tungi.ru

Ewitganimi yozdim

"Kasbim ginekolog bo'lganligi sababli ayollarga

doyalik qilishdan tashqari abort qilib ham turar

edim...

- Bir kuni shifohonada navbatchi edim, honamga o'rta yoshlardagi er va hotin kirib kelishdi va bir

iltimos bilan kelishganini aytishdi, qanday

iltimosligini so'rasam: - abort qilish kerakligini

aytishdi. Ayolning ko'rinishidan homilaning 4-5

oyligini bilsa bo'lar edi. Men rozi bo'lmadim.

Tahmin qilganimdek ayolning homilasi 5 oylik ekan. Homila 3 oy bo'lganidan keyin meditcinada

abort qilish mumkin emasligini tushuntirishga

harakat qilar edim, ammo eri tushunishni

hohlamasdi. Ularning 4 ta qiz farzandlari bor, ayol

homilador bo'lganidan keyin 3 ta zamonaviy

apparatlarga tushgan, barchasi homila qiz bola ekanligini aytgan. Odatda homilaning jinsi 3 oydan

keyin bilinadi, bular aparatma-aparat

yuraverishgan. Homila bu orada 5 oylik bo'lib

qolgan...

- Er yana qiz ko'rib 5 ta qizi bor degan "isnodni"

ko'tarmasligini aytdi va abort qilishim uchun katta pul va'da qildi...

- Men bir oz o'ylanib turdimda bularni shashtidan

qaytarishga aqlim yetmadi keyin katta miqdordagi

pulni eshitib, nafsimni jilovlay olmay abort qilishga

rozi bo'ldim va bu oramizda sir bo'lib qolishini

tayinladim. Ayolni yotqizib abortni boshladim, bola katta bo'lib qolgani tufayli homilani bo'lib- bo'lib

olishga qaror qildim, abort qiyin kechardi men

ham, mendan ko'ra ayol ko'proq qiynalardi...

- Bir payt kutilmagan hodisa sodir bo'ldi...

- Bolaning belidan pasti butun tushdi, ne ko'z bilan

ko'rayki bola o'g'il bola ekan... -Men serrayib qotib qoldim va homila bo'lagini

ota-onasiga ko'rsatdim, ayol dod solardi er esa

o'zini qo'ygani joy topolmay qoldi...

- Men bu voqeadan anchagacha o'zimga kelolmay

yurdim, hatto shifohonaga ham borolmay qoldim

va homilaning jinsini ming zamonaviy apparatlar ham bilib berolmasligini, bu ish yagona Allohning

qo'lida ekanligini tushunib yetdim." Buni eshitgan odamni badanida titroq paydo

bo'ladi, o'gilmi - qizmi Allohnini berganiga shukur

qilaylik

Boshqa hikoyalar