o'sha Ismail ishlayotgan Porfyumeriya firmasida ishlashni hohlayotgan edilar. Ismail ularga bu firma haqida, uning maqsadi va ishlash taetiblarini birma bir tushuntirib berdi. O'tirganlar esa butun tanalari quloq bo'lib uni tinglashar, orada " yaxshi ekan" , "men bop ekan" so'zlari eshitilib qolardi. Tushuntirib bo'lgach xamma bu ishni "qanday boshlash mumkin" deya savol berishdi. Ismail firma manzilini tushuntirib berdi, va birga borishi mumkinligini aytdi. Bu xammaga ma'qul tushdi va hoziroq borishni taklif qilishdi..
Ishlari juda yaxshi ketib borardi. Firmaga a'zo bo'lganidan va ishlayotganidan afsuslanmasdi. Chunki hamkorlari soni xam ortib qolgan, kompaniya bi'yicha lavozimi xam, obro'si xam ancha ko'tarilgandi. Firmaning o'sha joydagi filiali raxbari xam uni juda hurmat qilardi. Huddi o'z o'g'liday ko'rib qolgandi. Firma raxbari yoshgina ayol edi, ko'rinishi judayam istarali, to'lachadan kelgan, sal qoracharoq opa edi. U birgina qizi borligini aytardi, huddi Ismailni kuyov qilish niyati borday tutardi o'zini. Ammo qizini ofisga deyarli olib kelmasdi. Umuman kelmasdi disayam bo'ladi. Chunki Ismail xali biror marta qizini ko'rmagandi. Laylo opaning (firma filiali raxnarining ismi shunday edi) turmush o'rtog'i ancha yillar avval, qizi tug'ilishidan avval olamdan o'tgan ekan. Ammo undan keyin bowqa turmush qurmagan, odamlarning, qarindosh urug'larning qistovi xam befoyda bo'lgan, qizini o'gay otaning tarbiyasini olishini hohlamagandi..
-alo
-alo, ho'sh men sevgan qiz ninalar qilyapti - yigit va qizning tungi suhbati shunday boshlandi.
-xamma shu paytda nima qilsa ushnaqa qilyapman.
-hamma nima qilarkan bu payt?
-yotadide, nima qilardi boshqa jinnivoy
-xaa, (kulib) lekin sen boshqalardekmassanda
-nimaga?
-chunki sen men bilan gaplashyapsan. Men bilan esa xamma gaplashomidi bu payt. Ana boshqalardan farqin nimada- orada biroz tabassum bo'lgach,
-Ismail aka - qiz biroz ovozini pastlatib, - anu kungi hikoyani davomi qanaqa? Rosa bilgim kelyapti.
-haa, unimi. Qayerida to'xtagandim o'zi?
-Yigit bilan qiz qiyofasiga kirgan shayton uzoqlarga ketudi, qiz ufqqa termulib qoludi.
- ha unda eshit, yigit o'sha qiz qiyofasidagi shayton bilan uziq bir joydan qo'nim topishadi. Avvaliga odatiy xayot kechirishadi. Yigit qizni bag'rida his qilib baxtli edi. Ammo qizni o'zgarib qolganini seza boshladi. Bir kun ular kun botar paytida uylari oldidagi katta daraxtning to'nkasida o'tirishardi. Shu payt qiz ichkariga kirib ketmiqchi bo'ldi, ammo yigit qo'vormadi. Chunki xar safar birgalikda ufqni tomosha qilishni yaxshi ko'rishardi. Ammo bu yerga kelishgandan buyon biror marta bunday qilishmagandi. Yigitning bag'ridan chiqolmagan qiz noiloj birga o'tirdi. Ufqdagi qizil nurlar tobora qalinlashar va nurlari ularning yuziga tusha boshladi.
- hosh keyin nima bo'ldi? -qiz xam huddi hikoya ichiga tushib qolgandi.
-so'ng qizning ko'zi u nurlardan qamasha boshladi, hayron bo'lgan yigit qizga boqsa quyoshning qizil nurlari ostida shaytonning asl yuzini ko'rib turardi. Bag'ridan shaytonni itarib yuborgach o'zidan nafratlanib ketdi. chunki hozir sevgilisini tashlab ketganini angladi. Shayronning asl yuzini bilgan yigit ortiga qaytadi. Sevglisini o'sha xar doim birga quyosh botishini tomosha qiladigan joylaridan topadi, ular judayam sevinishadi, uzoq hijronli kunlardan so'ng yana birga edilar. O'sha ufqning qizil nurlari xozir xam ularning sevgisi o'lmaganidan dalolat berib turarkan. - hikoyasini tugatgach,
-shayton ularni tinch qo'yibdimi?- qiz yana savol berdi.
-Shayton xam yigitni sevib qolgandi. Chunki faqatgina o'sha yigitni yo'ldan ura olmagandi.
-juda boshqacha hikoya ekan, qayerda o'qigansiz?
-esimda yoo, balki eshitgandirman kimdandir.. shu tariqa suxbatlari uzoq davom etdi.
-tur o'rningdan o'g'lim, o'qishga kech qolasan - honadon bekasining ovozidan uyg'ondi. Kecha telefonda gaplashib uxlab qolibdi.
-ahir bugun dam olish kuniyu hola - Ismail yana o'rniga yotib oldi
-qayoqdan bilay ahir, har kun uyg'otaverib o'rganib qolibmandaa, - biroz aybdirona ohangda - turaqol, dam bo'lsa xam bonushra qilib ol bolam!