tungi.ru

"Orolda 17 kun" 3-qism!

"Orolda 17 kun" by Nightboy or Black_Death

Bosh rollarda: Boyfrend24(Boyfrend), LacosTe(Lacos), Skrillex, UgoChaves(Ugo).

Rollarda: Kataleya, Malika.

O'tgan qismdan:

Lacos: iya qaranglar banan, banan deya daraxtga qarab yugurib ketdi...

Skrillex: hey shoshma birodar!... bizchi...

Ugo: Lacos extiyot bo'l!...

Lacos: hoy yordam beringlaaaar...:shok...

Boyfrend: Lacos bananni tashla, tashla uni!...

Skrillex: hoy joningdan umiding bormi tashlasangchi!...

Kataleya: Lacos... yo'o'o'q, yordam bering unga! yordam bersalaringchi!...

Skrillex: nima deb o'ylaysiz zaharlimikan?...

Boyfrend: qochdikkk!...

Boyfrend: qanday tutding?...

Boyfrend: sen yana baliq tutguningcha biz Skrillex bilan o'tin olib kelamiz...

Boyfrend o'tinni yoqmoqchi bo'lib zajigalkani bosdi

Boyfrend: jin ursin... nima gazi tugadimi

Ugo: chaqmoq tosh?...

3-qism!

Ugo: chaqmoq tosh bu yerda nima qilayapti?

Boyfrend: bilmadim... lekin nima qilishni bilaman!

Chaqmoq tosh degan gapni eshitgan Skrillex ular tarafga qarab yurib kela boshladi.

Malika: yuringchi, ular nimadir topganga o'xshaydi.

Kataleya: yoooq... madorim yo'q. Malika Kataleyaga biroz vaqt achinarli qarab turdida keyin sekin o'rnidan turib yigitlarni oldiga yo'l oldi.

Skrillex: chaqmoq tosh?... qanaqa chaqmoq tosh? nimalar deyapsizlar?

Ugo: chaqmoq tosh topganga o'xshaydi Boyfrend.

Skrillex: shu chaqmoq toshmi? shuya? kulgimni qistatmang, ochman kulsam energiya sarf qilaman

Malika: hey, nima bo'ldi yigitlar?

Boyfrend qo'lidagi tosh bilan harsangga zarb bilan zarba berdi. Yalt etib chiqqan uchqunni ko'rgan Skrillex toshga qarab angrayib qoldi.

Malika: chaqmoq toshmi?

Skrillex: haaa...aldamaganga o'xshaysizlar!

Ugo: tezroq olov yoqib baliqni pishrish kerak!

Boyfrend: ha Ugo to'g'ri aytayapti, qorin to'qlab olgandan keyin LacosTe ni izlashga tushamiz!

Skrillex: Ha lekin bir necha soatdan keyin kech tushadi, bugun ham qoldirishga to'gri keladi qidiruvni!

Boyfrend quyoshga biroz tikilib turdida gap boshladi.

Boyfrend: haaa... Skrillexni gapida jon bor.

Boyfrend: yordamlashib yuboringlar! dedida tosh tagiga qo'lini tiqdi.

Boyfren: aaaaaaa... deya birdan qo'lini tortib oldi.

Ugo: nima bo'ldi?

Boyfrend: nimadir choqdiiiii...

Malika: ey hudoyim! azizim qo'lingni ko'rsatchi. Boyfrend qo'lini Malikaga uzatdi. Hashorat chaqqan joy ko'karib shishib borardi.

Skrillex: jin ursin, nima choqdiykan?

Boyfrendni ko'z oldi qoring'ulashib boshi aylana boshladi. Atrofida esa Malika, Skrillex, UgoChavesning "Boyfrend hoy nima bo'ldi senga? Boyfrend..." degan ovozlari g'ira shira eshitildida gursillab yerga yumaladi.

Malika: ey hudoyim! Boyfrend senga nima bo'ldi? Boyfrend! ko'zingni och azizim ko'zing ochsangchi!

Skrillex: tezda yotqizish kerak! oramizda doktor bormi?

Ugo: menimcha...

Kataleya: meeen... 2 yil avval doktor edim. degan horg'in ovozi eshitildi.

Skrillex: nima qilsak bo'ladi? nimadir chaqib oldi!

Kataleya: chaqqan joydan qisib turing qonga o'tib ketmasin zahar!... keyin esa chaqqan joydan zaharni og'zingiz bilan so'rib chiqarib, chaqilgan joyni kuydurish kerak! bu eng oddiy yo'li!

Ugo: unda nima qilib turibmiz tezroq harakat qilish kerak! dedi va yugurib ketib bir necha soniyadan keyin katta tayoq ko'tarib kelib harsang teshigiga tiqdi va tosh ko'tardi. Tosh tagidan esa qanaqadir qora hashorat chiqib mingga qo'yib qochib ketdi, ko'rinishidan qirq oyoqni eslatardi. Skrillex esa Boyfrendni qo'lini qisib turish bilan ovora edi.

Ugo: men hozir has hus olib kelay, o'tin bor! dedida chakalakzor ichkarisiga bir necha metr kirib borib tutashtirishga has topib keldi.

Skrillex: eng qiyini menga! deya Malikaga irjayib qo'ydi. Malika esa Skrillexga shunaqangi bo'qraydiki Skrillex bir yutindida teskari qarab oldi.

UgoChaves has hus yig'ib kelib olov yoqishga tushdi. Olov yoqdi lekin bunga 10 15 daqiqa vaqt ketdi. Zahar esa asta sekin qonga tarqab borardi.

Skrillex: bo'ldimi qo'lim og'rib kettiku qisib turavereb?

Ugo: Kapitan haliyam zaharni so'rib chiqarmadingizmi?

Kataleya: yo'q yo'q... zaharni chiqargandan keyin birdan kuydirish kerak terini! Skrillex "ko'rdingmi men bilaman" degadek UgoChavesga bosh qimtib qo'ydi.

Malika: olovni yoqishga yoqdingiz, endi kuydurishga temirni qayerdan topasiz? UgoChaves Skrillexni kiyimidagi katta uchuvchilar belgisi tushirilgan ordenga qarab qo'ydi.

Skrillex: yyyyo'q, yo'q, yo'q faqat bu emas!

Ugo: boshqa ilojimiz yo'q!

Skrillex: yo'q, bu davlat mulki!

Malika jahil bilan Skrillexni ko'ksidagi ordenni yulib oldi.

Malika: mana!... deb UgoChavesni qo'liga tutqazdi va Skrillexga qarab qo'ydi. Boyfrendga yordam ko'rsatilguncha kech ham tushib qoldi.

Kataleya: jin ursiin, bugun biror nima yeymizmi yo'qmi? deya yerni ura boshladi.

Ugo: ha ha... Boyfrend bilan bo'lib ovqatni tayorlolmadik!

Skrillex: men baliqni qanday pishirishni bilaman!

Ugo: unda mahoratingizni ko'rsating kapitan! faqat olovdek bo'lmasinda deya tirjayib qo'ydi. Bir necha soat o'tgach Skrillex baliqni pishirib bo'ldi va "tayyor" deya maqtanib qo'ydi. UgoChaves endi baliqlardan birini olib yemoqchi bo'lganda Malika qo'liga urdi va baliqni birini olib Kataleyaga tutqazdi.

Kataleya: rahmat Malika...

UgoChaves gulhan yoniga yaqin yotgan Boyfrendni peshonasini ushlab qo'ydi.

Malika: ahvoli qanday?

Ugo: yurak urushi sal sustlashgan, biroz istimasi bor... lekin ertagacha otday bo'lib ketadi. Malika mayus kulgancha Boyfrendga qarab qo'ydi. Qorin to'qlash operatsiyasi muvaffaqiyatli o'tgach gap boshlandi.

Skrillex: ovqatni bir nima qildik, lekin, to'xtovsiz okean suvidan icholmaymiz!...

Biroz o'ziga kelgan Kataleya gap tashladi.

Kataleya: nega?

Ugo: chunki sho'r suv miyani quritadi.

Kataleya:

Malika: hoy qaranglar!... bu nima bo'ldi?

Ugo: ko'rinishidan!...

Skrillex: jin ursin dovul yaqinlashayapti!

Ugo: endi nima qilamiz? pana joyimiz yo'q.

Kataleya: yo'q!... bu bizning imkoniyatimiz! yomg'ir suvi 100% chuchuk suv bo'ladi!

Malika: ha men ham shunday deb eshitgandim!

Skrillex: yaxshi unaqada Boyfrendni palmalar tagiga olish kerak istimasi bor! har holda oz bo'lsada yomg'irdan panaroq.

Ugo: tog'ri aytasiz, gapizga qo'shilaman!

Malika: ehh... olovimiz ham o'chib qoladigan bo'ldida.

Skrillex: hech qisi yo'q chaqmoq toshimiz borku.

Bir necha daqiqa o'tgach dovul yetib keldi. Hamma hursand, qiyqirardi va og'zini ochib suv ichishga harakat qilardi.

Ugo: jin ursin bundan foyda yo'q! biror nima topish kerak suv yig'ish uchun!

Skrillex: kiyimini yechdida osmonga tutib turdi. Ha bu usul biroz bo'lsada foyda berdi. Suv ichib bo'lishgandan keyin Boyfrendga ham suv ichira boshladi UgoChaves.

Skrillex: Ugo yomg'ir vahimaliday tuyulmayaptimi senga?

Ugo: nimalar deyapsiz yo'q albatta, axir chanqog'imiz bosildi. Nega buni so'rab qoldingiz?

Skrillex: bilmadim judayam kuchayib ketgandek go'yo.

Ugo:

Shu payt Kataleyaning qirg'oqdan turib "hoy qaranglar" degan titroqli baqirig'i eshitildi. Ne Ne ko'z bilan ko'rishsinki okeanda 11 12 metrli to'lqin yaqinlashib kelardi.

Skrillex Boyfrendni tortqilab baqira boshladi

Skrillex: hamma chakalakzor ichkarisiga! qochdiiiik... Qochishga harakat qilishdi ammo baribir bir necha metr suv chakalakzorgacha kirib keldi va hamma suv ostida bir necha daqiqa turib hushdan ketdi...

4-kun.

Chakalakzordagi qushlarning sayrashi Skrillexni uyg'otib yubordi. Skrillex turib atrofni kuzatarkan nariroq nariroqda yotgan hamrohlariga ko'zi tushdi. Bir necha soniyada hammasini uyg'otib chiqdi.

Ugo: jin ursin kecha hushimizdan ketganmiz shekilli.

Kataleya: oxxo oxxo. yutaldi. o'pkamda nimadir borga o'xshaydi! pixillab gapirdi.

Ugo: o'pkanga suv to'lgan bo'lishi mumkin!

Skrillex: Ugo to'gri aytayapti... Malika o'pkasini bosib ko'ringchi. Malika Kataleyani yotqizib o'pkasini bosa boshladi. UgoChavesning gapi to'g'ri ekan, o'pkasidan bir necha gram suv chiqdi va Kataleya sal yengillashdi.

Malika: shoshmanglar... Boyfrend qani?

Skrillex:

Ugo: qirg'oqni tekshiraylikchi balki o'sha yerdadir! Bir necha daqiqadan keyin qirg'oqqa yetib borgach qirg'oqdagi asbob anjomlarni terib yurgan Boyfrendga ko'zlari tushishdi.

Malika: Aziziiim yugurib bordi.

Boyfrend: Malika! quchog'iga oldi.

Malika: ahvoling yaxshimi?

Boyfrend: ha yaxshiman, sal boshim og'riyapti holos!

UgoChaves sekin yurib kelar ekan gap boshladi.

Ugo: hech qisi yo'q, o'tib ketadi,zaharni tasiri! Boyfrend jilmayib qo'ydi.

Skrillex: bu asbob anjomlar qayerdan keldi?

Kataleya: menimcha kechagi to'lqin oqizib kelgan shekilli!

Boyfrend: to'lqin? qanaqa to'lqin?

Malika: kecha dovuldan keyin orolga to'lqin urulgandi!

Boyfrend: dovul bo'ldimi?

Ugo: ha sen hushingdamasding! bularni keyinroq bilib olasan!

Boyfrend hammaga savol nazari bilan qarab qo'ydi.

Kataleya: LacosTeni qidirgani bormaymizmi?

Boyfrend: ha ha boramiz...

Skrillex: kettik bo'lmasam.

Ular yana chakalakzorga qarab yo'l olishdi. Tushgacha qidirishdi, ammo LacosTedan darak yo'q edi. Guruh charchab dam olgani to'xtashdi.

Ugo: auu... nima bu? uyoq buyoqqa qarab qo'ydi.

Skrillex: hooy... sen otdingmi Ugo?

Ugo:

Shunda Boyfrend24 boshiga kelib tushgan bir bosh banan hammani e'tiborini qaratdi. Boyfrend bananni qo'ldiga oldi va hamma baravariga tepaga qarashdi.

Hamma baravariga: LacosTe?

(3-qism tugadi)

Boshqa hikoyalar