tungi.ru

Visol uchun xiyonat (3 qism)

Shunday qilib Shohistaning

rashki tobora Akmalni medasiga

tegib borar. Uni har xil hayollar

iskanjasiga g'arq qilardi. Ammo

Akmalning muhabbati ham chin

edi Shohista buni ich ichidan

bilib tursa ham negadir undan

shubhalanardi. Hech bir ko'ngilli

va ko'ngilsiz voqiya sababsiz

bo'maganidek Shohistani

Akmaldan shubhalanishiga ham

o'ziga yarasha sabablari bor edi.

Eng katta sabab bu uning

holavachchasi Dildora edi.

Dildora Shohistadan 4 yoshga

katta ko'pni ko'rgan aniqrog'I

ko'pchilikni ko'rgan sevgining

jirkanch daryosida cho'milib

yurgan qiz edi. U Shohistaga

Akmalni kichik ayiblarini ham

kattalashtirib aytar Akmalning

muhabbati faqat tilida deb

Shohistani aynitishga urinar bir

so'z bilan ifoda etadigan

bo'lsak. Shohistaning ko'ngliga

Akmalni yomon ko'rsatardi.

Akmalning birgina aybi yaqinda

otasidan ajralib qolgandan

so'ng ro'zg'or tashvishi bilan

band bo'lib qolganligida edi. Ha

Akmal otasining vafotidan so'ng

juda ham odamovi holatiga

tushib qolgan edi. U o'zini ishga

sho'mg'itib shu bahonada bu

dardlardan chalg'ish niyatida

edi. Shunday kezlar paytida ish

ko'pligidan Shohistaga vaxt

ajrata olmayotganini o'zi ham

sezmasdi. Chunki sevganim

hammasini biladi va meni

tushinadi deb o'ylagan edi.

Shohistaku tushinishga

tushinardi agar o'rtada Dildora

bo'lmaganida. Dildora esa battar

uni aynitar u sendan to'ydi endi

u o'zgasini topib olgan sening

keraging yo'q deb battar

Shohistani qiynardi. Bir kuni

Dildora Shohistaga qarab gap

boshladi: Shohi Akmal qilgan

ishni nima sen qilolmiysanmi u

boshqasi bilan yurganda sen

yuromisanmi dedi. Shohista esa:

Bo'lishi mumkin emas Akmal

akam mendan boshqa bilan

yurib ketomidi u meni sevadi

menga xiyonat qilmaydi. deydi

Dildora esa yo'q uni hatti

harakatidan malum boshqasini

topgani. Sen yaxshisi gapimga

quloq sol seni orqa

mahallamizdagi Doston degan

yigit so'rayapti. Senga oshiq

bo'lib qolgani aniq diydi.

Shohista bu gaplarga etibor

ham qilmaydi. Dildora esa

kundan kun Akmalni qoralab

Dostonni maqtashni kanda

qilmasdi. Bu payt esa Akmal o'z

dardi bilan yurgan edi tog'rida

u shupaytgacha ishoniv suyanib

kelgan otasini yo'qotgandi dard

kelsa qo'shaloq deganlaridek

endi oilani boqish ro'zg'or

tashvishi ham uning kichik

yelkasiga joylashgan edi.

Shunda ham kuniga

Shohistadan xabar olar uning

dardini tinglashga har kuni vaqt

topardi garchi Akmalni dardi

o'ziga yetarli bo'lsa ham. Albatta

bu o'tkinchi hayotimizda ota

ona o'lmoqg'I meros deydilar.

Lekin uning dardini ko'tarish

ham juda mushkul albatta. Ana

shu katta haqiqatni Shohista

unitib qo'ygandek edi.

3 qisim tugadi.

O‘xshash hikoyalar