tungi.ru

So`ngi Yaxshilik... [-MAJNUN-]

So`nggi yaxshilik...

Hiyobonning bir chetida, skamekada ikki sevishgan o`tirardi. Yigit, og`zini to`ldirib kelajak rejalarini aytar. Qiz bo`lsa, bu ertakdek o`tadigan kelajakning bir qismi ekanidan cheksiz quvoncha edi.

- Jonim to`yimizga eng zo`r sanotkorlarni chaqiramiz!

- Ozodbeknihammi? -qizni bahtidan sevenib ko`zlari chaqnadi.

- Istaseng, Sardor Rahimxon yor-yor aytib beradi!

- Vooy qo`ysayzchi hazilizi, Sardor Rahimhon yor-yor aytmaydi!

- Unda aytadigonidan topamiz!

- Hozir, kelin libosini tanlayqolaylik Komol aka!

- San hohlagan, eng chiroyli eng qimmatini olib beraman jonim, dugonalaring alamdan kuyib ketsin! -dedi. Shu payt Komolni telifoni jiringladi. Telifondagi nomerga bir qarab olgach:

- Bir daqiqa jonim, o`rtog`im Movlon! -ko`k tugmani bosar ekan o`rnidan turdi. O`rtog`ini felini bilgan Komol, oldida odam borligini bildirmoq uchun tomoq qirib yo`talib gap boshladi.

- Alo` Movlan!

- Komol qattasan?

- Uchrashuvda!

- Ha yaramas, to`ying yaqinku, san boshqalar bilan uchrashuvda yuribsan!

- Kelin bola bilanman, ovsar valdirayverma! -dedi Komol.

- O`sha san aytgan ovsar, xozir kivartirda yonida ikkita jononi bilan! -dedi. Bu gapni eshitgan Komol yonida o`tirgan bo`lajak rafiqasi Dilnozaga bir qarab qo`ydida telifonni bu quolg`iga oldi.

- Qayerdaman deding?

- O`sha o`zimiz ijaraga oladigan kivartirada! Bugun bir do`stim bilan kayf qilgim keldi, kelasanmi o`zi?

- O`rtog` borolmasam kerak! -yana bir Dilnozaga qarab qo`ydi.

- Eee tupoy, bir oydan keyin to`ying bo`lsa. Keyin bunday yurishlarni enangnikida ko`rasan. Bo`ydoqlik davringda kayfingni surib qolmaysanmi to`nka? -dedi Movlon. O`zi qizlarga suyagi yo`q bo`lgan, buni ustiga bunday takliflarni oldida, xozirgina sevgilisiga bergan vadasi bir pul. Bo`rgisi kelib turgani uchun sirazi nayrang ishlatdi.

- San bir yilda necha marta tug`ulasan? -dedi.

- Nima? -Movlan hech nimani tushunmadi.

- Qanday sovg`a olib boray?

- Pul olib kel ziyofat tekin bo`lmaydi-yu!

- Hozir boraman yaramas! -Komol qizil tugmani bosdi...

- Komol aka, qayoqqa borasiz? -Komolni gaplarini eshitib turgan Dilnoza hayron bo`ldi.

- Eshitding-ku jonim tug`ulgan kunga!

- Vooy kelin libosichi? -hafa bo`lganini yashirmadi.

- Hali to`yimizga bir oy bor jonim shoshilmasakham bo`ladi. Do`stimi hafa qilsam ertaga to`yda manga kim jo`ra bo`ladi?

- Ahir!

- Jonim san uyga ketaqol, ertaga albatta san aytgan ishlarni qilamiz. Sani juda qattiq sevaman o`zimni aqilligim! -Komol hammasini qoyillatdi. Biroz sirinso`z bilan soddadil Dilnozani avrab uyiga ketqazvordi...

Dilnoza va Kamol ikki yildirki bir-birlarini sevishadi. Dilnoza judayam soddadil, oqila qiz. Bu oqko`ngil qiz Komolga yosh boladay ishonadi, hiyonat qilishiniku hayoligaham keltirmaydi. Komolham uni sevadi, ammo Dilnozadan boshqa qizlargaham beyfarq qaramaydi...

Dilnozani bir amallab uyiga ketgazib yuborgach, o`zi o`zlaricha sirli oshyon qilib olgan kivartiraga oshiqdi.

Ichkariga kirgan zamoni!

- Oo`o` mana mani chin do`stim! -Alaqachon zahriga ichib olib, ikki quchog`ida ikki qizni quchoqlab o`tirgan Movlan o`rnidan turdi. Komol do`sti bilan quchoqlashib so`rashar ekan, ikki ko`zi qizlarda. Qay birini tanlasam ekan deb o`ylardi.

- Bilardim kelishni Komol! Mana Sabina sanga Madina manga! -degan Movlan qofiya kelganidan xoxolab kulvordi. Sabinasi qaysi ekan deb o`ylaguncha, chamalab tanlagani emas narigisi o`rnidan turib Komolni quchog`iga kirdi. Do`sti bilan qiz talashgisi kelmadi, boriga shukur qilib Sabina bilan kayf qildi. Bu boshlangan ayshi-ishrat erta tongda nihoyasiga yetdi...

Shundan so`ng oradan ancha vaqt o`tdi. Komol bilan Dilnozani to`yiga bir hafta qolgan edi. Komol o`rtog`i Movlonni beyzorilig qilib bir qizni o`lasi qilib urgani uchun, qamab qo`yilganini eshitib qamoqxonaga ko`rgani bordi.

- Ey Movlon do`stim nimalar qilib yuribsan, san ayol kishini urmasding-ku? -dedi Komol.

Movlon yig`lab yuborgiday bo`lib:

- O`rtog` o`sha kun yodingdami?

- Qaysi kun?

- Sabinga, Madina!

- Ha eshimda!

- O`sha kuni san Sabina bilan bo`lgansan, Madinaga yaqinlashmagansan-a?

- Ha, nima bo`ldi u kunni eslab qolding?

- O`sha kundan keyin o`zimda xorg`inlikni sezib do`ktirga borgandim... Manda hafli virus bor ekan, bu virusni jinsiy yo`l bilan yuqturibman!

- Yo`ge o`rtog` rost so`zlayabsanmi?

- Ha, rost o`rtog` o`sha shilta Madinadan yuqturib olibman! -dedi. Komolni yuragiga hadik tushdi.

- Balkim boshqadandur?

- Yo`q aynan o`shandan, u iflosni topib tekshirtirgandim... Haromi kasalligini bilsaham foxishalik qilib yurgan ekan! Alamimdan urdim, mana endi o`tiribman! -dedi. Bu gapdan keyin Komolningham rangi oqarib ketdi, ammo sezdirmaslikka urundi.

- Tuzalib ketasan o`rtog`!

- Hechkim SPID dan tuzalmagan!

- Ota onangga aytdingmi?

- Ular bilmaydi!

- Endi nima qilmoqchisan?

- Taqtirga tan berdim, bu qilgan gunohlarim uchun jazodur. O`rtog` sani omading bor ekan, afsus gunohimni yuvish uchun imkonyatim qolmadi! -dedi...

Komol suxbatni tugatib chiqgach to`g`ri kasalxonaga yo`l oldi. Diliga ikki hil o`y, o`sha kuni tunda u ham Madina bilan bo`lgan edi. Shuni uchun qattiq afsuslanayotgan bo`lsa. Manga kasal yuqmagan bo`lsin deb tangriga iltijo qilardi...

Ikki kundan keyin analiz natijalari chiqdi. Allaqachon kasallik yuqub bo`lgan ekan. Dahshatga tushdi, uyqusidan halovat ketdi. Do`sti Movlonni qamoqxonada aytgan ohirgi gapi miyyasiga o`rnashib qoldi. ''Afsus gunohimni yuvish uchun imkonyatim qolmadi!'' ...

To`yiga atiga bir kun qolgandi, u beygunoh Dilnozasi uchun so'ngi yaxshilikni qildi...

Dilnoza ertaga Komol bilan bir umurga birga bo`lishini o`ylab baxtdan sarmas edi. Hovlida qarindosh urug`lar to`y harakatdi, o`zi esa sevimli xonasida, sevimli devonida yotib olgancha shirin o`ylar og`ushida edi. Birdan jiringlagan telifon ovozi xayollarini chalg`itib yubordi. Telifondagi no`merga qarab shoshgancha ko`k tugmani boshdi:

- A`lo, Komol aka! -deb baqirib yubordi.

Telifonda faryod chekayotgan yig`i ovozi kelardi. So`ng do`rrilagan ovoz bilan:

- Man qizim, Komolni dadasi!

- Assalom alaykum dadajon! -dedi, telifondan kelayotgan faryod ovozi kimniki ekanligini anglash uchun diqqatini jamlab.

- Telifonni dadangizga berib yuboring qizim!

- Ho`p! -dedida tashqariga chiqib dadasiga telifonni berdi. O`zi esa zimdan kuzatib turardi, yuragi allaqchon bir falokat bo`lganini sezib turardi...

Hammasi ertasi kuni oshkor bo`ldi. Komol uksus ichib joniga qast qilibdi. Dilnoza Komolni nima uchun bunday qilganini tushunmay undan har qancha hafa bo`lsada. Komol unga yaxshilik qilib ketganini, ancha vaqt o`tgach bildi...

[TAMOM]

Muallif: -MAJNUN-

O‘xshash hikoyalar