tungi.ru

suv < by paren >

Dam

oliw kuni bölgan öwanda.

Ota-onam akam, opam va meni

olib tumanimizdagi suv omboriga

dam oliwga boriwadi. Köp ötmay

ularning ortidan amakim xam öz oilalari bn etib keladi. Ikki oila

birgalikda dam oliwadi, katta

bolalar kichiklarini qayiqda sayr

qildirib, qirg'oqqa yaqin joylarda

suziwga örgatib, vaqt ötganini

bilmay qoliwadi. Amakimning bolalari waxarga qaytiw uchun

tayorgarlik köriwayotganda,

opam "Men xam ular bn

ketaman", deb xarxawa qila

bowlaydi. Ularni chalgitiw uchun

onam bolalarga yana bir marta chömiliwga ruxsat beradi. Bolalar

quvonib yugurib ketiwadi.

Amakimning oilasi esa narsalarini

yigiwtirib mawinaga ortadi, akam

va opam bn ketgan ög'lini yöl-

yölakay oliwlarini aytib, xayrlawib ketiwadi. Birozdan keyin akamning bir

özi rang-quti öchib

qaytib keladi. Uning bir özi

qaytganini körgan onam "Opang

qani?" deb söraydi. Akam

dovdirab orqaga qaraydi. "Amakisi bn ketdimi? Xali uyga borsin,

tazirini beraman u

quloqsizning! Amakisini

körganidan beri "Men xam sizlar

bn ketaman", deyayotgandi-ya!"

deydi oyim. Men bn ovora bölgan oyimlar akamning xolatiga unchalik

etibor bermaydi va bir

ozdan keyin narsalarni yigiwtirib,

orqaga qaytiwadi. Akam yöl böyi

bir og'iz gapirmay, mawinaning

bir burchagiga tiqilgancha qaytadi. Uning xolatini opasi ketib

qolgani uchun arazlaw deb

tuwundan ota-onam könglini

oliwga uriniwgan. Waxarga etib

keliwgach, akam darrov örniga

kirib yotib oladi. Kech bölgach, oyim ovsiniga

qöng'iroq qilib "Opa, Lola töpolon

qilaverib jonizga tegib ketgandir,

akalaridan biri uyga tawlab ötsin.

Dadasi bir iw bn chiqib

ketgandilar", deydi. Bu gapni ewitib, amakimning xotini xayron

böladi va "Lola biznikida emas-

ku..."deydi tuwunmay. Ovsini

xazillawayapti deb öylagan oyim

"Sizni xam öz yörig'iga

solvoldimi?" deydi kulib. Lekin ovsinining rost gapirayotganini

bilgach, qörqib ketadi. Yugurib

akam yotgan xonaga boradi.

Issig'i kötarilib ketgan akamni

örnidan turg'azib, "Opang qani?"

deya söraydi. Akam esa qörquvdan titrab "Suvga tuwib

ketdi" deb yig'lab yuboradi... Bir

zumda xammani oyoqqa

turg'aziwadi, suv omboriga etib

boriwguncha kun botib, atrofga

qorong'ulik tuwadi. Suvga tuwgan g'avvoslar opamni topa

oliwmaydi. Akam oxirgi marta

qaerda chömiliwganini körsatadi.

Ikki kun davomida tinimsiz

davom etgan qidiruv iwlari natija

bermaydi. Asablari qaqwab ketganidan özini bosa olmagan

oyim olti yowli akamni ayblab, uni

rosa kaltaklaydi. Wundoq xam

qörqqanidan tobi qochib turgan

akam xuwidan ketadi.

Wifoxonada xuwiga kelgan akam "Opamning qaerdaligini

bilaman!" deb dodlay bowlaydi.

Wifokorlar uni asab kasaliga

chalingan, deb öylab,

wifoxonadan chiqiwga ruxsat

beriwmaydi. Lekin akam tinimsiz yig'layvergach, dadam bow

wifokordan ruxsat söraydi. U esa

"Bolamning salomatligi uchun

özim javobgarman, degan xat

yozib bersangiz, mayli" deydi.

Dadam rozi böladi va akamni suv omboriga olib boradi. Akam

pildiragancha qirg'oq böylab

ketaveradi. Ancha yuriwgach, suv

yoqasida ösgan daraxt yoniga

kelib töxtaydi va "Opam wu erda"

deydi. Tarvaqaylab ketgan ildizi suv ostidan chiqib turgan daraxtni

körib, g'avvoslarning jaxli chiqadi.

"Avvalo bu er suv oqimiga teskari,

qolaversa, qirg'oqqa yaqin joy.

Iwimizga xalaqit beryapsizlar " deb

koyib beriwadi. Lekin akam yig'lab turib olgach, dadam

yalinib-yolvorib daraxtning suv

ostidagi ildizini tekwiriwga

köndiradi... Ildizga ilinib qolgan

sakkiz yowli qizaloqning jasadini topib

chiqqan g'avvoslar xayratdan yoqa uwlawadi.

Keyinchalik ota-onamning

aytiwiga köra, akam xuwidan

ketgan maxalda opamni tuwida

körgan ekan. Opam akamni qölidan

tutib, baxaybat daraxt yoniga olib boradi. Opamni xuddi

öngida körgandek bölgan akam

kattalarning qarwiligini engiwga

muvaffaq böladi va xammani öwa

daraxt yoniga bowlab boradi... Bu

voqeaga köplar iwonmaydi, lekin akam opamning chökib ketgan

joyini tög'ri topib borgani

xaqiqatning özginasi edi. Bu

dunyoning biz bilmagan

sinoatlari köp, balki akam rostdan

xam öwa maw'um joyni tuwida körgandir. Extimol qattiq

qayg'urganidan wunday xayolga

borgandir?.. Bu xamon sirligicha

qolga

Boshqa hikoyalar