tungi.ru

Qoyilmaqom qasos (kamolov) (copy)

O‘ttiz yoshlardagi oqish-kulrang

sochli yoqimtoygina ayol ohista

odimlagancha mening stolimga yaqinlashdi. Uning bo‘yi baland emas,

bir yarim metrcha kelar, ammo kiyimi odatda

kichik shaharchada yashovchi ayollar kiyadigan

liboslardan anchagina yaxshiroq

bo‘lib, didi balandligi darrov sezilardi. Bu

ovloq joylarga bironta kattaroq shahardan

kelgandir, balki bashang kiyinish qobiliyati

tug‘madir...

– O‘tirsam maylimi? – so‘radi u

mening yonginamda to‘xtab.

– Qarshi bo‘lmasangiz, siz bilan gaplashib olsam degandim.

Men uning chap qo‘liga nigoh tashladim va bosh

irg‘adim. Ayollar bilan uchrashganda doimo

ularning qo‘liga qarayman. Ularning qo‘llari

yuzlariga nisbatan ko‘proq narsani aytib berishi

mumkin. Illo, ular plastik jarrohlar va pardoz

vositalari yordamida yuzlarini mo‘‘jizakor tarzda

o‘zgartirishadi, ammo qo‘llarini aldayolmaysiz,

ular doimo rost so‘zlaydi. Suhbatdoshimning uzun va nozik barmoqlari meni qiziqtirib qo‘ydi.

Birinchidan, ularga bir necha o‘nlab ming dollar

turadigan olmos ko‘zli uzuk taqilgandi, ikkinchidan, suhbatimiz qiziq bo‘lishini yuragim sezayotgandi.

Notanish ayol o‘tirdi va asabiylashgan holda

qadahni o‘ynarkan, so‘zini kutilmagan tarzda

boshladi:

– Men odam o‘ldirishingizni

istardim.

– Manzilingizdan adashibsiz,

xonim, – dedim

men bosh chayqab, unga bo‘lgan qiziqishim

darhol so‘ndi. – Bu mening

kasbim emas.

– Pul ishlash-chi, bu kasbingizga

kiradimi? –

sovuqqina so‘radi u va qattiq tikildi.

– Bu borada nishonga bexato urdingiz. Men pul

ishlashni bilaman va buni yaxshi ko‘raman.

– Unday bo‘lsa, nima uchun yigirma besh ming

dollar ishlab olishdan bosh tortyapsiz? –

muloyimlik bilan qiziqsindi ayol.

Shu bilan birga, u men tomonga odob

qoidasi ruxsat beradiganidan ko‘ra anchagina

yaqinroq engashdi. U engashgan paytda ko'kraklari menga deyarli boricha ko'rindi. Uning lifchigi ko'kragining faqat uchini yashirib turardi. Uning ko'kragini ko'rgan odam aqldan ozishi hechgap emasdi. Ayniqsa chap ko'kragidagi no'xotdek xoli ko'krakga o'zgacha chiroy berib turardi. Yomog'im qaqrab qult etib yutinib qo'ydim. Men unga bir necha soniya

tikildim, keyin ko‘zimni likopchaga qaratdim va

uni chetga surib qo‘yib, tushuntira

boshladim:

– Xonim, men istalgan narsani

xohlagan

odamimga sotishim mumkin.

Bundan tashqari,

gapga chechanlikda ham

oldimga tushadigani

yo‘q. Agar birontasiga

gapiraverib, zeriktirib

o‘ldirishimni istasangiz, unda

bosh ustiga.

Ammo rostakamiga...

– Bu odamni gap bilan zeriktirib

o‘ldirishingiz

qiyin, – og‘ir xo‘rsindi notanish

ayol.

– Kimni aytyapsiz?

– Erimni.

– Nega uni o‘ldirmoqchi

bo‘lyapsiz? Shunchaki

uni tashlab ketish osonroq

emasmi?

Noxushliklar ham kamroq bo‘ladi,

panjara

ortiga ham tushmaysiz. Ko‘chada

mashinam

turibdi, u juda tez yuradi, bir

necha soatdan

so‘ng boshqa shtatda bo‘lishimiz

mumkin.

– Yo‘q, – bosh chayqadi u, –

qochish bilan ish

bitmaydi. U judayam boy odam,

pulini qarg‘a

cho‘qimaydi. Agar uni tashlab

ketsam, menga

bir miri ham tegmaydi. Agar

o‘lsa, butun boyligi

menga qoladi.

– Sizga judayam achinyapman,

ammo bilib

qo‘ying: men iflos ishlar bilan

shug‘ullanmayman..

– Yigirma besh ming dollar

haqida

unutmadingizmi? – eslatdi u.

– Men hech qachon hech narsani

unutmayman,

– jilmaydim men. – Aytgancha,

nima uchun

aynan menga murojaat

qilyapsiz? Buni mahalliy

yigitlarning birontasidan iltimos

qilganingiz

osonroq emasmi?

– Yo‘q, bu yerliklar bunday ishga

qodir emas.

Menga aynan kelgindi odam

kerak. Bu yerda

bir-ikki kun bo‘ladi, ishini bitiradi

va ertasi

kuniyoq juftakni rostlaydi. O‘sha

odamni men

qaytib ko‘rmayman va uning o‘zi

ham bu gadoy

topmas joylarga qaytib kelmaydi.

Siz bu yerda

uzoq ushlanib qolmassiz axir?

– Bunday niyatim yo‘q, – bosh

irg‘adim men. –

Siz kelganingizda men ovqatlanib

bo‘lib, yo‘lga

tushishga otlanayotgan edim.

– Hammasi omadli bo‘layotganini

ko‘ryapsizmi?!

Menga sizni Xudoning o‘zi

yetkazdi! Bu ishni shu

bugun kechqurun bajarishingiz

va darhol jo‘nab

ketishingiz mumkin. Sizdan hech

kim

shubhalanmaydi. Axir sizni men

bilan bog‘lab

turadigan hech narsa yo‘q – biz

hozirgina

uchrashdik va darhol ajrashdik...

Bu shahardan

cho‘ntagingizda yigirma besh

ming dollar bilan

ketishingizni ham unutmang.

– Pul yoningizdami? –

ehtiyotkorlik bilan

qiziqsindim men.

U atrofiga alangladi, keyin

kattakon sumkasini

ochdi va uning ichidagini menga

ko‘rsatdi.

Sumka siqib bog‘langan dollar

taxlamlaridan

shishib ketgandi. Men hali

shuncha pulni

qo‘limga ushlab ko‘rmagandim.

Shu sabablimi,

kuraklarim jimirlab ketdi.

Suhbatimiz boshlanganidan beri

birinchi marta

uning taklifi haqida jiddiy o‘ylay

boshladim.

Nima bo‘lganda ham, bu

ayolning gaplarida

mantiq bor edi. Haqiqatan ham

xavf iloji

boricha kamaytirilgan edi.

Kelgindi odam

qotillikni sodir etadi-yu, darhol

jo‘nab qoladi.

Uni hech kim tanimaydi, tabiiyki,

barcha shubha

mahalliy yigitlarning bo‘yniga

tushadi.

– Agar restorandagilardan

birontasi bizni eslab

qolsa-chi? – so‘radim men barcha

ikir-chikirlarni

ham e’tiborga olishga urinib.

– Qo‘rqmang, – dalda berdi u. –

Men bu yerga

kamdan-kam kiraman.

Restorandagilarning

birontasi meni tanimaydi.

– Shunday bo‘lsa ham bu yerdan

ketganimiz

ma’qul. Men hech narsa va’da

qilolmayman,

ammo gaplashib olishimiz

mumkin.

Gaplashganingiz uchun qamoqqa

tiqishmaydi.

Ayol tezgina turdi va

restorandan chiqib ketdi.

Men likopchaga qaradim, ammo

ovqatimning

qolganini yegim kelmadi –

negadir ishtaham

bo‘g‘ilgandi. Bir-ikki daqiqadan

keyin men ham

restoranni tark etdim. Men

ayolga restorandan

uchta mavze naridagi xilvat

ko‘chada yetib

oldim. U mening mashinamga

o‘tirdi va biz

yo‘lda davom etdik. Men ko‘zimni

yo‘ldan

uzmasdim. Unga qaragim kelmas,

yigirma besh

ming dollar uchun bir odamni

o‘ldirishim

mumkinligiga sira ko‘zim

yetmasdi.

Uning ko‘rsatmasiga binoan

shahardan

tashqariga chiqdim.

– Qalay, bir qarorga keldingizmi?

– so‘radi u

kichikkina tepalik ustida

to‘xtaganimizda.

– O‘zingiz ayting-chi, aslida

nimani istayapsiz? –

ehtiyotkorlikni unutmay,

savoliga savol bilan

javob qaytardim men.

– Bu judayam oson, – yelka qisdi

notanish ayol.

– U uyga soat o‘n birdan avval

qaytmaydi. Siz

mehmonxonada kutasiz. U

kirganida o‘q uzasiz,

o‘lganligiga ishonch hosil qilasiz,

o‘g‘irlik yuz

bergandek qilib ko‘rsatish uchun

deraza

oynasini sindirasiz va darhol

jo‘nab qolasiz. Men

yotoqxonada bo‘laman. Siz

ketganingizdan so‘ng

o‘n daqiqa o‘tgach, men

politsiyaga qo‘ng‘iroq

qilaman va uyimizga o‘g‘ri kirib,

erimni otib

ketganini aytaman.

– O‘n daqiqa yetadi, deb

o‘ylaysizmi? –

shubhalandim men.

– Agar darrov shahardan chiqib

ketsangiz,

albatta yetadi, – ishonch bilan

bosh irg‘adi ayol.

– Axir ketmoqchi ekanligingizni

aytdingiz-ku?

– Pullar-chi? Ularni qachon

olaman?

– Hozir sizga besh ming

beraman, – ayol

tizzasidagi sumkani ko‘rsatdi. –

Qolgan yigirma

mingini ishni bajargach olasiz.

Sumka mening

yonimda, yotoqxonada bo‘ladi.

– O‘zingiz keyin nima

qilmoqchisiz? – so‘radim

men pullarni tezgina

cho‘ntagimga

solarkanman.

– Shovqin-to‘polon tingunicha

biroz kutaman, –

jilmaydi ayol. – Pullarni darhol

ololmayman,

biroz kutishimga to‘g‘ri keladi.

Keyin bu yerdan

jo‘nab ketaman... Siz uni

o‘ldirasizmi? – so‘radi u

uzoq jimlikdan so‘ng.

– Ha, – javob berdim men ham

undan

qolishmaydigan uzoq jimlikdan

so‘ng. – Qurolni

qaerdan olsam ekan? Menda

hech narsa yo‘q.

U o‘zining tubsizdek ko‘rinuvchi

sumkasidan 32-

kalibrli to‘pponcha oldi va uni

sharfi bilan

yaxshilab artib, menga uzatdi.

– Uni manavi to‘pponcha bilan

oting, keyin

shahar tashqarisida tashlab

yuborarsiz... Soat

o‘n bir yarimlarda uyga

yaqinlashing. Eshik

ochiq bo‘ladi. Mehmonxonaga

kirib, kutib

turasiz...

Men soat 22.25 da uning uyi

yonida to‘xtadim

va cheka boshladim. Gugurt

chaqib, sigareta

yaqinlashtirarkanman, qo‘llarim

titrayotganini

ko‘rib, mamnun bo‘ldim. Bu ish

osondek,

mushkulliklar bo‘lishi mumkin

emasdek

tuyilardi. Roppa-rosa soat o‘n bir

yarimda

zinapoya yoniga keldim. Ayol

va’da qilganidek

eshik ochiq edi. Men yo‘lakdan

asta o‘tib, qop-

qorong‘i mehmonxonaga kirdim.

Xona o‘rtasida

to‘xtadim va qaerga berkinishni

o‘ylab, atrofga

alangladim.

Men endigina eng uzoq

burchakka yashirinishni

mo‘ljallagan onda to‘satdan

mehmonxonada

chiroq yondi. Qo‘lim darhol

to‘pponcha solingan

cho‘ntagim tomon uzatildi, ammo

yarim yo‘lda

to‘xtab qoldi. Yotoqxona eshigi

oldida baland

bo‘yli, yuzlarini ajin bosgan oq

sochli erkak

turar, uning qo‘lidagi

to‘pponchaning mili to‘g‘ri

mening qornimga

mo‘ljallangandi. Turgan gapki,

avvaliga faqat to‘pponchani

ko‘rdim, keyinroq

uning ko‘ylagiga qadalgan sherif

yulduzchasini

payqadim. “Boplab qo‘lga

tushdim-ku!” – deb

o‘yladim nima qilishimni bilmay

qaqqayib

turarkanman.

Baquvvatgina qariya meni

diqqat bilan ko‘zdan

kechirdi, keyin ortiqcha xavf

yo‘qligiga ishonch

hosil qildi, shekilli, shoshilmay

men tomon

yura boshladi. Men xonadan

qochib chiqib, bu

la’nati shaharchadan juftakni

rostlab qolishni

istardim-u, ammo turgan

joyimdan qimirlay

olmasdim, chunki u meni darhol

otib

tashlashini yaxshi bilardim.

Erkakning ortida esa

mening yordamimda eridan

qutulmoqchi

bo‘layotgan yosh ayol turardi.

– Juda vaqtida keldingiz, –

ma’qullab dedi erkak.

– Bu maqtovga arzigulik fazilat,

yigitcha. Puxta

odamlar hozir judayam kam

qolgan.

– Bu bilan nima demoqchisiz? –

hayratlanib

ming‘irladim men. – Men vaqtida

keldimmi?

– Siz nima uchun kelganingizni

yaxshi bilaman,

– jilmayib bosh irg‘adi u. – Siz

meni o‘ldirgani

kelgansiz, shundaymi?

To‘g‘rirog‘i, meni o‘ldirish

uchun kelganingizga ishonasiz.

– Menga qarang, – xirilladim men

tomog‘imga

turib qolgan “tosh”ni yutib

yuborishga urinib.

Men goh ko‘ylagiga sherif

yulduzi qadalgan

qariyaga, goh joniga tekkan erini

o‘ldirtirish

uchun yigirma besh ming dollar

to‘lamoqchi

bo‘lgan ayolga qarardim. – Bu

yerda nimalar

bo‘lyapti o‘zi, tushuntirsangiz-chi

bundoq?

U menga yaqinlashdi va yelkasi

osha ayolga

buyruq berdi:

– Undan pullarni ol.

Ayol men bilan sherifning

o‘rtasiga turib

qolmaslikka uringancha

yuzimdan ko‘zini uzmay

asta yaqinlashdi va

kostyumimning ichki

cho‘ntagidan hamyonimni

chiqardi. To‘g‘ri, u

men uyga kirish oldidan

kamarimga qistirib

olgan to‘pponcha haqida ham

unutmadi.

– To‘xtang, – e’tiroz bildirdim

men. – U yerdagi

pullar besh mingdan ko‘proq.

O‘zimning

pullarim ham bor.

– Sizniki edi, – iljaydi sherif. –

Endi uniki bo‘ldi.

– Hammasi joyida, – dedi ayol

pullarni tezgina

sanab chiqib. – Mening besh

ming dollarim va

yana qo‘shimchasiga uch ming...

– Menga qaranglar! – jahl bilan

xitob qildim

men. – Bu yerda nimalar

bo‘lyapti o‘zi?!

U yana kulganida, uning kulgisi

hiqildog‘imga

kelganini sezdim. Doim og‘zi

qulog‘iga yetib

yuradigan nusxalarni o‘lardek

yomon ko‘raman!

– Sen haliyam hech narsani

tushunmadingmi? –

ochiqchasiga mazax qildi sherif.

– Tushunmadim.

– Bu Klaraning sevimli nayrangi,

– tushuntira

boshladi u xuddi yosh bola yoki

tentak bilan

gaplashayotgandek sabr-toqat

bilan. – To‘g‘ri, bu

ishdan ko‘p daromad qilmaydi,

ammo uning

uchun pullar asosiysi emas –

erkinlik va

mustaqillikning his etish ko‘proq

yoqadi.

Bugungi kunda ayollar qanday

ekanligini o‘zing

bilasan. Ular erkinlikni va eriga

tobe bo‘lmaslik

uchun o‘z puliga ega bo‘lishni

istashadi.

– Aytmoqchisiz-ki... – butunlay

sarosimaga

tushib qoldim men. – Bu gap-

so‘zlarning bari...

– Mutlaqo to‘g‘ri, – vazminlik

bilan bosh irg‘adi

sherif. – Klarada doimo bir

nechta o‘ta qiziqarli

voqealar taxt turadi. Bunisi eng

ishonarlisi,

to‘g‘ri emasmi?

Klara pullarni mehr bilan siladi va

xush

tabassum bilan eriga qaradi.

– Omadli oqshom bo‘ldi, Karl.

Shuncha puli bor

lapashangni hali qo‘lga

tushirolmagandik. Puli

ayni menga keragicha ekan

o‘ziyam!

– Yulduzni nega taqib oldingiz? –

g‘azabim

qaynab, o‘shqirdim men. – Nima,

bu sizga

huquq beradimi?

– Men shu graflikning

sherifiman, – xoxolab

kuldi Karl mening hayratimdan

zavqlanib. –

Nima, u sizga bu haqda

aytmaganmidi?

– Yo‘q, aftidan, u menga ko‘p

narsani aytmagan,

shekilli. Agar siz sherif

bo‘lsangiz...

– To‘g‘ri, men qonunni himoya

qilishim kerak.

Ammo men xotinimni ham juda

sevaman, –

sherif kresloga o‘tirdi va yana

to‘pponchasini

mening qornimga o‘qtaldi. – U

menga

turmushga chiqqanida, sevgidan

asar ham

yo‘qligini, hamma gap mening

pullarimda

ekanini tushunganman, albatta.

Men unga

ko‘ngli tilagan narsani bajo

keltirishga va’da

berganman va baholiqudrat

so‘zimning ustidan

chiqyapman.

– Seni juda sevaman, Karl, –

erkalanib so‘z qotdi

Klara, – buni bilasan-a?

– Albatta, meni sevasan-da, –

kulib yubordi

sherif. – Axir men jajji

o‘yinlaringni o‘ynashing

uchun ruxsat beryapman-ku!

– Keyingi haftada Floridaga

boraman, –

mamnun ohangda xabar qildi

ayol, u endi

menga avvalgidek yoqimtoy

ko‘rinmay

qolgandi. – Pullarni nimaga

sarflashni hali

o‘ylaganimcha yo‘q. Balki ot va

itlarga tikarman.

– Keyin-chi? – titroq kirgan

ovozda qiziqsindim

men.

– Agar sen aqlli yigit bo‘lsang, bu

shahardan

tuyog‘ingni shiqillatib qolasan, –

yelka qisdi

talonchi sherif. – Boshqa

chorang yo‘q.

– Afsuski, siz haqsiz, – alam bilan

uning gapini

tasdiqladim men.

Menga tavoze bilan eshik

tomonni ko‘rsatishdi,

ammo nima uchundir bu yerdan

chiqib

ketolmasdim. Mashinam tomon

chopish va tirik

hamda ozod ekanligimdan

quvonish o‘rniga

mehmonxonaning o‘rtasida

qaqqayib turar va

goh sherifga, goh uning

ustomon xotiniga

mo‘ltirardim.

Ko‘zlari chaqnab turgan Klara

pullarni o‘zining

kattakon sumkasiga joylay

boshladi.

– Shoshilma, azizam, – uni

to‘xtatdi sherif. –

Menimcha, besh ming menga

tegishli ekanligini

unutding, shekilli.

– Karl... – hiqilladi xotini.

– Mening besh ming dollarimni

qaytar, –

buyurdi sherif qat’iy ovozda.

Klara istar-istamas eriga

yaqinlashdi va besh

taxlam pulni uning cho‘ntagiga

tiqdi. Keyin stol

ustiga 32-kalibrli to‘pponchani

tashladi va

kresloning tirsak qo‘ygichiga

o‘tirdi. Bir qo‘li

bilan erining yelkasidan

quchgancha, ikkinchisi

bilan sochlarini erkalatib to‘zg‘ita

boshladi.

Baxtiyor er-xotinlar

jilmaygancha menga

tikilishardi.

– Ketadigan vaqting bo‘ldi, –

eslatdi sherif.

Kallamda turli xayollar g‘ujg‘on

urardi. Men

boshqa choram yo‘qligini yaxshi

bilardim. U

meni otib tashlashi va suvdan

quruq chiqib

ketishi mumkin. U meni panjara

ortiga

o‘tkazishi ham mumkin. Axir

uning uyiga

cho‘ntagimda to‘pponcha bilan

bostirib

kirganimni unutmaslik kerak.

Klaraning

aytganlarini quloq qoqmay

qaytaradi. Faqat

o‘taketgan ahmoqqina

shunchalik aldanib

qolishi mumkin.

– Bo‘pti, – dedim men. – Men

ketdim.

Men eshik tomon yo‘naldim,

ammo ostona

oldiga kelganda to‘xtadim.

Sherifning qo‘lida

to‘pponcha bo‘lmaganida edi,

ularni eng

namunali er-xotin deyish

mumkin edi. Shu payt miyamga yashin tezligi bir ajoyib fikr keldi.

– Sherif, – dedim men, – umid

qilamanki,

xotiningiz hamma ikir-chikirlarni

aytib

o‘tirmaydi. Ayniqsa, meni

qotillikka ko‘ndirish

uchun nimalarga rozi bo‘lganini...

– Sherifning

basharasi bir zumda o‘zgarganini

ko‘rib, to ayol

gapimni bo‘lmasidan oldin

tugatib olishga

shoshildim. – Bilasizmi, pul uchun

odam

o‘ldirishga tayyor kimsalar bor,

ammo

ko‘pchilikka faqatgina pulning

o‘zi kamlik qiladi.

Xullas, bundaylar uchun ishq-

muhabbat degan

narsa ham kerak bo‘ladi. Men

ahvolingizni juda

yaxshi tushunyapman. Sizning

o‘rningizda

bo‘lganimda o‘zim ham xuddi

shunday ish

tutgan bo‘lardim. Uni sigan payimda tagimda shunaqangi mahorat bilan to'lg'onardiki, agar szni o'ldirsam bir umr meniki bo'lishga vada berdi. Ayniqsa ayolingizni chap ko'kragidagi no'xotdek xoli meni aqldan ozdirdi. Uni ko'kraklarini bir umr emishga ham tayyor edim. Bunaqangi ehtirosli ayol uchun esa jinoyatdan ham qaytmagan bo‘lardim! Gaplarimni eshitib sherifning ko'zlari kosasidan chiqib ketay dedi. Ikkalasi ham og'zini lang ochgancha hayratdan qotib qolishgandi. Men vaqt bo'lganini sezdim.

Oxirgi marta bundan o‘n besh yil

muqaddam, yengil atletika bo‘yicha maktab

jamoasi sharafini himoya qilayotganimda

shunchalar qattiq yugurgandim. Men

mashinamga o‘tirib, o‘t oldirdim. Mashina o‘rnidan qo‘zg‘alganida, orqa tarafda o‘q ovozi yangradi...

Tamom

O‘xshash hikoyalar