tungi.ru

Muxabbatning achchiq tarixi(boyfrend24dan maxsus)

Ufff dada..shu issiqda zarilmi sizga shuncha yo'l bosib.Qishlog'imga borman dedingiz mana obkeldim!Endi o'rmonga borib nima qilasiz..Doktorlar aytdiku..

-E o'sha doktorlaring onasini palonini yebdi obormasang oborma o'zim borman!Shokir bobo jaxl bilan o'rnidan shart turmoqchi edi qariligi oyog'idan olib qoyganda..

Nosir darxol dadasining qo'lidan oldi.

-Mayli dada xozir moshinani obkelaman faqat siz qizishmang lekin sog'ligingizni o'ylasangiz bo'lardi!!

-Shokir bobo o'g'lining gapini eshitmagan olib qovog'ini uydi..

Nosir bir zumda mashinasini xovliga olib kirib 80 dan oshgan dadasini qo'ltiqlab qir bag'irlab yuqoriga o'rmon tomon ko'tarildi.Shokir bobo siyraklashib xuvillab qolgan o'rmonga boqib kayfiyati tushib ketdi.Axir bu yerlarda navqiron yoshligi o'tgan,mana kasal bilan olisha olisha yetti yil degandan so'ng qadam bosibdi bu yerga..

Moshina ortidan chang to'zon qoldirgancha o'rmonning ichkarisiga yetib keldi.Shokir bobo mashinadan tushib asosini qo'liga oldida o'g'liga sen shu yerda qol deb o'zi o'rmon biqinida joylashgan katta katta xarsang toshlar yoniga qarab ketdi.

Boboyning yodida ..bu xarsanglarni kuygan tosh deyishardi yoshligida,emishki bir yosh navqiron yigit va qiz sevishganlarni shu xarsanglar orasidagi kichkina g'orchaga qamab ustlaridan tiriklayin yoqib yuborishgan ekan podsholik davrida..Rostmi yolg'onmi Shokir bilmaydiku ammo toshlar orasida anchayin cho'kib qolgan tosh va tuproqdan xosil bo'lgan uyumni ko'rib qalbi yana bir bo larzaga keldi.

-Salom Sarvinoz..Shokir uyumga qarab salom berdi.

Bu uyum uning birinchi va yagona muxabbatining qabri ekanini yolg'iz o'zi bilardi halos.

Shokir vazmin oxangda quron tilovat qilgach beixtiyor xayollar uni yana o'tmichga chorladi..

***

Shokirni qishloqdagilar otasi kabi mergan,ovchi yoki shovvoz deb chaqirishardi..Yelkasiga qo'sh otarini ilgancha odam borishga hayiqadigan changalzordek bo'lib ketgan chegarasi cheksiz o'rmonga kirib u burchagidan bu burchagiga haftalab ko'rinmay ketardi.Onasi yolg'iz o'g'lini bu yurishidan zada bo'lgancha doim uylantiraman deb javrardi.

Shokir har safargidek onasining koyishlariga parvo qilmay to'rva xaltasiga to'rtta nonni soldida dadasidan duo olib miltiqni yelkasiga oldi..

-Siz ham bir ota bo'lib bundoq o'g'lingizni koyimaysiz-a dadasi..arazladi Xalima opa..

-Qo'ysangchi onasi uylanguncha bu yurishlar..Uylansin ko'ramiz buningni uydan quvibam ketgizolmaysan!

Esingdami senga endi uylangan paytlarim oldingdan ketolmasdim...

-E suyulmang ..

Shokir ota onasi tortishguncha allaqachon qishloqdan chiqishga ulgurgandi.

O'rmonga kirib borarkan ko'kimtir zag'chaning o'zini har tarafga chinqirib urishini ko'rib hafsalasi pir bo'ldi.

Bu o'rmon zag'chasini ovchilar chaqimchi deyishadi.Ovchilarni ko'rishi bilan bu qushcha butun o'rmon axlini ovchidan ogohlantirarkan deyishadi.

Qaysidir ovchi bu zag'chaga yo'liqdimi tamom shu kuni ovi baroridan kelmaydi..

Shokir ham avval bir ikki bor bu vaziyatni boshidan o'tqazgan!

Shokir kun choshgohga yetgandayam bironta nishon topolmadi.Asabi qo'zib o'zi uchun suv manbayi bo'lgan o'rmon ichidan qaynab turguvchi mo'jazgina buloqcha tomon yo'lini burdi.Katta katta xarsang toshlar bag'rini yorib chiqqan buloqchani hamma ham topolmasdi.

Shokir o'sha kuygan tosh yoniga yaqinlasharkan ko'ziga nimadir chalindi.Shartta yelkasidan miltig'ini tushirib o'ljani nishonga oldi.

Shokir toshlar orasida oxudek bo'lib pisinib yurgan hayvon emas odam aniqrog'i yosh qiz ekanini ko'rib xayratdan qotib qoldi.O'rmonning buncha ichkarisida odam zotini ayniqsa qiz bolani uchratishni u hayoliga ham keltirmagandi.

Shokir ovchilardek qizga sezdirmasdan yaqinlashdi.Shokir ko'zlariga ishonolmasdi dunyoda shunchalar ham go'zal xilqat bo'lishi mumkinmi?!

Egniga kiygan juldur kiyimda bo'lsin hoh bepardoz lekin bu qizni ko'rgan odamning yuragi bir hapqirmasa bo'lmasdi.Tiniq yuz qayrilma qoshlar,nozik bilaklarga monand barmoqlari bilan qo'lida igna ushlab nimanidir yamash bilan band edi qiz.

Shokir qizni qo'rqitmaslik uchun joyidan qinirlamay turdi lekin qayerdandir paydo bo'lgan palakat quyon hammasini beliga tepdi.Shundoq ovchining oldidan chiqqan quyon uni ko'rishi bilan o'takasi yorilib ini tomon qochdi.Uning shovqin suronidan qiz undan sal narida turgan yigitni ko'rib qo'rquvdan qotib qoldi.Kamiga Shokir miltiqni qizga qaratib olgan.

Shokirbqilgan ishidan uyalib miltiqnibtushirdi.

-Uzr meni kechir men atay qilmadim..

Shokir uzr so'ramoqchi edi qiz yugurib xarsanglar orasiga kirib ketdi.

U yerda kichikroq g'or borligini chiqish yo'li faqat bittaligini yaxshi bilardi Shokir shu sabab shoshilmay g'or og'ziga yaqinlashdi.

-Hey,eshitayabsanmi.?

Ichkaridan qizning qo'ng'iroqdek qo'rquv aralash ovozi keldi.

-Keting bu yerdan aka tegmang menga qo'limda pichog'im bor aytib qo'yay!!

-Sen qo'rqma senga tegmayman.Ismim Shokir,ovchiman shu yerdan o'tayotgandim seni ko'rib qoldim!!

-Mendan nima istaysiz aka?

-A hech narsa ?

-Unda keting,tinch qo'ying meni!

-Senga biron yordam kerakmasmi ey qiz jaxli chiqdi Shokirning!

U yana bir bor qizni yaqindan ko'rgisi kelayotgandi.

-Raxmat aka hech narsa kerak emas,iltimos menga yaqinlashmang!

-Hech bo'lmasa ismingni aytarsan!Shokir yalinchoq ovozda gapirdi..

-Yo'q .Qatiiy javob berdi qiz!

-Unda men g'or og'ziga o'tirib olaman mana..Toki ismingni aytmaguncha ketmayman!

-Aka iltimos hademay akam kelishi kerak meni malomatga qo'ymang!

-Uzr,hech bo'lmasa ismingizni ayting singlim!Shokir rostdanda bu begona qizga juda juda qiziqib qolgandi.Balki bir ko'rishdayoq sevib ham qolgandir.

-Ismimni aytsam ketasizmi?

-Ha!

-Sarvinoz..endi keting!

-Hayr Sarvinoz ertaga yana kelaman!

-Yo'q -yo'q iltimos..kelmang..

Shokir qizdan ayrilgisi kelmay ortiga qayrila qayrila ketdi.

Tuni bilan mijja qoqmay o'tirar ekan u qizning siymosi yodidan ko'tarilmas edi.

Tong otishi bilan oyisi tandirga yopgan issiq nondan ikki donasini olib ustiga endigina uzilgan to'g'rama somsadan to'rt beshtasini tashlab belbog'ga tugdida oyisining hay haylashiga qaramay o'rmonga chopdi.

O'sha tepalikdagi xarsangtoshlar oldiga yaqin qolarkan qiz g'orcjadan sal uzoqroqda ekanligini ko'rib ozgina extiyotkorlik bilan yaqinlashdi.Qiz oppoq uzun ko'ylakda tim qora sochlarini bellarigacha yoyib parilardek bo'lib o'rmonga mahzun termulgancha xomush o'tirardi..

-Assalom Sarvinozxon..oxistagina salom berdi Shokir..

-Siz..qiz cho'chib o'rnidan turdida g'orchaga chopmoqqa chog'landi!

-Shoshmang ,shoshmang meni sizga g'arazligim yo'q ..

-Nega keldiz,kecha kelmang degandimku yig'lamsirab iltijo bilan boqdi qiz!

-Uzr Sarvinoz lekin sizni ko'rmasam bo'lmasdi.

U Shokirga yig'lamoqdan beri qarab turardi.

Shokir o'ng'aysizlanib qo'lidagi tugunni qizga uzatdi.

-Nima bu orqaga tisraldi qiz.

-Qo'rqmang issiq non va somsa oyim yopganlar hozirgina tandirdan chiqdi issig'ida yeb oling.

-N-n-nega menga raxmdillik qilayabsiz..?

-Bilmadim,lekin siz mendan bir narsani o'g'irladingiz!

-Nimani?!!!qiz hayron bo'lib so'radi!!

-Adashmasam qalbimni!

Qiz kiprik qoqmay Shokirga termulib qoldi.Osmondagi oyni orzu qilibsiz Shokir aka. Nixoyat qiz ham yigiti ismini aytib chaqirdi.

-Balki,lekin qo'limni qaytarsangiz sizdan xafa bo'lardim!

-Yerga qo'ying dedi qiz!

Shokir tugunchani asta tosh ustiga qo'ydida o'zi ortga uch ro'rt qadam yurib beli barobar tosh ustiga chiqib oldi.

Qiz uyalibgina tugunni ochdi.Ichidan ishtaxani qitiqlovchi is kelib nonushta qilmagan Shokirni og'zini suvini oqizdi.

Qiz Shokirga minnatdorona qarab somsaning bittasini oldida bir chekasidan tishlab yeya boshladi.

-Raxmat juda shirin ekan!

-Osh bo'lsin Sarvinoz!

Sizga mendan biron yordam kerakmi.Zarur narsalar bo'lsa olib kelib berishim mumkin!

-Yo'q kecha akam olib kelib bergan raxmat!

Shokir g'orchaga ko'z qiri bilan qaradi.Qiz tunda sovqatgan shekilli o'tin yoqibdi.G'or og'zi ochiq sal beriroqda yakkam dukkam qurigan shoxlar qolibdi.Shokir hammasini tushundida men hozir dediyu daraxtlarning ingichka novdalarini yonidagi hanjar bilan kesib ola berdi.Bir choynak choy qayangulek vaqt o'tganda unda anchagina shox shabba bor edi.Qiz esa unga xarsang tosh ustidan yovvoyi mushuklardek xayiqib qarab turardi.

Shokir qurigan shoxlarni bir xil qalinlarini tanlab boyagi shabbalar bilan bir zumda ajoyib ixchamgina ko'chma eshikcha yasadi.Borib g'or og'ziga qoydi.

-Mana endi bamaylixotir uxlaysiz Sarvinoz!

-Raxmat sizga lekin bekorga ovvora bo'layabsiz,siz bilan oramizda jarlik bor uni oshib o'tishning iloji yo'q Shokir aka yaxshisi meni ham o'zingizni ham qiynamay keta qoling!

Tabiatan o'jar Shokir aytganidan qolmay yana qizga ko'ppalay shox terib keldi tunda yoqish uchun!.

Kun tushga yaqinlashgancha Shokir Sarvinoz bilan yaqindan tanishishga gaplashishga urinib oldidan ketmadi.Qiz esa bir gapni to'tidek takrorlardi."Iltimos keting,yaqinlashmang"

Shokir tushdan so'ng ortiga qaytdi.Axir xadeb xira pashshadek qizni oldida o'ralashmaydiku!

Lekin u baribir niyatidan qaytmasligni ko'ngliga tugdi.U rostdan ham qizni sevib qolganga o'xshardi.

-O'g'lim qayerdan kelding deb so'radi oyisi u uyga qaytishi bilan!

-Ovdan oyi!

-Unda miltiging otpuskaga chiqdimi deyman tashlab ketibsan!.

-Bilmadim oyi..

-Voy voy nega bilmaysan..

-Keyinroq aytaman!..

Shokir yana ertasiga yo'lga otlandi.

Yo'l yo'lakay bog'ida gullagan oq pushti atirgullardan terib dasta qildi.(Boyfrend24) (Uzbxxx. Com)

Qiz endigina turib yuz qo'lini yuvayotgan ekan..Shokirni qo'lidagi gullarni ko'rib ko'zi quvnab ketdi.Lekin buni bildirmaslikka astotidil tirishib qovog'ini solib oldi.

-Gaoga tushunmas qaysar ekansiz aka!

-Nima qilay shunaqa tug'ilganman!

-Sizni qulog'izdan cho'zish kerak ekan-da aqliz kirarmidi jilmaydi qiz.

Shu jilmayishda ham mahzunlik zoxir edi qizning ko'zlarida..

Shokirni javobsiz savollar qiynardi.Nega?Nima uchun?Nima sababdan?

Balki birontasi bilan yurib qo'yib shu yerda yashirndimikin!Yo'g'e unaqa qizga o'xshamayabdiku!

Shokir savollarga javob topolmas bu haqda qizga ham aytolmas edi.

Shokir har kuni ertalab qizdan bir bor habar oladigan bo'ldi.Haftaning chorshanba kuni qiz uni yoniga keltirmasdi sababi akasi o'sha kuni yoniga kelar ekan.

Shokir Sarvinoz bilan soatlab har hio mavzularda suxbatlashib o'tirar qizning dunyo qarashlari anchayin kengligi umi hayron qoldirib yana o'sha savollar qiynardi..Nima uchun??!

Bir kuni Shokirni ishi chiqib qolib Sarvinozning yoniga borolmadi.Quyosh botishiga oz qolganda bitta junli tagligini olib o'rmonga chopdi.

Sarvinoz kichkina gulhan yoqqancha har doimgidek olovga o'ychan va mahzun termulib o'tirard.

Sasni eshitishi bilan o'sha tomonga qarab Shokirni ko'rgan qiz xursandligini yashirolmay o'rnidan irg'ib turib salom berdi.

Uning ko'zlarida quvonchni ko'rib Shokiring ham dili yayradi.Ikkisi bir muddat masofalardan turib bir birining ko'ziga bor hissiyotlarini oshkor qilgancha termulib turishdi.Ikkisi ham bir biri bilan allaqachon so'siz gaplashardi.Shokir bu sukunat bardavom bo'lishini hohlardi.Qiz esa noiloj buzishga ahd qildi.

-Assalomalaykum Shokir aka!

-Va alaykum Sarvinoz, mensiz zerikmadizmi?

-Ozgina,bugun kelmaysiz deb o'ylagandim!

-Ertalab kelmoqchi edim ..aybdorona boshini egdi Shokir.

-O'zizni ayblamang siz majbur emassizku!

Qaytishingzga qorong'u bo'larkanda!

-Bugun shu yerda qolaman dedi Shokir qizga qarab..

-Voy nega??

-Bir o'zim qorong'uda ketishga qo'rqaman sizni yonizda qolsam ertaga tong otganda ketardim..

-Meni yonimda..???!

- Qo'rqmang men tashqarida siz ichkarida yotasiz.

Sarvinoz ikkilana ikkilana menga temulib ichkariga kirib ketdi.

Jun to'shagimni xarsang ustiga to'shab osmondagi yulduzlarga termulib bugun dilimdagilarni Sarvinozga aytmoqqa ahd qildim.

-Sarviii..

-Eshitaman aka ichkaridan har doimgidek mahzun ovoz eshitildi.

-Sen hech osmondagi yulduzlarga tunda qaraganmisan!

-Ha har tuni qarab yotardim...

-Eshitganmisan shu yulduzlar odamlarning yo'ldoshi ekan.Osmondagi har bitta yulduz bitta odamning yo'ldoshi..Yulduzi so'nsa demak odamning ham bu dunyodagi vaqti tugar ekan..Yo'q buni sizdan eshitdim..

-Meniki huuuv ana yaraqlab turgan yulduz..

Go'yo qiz ko'rib turgandek ichkariga qaradim..

-Qanday yaxshi javob berdi u ..

-Seniki qaysi yulduz??

-Meniki...mening yulduzimni ko'ra olmaysiz endi..

-Nega?

-Chunki u juda juda hira nur sochadi.

Uning gapini hazilga oldim.

-Sarvi..

-Eshitaman

-Rostini ayt parimisiz yoki biror boshqa mavjudotmi..

-Voy nega unday deysiz..kulib yubordi qiz..

-Unda nega odamlardan uzoqda yashaysiz,mendan o'zizni olib qochasiz!

-.........

-Balki yoshlik qilib biron ayb ish qilgandirsiz,agar shunda bo'lsa ayting men bilay axir sizni qanchalar yaxshi ko'rishimni bilasiz-ku!

-Unday emas Shokir aka..unday emas men pokman.

Qiz nimaga sha'ma qilganimni sezib ovozi titradi..

-Unda nimaga..

-Iltimos Shokir aka yaxshisi boshqa mavzularda suxbatlashaylik..

Men majbur mavzuni o'zgartirdim.Lekin niyatimga yetolmadim.Qizning pokligi ko'nglimni ko'tagan bo'lsada nega bunchalar yovvoyi hayotda yashayotganligi odamni hayron qoldirardi.

Sarvinozning akasi keladigan kuni uyda qoldim.

Onam anchadan beri mening o'rmonga serqatnov bo'lib hushim joyida emasligini bilib qolgandi.

Uzoq o'rmondan tog'am kelgan kuni ikkalasi qisti bastiga olganda majbur Sarvinoz haqida ularga aytdim.

- Hay hay ..jiyan dedi tog'am ko'sa soqolini silab donolardek

Extiyot bo'lish kerak balki u qiz pari paykaldir seni esdan og'dirib qo'ymasin,!

-Yo'q u oddiy bizga o'xshagan odam dedim jaxlim chiqib.

Buni sezgan onam tarozi pallasini men tomon burdi.

-Mayli mayli o'g'lim jilla qursa qiz bilan gaplash agar senda ko'ngli bo'lsa to'y qilaylik bunaqa sayoq yurma elning og'ziga elak tutib bo'larmidi,tag'in birovni qizini otini badnomga chiqarib qo'yma..

-Yo'q yo' oyi u juda yaxshi qiz..

-Unda ertagayoq gapni dangalini bilib kel jiyan dedi tog'am.

Ertasiga oyog'im to'rtta bo'lib Sarvinozning yoniga yugurdim.Unga bu quvonchli habar haqida aytishni juda juda xoxlardim.

Kuygan tosh yoniga borganimda Sarvinoz eng baland xarsanglar ustiga chiqib olgancha uzoqlarga termulgancha ko'zi jiqqa nam edi!

-Sarvi..Sarvi..

Uning oldiga asta yaqnlashdim.

Meni ko'rishi bilan ko'zidagi yoshlarini aytib menga jilmayib boqishga harakat qildi.

Men unga yaqinroq masofada o'tirdim.Qiz bu safar indamadi.

-Nima bo'ldi Sarvi..nega yig'layabsan!

-Kecha akam keldi..ukalarimni ota onamni sog'indim..

-Hammasi yaxshi bo'lad dedim uni yupatish uchu..

-Akam boshqa kelmas ekan..

Men Sarvinozning biron oilaviy muammoga uchraganiga amin bo'la boshladim..

-Sarvi senga bir gapim bor dedim unga..

U hamon o'sha olis olislarga mahzun tikilib turardi..-Qanday..

-Meni yaxshi ko'rasanmi!?

U menga birdan ko'zlarini katta katta ochgancha termulib qoldi..

-Meni yaxshi ko'rasana Sarvi..?

Savolni takrorladim..

U qizarib boshini egib oldi.

-Qiz bolaga ham shunaqa savol berasizmi betamiz dedi quvonganini yashirolmay jilmayib..

Men yanada dadillanib asta u tomon surildim..

-Agar hohlasang biznikiga yur oyimga sen haqingda aytdim.Ular rozilar ..To'y qilamiz odamlarga o'xshab ..senam baxtli bo'lishga haqqing bor..

-Meni..men..meni haqqim qolmagan..iltimos o'zingizni ham meni ham qiynamang..Sizga raxmat menga shunchalar mehribonchilik qildingiz..

Biz balki boshqa xayotda baxtli bo'larmiz!!

-Nega..dedim alam bilan ..

U javob bermay ko'ziga yana yosh olib labini qattiq tishladi..

Men uning sutdek tiniq yuziga termulib asta yuziga kaftimni bosdim.

U esa to'k urgan odamdek sapchib tushib mendan ikki uch qadam nariga chekindi..

-Menga tegmang degandimku..qichqirdi qiz..

Mening ham alamim kelib ketdi..

-Axir qachongacha maxovlardek yashirnib yashamoqchisan..Nega ikkimiz baxtli bo'lolmasligimiz kerak ekan ayt nega nega nega...??

Qizchqrdim men ham.

Sarvinoz menga qarab yum yum yig'lardi..u zo'rg'a nafasini rostlab oldi..

-M-mayli ertaga keling men bugun tayyor emasman..

Uning javobidan osmonga sakrab yubordim.

-Seni sevaman sevaman Sarvinoz qichqirdim..

U bilan xayrlashib uyga onamni yoniga yugurdim.Bu haqida ularga ertaroq aytgim kelardi..

Tuni bilan Sarvinoz bilan baxtli kelajagimiz haqida hayol surdim.

Bugun unga qattiqroq gapirib yuborganindan ko'nglim hijil edi.Ertaga tongdayoq undan kechirim so'rayman deb ahd qildim.

Shoshilgancha Kuygan tosh yoniga kelarkanman Saevinoz deb chaqira boshladim..

U..u negadir javob bermasdi.Qadamimdan sezib peshvoz chiqadigan qiz negadir javob bermasdi..

Hayron bo'lib biron yoqqa ketgan bo'lsa ko'rinar deb eng baland harsang ustiga chiqib atrofga qarab to'satdan pastga qarb o'kirib yubordim.Pastda muhabbatim ko'nglim egasi toshlarga bosh qoygancha alvon rangga belanib yotard. ..

Pastga sakrab tushdim.Sho'rlikning ko'zlari mahzun holicha ochilib qolgandi.Uni qo'lida kichkina varoqchada maktub bor edi..

Uni qaltiroq qo'lim bilan olib o'qiy boshladim..

Shokir aka ..kecha bir savol berdingiza meni yaxshi ko'rasanmi deb?

Ha sizni yaxshi ko'raman,jonimdan ham ortiq yaxshi ko'raman!

Siz mening birinchi va so'ngi muhabbatim bo'lib qolasiz!Taqdir ikimizga bu umrimizda birga bo'lishni ravo ko'rmagan ekan.Balki o'zga hayotda birga bo'larmiz..Meni kechiring sizni sevuvchi ilojsiz qiz...

Men o'kirb yig'lab yubordim nega nega nima uchun???Javobsiz savollar qiynar edi yurak bag'rimni!

Qizning qo'ltig'i orasidan bir parcha oq mato chiqib qolgandi..

Men asta u matoni tortib ko'rdim.Balki men uchun biron narsa deb..

Oldimu qizni qanchalar qiynalaganini men uni qanchalar qiynaganimni bildim.Taqdirga la'natlar o'qib yig'ladim umrimda bironchi bor yerni mushtlab mushtlab yig'ladim.

Mening sevganim yagonam rostdan ham moxovga chalingan ekan..

Shuncha kundan beri mendan o'zini olib qochishi o'zi uchun emas men uchun ekan..

Ko'zimda yosh bilan sevganimni shu yerga toshlar bilan ko'mdim..

Oradan yillar o'tdiki Shokir har yili Sarvinozni uchratgan kuni qabrni ziyirat qilishni kanda qilmadi har safar kelganda uni quvontirgan o'sha oq atirgullardan bir shoda olib kelardi.

Mana u ham qarib kasallik bilan kurashib yetti yil deganda qabrni ziyorat qilishga kelibdi.

-Meni kechir Sarvinoz dedi Shokir chol ko'zidan yoshi dumalab qabr boshiga belbog'i orasidan bir dona atirgulni qo'yib zo'r bazo'r o'rnidan turdi.

Ortga qaytar ekan qayta qayta go'yo Sarvinoz unga qo'l siltab turgandek tuyulardi unga.

Nosir ilon izi yo'lidan ortga qaytarkan dadasining jim bo'lib qolganida xavotir oldi.

-Dada dada..bir ikki baland ovozda gapirgach ham indamagach mashinani ilkis to'xtatdi.

Chochib ketgan Shokir chol kozini ochib ogliga qovogini soldi.

-Nega bunaqa qopol haydaysan.

-Dada siz oziz javob bermaganizdan keyin nima qilay.

-Hursand bolma hali olganim yoq deb yana kozini yumgancha hayollarga chomdi chol..

Boshqa hikoyalar