tungi.ru

Jon berish oson emas _-_ by Tanqidchi (hotima).

Assalomu alaykum aziz o'quvchi. Sizlardan uzr so'rayman. Hikiyam oxiriga yetmagan edi. Oldingi voqealar esingizda borni, yoki yo'qmi bu menga qorong'u. Lekin bugun hikoyamni oxiriga yetkazishga qaror qildim.

-Oshna, assalomu alekum, yaxshimisan

-Asalomu alekum, Jalil tuzimisan oshna

-Raxmat, Hudoga shukur. Nma gaplar, to'yga chiqme qo'yganding, aparaturani oochiqipsan

-Yo'g'e oshna, sotgani opketyapman

-Iya, nmaga sotasan. Axir bularni ko'z qorachig'ingdek asrab avaylesanu

-E oshna, safarga otlandim, biletga pul kere

-Shu yerdagi ishing yaxshiku, musofirchilida ishlan nima qilasan

-Ishlaganimas, yo'q ishlaganii, lekin unaqa ishmas.

-Qanaqa ish ekan ?! Qayerda ekan ?!

-Suriyada! O'zimni safdoshlarim qatorida

-Esingni yedingmi axmoq, e onayni sani

-Og'zinga qarab gapir, ko'rmaganni ko'rgani qursin ekanda a?

-Hoy sen, men bilan bunaqa hazillashma

-Sen bilan hazillashadigan axvolda emasman

Suxbat uzoq cho'zildi. Jalil Bexruzni qaytarishga ancha urindi, lekin befoyda. Bexruz axtidan qaytmadi. U ancha aqilli edi. Jangarilar qatorida bo'lsa ham o'zini yo'qotmadi. Aslida bu holatni "Shayton bilan bitim" deyish mumkin. Chunki Bexruz jangarilar ongidagi niyyatlar bilan emas, shunchaki qasos yo'lida ular bilan bitim imzolagandi.

Yo'l azobi go'r azobi deyishdi. Bu gapni faqat yo'l yurayotgan odam tushunadi. Avval Qozog'iston, keyin Rossiya, keyin turkiya va nixoyat Suriya. Deyarli 2 hafta yo'l yurgan Bexruz juda toliqdi va manzikga yetib keldi. Bu yerlarni ko'rgan boshqa jangarilar rohatlanadi, lekin bu harobalarni ko'rgan qaxramonimiz ich ichidan yig'ladi. Yerga singib borayotgan qon... Begunh insonlar, norasida go'daklar, ojiza ayollar... Hammasi daxshatli. Bexruz bu yerlarni ko'rib judayam g'alati bo'lib ketti. Ertangi kuni ko'z oldiga keldi. "Ertaga men ham qo'limga qurol olib shu kabi insonlarni o'ldiramanmi. Aslo yo'q, tavba qildim" degan hayol yuragidan bir yugurib o'tdiyu, qattiq baqiriq fikrini chalg'itdi. Bu baqiriq sababini bilish uchun chodirga yaqinlashgan Bexruzni bu yerlarga olib kelgan odam qo'lidan yetaklab lager tomon yetakladi. Bexruz chodirga tikulganicha lagerga bordi. Lagerda Bexruz labi yangi "jangari" larga odam o'ldirishni o'rgatishardi. Lagerda hamma alohida turardi, o'zbeklar bir joyda, yana boshqalar boshqa joylarda. Ularni tepasida esa bir odam tinmay gapirib turardi, Bexruzning hayoliga bu gaplar kirmasdi. U faqat "hato qilmadimmikan?" deb o'ylardi. Shu payt yonidagi "Vatandoshi" uni chalg'itti va turtib "anqaymasdan gaplarnini eshit" deya oldinga ilg'adi. Shunda Bexruz oldindagi odamning gapiga quloq soldi. U shunchalik berilib, jon kuydirib gapirardiki, huddi hammani gipnos qilib hukmini o'tlazayotgandek. Bexruz ham hamma qatori gaplarni eshitti, lekin kor qilmadi. Hamma biladi, jangarilar bilan gaplashgan har qanday odam ularning tuzog'iga 99,9% ilinadi. Men bekorga 99,9% demadim. Qolgan 1% i Bexruz edi. Ha uning ongi bu narsalarni qabul qilmasdi. Lekin endi kech. Ortga yo'l yo'q. Agarda ortga qaytishga urunsa, qamalishi aniq. Agarda jangarilardan qocha olsa. Qaytish niyyatini bilishsa, jamgarilarning o'zi Bexruzni o'ldirishadi. Naxotki chorasi yo'q. "Ilojsiz ishning o'zi yo'q. Men bu yerga bekorga kelmadim. Men odamlarni emas, mana bu marazlarni o'ldiraman, albatta o'ldiraman. Gunoh bo'lsa ham mayli. Alamimni shulardan olaman" degan hayolni yuragiga tuygan Bexruz, qo'liga qurol oldi. Jangarilar qatori quroldan o'q uzishni o'rgandi. Bu yerda har qadamda Wi-Fi bor ekan, internet tekin. Hammani qo'lida eng so'ngi rusumdagi telefonlar. Hamma o'zini o'zi rasmga olish, videoga muxrlash bikan bant. Ularning sevimli tarmog'i YouTube ekan. Har daqidpqada yangi videolar olib tarmoqqa joylashardi. Ular uchun bu "Jannat" edi. Yeb-ichishlari zo'r, sharoitlar muhayyo. Qiladigan ishi kunda 10-20 ta odamni jonini olish. Ular uchun bu ish emas. Bexruz ham niyyati yo'lida qo'lini qonga belashga majbur bo'ldi.

Oradan 2 yil o'tdi...

Qandaydur qishloqni bosish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan Bexruz, wo'liga yana qurol oldi. U bu yerda katta jangarilarning nazariga tushib, jangarilar yetakchisiga aylangan edi. Urushga otlanishdi. Hamma mashinalarga chiqdi. Qurollarni o'qlashdi. Mashina harobalar yonidan yurib o'tar ekan, havodan jangarilarga tegishli bo'lmagan reaktiv samalyotlar uchib o'tib ketishdi. Bu AQSh harbiy havo kuchlari edi. Ular bizga teskari tomonga uchishdi. Demak ularni rejadi bizning bazamizni yo'q qilish. Men darhol ortga qaytishga buyruq berdim. Mashinalar ortga birildi. Bazaga qaytganimizda hamma joy vayronaga aylangan edi. Kimnidur tanasining bir qismi u yerda, qolgan qismi bu yerda edi. Shu payt "ular qaytishyapti" degan ovoz hammani sergak torttirdi. Men abjirlik qilib turgan joyimdan 40-50 metr uzoqlikdagi quduq ichiga o'zimni otdim. Bu ishim nomardlik edi. Men "agar halok bo'lsam bu lanatilarni qanday yo'q qilaman" deb o'yladim. Hamma joy tinchigandan keyin arqon yordamida tepaga chiqdim. Ular qiruvchilardan birini urib tushirishgan edi. Jangarilar avtopilot yordamida qutilib qolgan AQSh harbiysini qo'lga olib unga qurol o'qtalishar edi. Men voqea joyiga yugurib bordim. Jangarilar uni o'ldirishmoqchi bo'lishdi. Men yo'l qo'ymadim: agar buni o'ldirsak qolgan harbiylar buni tezda sezishadi, barcha OAV larda shuni e'lon qilishadi. Bu biz uchun qo'rqoqlik, yaxshisi buni qo'yib yuboramiz. Bizning qanday qudratga ega ekanimizni qolganlarga ham aytsin!"

"Qorong'u tun hamma uchun daxshatli sinov. Har onda Rossiya, AQSh, Yevroitifoq harbiylari bostirib kirishi yoki havodan birgina zarba bilan hammamizni kulimizni ko'kka sovurishi mumkin. Kelganimdan buyon minglab jangarilarni o'limini ko'rdim. Ochig'i men bundan hursandman. Ular menga yordam berishyapti..."-bu so'zlarni eski, ko'p janglarni ko'rib qo'ygan kundaligiga tushurar ekan, tez orada rejasi amalga oshishiga ishonch hosil qildi. Erta tongdan kecha chala qolgan jangni oxiriga yetkazish uchun yo'lga otlangan Bexruz qo'l ostidagi jangarilar oldida nutq so'zladi: biz u sotqinlarni yo'q qilishimiz kerak, ular bizni qayerdaligimizni sotgan. Qolgan guruhlarga ham yetkazinglar, biz ko'pchilik bo'lishimiz kerak, ruslar ham o'sha yerda, Suriniy menga shunday dedi(Suriniy-barcha jangarilarning shu mintaqadagi yetakchisi). Biz albatta g'alaba qozonamiz. Qishloqni portlatib yuboramiz". C7(bomba)ni mashinaga yuklar ekan, bugun katta ish qilishini his qildi. Oz emas ko'p emas naqt 80 ta mashinalarda yo'lga chiqqam jangarilar, Bexruzning gaplarini chin deb bilardi. Ular qishloqqa yetib kelishdi. 5-10 daqiqada qolgan jangarilar ham yetib kelishdi. Qishloq chetida to'plangan jangarilarning sanog'i yo'q edi. Bexruz C7 yuklangan mashinaga o'tirdi va qishloqni ko'zdan kechirib chiqishini aytdi. Qishloq markaziga yetib kelgan Bexruz bombani aktivlashtirdi va bomba pultini qo'liga oldi. Bor kuchi bilan qishloq ortiga yugurdi va ratsya orqali jangarilar bilan aloqaga chiqdi. "og'alarim, ular, ular juda ko'p ekan, men qatiq jarohatlandim.. Pistirma, bu pistirma ekan. Tezroq qishloq markaziga yuguringlar, tezroq". Bexruz shunday deb qishloq chetidagi tepalikka chiqdi. U yerdan qishloq markazi kaftdek ko'rinardi. Jangarilar ovozi boricha baqirgancha qishloq markaziga yetib kelishdi. Bu yerda hech kim yo'qligini ko'rgan jangarilar avvaliga hayron bo'lishdi, sho'ngra Bexruzning mashinasi tomon yurishdi. Bexruz ko'kragini havo bilan to'ldirib, bir oz ushlab turdi va tugmani bosdi...

Omon qolgan jangarilardan biri bu habarni Suriniyga yetkazishdi. Suriniy aqlli jangarilardan edi. U Bexruz nimani jpreja qilganini tushundi. Shu chog'da rus harbiylari bostirib kirishdi. Hammani o'ldirishdi. Maxfiy yer osti yo'liga kirib olishga ulgurga Suriniy chuqur o'yga toldi:" demak bularni hammasi Bexruzning rejasi ekanda, tavba...". Bexruz bundan bir hafta oldin qishloqqa oddiy kiyimlarda borib hammani bu yerdan ketishi, bir haftadan keyin bu yerda katta portlash bo'lishi haqida ogohlantirgandi. Qo'rquvdagi oddiy odamlar bir kundayoq qishloqni tark etgandi. Bo'm bo'sh qishloqni ko'zdan kechirgan Bexruz rejasi uchun eng maqul joyni tanlagan edi. Qishloqdagi odamlardan ratsya topib ruslarni bundan ogohlantirgandi. Shu bilan bir qatorda jangarilarning barcha marralari va lagerlari, qurol aslaha omborlariyu, pul va neft zahiralari joylashgan yerlarining kordinatalarini aytib bergan edi. O'zlarining lagerlaridagi jangni ham Bexruz uyushtirgan edi(ya'ni ular jangarilar qachon lagerdan chiqib ketishi va qachon ortga qaytishini). Uchuvchini ozod etish ham uning rejasida edi. U ketishidan oldin harbiyga uning kundaligini bergan edi. Kundalikda jangarilarning barcha rejalari, qachon qayerga hujum qilishlari yozilgan edi. Suriniy bularni barini tushunib yetdi va turgan joyida o'zini otib o'ldirdi.

Bexruz o'zini rus harbiylariga tutib berdi. Ruslar Bexruzning ishlaridan habardor edi. Ular Bexruzni general Sergeyev oldiga olib borishdi:

-Sen kimsan, qaysi millatdansan, nega bunday qilding

-Men o'zbekman, O'zbekistondanman

-Sen mardni ishini qikding, lekin baribir ular bilan bir safda yurgansan

-Buni bilaman, endi meni o'ldirasizlarmi

-Yo'q, biz ruslarmiz, bizga yordam berganlarni hech qachon unutmaymiz

-Unda ozod qilasizlarmi

-Bunday ham qilmaymiz, aslida sen kabilarning jazoso muqarrar o'lim. Lekin men bunday qilmayman. Seni o'z Vataninga, O'zbekistonga jonatib yuboramiz, hukmni ular chiqarishsin.

-Katta raxmar

-Yo'q senga raxmat, aslida bizni ogohlantirganingda senga ishonmagandik. Lekin jangarilar bilan hazillashmagan ma'qul. Men tavakkal qilib ko'rdim. Mana barchasi haqiqat ekan...

Bexruz generalning gaplarini eshitib hursandchiligi ichiga sig'may ketdi, u Vataniga qaytish endi orzu deb o'ylagandi. Vatan sog'inchi har kuni uning yuragini kemirardi. Generalning "Barakalla! Azamat!" degan gaplaridan so'ng Bexruz ho'ngrab yig'lab yubordi...

Ruslar Bexruzni O'zbekistonga jo'natib yuborishdi. Bexruz samalyotdan tushar ekan, Vatanining havosi uning o'pkasini to'ldirdi, yuragidan barcha g'uborlarni parchalab yubordi. Ana endi Bexruzning armoni yo'q edi. U o'z oldiga qo'ygan maqsadini amalga oshirdi. Shu chog'da uning hayoliga Prezidentimizning gaplari keldi:"Biz o'z oldimizga qo'ygan, kelajagi buyuk davlat qurishdek oliyjanob maqsadga erishish yo'lida, men sizlar kabi, mard va shijoatli yoshlarimizga, qiyinchilik va sinovlar oldida hech qachon bosh egmasligingizga ishonaman. Marrani doimo baland oling, azizlarim. Davr bizniki, marra bizniki!". Bexruz sud binosiga yaqinlashar ekan, bino tomida hilpirab turgan bayrog'inizni ko'rdi. "Ooh, Vatanim, bayrog'im mening. Naqadar ulug'vorsan, qudratlisan. Men niyyatimga erishnim, qasos oldim. Endi har qanday o'limga ham roziman. Armonim ushaldi, yuragim taskin topdi...

Bexruz jinoyat ko'deksiga asosan qamoq jazosiga hukm qilindi...

Mana, azizlar, hikoyamni ham tamomladim. Sizlarga yoqadimi yoki yo'q, bu menga qorong'u. Lekn bu hikoyam o'z bo'lsada sizlarni hursand qiladigan bo'lsa, men bundan hursandman. Bu hech qanday hayotiy hiloya emas. Bularning hammasi hayollarim maqsuli. Oltinga teng vaqtingizni ayamay men bilan birga turganingiz uchun ming bor tashakkur. Hato va kamchiliklar uchun uzur so'rayman. Text by Tanqidchi

O‘xshash hikoyalar