tungi.ru

qimorboz 2

zarrux zarrux:

-rahmat o'zimnyogitlar bilan tanishishni istamaganman

-nega bunday

-chunki yigitlar bilan gaplashsam keyinchalik esa uylanaman deb turib oladi. Meni esa hali turmushga chiqish niyatim yo'q.

-har bir qiz qachondir turmush qurishi kerakku.

-To'g'ri qachondirda lekin hozir bo'lishi kerak deganimasku bu.

-bu gapingiz ham to'g'ri.

-o'zingizni yoqtirganingiz bormi? Aytmoqchimanki Ma'muradan keyin ham biror qiz bilan tanishdingizmi

-hozircha yo'q desa ham bo'ladi. Endi tanishmoqchiman bu so'zni u pastroq ovozda aytdi. Xo'p bo'lmasa hikoyamni davomiga o'tsam.

 Begzod Rossiya ishlagani borjshga qaror qildi. Uydagilar bilan tezda maslahatlashib yo'lga otlandi. Yetib borgach kir yuvadigan mashinani motorini ishlab chiqaradigan zavodga ishga kirdi. Ishi ko'p qiyin emas ish vaqti sutkasiga 8 soatlik bir hafta kunduz kuni ishlasa bir hafta keyingi smenada tunda ishlardi. Oylik ham uncha kattamas boshlanishiga bo'laveradi. Deb o'yladi. Zavod darvozasi oldida bir uycha bor u yerda Sasha ismli qoravul yashardi. Bir kuni zavod hovlisida aylanib yurib xayol surib bir nuqtaga qarab turgan edi. Sasha chaqirdi. Hov uka bu yerga kel dedi. Begzod borib salom berdi.

-Uka senga bir iltimosim bor

-mayli bemalol aytavering

-mana bu pulni olib ko'chani boshidagi magazinga borib vino olib kelsang

-mayli qanaqasidan olay deb pulni oldi.

-Sasha yubordi desang sotuvchini o'zi biladi.

U qaytib kelganida Sasha havlidagi o'tlarni tozalayotgan ekan.

-Ded olib keldim. (Odatda shu yerdagilar uni shunday deb cjaqiroshardi. Yoshi 61da bo'lgani uchun)

Ded o'rnidan turib qo'lini yuvib xonasiga kirib Begzodni ham taklif qildi. Vino ochib ikki piyolaga quydi. Begzod ham bundan oldin bir ikki marta ichgani uchun indamasdan piyolani qo'liga olib Ded bilan urishtirib ichib yubordi

 Kun ham shomga yaqinlashib qolganidi havo salqin osuda tun boshlanish arafasida Ded qo'liga qartani olib

-o'ynashni bilasanmi dedi.

-ha nima o'ynaymiz dedi Begzod qartaga tikilib qararkan orqasi qora naqshli plastmassa qarta edi. Bunday qartani ko'rmagan edi. Rossiyani qartasi ajoyib ekan.

-nima o'ynashni bilasan qartada

-durakni yana xulus o'ynashni bilaman shu

-xo'p unda durak suz u piyolalarni yana to'ldirdi.

Qartalarni suzdi.

-bu deyman ko'p o'ynamaysanmi deyman.

-ha do'stlarim bilan ozroq o'ynardik ilgari keyin oyog'im nogiron bo'lib qoldi. Deb qisman hayotini gapirib berdi.

-o'hho shunaqa gaplar degin meni hayotim bo'lsa bir tekisda o'tgan uylanmaganman qartani qo'liga olib aralashtirib so'zida davom etdi. Lekin bu degani ayollarga qiziayman deganimas. Begzod uni qo'liga qarab qartani aralashtirganiga qoyil qolib mahliyo bo'lib qoldi. Qargalar uning qo'lida go'yoki raqsga tushardi.

-xa shunday ayollarga suyagi yo'q ekan dema ancha ayollar bilan birga bo'lganman. Umrimni katta qismi kazinoda o'tgan. Ehhe qancha o'yinlarda ishtirok etganman. Qancha pullar yutganman endi esa mendan kuchli o'yinchilar ko'payib ketdi. Shuning uchun o'rnimni yoshlarga bo'shatib berdim. Lekin hali ham mayda o'yjnlarda ishtirok etib turaman. Blekjek o'yini bilasanmi?

-esitganmanu lekin qanday o'ynalishini bilmayman.

-menj eng sevimli o'yinim bu biror kun kazinoga borganimda seni ham oboraman. Birgalikda o'ynaymiz ungacha o'yin qoidalarini yaxshilab tushuntirib beraman. Menda blekjek qirollaridan biri yozgan kitob ham bor. Mana hozir deb o'rnidan turib televizirni yonida turgan katta chamadonni oldi. Ichidagi kitoblardan birini tanlab unga uzatdi. Mana manashu kitobni o'qisang blekjekni ancha sirlari yozilgan. Yaqinda maoshimni olsam kazinoga ham boramiz shungacha yaxshilab o'qib ichida jadvali bor. Anashu jadvalni yodlagin.

U kitobni olib yotoqxonasiga etdi. Bo'sh vaqtlarida uni mutola qila boshladi. Qayta qayta mutola qildi. Bir kun Ded bilan qarta o'ynab o'tirganlarida

-ded sizda bir iltimosim bor dedi.

-qanday iltimos ekan bemalol so'rayver

-qartani yasashni o'rgating uyga qaytganimda do'sarim bilan xulus o'ynaymiz shunga kerak bo'ladi.

-mayli baribir endi bu hunarim kerak bo'lmayapti chunki kartani hamma kazinoga borib o'ynaydi. Kazinoni esa o'z suzuvchisi bor.

Shu kundan har kuni ozroqdan kartani yasashni o'rgana boshladi. Oylik chiqqan kuni Begzod telefoniga pul solib akasiga telefon qilib gaplashdi. So'ng Ma'muraga telefon qildi. U bilan ancha vaqt gaplashdi. Ma'mura ham bir oydan beri sizni juda sog'inganini aytdi. Bunga javoban Begzod men ham deb javob berdi.

Ded va'dasida turib kazinoga borishdi.

-manashu kazino bo'ladi. Ular tor eshikdan katta xonaga kirishdi. tashqaridan qaragan odam bu tor eshik ortida buncha katta xona bor deb xayoliga keltirmaydi. Eshik oldida ikki yigit turibdi.

-kimlarnidir boy qilib kimlarnidir qashshoqqa aylantirgan joy manashu bo'ladi. Ichkarida bir tarafda o'yin avtomatlarida o'yin bo'lyapti sal besarog'dagi stollarda poker yana bir tarafda blekjek stollari yana bir stollarda har xil o'yinlar bo'lyapti ularni tushunmadi.

-bizga kerakli stol anavi yerda ded blekjek stollari tomon boshladi. stollardan birini ban qildi yaniga Begzodni taklif qildi.

-O'tirgin qani bizga ikkovimizga ham 10000rublllik fishka bering dedi diler ayolga va 10000rubl uzatdi. Ortidan Begzod ham uzatdi. Bugun qiziqib shuncha pulni tavakkal deb olib kelganidi. Yutqazsam ham mayli o'yin gashtidan bahramand bo'lganim foyda fishkalarni oldiga tahlab qo'yarkan 50 rubldan ikkovlari ham stavka qo'yishdi. Qartalar suzildi. Dedniki 10 yoniga 8 Begzodniki tuz yonida 2 dilerni ochiq kartasiga qaradi. 6 turibdi. 3kartaga yana stavka qo'yaman deb yana 50rubl qo'ydi. 3chi kartasi yan 2 obbo dedi. Dedga qaradi. U shu kartasida to'xtagan edi. Endi bor umid dilerga qoldi. Agar kartasi o'shib ketsa ikkovlarini ham yutug'i shu diler ayol 2chi kartasini ochdi qirol so'ng yana bir kartani olib ochdi 8 chiqdi. Begzod xursan bo'lib ketdi.

Oradan 2 soatdan ziyod baqt o'tgandan so'ng o'yinni to'xtatishdi. Fishkalarni naqd pulga almashtirish uchun kazino kassasiga borishdi. Naqd pullarni olarkan xursand bo'lib ketdi. 10000puli 13000bo'libdi. Ded bilan kazino bariga borib 100grammdan konyak ichishdi. So'ng qaytishdi. Ertasiga ishdan so'ng magazinga borib ded ichadigan vinodan olib dedni xonasiga kirib keldi. Televizir ko'rib o'tirgan ded

-o Begzod marhamat

-bezovta qilmadimmi

-yo'q nega unday deysan bir o'zim zerikib o'tirgandim.

-Begzod qo'lidagi vinonu stolga qo'ydi. Balki tonog'ingizni xo'llaysizmi deb ogandim.

-sen ichimdagini bilding o'zi ichgim kelib magazinga borishga erinib turgandim. Yosh o'tgan sari odam dangasa bo'lib borarkan. Ayniqsa mendek yengil ishga ishlagab odam yanada tanbal bo'lib qolarkan mashina keladi. Ketadi. Darvozani ochaman yopaman qiladigan ishim shu manashu zormondadan ichmasam uyqu ham kelmaydi. U bu gapi bilan vino quy degan ma'noni anglatdi. Begzod vinoni ochib ikkita piyolaga quydi. Zakuska uchun olib kelgan sir bo'lakchalarini stol ustiga ochib qo'ydi.

-qani ded oldik bo'lmasam buni

-xo'p so'g'lik omonlik omad hech qachon bizni tark etmasin ishlarimizni ovojini bersin. Piyolalarni ziringlagan ovozi chiqdi.

-ded sizdan bir narsani iltimos qilmoqchi edim.

-bemalol ha aytganday krlechagi o'yin qanday bo'ldi.

-kechagi o'yin juda zo'r bo'ldi. Mazza qilib o'ynadim o'ziyam menga kazinoda o'ynaladigan boshqa o'yinlarni ham o'rgatsangiz.

-menda yana bir kitob manashunda kazinoda o'ynaladigan hamma o'yinlar haqida ma'lumot bor. Yana bir kitobni uzatdi. Manashuni o'qisan kazinodagi barcha o'yinlar haqida ma'lumot berilgan. Poker ruletka bakkarat deysanmi hammasini o'ynash qoidasi strategiyasi mashur o'yinchilarni tavsiyasi berilgan. O'qob ko'r tushunmagan narsang bo'lsa yana so'raysan.

-xo'p deb kitobni oldi. Shu kundan kazinoda o'ynaladigan o'yinlar haqida batafsil o'qib o'rgana boshladi. Keyingi oylik chiqqan kuni pullarni akasiga jo'natdi. 10000 kazinoga borish uchun olib qoldi. Telefoniga bu oyda pul tashlamadi. Chunki puli bir oy davomida tugamadi. Bu yerni telefon kompaniyalari insofli ekan. Bir oyda ham gaplashib pulini tugataolmadim. Bo'lmasa deyarli har kuni Ma'muraga telefon qilib gaplashardi. Kechki soat 4 da ishdan chiqqandan so'ng to'g'ri Dedni kulbasi tomon yurdi. U bilan salom alik qilgandan so'ng

-qani ketdikmi

-hozir 5 daqiqa u aytganidek 5 daqiqada tayyor bo'ldi.

-ded bugun poker o'ynasak nima deysiz menimcha boshqa o'yinlarga nisbatan pokerda pul yutish osonroqmi deb o'ylab qoldim.

-xa gaping to'g'ri lekin pokerda yutqazish ham juda oson unda sen kamida psixolog bo'lishin kerak. Chunki faqat psixologga ma'lum bo'lgan narsalar bor misol uchun raqibing qachon bor qartada o'yin qilyapti qachon esa buning teskarisi tushungandirsan

-agar yaxshi kartada o'yin qilsamchi

-unda yutolmaysan birinchidan past qaryaga o'ynamaysan yutqizasan katta qartada o'ynaganingda esa hech kim pul tushmaydi. Chunki qartang kattaligini bilib bo'ladi. Ikkinxhidan yaxshi o'yinxhi yaxshi kartani kutmasdan bor karta bilan to'g'ri o'yin qila bilishi shart. Pokerni jadvali berilganidi shu jadvalni yod oldingmi

-xa albatta

-unda qirol va sakkiz ikki xil gulli qanday qarta ekan

-o'yinga yaroqsiz

-ikki xil gilli dama sakkizchi

-u ham

-juft yettilarchi

-hamma posizsiyada o'ynaladi.

-guli bir xil qirol va o'ntalikchi

-u ham istatgan pozitsiyaga o'ynaladi.

-xa yaxshi pokerda muhimi harakteringni bildirib qo'ymasliging zarur ya'ni ba'zida yo'q qarta bilan ham o'yin qilish kerak. Shunda raqibing hammavaqt ham yaxwhi kartada o'ynamasligingni biladi. Qolaversa raqibingni ham kuzat qayerdadir xatosi bo'ladi. Ya'ni yaxshi kartasi bor vaqtda nimasi bilandir ajralib turadi. Misol uchun sigareta olib chekadi. Bu uning xavotirsizligidan darak beradi. Ya'ni sen pul tushasanmi yo'qmi endi unga ahamiyatsiz chunki olish ehtimolli juda baland bemalol sigaretasini olib chekaveradi. Chek deb atrofdagilarga bir qo'r o'g'rincha qarab quysa demak unda 3talikni o'zidayoq nimadir bor. Setmi yoki 2ta juft qartami yo undan ham kattarog'i u o'zi pulni tushib qartasini sezdirmoqchimas kimdir pul tushishini poylaydi. Bu qarmoq tashlash deyiladi.

 Kazinoga kirishgach poker stollaridan biriga borib o'yinga qo'shilishdi. Stolda oldin 4kishi ular qo'shilishganda esa 6 kishi bo'lishdi. Davrada Anna ismli ayol qimorboz ham boridi. Asli o'zi katta davralarda turnirlarda o'ynaydigan bu ayol bugun katta o'yinlari oldidan mashq qilib o'ynash qobiliyatini yanada oshiryapti yoki kamayib ketmasligini oldini olyapti. Uning bu o'yinni o'ynashiga hozirgi stol atrofidagi o'yinchilar sayozlik qilyapti shuning uchun raqiblarini zeriktirmaslik uchun bazida ataylabdan ham yutqazib turibdi. Uning uchun hozirga mayda pullar ahamiyatsiz u shunchaki o'ynayapti yutadimi yutqazadimi uning o'zi uchun bir tiyinlik qizig'i yo'q davraga Ded va Begzod qo'shilishganidan so'ng o'yin qizg'in tus ola boshladi. Chunki har ikkalsini ham omadi chopib yutaboshlaganidi. Ikkovini ham kayfiyati a'lo kazino xizmatchisiga 2ta stakan konyak aytib ichishdi. Anna esa o'yinga deyarli tortishmasdi uni darajasi 3 chi o'rinda tushib qoldi. Lekin Begzodni bir martaham tushiraolmadi. Undan boshqani harakterini o'rganib bo'lganidi hatto Dedni ham ful hausga tushirib 5000 rublini oldi. Lekin Begzodni bir martaham tushirolmadi. Aksincha 2 marta kam kamdan Begzod uni tushib oldi. Yutish ehtimoli 90 foiz bo'lgan joyidan yutqazib berdiya.

-ismingiz nima -Begzodning yuziga tik boqib so'radi.

-Begzod endi u raqib ayolga yaxwhiroq e'tihor berib qaradi. Yuzlari och bug'doyran sochlari malla qomati kelishgan yoshi taxminan 24 yoki 25 larda bo'lsa kerak. Yuzida umuman pardoz alomatlari bilinmaydi. Shunda ham uning yuzi ajoyib chiroyi edi.

-Begzod

-xa men Annaman biroz jilmaydi. Uning bu jilmayishi o'ziga judaham yarashardi. Chetdan qaragan odam bu ayolni umuman qimorboz deb o'ylamaydi. Chet elning oddiy ishchi ayoli. bo'lsa kerak deydi. Chunki qimorbozlarga bor o'tkirlik yo'q edi uning nigohida balki bugun shundaydir boshqa vaqtlarda shu o'tkirlikni topish mumkindir ortiqchasi bilan qartalar suzilarkan Begzodning bor fikr e'tibori faqat qartalarda sekin qartalarni ko'rdi. 2ta valet qarta stavkani 1000ga oshirdi. Dedni qo'lida 2ta tuz qarta u 10000ga oshirdi. Annada 9va 10 talik toppon nima bo'lishi qanday qarta ochilishi uni juda ham qiziqtirb qo'ydi. U ham hisobni tenglashtirdi. Begzod ham tenglashtirdi. Qolganlar qartalarni yotishdi. Diler 3 ta qartani ochib qo'ydi. 1chisi tuz toppon ortidan valet toppon so'ng chillik valet Begzod chek dedi. Ded yana 10000 qo'shdi. Qolganlar ham tenglashtirdi. Turn qarta (pokerdagi 4chi qarta shunday deyiladi.) Dama chillik ochildi. Ded so'nggi 10000ni ham qo'shdi. Oldida boshqa fishkasi qolmadi. Anna biroz o'ylanib qoldi. Autlarim qancha fleshga 9 ta striga 8ta jami 17ta u ham tenglashtirdi. Begzod ham river ( pokerdagi 5 ochiladigan qarta) ochildi qirol toppon anna yana 10000 qo'shdi. Begzod hammasi deb 15000ni surib qo'ydi. Hisob tenglashdi. Anna menda flesh deb qartasini ochdi. Ded menda eng katta ful hous dedi. Anna biroz xafa bo'ldi. O'zi kamida ful haus bo'lmasa bu chol pul tushmasligini sezgan ham edi. Begzod xursand bo'lishga shoshilmang menda 2 ta valet deb qartasin ochivlb qo'ydi. Hamma qoyil dedi.

-endi ketadigan vaqtimiz bo'ldi. Ded o'rnidan qo'zg'aldi.

-xo'p janoblar unda menga ham ruxsat o'yin ajoyib bo'ldi. Begzod stoldan turib fishkalarni yig'ishtirb oldi.

Anna ham qo'zg'aldi.

Kassa oldidan pochka pullarni qo'liga ushlab xursand qaytayotganida Anna to'xtatdi.

-kechirasiz telefon raqamingizni so'rasam bo'ladimi

U raqamini aytib yana uchrashguncha deb yo'lida davom etdi. Qiziq nima qilarkin meni raqamimni yo yoqtirib qoldimikin unday bo'lsa yaxshikuya pullarini qaytib so'ramasa yaxsh edi. U birov quvayotganday kazinodan otilib chiqdi.

-ded bilan o'zlari ichadigan vinodan 2ta olib qaytishdi. Qaytganlaridan so'ng. 2 ta piyolaga vinoni to'ldirib quygan Begzod xa aytgancha deb cho'ntagidan pul chiqardi. Mana sizniki edi. Deb 30 ta mingtalikni sanab dedga uzatdi.

-menga kerakmas axir bu pullarni sen yutib olding. Agar men yutganimda ham qaytarmasdim.

-olsangizchi axir siz mening ustozimsiz u pullarnj stolni bir chetiga qo'ydi. Xa oldim bo'lmasa piyolalar bir biri bilan to'qnashdi.

-xa ajoyib o'yin bo'ldi o'ziyam rosa mazza qildim. Shuncha yutug'a buncha pulni topish uchun 3 oy ishlashim kerak. Lekin shu uch oylik mehnatni pulini bir necha soatda topsaga qoyil.

-xa o'ziyam zo'r o'ynading qoyil qolish kerak ayniqsa oxirgi o'yin juda qiziq bo'ldi. 2tuza ex deb boshini sarak sarak qildi. Shunchalik katta qarta hech nimaga yaramasaya ful hous bo'lib ham olomasama -lekinyutqazganim yo'q pullarim ortig'i bilan qaytdi har holda

-xa endi keyingi maoshni kutamiz olishimiz bilan yana kazinoga ravona bo'lamiz.

-xa o'yinda me'yor bo'lgani yaxshi bu o'yin xuddi mashuqa ayolga o'xshaydi. Qancha sog'intirsa diydor shunchalik shirin bo'ladi.

Bu gaplarini eshitib turib Ma'muraga telefon qilish yodiga tushgan Begzod xa endi men borib yotay ertaga ishdan so'ng yama kelaman deb qo'zg'aldi. Dedni xonasidan chiqarkan telefonini olib Ma'muraga telefon qildi. U bilan ham ancha miriqib suhbatlashdi. Ertasiga tushlik vaqtida telefoni jiringladi. Rosilsiyaning notanish raqami

-a'lo eshitaman

-yaxshimisiz degan ayol tovushi keldi.

-yaxshi o'zingiz yaxshimisiz kechirasiz tanimadim.

-men Annaman kechagichi

-xa Anna sizmisiz

-xa men do'stlarni tezda unutish yaxshimas

-yo'q men xaligi deb o'zini oqlashga so'z qidira boshladi.

-o'zingizni oqlashga so'z qidiryapsizmi buning faqat bir yo'li bor.

-qanday yo'l ekan.

-men bilan birga tushlik qilish

-ammo men ishdaman hozir chiqaolmayman.

-ish yurituvchi bilan allaqachon gaplashib qo'ydim. U hozir sizga javob beradi. Darvoza oldida esa mashina turibdi. U sizni meni oldimga boshlab keladi. Tezda keling kutaman.

Haqiqatdan ish boshqaruvchi kelib bugun sen bo'shsan dedi. Kiulyimlarini almashtirob bo'lib chiqib mashinaga minib u boshlagan tomaonga yo'l oldi.

Mashina ulkan restoran oldiga kelib to'xtadi. Mashinadan tushib bu binaga boshini ko'tarib tikilib kirib kirdi. Restoran xizmatchisi Anna o'tirgan stolga boshladi. Stol yoniga yetib kelganidan so'ng xizmatchi stulni tortib uni o'tirishini aytdi. U o'tirib yana bir bor Anna bilan salomlashdi.

-xa ajoyib restoran ekan

-sizga yoqqanidan xursandman.

-nima ichkilik aytamiz konyak bo'lsa yo'q demasdim.

Anna konyak va yana har xil salat va mevalar buyurtirdi.

-Begzod qayerdansiz u ishva bilan gapira boshladi.

-men o'zbekistonlikman

-xa men esa Moskvada tug'ilganman.

-kechagi o'yiningiz to'g'risi meni lol qoldordi. Hozir sizdek o'yinchilarni topish qiyin bo'lib qolgan.

-yog'e juda maqtab yubordingiz. Shunchaki omadim keldi.

-xa qanchadan beri poker o'ynaysiz.

-kechagi o'yin birinchi o'ymashim edi.

-yog'e kecha soddaroq bo'lib ko'ringan edingiz aslida yolg'onni ham ishontirib gapirarkansizku nima sodda qiz bo'lib ko'ringanim bilan aslida pishiqman vaqatgina ko'rinishim sodda aslida pishiqman shuning uchun meni kiydirishga urinmang.

-yog'e qanaqa kiydirish men rostdan ham pokerni kecha birinchi marta o'ynashim bundan oldingi oyda maoshimni olganimda Ded bilan blekjek o'ynaganidim bu safar esa poker o'ynadik. Yaxshi qartalar kelib yutdim. Ishonsangiz ishoning bo'lmasa o'zingiz bilasiz.

-xa mayli gapingiz rostligiga umid qilaman aslida buning ahamiyati ham yo'q lekin birinchi o'yinda shunchalik yutish qoyil qolmasdan ilojim yo'q to'g'risi -lekin Anna baribir uni birinchi marta o'ynaganiga ishongisi kelmadi.

-blekjek qanday bo'lganidi yutganidingizmi yoki yutqazgandingizmi

-blekjek ham ajoyib bo'lganidi 3000yutibman.

-xa O'zbekistondanman dedingiz u yerda nima ish qilgansiz

Begzod boshidan o'tqazganlarini qisqacha so'zlab berdi.

-O'xxo' bu gaplaringizga ham ishonish qiyin sizni hayotingiz rostdanam omadli yoki meni qulog'imga lag'mon ilyapsiz. Men bugun sizni bu yerga taklif qilganimni boisiki sizga bir taklifim bor agar ko'nsangiz

-xo'p eshitib ko'raychi taklifni eshitmasdan qanday rozi bo'lishim mumkin

-sizni kattaroq o'yinlarga taklif qilmoqchiman.

-kattaroq qancha katta

-millionlik o'yinlarga sizni qobiliyatingiz bor bu qobiliyatda to'g'ri foydalana bilish kerak.

-millionlik deng menda uncha pul nima qiladi. Yo biron boyvachchani bolasi deb o'yladingizmi

-pulni men beraman

-men bu yerga ishlagani kelganman qarzga botganimas. Menga katta pul berib o'yinga oborasiz u yerda esa kuchli 9'yinchilar bo'ladi. Men bor budimni yutqazganimdan so'ng u pulni sizga qaytarishim uchun bir besh yoki o'n yil ishlashimga to'g'ri keladi.

-meni taklifim sizga pul beram siz o'yinda o'ynnaysiz men ham bo'laman shu o'yings yutsangiz yutug'ingizni 10foizi sizga qolgani menga agar yutqazsangiz bir tiyin ham to'lamaysiz bu zararsiz foyda

-xa juda yaxshi taklif bo'ldi. Unda men roziman xo'p o'yin bo'ladigan kun men sizga o'zim xabar beraman.

Begzodni hikoyasi shu yerga yetganda uning telefoni jiringlab qoldi.

-eshitaman.

-aka yaxshimisiz men kechagi akangizning do'sti Akmalman

-xa Akmal aka yaxshimisiz

-sizga bur iltimosim boridi

-xa qanday iktimos bemalol

-shu menga qartani yasashni o'rgatsangiz degandim.

-meni qartani yasashni biladi deb kim aytdi sizga

-hech kim aytgani yo'q o'zim kecha ko'rdimku agar istasangiz o'rgatganingiz uchun yaxshigina pul to'lashim mumkin.

-balki shumdaydir lekin men ertaga cjet elga jo'nab ketaman.

-Aka hech bo'lmasa bir ikki usullarni o'rgatib keting.

-xo'p hozir qayerdasiz qishloqda unday bo'lsa 2 soatlardan so'ng o'sha yerdagi qabristonda uchrashamiz.

Telefonni o'chirdi.

-nima rostdan ham chet elga ketmoqchimisiz

-xa shunday 2 kundan so'ng katta o'yiin bor shunga qatnashishim kerak.

-xa unda qolgan voqealarni kelganingizda so'ng so'zlab berasizmi

-yo'q hozir qisqacha aytib ketaman. Chet eldan qaytmasligim mumkin. Xullas Anna bila birgalikda ancha o'yinlarga qatmashdik. Ko'pida katta pullar yutdik. Shu bilan pulom ko'payib ketdi. Bor gap shu.

-to'xtang-to'xtan Ma'murachi qachon eri bilan yarashdi. Axir to'yni ertasi kuni ajrashganidi ku

-ha umi bir kuni Anna bilan juda katta turnirda o'ynayotgan

Boshqa hikoyalar