tungi.ru

Ayol tarovati

Ayol tarovati.

---

Juftining yonida bir suyanch tirgak,

G’amni yo’liqtirmas bir lahza sergak,

Sevib sevilishga arzimoq uchun –

Ayoliga baxt berar haqiqiy erkak…

-----

Mana tonggacha uxlamay kutgan sas ham kela bosladi – soqchining qadam ovozlari, aslida har kunlik tap-tapning bu safargisi boshqacha.

- Maxbus Usmonov. Siz muxtaram Prezedentimizning Aminitsiya to’g’risidagi farmonlariga asosan ijobiy xulqingiz va uch yillik jazo muddattini namunali o’taganingiz uchun muddatidan avval ozod etilasiz…

Kameradoshim qariya Soli – “Otaxon” ikki qo’lini ochgancha duo qildi:

- Mardlik qilib shu yerga tushib qolibsan, “Mangus”, bu ham Xudoni bandasiga bergan bir sinovi Eson omon qutulyabsan. Endi bu yog’iga hech qoqilmagin Olloh o’z panohida asrasin, bolam.

Darvoza oldida turgancha atrofga boqaman: qarshimda yorug’ olam, orqamda ancha-muncha narsalarni o’rgatgan haqiqiy “maktab”. Yo’l bo’yida turgan qora Lacetti eshigi ochilib bir yigit men tomonga kela boshladi. Ko’zlarimga ishonmasdim: bu eng yaqin do’stim Axror edi.

- Do’stim,- quchoq ochgancha yugurib kelib belimdan ko’tarib chirpirak qildi. – Oxxo hamma o’zini oldirib chiqadi bu yerga tushgan odam derdi sen bo’lsang kurortda dam olib chiqqandaysan!

- O’zing qalaysan jo’rajon? Meni bilasanku hamma joyda imkon topaman. Bitta o’zing keldingmi: Erkin qani, kelmadimi? – deya uchinchimiz Erkinni so’radim.

- Uni ishi bo’lsa kerak qo’ng’iroq qilgandim javob bermadi, yur mashinaga. Shahargacha hali ancha yo’l: qorong’u tushmasdan yetib olaylik, yo’lda uch yilni qanday o‘tkaganingni aytib berasan…

Kun botar mahali o’sha o’zimga qadrdon uy ostonasiga yetib keldim – ichkaridagilarga bir syurpiriz bo’lsin, polvonim ham katta bo’lib qolgandir. Ex onamni boshqa joyga ko’chgani yaxshi bo’lmadida, ha mayli ertaga albatta diydor ko’rishaman deya eshik qo’ng’irog’ini bosdim. Uzoq uzoq jiringlashdan keyin eshik qiya ochilib menga tanish yuz ko’rindi, ammo bu kimsaning bu yerda bo’lishi o’ta kutulmagan holat edi. Bu odam “do’stim” Erkinboy edi. Miyamga xuddi kuchli nasosda suv tortilgandek qon guppilab quyila boshladi Eshikni shaht bilan itardim.

- Sssseeennn..hali an-cha borrr edi-ku. – duduqlagancha javob bera boshladi Erkin.

- Azizim, kim kelibdi? – yotoqxona eshigi tarafdan ovoz keldi shu mahal.

Eshikdan yarim yalong’och yelkasini yashirishga urinayotgan ayolning harakatlaridan endigina ustiga halatini ilganini bilib olish qiyin emas - Bularning nima ish bilan shug’ullanishayotgani ham kundek ravshan edi.

- Maraz! – yonimda turgan xunasani bir zarb bilan devorga yopishtirdim.

- Voy dod yordam beringlar, qotil erimni o’ldirib qo’yadi! – ichkaridan anavi alvasti dodvoy sola boshladi.

Katta katta qadamlar bilan ustiga bostirib borib uni ham bir tarsaki bilan siyladim.

- Mansur, o’zingni bos. – tashqari eshik oldidan Axrorni ovozi eshitildi.

Mashinada nega mendan ko’zini olib qochganini endi bildim – hammsidan xabari bo’lgan. Onamning ham uyni tashlab ketgani bekorgamas.

- Sen ikkalangni hozir...

- Nima? Nima qila olasiz? Uy meni nomimda qani tez bo’shatib qo’yingchi! Qamoqdan “zek” bo’lib kelib o’zingizcha mushtum zo’rlik qilasiz.. – alvasti yana tilga kirdi.

- Aziza, siz ham bas qiling. Hammasni hozir ichkarida janjalsiz hal qilamiz. – kasbi – tergochilikka xos jiddiy buyruq ohangida gap boshladi Axror meni yelkamdan tutgancha balkonga yetakladi.

- Hammasini tushunib bo’ldim, bolam qani?

- Hozir narigi xonada uxlayapti.

Negadir shuncha shovqin suronda ham uyg’onmagani meni hayratlantirdi:

- Nima qilding unga?

- Ozgina uxlatadigan ichirdim, hech narsa qilmaydi. – labidagi yoriqni ko’zguga solgancha ho’mrayib javob berdi.

Ichkari xonada kravatchasi ichida shiringina bo’lib uxlab yotgan mittivoyni ko’rdimu ortiq uning bu naxs bosgan botqoqda qoldirishni xohlamay quchog’imga oldim:

- Bola men bilan ketadi. Ertaga sudga ariza bergani bor…

- Xo siz hali bolamga qo’shib bor narsani tortib olib meni ko’chaga xaydamoqchimisiz? – Aziza “ilon” qo’limga tarmashdi.

- Nari tur mendan, foxisha. Agar shu uy-joyni istasang senlarga, menga bolam bo’lsa bo’ldi. Qolganini sudda hal qilamiz, Yoki ikkovingni ham hozir bo’laklab tashlayman!

Do’q po’pisam ta’sir qilganini bilmadimu lekin uyni o’ziga qolishini bilib qoniqish olgani ikkisining ham yuzidan ma’lum edi.

- Qayerga hayday? Yoki menikiga yur. – so’radi katta yo’lga chiqqach Axror.

- Opamnikiga hayda, yo’lini bilasanku? – qo’ynimda jimgina uxlab yotgan Ma’murga termuldim: Onasiga o’xshagan tiniq yuzli ammo burni va qoshi menikidek.

Bir yoshligida tashlab ketgandim, meni eslay olarmikin? Agar o’sha kun bo’lmaganda…

-----

Uch yil oldin.

Azizaning yaqin dugonasi tug’ulgan kunidan chiqdik. Ruldaman deyishlarimga qaramasdan oling oling deya qo’yarda qo’ymay oz-moz ichirishgani uchun sal kayfda edim. Shu sababli mashinamizda emas taksida ketishni Azizaga taklif qildim.

- Men ham bir praktika qilay, adajonisi. Nechi oydan beri “Avto-shkolo”ga qatnasam ham haydashga imkon bermaysiz. – nozlanib gapirishidan erib ketgancha kalitni unga tutdim.

- Mayli.

Yo’lda ketarkanman shayton suvi ta’sirini qildi: nigohim yonimdagi janonning bayramgaku deya kiyib olgan kaltagina ko’ylagi etaklari ostiga yashrina olmagan oppoqqina sonlar va kiyim torligi sabab yana ham bo’liq ko’rinayotgan siynalarga mixlandi. Hayolni ham hozir uyga yetgach boshlanajak visol band qildi.

Hammasiga nogoh bosilgan tormoz va kimningdir jon holatdagi chinqirig’I nuqta qo’ydi. Mashinadan sakrab tushdim: 6-7 metr narida bir kishi yotardi. Yoniga yaqinlashgach tez yordam chaqirish befoyda ekanligini tushundim: yerdagi odamning boshi huddi yorilgan tarvuzdek majaqlanib ketgandi.

Miyam yashin tezligida ishladi: tez borib rulda qaltirigancha o’tirgan Azizani mashina orqasiga o’tkazdim.

- Tergov qilishsa, rulda erim edi deysan tushundingmi? – shosha pisha gap uqtira boshladim.

- Nega? – es xushi o’ziga qayta boshlagan shekilli javob berdi.

- Bolamiz uchun, nima bo’lsa ham men javob beraman.

Tergov ham o’tdi, Sud ham. Baxtimga marhum ham o’ta ko’p miqdorda alkogol iste’mol qilgani ekspertiza orqali aniqlandi va shu mastlik sababli yo’ldan o’tish chog’ida cho’kkalab qolganligi ham. Bu narsalar qisman bo’lsa ham jazoni yengillatdi va 5 yil muddatga qamoq jazosiga hukm qilishdi.

Olib ketishayotgandagi dod voylar, onamning bo’ynimga osilib yig’lagani.

Kimlargadir haqiqiy sanatoriya, kimlargadir haqiqiy “do’zax” hisoblangan Zona men uchun bir maktab bo’ldi. Bu yerda ochiq dunyoda yurib o’rganmagan hayot saboqlarni oldim, o’zimda borlarini boyitdim. Yaxshiyam sport bilan muntazam shug’ullanganim: boshida Zona xo’jayinlari hisoblangan 3-4 kishi bilan rosa talashdik. Oxiri meni bir kishi - Kameradoshim negadir qomog’imizning eng mo’tabar ha ha eng mo’tabar kishisi hisoblanuvchi “Otaxon” – 70 yoshli qariya Soli o’z qaramog’iga oldi, agar sal yoshroq bo’lganda uni aniq “Mujik” deb laqablashardi. Uni ko’rganda eng ashaddiy “zek”lar ham o’rnidan turgancha qo’lini ko’ksiga qo’yib salom berar, soqchilar ham unga nisbata doimo xushmuomala edilar. Keyinchalik meni hikoyamni tinglagach uyqusiz tunlarning birida “Otaxon” ham yorildi: “Mangus” (hech bo’yin egmaganim va ancha muncha hunarlar ya’ni qamoqda ko’p asqotadigan duradgorlik va chilangarlik ishlariga epim borligi uchun meni shu “taxallus” bilan taqdirlashgan edilar) bu esini yegan chol yoshi bir joyga yetganda bu yerlarda nimaga sang’ib yuribdi ekan deb boshing qotmasin, bolam. Senga tariximni aytsam: shu yerga tushganimga ham 10 yil bo’lyapti, aybim ojizani himoya qilganim. Bir kuni bir joydan marakadan qaytayotgan edim, kun ham qorayib qolgan. Endi qishlog’imizga eltadigan so’qmoqqa burilganimni bilaman bir qizning dodlagancha yordam so’ragani eshitildi. Alla mahalda bu yo’lda qiz bola nima qilyapti ekan deb borsam uchtasi bir qizni tagiga olib kiyimlarini tortqilab yechishyapti. Oto-bobom polvon o’tishgan, o’zimiz ham yigitlikda rosa kurashganmiz: qon qaynadi – “Qoch, bachchag’arlar!” degancha yugurib borib bittasini tepib dumalatdim, ikkinchisini bir mushtda ag’dardim. Uchinchisiga ulgurmadim gurzidek mushtini tushurdi. Yerga o’tirib qoldim. Endi turmoqchi edim ko’kragimga o’xshatib tepishdi. Nafasim qaytib ketdi

- Ha tentak paxan, o’zlaricha “geroy” bo’lmoqchi bo’ldilarmi…

Gap so’zlaridan shaharlik ekanlarini angladim. Shart mahsim qo’njidagi dandonni sug’urib ularga qayta tashlandim. Boyagi oliftani ko’kragiga qadab qo’ydim. Yerdan endi turib o’ziga kelgan yonidan buklama pichog’ini chiqarayotgan iflosni yana tepdim (bilmadim buncha kuch qayoqdan, o’zi ellik qadam joyga yugursam bir hafta belangi bo’lib yuraman) ustiga tashlandimu pichoqni bo’g’ziga tortib yubordim. Uchinchisi qochib qoldi. Qiz bechora bo’lsa xushidan ketib bo’lgan ekan. Bir amallab opichib uyimga op ketdim. Vaqtida ulgurgan ekanman: bulg’asholmabdi.

Ertasiga kaminani ham qamoqqa op ketishdi. Tergovchiga hammasini aytdim, u ham vaziyatni tushundi ammo odam o’ldirish qotillikda! Anavi ikki cho’chqani otalari kazo kazolar ekan bolamni qotilini qamoqda chiritaman deb 18 yilga kestirishdi. Bu yog’i hayotim shu yerda o’tyapti.

“Otaxon”ga tan berdim, nega hamma bunchalar hurmat qilishini ham endi tushundim. Yoniga har oyda bir eri-xotin ko’rgani keladi.

- Ota, Bular o’g’lingiz bilan keliningizmi?

- Ha shunday desa ham bo’ladi. Bu ayol o’sha qiz. Hozir ikkita bolasi bor…

Chiqishim oldidan qilgan duosiga:

- Otajon, nasib qilsa sizni ham qo’yib yuborishadi. –deb javob berdim.

- Aytganing kelsin bolam, kampirni ham rosa sog’indimda. Birorta yoshrog’I ilib ketmagan bo’lsa bo’ldi. - deya hangoma bilan kuzatdilar.

-----

Nega bunday deganlarini endi bildim.

Bir oyga qolmasdan sud ishlari ham hal bo’ldi, Axrorni yordami katta bo’ldi. Bor mol-mulkni Azizani nomiga xatlab berdim, u esa bolaga davoim yo’q deb yozib berdi. Sud faqat bir shart qo’ydi: Bir oy ichida tayinli ish joyi topib bolani ta’minlashim kerak edi. Nima bo’lganda ham hammsi joyiga tushdi. Shahar chetida bo’lsa ham otamdan qolgan eski hovli jonga oro kirdi. Men, onam va o’g’lim Ma’mur birga yashay boshladik. Onamning yoshi o’tib qolgani sabab bolaga qarashga qiynalardi shuning uchun uni uyimizga yaqin bolalar bog’chasiga joylashtirdim. Ish ham topildi: eski ish joyimga borgandim – qamalganim uchun bu joyda ishlay olmas ekanman, lekin boshlig’imiz Said aka haqiqiy akadek mehribon kishi, o’sha odam yordami bilan yangi ochilgan qurilish-montaj ustaxonasiga prorab bo’ldim.

Ikki oyga qolmasdan ancha o’nglanib oldim, onam bilan opam esa meni uylantirishga tushib qolishdi. Ayollardan butkul ko’nglim sovugani sabab qat’iy yo’q deb javob berdim. Kerak bo’lsa o’zim topaman.

Bu holat toki uni uchratmagunimcha davom etdi. Har doimgidek ishdan qaytayotib Ma’murni bog’chadan olish uchun yasliga yo’l oldim. Darvozadan kirishim bilan birvarakayiga ikki bola “Dadajon!” deb yugurgancha kelib oyog’imdan tutdi. Hayratdan qotib qoldim – bu nimasi?

Bolalarning farqi ikkita edi: birinchisi, biri o’g’il biri qiz; ikkinchisi biri kulib turibdi, qizaloqning ko’zlarida esa yosh.

- Dadajon sizni sog’indim, juda juda sog’indim. Endi tashlab ketmaysiza.

- .... – biror nima deb javob berishga tilim ham aylanmay qoldi.

- Kechirasiz otasiga juda o’xshar ekansiz, qo’yib yubora qol qizim amaking uyiga ketishi kerak. – shu yerda tarbiyachi bo’lib ishlaydigan bir ikki marta ko’rgan bo’lsam ham hali e’tibor bermagamin bir yoshgina juvon qizchaning qo’lidan tortdi.

- Yo’q, ayajon. Tanimayapsizmi dadamni? – qizcha yopishgancha ajralmasdi mendan.

- Qizim bo’ldi yig’lama, yur uyga birga ketamiz. Endi seni tashlab ketmayman. - vaziyatni sal-pal tushungan bo’lib qizni quchog’imga oldim. – Agar ishingiz tugamagan bo’lsa, kutub turamiz. Uyingizga kuzatib qo’yaman. – ayolga ham taklif qildim.

- Yo’q, biz ham ketmoqchi bo’lib turgandik. – iymanibgina gapirdi ayol.

Yo’l bo’yi qo’limdan tushmagan qizcha biyron biyron tillarida turli she’rlar aytib berdi, nuqul endi ketmaysiza deb bordi. Yaxshiyam uyiga yetkuncha ko’zi ilinib qolibdi. Sekingina onasi qo’liga beri ota-o’g’il yetaklashgancha uyga qaytdik.

Endi bu ish mening kundalik kechki mashg’ulotimga aylanib qoldi. Ayolning ismi Mashxura ekanligini, turmush o’rtog’i bir yarim yil ilgari og’ir xastalikdan vafot etgani va ham bolasiga qarash oson bo’lishi ham tirikchilik sabab shu yerda ishlayotganini bilib oldim. Erining ham o’zining ham yaqin qarindoshlari erta olamdan o’tib ketishganlari uchun yolg’iz yashashardi. Ancha chiqishib qoldik. Ilgariroq buqadar samimiy va istarali inson bilan uchmashmaganimga afsus qilsamda unga bo’lgan tuyg’ularim yangi darajaga ko’tarilib borardi. Ammo bir narsa tashvishga solardi meni: tariximni eshitgach meni qanday qabul qiladi?

Oxiri vijdon azobiga chiday olmay hamma hammasini Mashxuraga aytdim va bundan xafa emas xursand bo’ldim: birinchidan yuragimni ezib turgan tosh yo’qoldi, ikkinchidan bu do’stimning (ich ichimdan meniki bo’lishini xohlayotgan ayolning) naqadar oqila ham ekanligiga amin bo’ldim.

- Taqdiringzda shu yozilgan ekan, endi hammasi yaxshi bo’ladi.- mana uning javobi.

Oradan anchagina vaqt o’tdi, shu orada bir birimizga bog’lanib ham qoldik. Bir kuni u Ma’murjon bilan meni uyiga taklif qildi, sababini so’rasam qizi Asalxonning tug’ulgan kuni ekan. Kattagina tort bilan chiroyli yumshoq o’yinchoq va bejirim guldasta olib ota-bola aytilgan vaqtda yetib bordik.

Ko’p qavatli uyning uchinchi qavatidagi fayzga to’lgan xonadonga kirib ko’zimiz did bilan bezatilgan bayram dasturxoniga tushdi.

- Oxxo ziyofatga tayyorgarlik zo’ru.

- Xush kelibsiz, qo’ldan kelgancha aybga buyurmaysiz kamchiliklar bo’lsa, Asal bilan hamma narsaga ulgurolmadik.

- Yo’q, hammasi joyida.

Mehmonlar bilan to’lgan dasturxon ham asta sekin bo’shay boshladi, mening ham bu yerda qolishim Mashxura uchun noqulaylik keltirishini sezib ketishga chog’langan edim hamki Asal yana bo’ynimga osildi:

- Endi hech qayerga ketish yo’q! Biz bilan qolasiz.

Noiloj hamma ketguncha o’tirdim, qaqqildoqning uxlashidan darak yo’q. Bu orada Ma’murjon ham uxlab qoldi, endi qolishim aniq deb o’yladi shekilli Asal ham shiringina pishillashni boshladi.

- Buni qayerga yotqizamiz? – onasidan so’radim.

- Bu yoqda yotoqxonasi.- deb bir xona eshigini ochib ichkarini ko’rsatdi u.

- Endi bizga ruxsat, ancha qolib ketdik.

- Mansur aka, qorong’u tushib ketdi qola qoling. – uyatdan qizarib ketdi. – bola bilan uyga yetkuncha qiynalib qolishingiz mumkin.

- Qo’shnilariz bilsa nimalar deb o’ylaydi, sizni gap qilishlarini xohlamayman. Uzr men uchun juda noqulay.

- Bilardim shunday deyishingizni. Haqiqatda oliy janob yigit ekansiz, - yoshlangan ko’zlarini qo’li bilan berkitgancha oshxonaga chiqib ketdi.

Ozroq qizcha boshida turdimda men ham uning ortidan oshxonaga chiqdim. Rakvina oldida menga orqa holatda idish tovoqlarni chaqqon chaqqon harakatlar bilan yuvardi. Buni kuzatib meni ham zavqim keldi. Asta yoniga bordim:

- Kun bo’yi yugur-yugur qilib ancha horibsiz, - yuvilgan idishlarni tahlagan bo’lib unga qarasha boshladim.

- Muhimi bolajonlar quvnadiku,- jilmayib qo’ydi.

Yuzidan nur yog’adiya, husn-malohati va qad-qomati ham birovdan kam emas yana buni ustoga o'zi ham xohlayapti... O’ylayotgan hayollarimdan jirkanib ketdim “Nimalarni o’ylayapsan, ahmoq?”

Oshxonadagi ishlarni bitirib yana mehmonxonaga o’tdik. Yoniq qolgan televizordan valsbop ajoyib musiqa yangrardi. Mashxuraning yuzidan kuy unga yoqishi bilinib turardi:

- Mumkinmi? – deya raqs tushish uchun qo’l uzatdim.

- Faqat Ma’murjonni oldida ema, - uyalgancha labini tishlab ko’zlarini yerdan uzmasdan javob berdi.

Divanda uyquni urayotgan polvonni Asalning xonasidagi ikkinchi kravatga yotqizib chiqdim.

- Qani marmahat, - deya qo’lidan tutgancha o’rtaga tortdim.

Xonani doira bo’ylab chir aylanib vals tusha boshladik. Harakatlari shu qadar yengil va mayin ediki xuddi qo’llarimda bir par turgandek xis qilardim.

Musida ham tugadi, lekin ikkimiz ham bir-birimizni qo’yib yuborishni xohlamasdik. Asta sekinlik bilan uni quchog’imga ola boshladim, u ham qarshilik qilmas yelkalarimdan tutgancha bag’rimga singib borardi. Shu mahal nimadir bo’ldiyu shart qo’ynimdan chiqib yuzlarini to’sgancha yig’lay boshladi:

- Nima bo’ldi? – zo’rg’a so’radim. – Xafa qilib qo’ydimmi?!

- Yo’q, faqat endi sizni ko’zingizga qanday qarayman. Yengiltak deb o’ylamang, bugun nimadir bo’ldi menga. Sizni yo’qotishni xohlamayman... – piqqillagancha gapirardi.

Mana haqiqiy ayol! Men bo’lsam uni nimalarga tortib yuribman.

- Qo’ying, men sizni tushundim. Asli mendan o’tdi.

Tong otguncha kelajak rejalarini tuzgancha yonma yon yotib hayollarga erk berdik. Endi oramizdagi tuyg’u arzimas ehtiros emas balki sof muhabbat edi.

- Bugun tushdan so’ng oyimni yuboraman, ammangizni chaqiring tayyor tursinlar. Ertaga nikoh o'qitib bira yo’la FHDYOga ham ariza topshirib chiqamiz, maylimi?

- Xo’p...

Ufqdan quyosh ko’tarila boshlaganda yonimdagi farishtaning ko’zlari yumgancha sekingina uyquga ketdi.

Mana nihoyat butun umr his qilishni istagan tuyg’uimni topdim – bu haqiqiy ayol tarovati...

P.S. Xato va kamchiliklar uchun uzr. Ba'zibir muammolar tufayli turnirda qatnasha olmayman. Menimcha saytda ham oxirgi hikoyam.

Yaxshi-yomon gaplar o'tgan bo'lsa uzr so'rayman.

Xurmat bilan Князь.

Boshqa hikoyalar