"Taqdir charxpalagi..." yohud "Ona kasriga qolgan bola..." (tanlovga...) by Rea1ist
Hikoyamni 3D yoki HD formatida chiqara olmaganim uchun uzr, sayt hajmi ko'tara olmadi!
Xato va kamchiliklar uchun uzur!
Bu dunyoda ideal narsa bo'lmaganidek, ideal xikoya ham yo'qdur...
Xurmat va ehtirom ila Rea1ist...
-Yo'q yo'q oyijon! Unday qilmang...
Nima desangiz shuni qilaman. Faqat meni bolalar uyiga topshirib yubormang, unday qilmang! Yo'q, kirmayman...
Kirmaymaaaaaannn!
*******************************
Yoshgina juvonning qo'lidan tutib kelayotgan bolakay, onasi uni qayerga olib kelayotganligini bilmas edi...
Uyidan chiqib, bolalar uyining bosh darvozasi qarshisigacha, onasining qo'lidan ushlab kelgan besh yoshli bola, shu yerga yetib kelguniga qadar miq etmadi.
Uyidan chiqiboq, o'zining qo'l telefonidan bo'shamagan Mahliyo kecha kechasi, o'zining navbatdagi jazmani bilan tunni birga o'tkazar chog'ida:
-Shu bolang bo'lmaganida edi, o'zim seni osmonlarda olib yurardim. Yelkalarimni... faqat seni ko'tarib yurish uchun ishlatar edim. Ehhhh, Mahliyo- Mahliyo...-deya aytilgan jazmanining gapidan so'ng Mahliyo, o'zining tuqqan bolasidan, o'z manfaatlari yo'lida halos bo'lmoqlikka azm-u qaror qildi.
Mahliyo bilan orada o'tkazgan bir martalik jinsiy yaqinlikdan so'ng to'shak ustida yotgan erkak shu gaplarini aytganicha, yonida yotgan juvonning yalang'och tanasi ustiga bir harakat bilan chiqib olib o'zining biroz junbosgan tanasini birlashtirdi. Biroz soqoli o'sgan yuz va undagi lablarini Mahliyoning chiroyli va oppoq yuziga tekkizib, uning qirmizi g'unchadek bo'lib turgan lablariga bosdi. Yutoqib-yutoqib ketma-ket bo'salar hadya etildi.
Ustidagi haybatli tanaga ega bo'lgan erkakning tagidagi Mahliyo ham o'zini erkalayotgan shaxs egasini erkalamoqlikka tushdi. Bu orada ularning biroz oldin lazzat, ehtirosning yakuni va tanalarda sezilgan charchoq tufayli to'xtatilgan jinsiy yaqinlik, navbatdagisiga ulanib ketdi.
O'z hirsiga qul bo'lgan, jundor erkak tanasi ostida ilondayin to'lg'onayotgan Mahliyoning o'zi bu - kayf-u safo, aysh-u ishratdan tarkib topgan razolat botqog'i ustiga qurilgan yo'ldan yurishni tanlagan edi. Yigirma yoshni qarshilamay turib iffatidan ayrilgan qiz, o'z uyidan haydaldi.
Chiroyli husn, kelishgan qad-u qomad. Qomadga monand tim qora qosh-u ko'zlar... Qisqa qilib aytganda, yaratgan unga ato etgan husniga nazari tushgan ancha-muncha erkakning ko'zini quvnatguvchi, bir nazari tushganida yana bir bora qayta qarashiga majbur etguvchi, o'zi tomon tortguvchi chiroyni tortiq etgan edi.
O'z qilmishi tufayli, uyi va shahrini tashlab chiqib ketgan Mahliyo iffatini topshirgan erkakning ko'magi ila o'zga bir viloyatdan yashash uchun ijaraga uy topdi. Ijaradagi uyda Kamol akasi bilan kunda, kun ora ehtirosli tunlar og'ushidagi kunlar, Mahliyo tomonidan asta-sekin o'tkazila boshlandi.
Qiz o'zining hirsi botqog'iga butun bo'y-basti bilan botirilgan tuyg'ularini sevgi deb atalmish nozik bir tuyg'uga yo'yib, kirakash Kamolga o'z ixtiyorini topshirib qo'ydi.
Avvaliga, o'zining ilmoqli, ko'ngilga xush yoquvchi gaplari bilan yoshgina qizning hayollarini zaxarlagan yigit, uylangan bo'lishiga qaramay Mahliyoning qo'ynini, ichida birorta ham mag'zi yo'q puch yong'oqdan iborat orzu-havaslar ila to'ldirdi.
Asl niyati qizning ko'ylagi ichidagi anchayin shakllangan tanaga ega chiqish bo'lgan bu yigit, o'z niyati yo'lida yoshgina, hayotning oq-u qorasini endi-endi fahmlay boshlagan qizning onggini zaharladi, o'zlaridan soxta "Layli va Majnun" yaratishga qizni ishontirdi. O'z tuyg'ularining asl mohiyatini his etmagan Mahliyo alal oqibat, kunlarning birida Kamolning qo'ynini o'z tanasi bilan to'ldirdi.
Suyukli qizidan bundayin qilmishni, el oldida sharmanda etishini kutmagan ota, yurak bag'ri qon bo'lgancha, ming alam ichra qizining bahridan o'tdi. Uni oq qildi. O'zining endi unga begona ekanligini aytganicha, uyidan haydadi. Hokisor ona ham qizining yonini olib, bundan ancha yillar oldin bir yostiqqa bosh qo'ygan turmush o'rtog'ing azm-u qaroriga qarshi chiqa olmadi.
Yaqinlari tomonidan o'z qilmishi tufayli ko'chaga itday haydalgan qiz, qilgan ishidan unchalik ham afsuslanmay Kamolning qo'ynidan panoh topdi. Kirakash Kamol, osongina malaksiymo qushchaga ega bo'lganidan dili shodlikka, o'z hirsining xursandchiligiga to'ldi.
Bu orada, bir zumga bo'lsa-da, to'xtash nima ekanligini bilmaguvchi vaqt o'tib borar, o'z ortidan siraham qaytib kelmaguvchi kun-u tunlarni ergashtirib ketar edi.
Chamasi olti oylar Mahliyo shu tahlidda... ya'ni Kamolning jazmani qiyofasida yashadi. Kunlarning birida har doimgidek ikki, o'z hirsiga qul bo'lganlar yana bir kunning tim qorong'u tunini bir-birini quchog'ini to'ldirganicha o'tkazishar edi. Jinsiy yaqinlikdan so'ng ikki tana egalari: Kamol va Mahliyo biroz hansiranganlaricha, ostidagi to'shakka uzala tushib yotib qolishdi. Biroz tin olgan, ikki jinsga tegishli tana egalari bir-birini erkalamoqlik niyatida o'z tanalarini, tanaga qo'shib lablarini birlashtirdilar. Kamolning lablaridan o'z lablarini olgan Mahliyo:
-Kamol aka, sizga bir yangiligim bor -deya gap boshladi.
Bu vaqtga kelib Kamol, iffatli qizligidan nom-nishon qolmagan Mahliyoning yuzi aralash nozik bo'ynilariga bo'salar yo'llamoqda edi. Lablarini bo'salar yo'llashdan ozod etmagan holda Kamol:
-Qanday yangilik ekan u mening gulim -deganicha, o'zining qilayotgan ishida davom etdi.
-Men homiladorman...
Mahliyoning og'zidan uchib chiqib Kamolning qulog'i ichiga kirib, uning aqliy faoliyatiga eshitilgan bu ovoz yigitning lazzat og'ushida o'tayotgan tunini motamga aylantirgandek bo'ldi go'yo.
Ostida yotgan, chimildiq ko'rmay turib juvon lavozimiga erishgan qizdan eshitgan bu xabar Kamolning yaxshi kayfiyatini xuddiki, zambarak ichiga joylab uzoq-uzoqlarga otib yuborgandek bo'ldi. Yigit o'zining kayf ustida kelib Mahliyo bilan o'tkazgan tunlarini yodga oldi. Er ko'rmay juvon bo'lgan Mahliyoning aytgan gaplaridan o'zini yo'qotib qo'ymagan holda:
-Kimdan...? -deya, oradagi boshlanmoqchi bo'lgan suhbatni hazilga yo'ydi.
-Kimdan...?!
Kimdan bo'lar edi, sizdanda...
Mahliyoning yuziga tushgan jiddiylik qiyofasi, uning aytayotgan so'zlarida ham zohir bo'ldi.
Kamol qaradiki, suhbatning ahvoli, u o'ylagan holat tomon bormadi...
O'zini qo'lga olganicha, muloyim ohangda, Mahliyoning tanasini qo'l harakaztlari bilan erkalaganicha, uni avray boshladi.
-Mahli...
Rostdan homiladormisan? Bu zo'r yangilikku... -o'zini yolg'ondan, bu eshitgan xabaridan shod ekanligini namoyon etdi.
Kamol akasining bu xabardan xursand bo'lishini kutmagan Mahliyo:
-Oldiraman!
Sizni bilmadimu, lekin menga bu bola kerak emas. Endi o'ynab-kulish davrimda, bir kami, bolaga qarashim qoluvdi...?!
Sizga bola kerak bo'lsa, ana, tug'voling. Keyin bolaga o'zingiz qarang!
Quchog'idagi malak tomonidan yangragan bu gaplar Kamolning ko'tarinki kayfiyatini qaytib o'z joyiga keltirib qo'ydi. Lek shundaham bu ayyor kirakash sir boy bermasdan:
-Mahli, nimaga ahir...?
Bolamiz bo'lishini xohlamaysanmi...? -Nimaga, nimaga...
Shunga! Tamom, vassalom. Oldiraman!
Mahliyoning bola tug'ishga o'z noroziligini qayta eshitgan Kamolning quvonchi yanada oshdi.
-Mayli jonim, sen nima desang shu. Senga qarshilik qilib bo'ladimi...
Yuz qiyofasida biroz Mahliyoning gapidan soxta hafagarchilikni namoyon qilgan Kamol, ro'l o'ynayotgan obrazining harakatlarini so'nggigacha yetkazishni xohlab, istamaygina juvon tanasidan o'z tanasini nari oldi.
Kamol akasining o'zining aytgan qaroridan ranjiganini ko'rgan Mahliyo:
-Ahir, nega tushunmaysiz Kamol aka (Mahliyoning nozik qo'llari Kamolning yelkasidan quchdi). Hali bola tug'ish, uni tarbiyalab voyaga yetkazishga tayyor emasman. Yosh bo'lsam...
Atirgul misoli ochilgan vaqtimni bola tarbiyasida o'tkazish...
Yo'q, hech qachon! Meni ham tushuning Kamol aka...
Kamolning qulog'i ostida, qizning og'zidan eshitmoqchi bo'lgan gaplar yangraganidan so'ng, u sekin-astalik bilan ichidagini yuzaga chiqarmay Mahliyoga, garchi o'ziga unchalikham yoqmayotgan bu qilayotgan ishlari aktyorlik mahorati bo'lsa-da, undan anchayin hafa ekanligini bildirmoqda edi. Uning bu bachkana qiliqlari ish berib, chamasi oradagi o'tgan o'n besh daqiqalik vaqt mobaybida o'z samarasini ko'rsatmoqda edi.
Kamol o'z yelkalarini quchgan nozik qo'llarni ushlaganicha, ortidagi Mahliyoni quchog'i tomon tordi.
Gina-arazli kayfiyatlar buluti yotoqxonani tark etib, o'rnini, ikkisi tomonidan boshlangan lazzatli oqshomning davomiga bo'shatib berdi. Ikki yosh bir-birlarining quchog'ida yana bir, o'zlari uchun ehtirosli bo'lib o'tayotgan tunning davomini boshlashdi...
Ortda qolish, bugunning o'tmishiga aylanish arafasida turgan qorong'u tun o'z o'rnini erta tongning kelayotganini daraklaguvchi quyoshning zarrin nurlariga asta-sekin bo'shatib bermoqda...
Yurtga yangi tongning kelganini allaqachon bildirguvchi bobo xo'rozlar tong yorishmasidanoq o'z xonishlari bilan o'z taxtida viqor ila o'tirgan tunning yurtda hukmronlik vaqti poyoniga yetayotganini bildirmoqdadek ma'no kasb etar edi.
Bir-birining pinjida yotgan Kamol va Mahliyo ham boshqa insonlar singari zulmat tunda eshik qoqmay kelguvchi uyqu deb atalmish g'aflat balosiga duchor bo'lishgan edi. Nogohon yangragan qo'l telefoni ovozi yotoqda yotgan ikkisining ham uyqusini bir zumda ochib yubordi...
Lek, charchagan tanalarga egalik qiluvchi ikki shaxsdan birortasi, yotgan joyidan qo'zg'alishga erindi. Qayta-qayta yangragan qo'l telefon ovozi oxiri ustun kelib Kamol yotgan joyidan turmoqlikka shaylandi. Istamaygina o'rnidan turgan Kamol asabga tekkanicha yangrayotgan o'z qo'l telefoni tomon harakatlandi.
O'z qo'l telefoniga yuzini bujmaytirganicha qaragan Kamol uning ekranidagi tanish raqamga ko'zi tushgani hamono uni ko'tardi. Har doimgi tanish klientlaridan biri bo'lganligi sababli, bemahalda telefon qilib o'zining oromini buzgan odam bilan garchi istamasada, samimiy suhbat olib bordi. Telefondagi suhbatini yakunlagach, o'zini qaytadan to'shak ustidagi jononining quchog'iga otdi.
-Mahli...(uni erkalagancha).
Men ketishim kerak. Zakas chiqib qoldi.
Anchayin to'zg'ishga ulgurgan Mahliyoning qalin va birozgina uzun sochlari uning yuzi va yalang'och badani yelkalarini yopib turar edi.
Mahliyo yuziga tushgan sochlarini boshini orqasiga olganicha:
-Mayli jonim. Yaxshi boring. Qaytishingizda ul-bul ham olib keling.
-Senga pul tashlab ketaman... O'zing chiqib olarsan. Bilasan, ish bilan bo'lib mening yodimdan ko'tarilishi mumkin.
Oshiq-mashuqlar o'zaro xayrlashishgach, Kamol uydan chiqib ishga ketishni, Mahliyo esa yotoq ustiga qaytadan boshini qo'yganicha uxlamoqlikni ixtiyor etdi.
*******************************
-Ancha kechikib kelibsiz, homila ancha rivojlanishga ulgurgan. Bolani oldirgan taqdiringizdaham keyin yana qayta bolali bo'lishingiz shubha ostida qoladi. Bolaga qo'shib bachadoningizni ham olib tashlashimiz ham mumkin.
Mahliyoga, qarshisida o'tirgan vrach ayolning unga qarata aytayotgan gaplari umuman yoqmayotgan bo'lsa-da, lek ayni damda uni eshitishga majbur edi.
-Siraham iloji yo'qmi...(iltijoli ohangda). Balki, biron yo'li bordir...
Siz pulidan havotir olmang, qancha desangiz ham roziman.
-Aytyapmanku sizga qizim (yoshi anchayin kattaroq bo'lgan shifokor), bolani oldirsangiz keyin qayta farzandli bo'lishingiz dargumon.
Shifoxonadan tushkun kayfiyatda chiqqan Mahliyo bu yog'iga nima qilarini, qanday yo'l tutishni bilmay qoldi. Shu bugungi o'tayotgan kuniga lan'atlar o'qidi. Bugungi kun, xuddiki uning rohat-u farog'atda o'tayotgan hayotining so'ngi kuni edi go'yo. Vrachning unga qarata aytgan har bir gapi, misoli ko'ksiga botgan xanjar tig'idek bo'ldi. Bugungi kunning yarmigacha, bolani oldirish, undan halos bo'lish fikri bilan yashagan Mahliyo endilikda o'z istaklariga qarama-qarshi bo'lgan fikr va mulohazalarini hayolida yurita boshladi. Bolani oldirib tashlash haqidagi qarorini, uning ayollik makri butkul hayolidan chiqarib tashladi. Chunki bolani oldirib, keyinchalik "tug'mas" deya nom olgan qizga Kamol akasi uylanarmidi...?
- Aslo! Hechham bunday qilmasa kerak!
O'ziga-o'zi hayolan savol-javob o'yinini o'ynayotgan Mahliyo taksi mashinasi to'xtatish uchun katta va serqatnov yo'l yoqasiga chiqdi.
Taksi mashinasi ichida ketar ekan, ayni damdagi hayotdan uzilgan uning o'y-hayollari bu yog'iga nima qilish haqida o'ylar edi. Aytilgan manzilga yetib kelgan mashina, uning haydovchisi tomonidan to'xtatildi. Mashina haydovchisi bilan yo'l kira xisob-kitobini qilgan Mahliyo undan tushdi. Uyi tomon qadam tashlar ekan, yashash joyiga olib borguvchi oraliqdagi yuz metrcha piyodalar yo'lagi uning uchun bir necha chaqirimlik masofaday tuyulib ketdi.
Sillasi qurigan Mahliyo uy ichiga kirar ekan, qornidagi bolani tug'ishdan o'zga chorasi yo'qligiga amin bo'ldi. Telefonda Kamol akasi bilan suhbatlashdi. Bu haqida Kamol akasiga aytish uchun kech tushishini kuta boshladi. Kamol akasining bolali bo'lish haqidagi istagi, uni oldirishga, qilgan qarshi hatti-harakatlarini eslab, biroz bo'lsa-da Mahliyoning dili yorishdi. Ushbu xushxabar yangilikni unga aytish uchun tadorik ko'ra boshladi.
Avvaliga uyni supir-sidir qilib, so'ngra ovqatga unnadi. Oraliqdagi vaqtda dasturxon yasatishga ham ulgurdi. O'zining qilayotgan ishlaridan birmuncha zavqlandi. Dili oz bo'lsa-da shodlikka to'ldi. Lekin u bilmas edi. Kamol akasiga aytmoqchi bo'lgan bu xushxabari natijasi o'zgacha yakun topishini...
*******************************
-Nimaaaa!!!
Nima deding hozir Mahliyo...
Chiroyli qilib bezatilgan dasturxon o'rtasidagi taomdan, shoshganicha anchayin ochiqqan qorniga og'zi orqali joylayotgan Kamolning zo'r ishtahasini, unga qo'shib zo'r kayfiyatini ham Mahliyoning biroz quvonch ila og'iz juftlab gapirgan gapi allaqayergadur qochirib yubordi.
-Bolani oldirmayman...
Agar "abort" qildirsam, bu o'zim uchun ziyon ekan. Keyin kelajagimga ham ta'siri bor ekan.
-Hazillashma Mahli... (qo'lidagi qoshiqni stol ustidagi dasturxonga qo'yga Kamol). Nima, senga bola tug'ish o'yinchoqmi?
-Kamol aka, meni ham tushuning. O'zimga qolsa tug'mas edim. Lekin nima qilay...
-Nima qilay, nima qilay...
Eeeee go'r qil, balo qil lekin tug'maysan bolani...
Kamol akasining bola tug'ilishiga xursand bo'lish o'rniga tutoqib qarshilik ko'rsatishi Mahliyoning yetti uxlab tushiga kirmagan xodisa edi. Shunda u bildiki, Kamol uni sevmagan, shunchaki, o'z hirsi manfaatlari yo'lida go'zal jononga yetishish uchun qilingan harakat ekanligini Mahliyo tushunib yetdi. Mahliyo o'z eriday ko'rguvchi Kamol akasini o'zidan bundayin osonlikcha voz kechib ketishini kutmagandi.
Uyni boshlariga ko'targanlaricha ikkisining janjali yakuni Kamolning bir shartni, ya'ni:
-Yoki bola, yoki men...
Tanla! -deya chiqib ketishi bilan yakunlandi.
Kamol chiqib ketganidan so'ng Mahliyo avvaliga turgan joyida biroz tek qotdi. Shu o'tgan vaqt ichida hayoliga tur xil fikrlar bir-birining ustiga navbat kutmay kela boshladi. O'tmishda, o'z yaqinlariga qilgan nomaqbul ishlaridan afsus chekdi. Biroz ko'ziga yosh oldi. Avvaliga afsus yoshlari bo'lib chiqayotgan ko'z yoshlar so'ngra g'azab, nafrat ko'z yoshlariga o'z o'rnini bo'shatib berdi. Ich-ichidan qaynab chiqayotgan adovatli g'azab Mahliyoning aqliy salohiyatiga turli xil nafrat uniga qorilgan fikrlarni qalashtirib tashladi.
Mahliyo ertaga va kelajakda qilmoqchi bo'lgan ishlari rejasini aqliy homcho't qilganicha uxlab qoldi.
*******************************
Sud hukmi!!!
O'zbekiston Respulikasi Jinoyat kodeksining ***-moddasi, **-qism, ** bandi bilan ayblanayotgan Mamatqulov Kamol Nosirovich aybdor deb topildi va ** yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilandi.
Hukmdan norozi bo'lgan tomonning ishni qayta ko'rib chiqish haqidagi davosi rad etilsin!
Mahliyo o'ziga nisbatan Kamolning qilgan hatti-harakatlarini javobsiz qoldirmadi. Nafaqat javobsiz, balki uni o'z qilmishlari uchun misoli yeldek yugurtirdi. O'zining ayollik makridan foydalanib, bir bolaning otasi bo'lgan Kamolni panjara ortiga joyladi.
Albatta, uning bu ishni amalga oshirishi uchun unga o'z ishining ustasi bo'lgan advokat zarur edi. Kamoldan ketiboq, chiroyli husnga ega bo'lgan Mahliyo o'z husnidan foydalanib shaharning manaman degan advokatlaridan birining jazmaniga aylandi. O'zining eski jazmanini panjara ortiga o'tkazish uchun orttirilgan yangi jazman o'z ishini qoyilmaqom qilib bajardi. Mahliyoning bu ko'r-ko'rona, jahl va nafrat ustida qilgan ishi Kamolning xonadoniga ko'pgina balolarni yog'dirdi. Uni o'z qo'lida misoli qo'g'irchoqdek o'ynadi. Alal oqibat qo'g'irchoq o'ynashdan zerikkan, undan keraklicha daromadli manfaat olgan Mahliyo uni so'nggi manzil, panjara ortiga oborib tashladi.
Kamol bilan bo'lib o'tgan ishlardan so'ng chimildiq ko'rmay juvon bo'lgan Mahliyo qornida, borgan sari kattalashib, rivojlanib borayotgan bolani tug'ishi majbur edi. Mahliyo oldinda uni qiyin damlar kutib turganini his etgancha, o'zining chiroyli husniyu, qad-u qomatini hirs, aysh-u ishrat deb atalmish bozorga soldi. Chunki, bolani tug'ish oldi va undan keyingi hayotida unga yashashi uchun mablag' zarur edi.
Advokat jazman Mahliyodan keyingi olgan ishida qing'irliklar chiqib o'zi ham ko'p vaqt o'tmay Kamolni yuborgan manzil tomon yo'l soldi. Aniqrog'i, mafiya ishiga aralashgan advokat o'z oyog'iga o'zi bolta urdi.
Mahliyoga yaqinlashgan har erkak, uning bilan bir bo'lishlik ortidan kelguvchi turli xildagi ko'ngilsizlar buluti ostida qolib ketar edilar...
Bir amallab o'z tanasidan yana bir yangi, murg'akkina tanani vujudga keltirgan Mahliyo, garchi ona deya atalmish sharafli unvonga ega bo'lgan bo'lsa-da, lek u onalik tuyg'usini o'z hissiyotlarida zarracha bo'lsa-da his etmadi. Unga doyalik qilgan shifokorning, tug'ruqxonadan chiqib ketayotganida: -boshqa farzandlik bo'la olmaysiz - degan gapi bo'lmaganida edi, onalik baxtini his etmagan Mahliyo undan osongina voz kechib ketar edi.
Ha, endi u majbur...
Shunga majburki, qarigan chog'ida uning hol-axvolidan xabar olib turish, unga qarashi uchun Kamol va u bilan oradagi jinsiy yaqinlik natijasida tug'ilgan farzandni voyaga yetkazishga majbur. Uning qo'lidagi jajjigina og'il farzand, hali bu foniy hayot, unga qo'shib o'z tuqqan onasi tomonidan ne-ne sinoatlarni olib kelishini bilmagan holatida indamaygina orom olib ketar edi...
Tug'riqdan biroz vaqt o'tib, anchayin o'ziga kelgan Mahliyo, eski ishini yana qaytadan boshladi. Yengil-yelpi hayotning quliga aylangan qiz bora-bora o'z hirsi quli, bangisiga aylanib qoldi. O'zining tanasini bozorga solganicha, turli xil yod kishilarga oddiy buyum sifatida pullar, uning ortidan o'z hirsini ham qondirar edi. Mahliyoning aysh-u ishratdan, yelgil hayotdan tarkib topgan kun-u tunlari va ularning yig'indisidan hosil bo'lguvchi haftalar, oylar-u yillari shu tarzda o'ta boshladi.
Onasining har xil erkak quchog'ida ilondayin to'lgonib, ularning hojatini chiqarish uchun qiladigan nag'malari, uning oldi-da bamaylixotir yarim yalang'och ba'zida qib yalang'och yurishlari yoshgina bolakayga, uning dunyo qarashiga qay ma'noda ta'sir etishi, o'sha paytda yolg'iz yaratgangagina ayon edi.
*******************************
Tundagi hushdorining turli xildagi vadalariyu, yolg'on avrashlari, o'ziga yor qilib olaman deyishlari, u bilan tunni o'tkazishidan chinakamiga lazzat olishi, Mahliyoning zaharlanishga ulgurgan o'y-u hayollarini bundanda battarroq tubanlikka qo'l urishiga, ya'ni, o'z tuqqan bolasini bolalar uyiga topshirishgacha yetib keldi.
Juvon qo'lida, jon holatda onaizoriga yalinib-yolvorayotgan bolakayning shovqin-suroni bolalar uyi binosining ichidagi boshqa ovozlarning ustidan o'z hukmronligini o'rnatdi, qoldi. Bino xonalaridan: bir-bora erkalamoqlikga, mehrga tashna yoshgina ko'zlarning javdirab qarab turishiga ko'zi tushgan Mahliyoning yuragi hech narsani sezmadi. Uning qalbidagi barcha ezgu tuyg'ularining barchasini uning hirs deb atalmish, faqat kayf-u safoni xohlovchi tuyg'usi allaqachon uning yuragidan chiqarib tashlagan edi.
Akromning onasiga qarata qilgan barcha dod-voylari, dilni ezib yuboradigan darajada yalinib-yolvorishlari, barcha-barchasi besamar yakunlandi. Oqibatda, taqdirga tan bergan bolakay onasining ketar chog'ida uning ortidan