tungi.ru

Uchrashuv uchun foydali va ajoyib maslahatlar!(copy)

Ko'pincha yigitlar uchrashuvga chiqqanlarida o'ylanib qoladilar:

Shu qizni tanlasammikan yoki keyingi uchrashuvdan bundanam

yahshisi chiqib qolsachi? Gohida tanlab-tanlab uylangani chippaka chikib qoladida,

butun hayotni barbod qiladi.

Agar uylanishdan avval

uchrashuvga chiqqan bo'lsangiz:

1. Hadeb tikilavermang!Noqulay ahvolga solib qo'yasiz. Qaytanga

unga (qizga) kamroq qarang va qaraganingizni bildirmang.Chunki qiz sizga qarashiga imkon

berishingiz kerak.

2.Qiz bola siz bilan

suhbatlashayotganida sochlarini quloq ortiga olsa, to'girlasa:

Demak siz u qizga yoqgansiz, u

esa sizga yoqishni istayapti.

3. Agar qiz sizga yer ostidan qarasa huddi princessa Dianadek, bu karash itoatni bildiradi.

4.Suhbatlashayotganingizda qizni oyoq kiyimiga qarang: Agar oyoqi siz tomon burilgan bo'lsa,

demak siz bilan u o'zini yahshi his qilyapti.

5. Agar oyoqlari boshqa tomonga qaragan bo'lib, yuzi siz tomonga qaragan bo'lsa: Demak u qiz tezrok siz bilan suhbatlashib, ketgisi kelyapti. Chunki bizni

oyoqlarimiz maqsadimiz tomon burilgan bo'ladi. Har doim!

6. Ko'pincha

suhbatlashayotganimizda,suhbatdoshimiz shoshib turgan bo'lsa yoki ketmoqchi bo'lsa:

sizni gapingizni bo'lolmay turib,ikki qo'li tizzasida o'tirgan holatida bo'ladi. Huddi hozir turib ketadiganday.

7. Agar qizni suhbatda zeriktirib qo'ygan bo'lsangiz: U dasturhondagi biron narsani o'ynashni boshlaydi. Yoki esnaydi. Boshka ahamiyatsiz

narsalarni ko'zi bilan izlab

o'tiradi. Yigit kishi ozgina

hushyor bo'lishi kerakda!

Gapimni eshitarkan deb valdillab o'tirish kerakmas.

8. Siz qanchalik o'zingiz

haqingizda oz gapirsangiz, shunchalik suhbatingiz qiziq

bo'ladi. Chunki odamlar o'zlarini gaplarini birovga etishidan ko'proq lazzatlanadilar. Lekin

birinchi uchrashuvga chiqqan qiz hijolat chekib gapirishdan uyalsa,

unga to'qri savollar bering.Masalan:

Qalesiz, kino yoqadimi, shirinlikni

yahshi ko'rasizmi? – degan

savollar ketmaydi. Chunki bu savollarga "ha" yoki "yo'q" deb

javob bilan qutilib qo'yishi

mumkin. Savolni shunday

beringki u qiz ha yoki yo'q

javobini berolmasin.

Masalan:Siz kasbizni nima uchun yahshi

ko'rasiz?Talabalik vaqtlarizni kaysi

vaqtlarini hush ko'rasiz?

Ideal oila deganida nimani tushunasiz?

9. Agar qiz sizga yoqsayu, u qizgayam yoqishni istasangiz:

Komplementdan foydalaning!

Inson qarshisida birov 100 dollar

beraman, shunchaki - desa yo'q

deyolmaganday. Komplement

oldida uncha-muncha ayol eriydi.

Masalan:

Siz modelyorlikka o'qiganmisiz,

ko'ynagingiz judayam yarashibdi,

ayniqsa, sochingizga va

ko'zingizni rangiga mos. Uncha-

muncha odam did bilan kiyina

olmaydi))

Imkon qadar bor narsani

maqtang.

- Soch turmagingiz o'zingiz

tanladingizmi, yuzizga yarashibdi

judayam. Ko'pchilik sochini yuz

tuzilishiga moslamay oldiradi,

lekin sizga rossayam mos

tushibdi. ))

- Bilasizmi, anchadan beri bunday

suhbatlashmagandim. ))

- Sizni bo'lajak turmush

o'rtog'ingiz rossayam bahtli

bo'lsa kerak-a)) (nega degan

savolga o'ziz javob o'ylab

topasiz)

Diqqat bilan gaplarini eshiting va

shu mavzudan u qizga yaqinroq

mavzuda savollar bering. Va

tinglayotganizda uni

eshitayotganingizni bildirish

uchun kallangizni qimirlatib

turing.

Suhbat yahshi boshlanishi uchun

5 minut ichida 3 marta u kizdan

"ha" degan so'zni oling.

Masalan:

Har bir inson bahtli bo'lishni

hohlaydi. -ha

Odam kelajakda kim bilan birga

bo'lar ekanman deb rosa

o'ylaydiya? -Ha

10. Agar siz unga yoqayotgan

bo'lsangiz, qiz gapirayotganda

yengilgina elkasini qimirlatib

qo'yishi mumkin. Bu erkalanish.

Yoqmagan insonga bunday qiliq

qilinmaydi. Suhbatimizni qizlar

o'qimasin degandimku, siz

nimaga o'qivossiz!!! Mayli o'ziz

bilasiz, bu o'g'il bolalar uchun

maslahat edi.

Diqqat quloq tuting!

Ana shu 5 sifatga ega bo'lgan

erkak oldida uncha-muncha ayol

yo'q deya olmaydi.

1. Erkakni oldida ayol o'zini

himoyalanganligini his qilsa,

huddi qasr ichida turgandek.

2. Agar erkak kishi ayol kishini

kuldira olishni eplasa (o'zi kulmay

turib)

3. Taom tayyorlashga usta bo'lsa.

4. Yosh bolalarni yahshi ko'rsa,

parvarish yoki o'ynatish va

hokazo.

5. Suhbatini tinglashni bilsa va

maqtovni eplay olsa. Albatta pul

ham rol o'ynaydi. Lekin ayol

kishi erkakda ko'proq aqllilik va

mustaqillikni hurmat qiladi.

Gollivuddagi yoqimli erkaklarni

hammasi ham chiroyli emas.

Lekin qizlar ko'nglini olishni

biladi.

13. Agar qiz sizni gapingizga

yarim yuzi bilan kulsa, yani labi

bir tarafga jilmaysa: Bilib qo'ying,

bu kesatuv bo'ladi, yani sen

ahmoqsan, gaping ham

ahmoqcha- degani! ))))

14. "Menga turmushga

chiqasizmi" – deb zinhor

aytmang. Erta-inding oilada

urishib hafalashib qolganingizda

hotiningiz shirin tillari bilan:

"O'ziz manga teygin degansiz", -

deb yuzizga soladi )) Undan ko'ra

"Men bilan bahtli bo'lishizga

ko'zingiz etadimi", – deb so'rang. Ha

– desa tamom.

To'ydan keyin, mabodo, urishib

qolsangiz tilingiz qisiq

bo'lmaydi ))) o'zing ko'zim etadi

degansan. Ana endi ko'zing etsin

deysiz ))) (Hazil).

15. Vaqti-vaqti bilan ayolingizga

ahamiyat berib tursangiz sizdan

yahshi er bo'lmaydi. Chunki ko'p

erkaklar to'ydan keyin 2-3 yildan

keyin ayoliga ahamiyat bermay

qo'yadilar. Huddi o'yinchoqdan

zerikkan boladay ko'chadan

yangi sarguzasht qidiradilar.

16. "Onasi, yahshiyam sen

borsana, sensiz men nima

qilardim", - deb erkalab qo'ying.

17. Har doim holis bo'ling, hech

qanday talantingiz bo'lmasa ham.

Holislik eng yaxshi libos inson

uchun.

Hunuk qizlar bo'lmaydi aslida,

ko'r erkaklar ko'p bo'ladi. Hamma

ayolni pardozsiz ham chiroyli

qiladigan narsa tabassumdir!

O‘xshash hikoyalar