tungi.ru

"Orolda 17 kun" 1-qism

Hullas yana ijodga qo'l urdim. Jahon urushidan keyin, bu safar aksincha sarguzasht hikoya yozishga qaror qildim! Umid qilamanki bu o'quvchilarimizga manzur keladi Demak boshladik!

'UNIVERSAL NIGHTBOY STUDIO' taqdim etadi!

Bosh rollarda: Boyfrend24 (Boyfrend), LacosTe(Lacos), Skrillex.

Rollarda: Kataleya, MaLiKa, weka7777(weka).

Epizodlarda: Ugochaves.

"Orolda 17 kun" filmida!

AQSH, Nyu York 13-iyul 07:13.

Boyfrend o'rnidan turib ko'zlarini zo'rg'a ochdida uyoq buyoqqa qaradi. Yonida xurrak otib uhlayotgan xotini Malikani uyg'otgisi kelmadi chamasi, deraza yoniga borib shaharga ko'z tashlab qo'ydi. Oshxonaga borib endi kofe damlamoqchi bo'lganda telefon jiringladi.

Boyfrend: alo eshitaman?

Lacos: salom oshna qaleysan, tuzumisan?

Boyfrend: haaa yaxshi...

Lacos: nima endi uyqudan turdingmi

Boyfrend: haaa...

Lacos: o'rtoq ertaga xotinim bilan qayerga uchayotganimizni bilasanmi?

Boyfrend: qayerga?

Lacos: gavaiy orollariga

Boyfrend: "nima" degancha uyqusi uchib ketdi.

Lacos: gavaiyga do'stimm!

Boyfrend: jin ursin!

Lacos: iya nima bo'ldi o'rtoq?

Boyfrend: yo'q yo'q hech narsa... xayr meni zarur ishlarim bor, dedida go'shakni qo'yib qo'ydi. Uyqusirab oshxonaga kirib kelgan Malika "kim bilan gaplashding?" dedi va sudralib yurishda davom etdi.

Boyfrend: LacosTe bilan... u ham ertaga xotini bilan gavaiyga uchayotgan emish...

Malika: nima?

Boyfrend "nima ham qilardik" dedida sekin stulga o'tirib kofeni icha boshladi.

Malika: yo'q men bormayman!

Boyfrend: azizaaam, qo'y bu gapingni endi. ularni yoniga bormaymiz!

Malika: yo'q o'zing boraver, agar o'sha laqma er xotinlar borsa meni bormaganim bo'lsin!

Boyfrend: bu nima deganing Malika? axir chiptani necha pulga olganimni bilasanmi o'zi?

Malika: lekin Boyfrend...

Boyfrend: hechqisi yo'q ularga umuman e'tibor bermaymiz! xavotir olma.

Malika chuqur xo'rsingancha yuvinish xonasiga kirib ketdi. Boyfrend esa shoshilib kofesini ichdida uning izidan borib eshikni ochdi va xonaga kirib ichkaridan eshikni qulflab oldi.

Malika: hoy nima qilayapsiz? uyalmaysizmi chiqing bu yerdan!

Boyfrend: xotinim bo'lsang nimadan uyalaman? ustiga ustak... ertaga gavaiyga uchsak u yerda odam ko'p bo'ladi. Axir odamlarni ko'z o'ngidaaaa...D

Malika qoshini chimirib, lablarini tishlagancha jilmayib qo'ydi va...

Bu vaqtda esa LacosTe va xotini Kataleya o'zida yo'q hursand narsalarini yig'ishtirib parvozga tayyorgarlik ko'rishayotgandi.

Lacos: Kataleya nima issiq kiyimlar olayapsanmi?... axir biz gavaiyga uchayapmizku jonginam! u yerning havosi va tabiati ajoyib! go'yo yerdagi jannat! jannat!

Kataleya: lekin... tunda sovuq bo'lsachi?

Lacos: ey qo'ysangchi bularingni... sovuq bo'lmaydi menga ishon!

Kataleya: yo'q!... baribir olaman, har extimolga qarshi. o'zizam uyerlarga umrizda bormagansizu, qayerdan bilasiz sovuq bo'lmasligini?

Lacos: Kataleyaaaaa... eyyy bilganingni qil!

14-iyul 06:52.

LacosTe va Kataleya aeroportga kirib kelarkan ko'zi birdaniga nariroqda turgan Boyfrend va Malikaga tushdi.

Lacos: iya Kataleya qara Boyfrend va Malikaku.

Kataleya: qani?

Lacos: ana soat tagida!

Kataleya: ha ko'rdim, lekin ular bu yerdanima qilayapti?

Lacos: bilmadim... ammo hozir bilib olamiz!

Lacos: Boyfreeend do'stiim!

Boyfrend: Salom LacosTe

Lacos: Malika!

Malika: salom.

Kataleya: Salom Boyfrend, salom Malika!

Boyfrend, Malika: salom!

Lacos: do'stim bu yerda nima qilayapsan, yoki senam biror yerga uchayapsanmi?

Boyfrend: haa... biz ham Malika bilan gavaiyga ketayapmiz.

Kataleya: rostdanmi? juda yaxshi bo'libdida, u yerda begonalar ichida qanday yashashni o'ylayotgandim

Lacos: gavaiyga?... lekin kecha tel qilganimda hech nima demagandingku?

Boyfrend: haa, kecha yodimdan ko'tarilibdi aytish.

Lacos: ha mayli hechqisi yo'q...

Hurmatli yo'lovchilar Nyu York Gavaiy yo'nalishidagi samalyot 5 daqiqadan keyin uchadi!

Lacos: iya samalyot 5 daqiqadan keyin ucharkan, qani kettik bo'lmasam!

Boyfrend va Malika ensalari qotgancha samalyotga qarab yo'l olishdi. Samalyotga chiqib bo'lgach esa styuardess Ugochaves radiodan ma'lumot bera boshladi.

Ugochaves: Hurmatli yo'lovchilar Nyu York Gavaiy yo'nalishidagi samalyot 3 daqiqadan so'ng uchadi! Samalyotni Weka7777 va Skrillex boshchiligidagi uchuvchilar jamoasi boshqaradi. Jamoa nomidan sizga maroqli parvoz tilaymiz! Iltimos xavfsizlik kamarlarini taqib oling!

Weka: havo harorati va bosimi?

Skrillex: meyorida!

Weka: yonilg'i?

Skrillex: yetarli!

Weka: shamol yo'nalishi?

Skrillex: sharqdan sekundiga 10 12 metr tezlikda shamol esib kechasi 11 13, kunduzi 16 19 daraja issiq bo'ladi, yomg'ir yo'g'ish ehtimoli bor! siz davr yangiliklari bilan tanishdingiz, batafsil ma'lumotlarni 3 ta dablyu nuqta mtrk nuqta uz saytidan olishingiz mumkin! hayr salomat bo'ling! degandi ertalab yoshlar radio kanalidan

Weka: yaxshi!

Samalyot yeldik uchib borar ekan asta sekin havoga ko'tarila boshladi.

Kataleya: LacosTe azizim gavaiyga borganimizdan keyin lyuks xonaga joylashamizmi?

LacosTe chuqur nafas olib sekin gapira boshladi.

Lacos: haaa... al...batta

Kataleya LacosTe ga qarab irjayib qo'ydi. Ularni orqasida o'tirishgan Boyfrend va Malika bir birlariga qarab ensalarini qotirib qo'yishdi. Oradan bir necha soat o'tib Malika zaruriyat bilan o'rnidan turib hojatxonaga qarab yura boshladi. Shunda to'satdan samalyot qattiq silkindi va Malika yiqilib tushdi.

Boyfrend: malika!... turaqol, shikastlanmadingmi?

Malika: yo'q, yo'q yaxshiman.

LacosTe o'rnidan turib "Tuzukmisiz Malika?" dedida biroz unga qarab turdi.

Weka: nima bo'ldi?

Skrillex: bilmadim, shamol bo'lsa kerak.

Lacos: men hozir nima bo'lganini bilib kelaman!

LacosTe uchuvchilar xonasi yoniga borib kirmoqchi bo'ldi.

Ugochaves: kechirasiz janob bu yerga yo'lovchilar kirishi mumkin emas!

Lacos: ey o'pkangni bossangchi oshna! men shunchaki nima bo'lganini bilgani keldim holos.

Ugochaves: shamol... shamol sababli samalyot biroz chayqaldi!

Lacos: aniqmi

Ugochaves: ha albatta janob, xavotirli joyi yo'q joyizga bemalol o'tirishingiz mumkin!

LacosTe styuardessga boshdan oyoq nazar soldida sekin ortiga qaytdi.

Weka samalyotga yaqinlashayotgan chaqmoq bulutlarini ko'rdi.

weka: ey hudoyim bu nima bo'ldi?

Skrillex: jin ursin! chaqmoq bulutlariku. yuqorilab o'tish kerak, pastlasak chaqmoq urishi mumkin!

Weka: yaxshi, shunday qilamiz!

Samalyot sekin zirillay boshladi.

Skrillex: nima bo'layapti, tushunmadim?

weka: shamol bizni bulutlar ichiga tortib ketayapti! jin ursin avtopilot ishdan chiqdi, shturval bo'ysunmayapti.

Samalyot endi juda kuchli zirillay boshladi.

Boyfrend: ey hudoyim nimalar bo'layapti?

Ugochaves: Honimlar va janoblar iltimos xavfsizlik kamarlarini taqib oling! noqulay ob havo tufayli samalyotimiz biroz chayqalayapti!

Lacos: biroz?, biroz deysanmi? 9 balli yer qimirlashi ham bunaqa kuchli bo'lmaydi!

Skrillex: ey hudoyim Weka baza bilan aloqa yo'qoldi, kompast buzilgan,samalyot avariya holatiga o'tdi!

Weka: nima demoqchimisan?

Skrillex: Skrillex: qulayapmiz!

Weka: Ugo! Ugo!

Ugochaves: eshitaman!

Skrillex: yo'lovchilarga qulayotganimizni yetkaz!

Ugochaves: qulayapmiz? nima hammamiz o'lib ketamizmi?

Weka: bo'la qolsangchi vaqtimiz oz!

Ugochaves: hurmatli honimlar va janoblar shuni afsus bilan yetkazishimiz kerakki, samalyotimiz noqulay ob havo tasiri tufayli boshqaruvni yo'qotdi, iltimos havo yostiqchalarini og'zingizga solib o'rinlaringizda mahkam o'rnashib oling! kuchli zarbaga uchraymiz!

Samalyotda hamma shok holatida edi shu bilan birga Boyfrend va LacosTe lar oilasi ham. Kataleya yig'lagancha LacosTe ni qo'lini siqdi.

Kataleya: LacosTe azizim men seni sevaman

Lacos: jonginam men ham seni jonimdan ortiq ko'raman!

Malika: Boyfrend endi biz o'lamizmi

Boyfrend: ha azizam portlash natijasida parcha parcha bo'laklarga bo'linib ketamiz

Oradan bir necha soniya o'tgach samalyot qattiq urildi va samalyot ichidagi barcha hushidan ketdi. Samalyot okean ustiga qulagani uchun zarba kuchi yengilroq kechdi. Ammo ming metr balandlikdan suvga tushsa suv betonga aylanadi deganlaridek samalyot bo'laklarga bo'linib ketdi.

1-kun.

Bir necha soat o'tib LacosTe ko'zini ochdi va qarshisida turgan baland palmalarga ko'zi tushdi.

Lacos: qayerdaman o'zi? hamma yerni okean shovquni qoplagan, oyoq osti esa qum, qarshisida qanaqadir orol turardi.

Lacos: hey, kim bor?... ovoz bering! kim bor deyapman!

Shunda nariroqdan "yordam bering" degan ovoz eshitildi. LacosTe ovoz kelgan tarafga qarab yugura boshladi.

Lacos: Malika?

Malika: yordam beriiing...

Lacos: Malika, hozir hozir! dedi va Malikani suvdan tortib oldi.

Lacos: Malika, Boyfrend va Kataleya qani?

Malika: bilmayman!... bu qanaqa joy o'zi?

Lacos: bilmadim, qandaydir orolga o'xshaydi! shu payt uzoqdan "LacosTe, Malika!" degan baqiriq eshitildi.

LacosTe ortiga o'girilib qaraganda esa, Boyfrend va Kataleya nariroqdan sudralib yurib keshayotganini ko'rdi.

Lacos: Kataleya... Boyfrend omonmisizlar?

Kataleya: haa...

Boyfrend: jin ursin bu qanday joy bo'ldi?

Malika: ko'rinishidan qanaqadir orolga o'xshaydi!

Boyfrend: haaa... ishlar chatoqqa o'xshaydi!, bizdan boshqa tiriklar bormikan yana?

Lacos: bilmadim, orolni aylanib ko'raylikchi!

Malika: kettik bo'lmasam!

Ular orol qirg'og'ini sekin ko'zdan kechira boshlashdi va bir necha chaqirim yurganlaridan keyin qirg'oqda yotgan odamni ko'rishdi.

Boyfrend: qaranglar! kimdir borga o'xshaydi!

Lacos: ha to'g'ri aytasan, borib ko'raylikchi oldiga!

Qirg'oqda yotgan odamni oldiga borishdi. Qir'goqda uchuvchi Skrillex yotardi.

Lacos: hey birodar ko'zing och, deya shappatlay boshladi.

Boyfrend: shoshmachi, o'pkasiga suv to'lganga o'xshaydi, ko'kragidan bosish kerak nafas olmayapti, deb Skrillexni o'pkasini bosa boshladi.

Skrillex: oxxo, oxxo, deya yutalib o'ziga keldi.

Boyfrend: hoy birodar kim bo'lasiz?

Skrillex: uchuvchiman! qulagan samalyot uchuvchisi!

Lacos: ana holos! boshqa birorta tirik qoldimi sizdan boshqa?

Skrillex: bilmayman, to'lqin qolganlarni oqizib ketganga o'xshaydi.

Malika: jin ursin.

Boyfrend: bu yerda ancha vaqt qolib ketadiganga o'xshaymiz! sohildan bor anjomlarni yig'ib olish kerak! Lacos sen bu tarafni ko'zdan kechir men bu tarafni. Bor asbob anjomlarni yig'ib olaylik!

Lacos: menga buyruq berma o'zim bilaman qaysi tarafga borishni, men bu tarafga sen esa bu tarafga

Boyfrend:

Kataleya: yigitlar bo'ldi qilsalaringchi, hozir tortishishni mavridi emas!

Boyfrend: mayli o'zing bilasan, Malika sizlar uchuvchiga qarab turinglar!

Boyfrend va Lacos tarqalishdi. Bir necha daqiqa o'tgandan keyin yana shu joyga qaytib kelishdi.

Lacos: nima topding?

Boyfrend: bitta fonar, ammo kuyganga o'xshaydi.

Lacos: men esa shu kuygan fonarni ham topolmadim, deya qo'lidagi geografiya kitobini yerga tashladi.

Boyfrend: geografiya kitobimi? unda xarita bo'lishi mumkin, as qotib qolar. dedida kitobni yerdan oldi.

MAlika: Aqalli birortada gugurt yo'qmi? jimlik...

Kataleya: endi qanday olov yoqamiz?

Lacos: ibtidoiy davrlardagi kabi. deya irjaydi.

Boyfrend: Janob uchuvchi yura olasizmi?

Skrillex: Skrillex, Skrillex deyavering! ha yura olaman ancha o'zimga keldim.

Boyfrend:

Lacos: chakalakzor ichkarisiga kirish zarur, yeyishga va yoqishga biror narsa topish zarur.

Kataleya qorong'u va ichidan har xil tovushlar kelayotgan chakalakzorga olayib qaradi.

Kataley: shu yergaya?

Boyfrend: LacosTe to'g'ri aytayapti, yo'qsa ochlikdan o'lishimiz mumkin!

Skrillex: qani kettik bo'lmasam, deya o'rnidan turdi. Quyosh botay deb qolgandi. Beshovlon chakalakzor ichkarisiga sekin kirib borishdi. Ichkaridan esa har xil qo'rqinchli tovushlar eshitilardi.

Malika: balki ortimizga qaytarmiz.

Boyfrend: haa... yoqishga biror shox shabba topib ortga qaytgan ma'qul deb o'ylayman.

Lacos: lekin ovqatchi?

Skrillex: ertaga ertalab... yorug' paytda kelgan yaxshimidi?

Kataleya: haa... mengayam maqul!

Boyfrend: bir birimizdan ajralmaylik! yoqishga quruq biror o'tin topishimiz bilanoq ortga qaytamiz! Biroz vaqt o'tgach yerda yotgan daraxt shoxlarini topishdi va olib ortga qaytishdi. Qirg'oqqa yetib kelgach LacosTe gap boshladi.

Lacos: o'tin topishga topdik ammo... endi qanday yoqamiz buni

Boyfrend ham o'ylanib qoldi. Shu payt Skrillex cho'ntagidan zajigalka chiqardi.

Skrillex: mana bu bilan yoqamiz

Boyfrend: iya

Lacos: uchuvchi ham chekadimi?

Skrillex: yo'q... Ugochaves dega styuardess, samalyotda chekayotgan paytda tortib olgandim. Kataleya va Malika bir biriga qarab kulib suyunib qo'ydi.

Boyfrend zajigalkani olib o'tinni yoqishga harakat qila boshladi.

Boyfrend: jin ursin, nam ekan yonmayapti shunda Malika "hozir shoymay turing" dedi va ko'ylagining etagidan bir parchani yirtib Boyfrendga tutqazdi. Ko'ylagi ko'tarilganda Skrillex, Malikaning oppoq sonlariga o'tli qarash qilib qo'ydi. Buni sezgan Malika esa birdan ko'ylagini tushurdi.

Boyfrend: ha! qoyil yondi! Hamma "urra" deya baqirib yuborishdi. Shunda chakalakzor ichidan qattiq chinqiriq eshitildi. Boyfrend va LacosTe birdan bir biriga qaradi.

LacosTe va Boyfrend baravariga: Orangutan?

(1-qism tugadi)

Boshqa hikoyalar