tungi.ru

KIMNING AYIBI BU? By UNDISPUTED... 5-Qisim

Jiddiy sabablarga kora

davomini endi yozyapman...

Avvalgi Qisimlar

1-Qisim

2-Qisim

3-Qisim

4-Qisim

By UNDISPUTED

Shunday qilib o'zimdan

xursand edim. Akbar akaning

telidan Yagonani kuzatib

ketardim. U ko'zlarini men

tarafga kop bora

qaratayotgandi. Men uni korib

turganimdan bexabar edida.

Uni tomosha qilar ekanman

uning kozlarida qandaydur

sehr bordek edi. Qop qora

kozlari tiniq yuzlari meni adoyi

tamom qilardi...

Chamamda shahar ichiga yetib

keldik...

Chunki kop qavatli uylar korinib

qolgan edi...

Men bundan xavotirlana

boshladim. Chunki

Yagonamdan judo bolishimni

bilib turardim. Undan qayerda

oqishini sorashdan esa

qorqardim, juratim yetmasdi...

Nihoyat yetib keldik...

Qizlarni o'z manzillariga

yetkazgach qizlar Akbar akaga

pulni berishdida hayr , rahmat

degancha kop qavatli binoga

kirib ketmoqda edi. Men esa

uni bir bora qarashiga intizor

edim...

Qararmikin yoki yoqmi. O'zimga

o'zim shart qoydim. Agar

qaramasa uni unutaman. Agar

qarasa(nima qilarimni

bilmasdim).

Akbar aka pullarni sanaguncha

ular bino eshigini oldiga

yetishgandi. Men hali hamon

unga termulib turardim...

U esa huddi modilerlardek

ohista ketib borardi. Nihoyat u

men tarafga, yoq yoq men

tarafga emas menga qaradi.

Men ham unga qarab turardim.

Shu payt Ruhshona uni bir

turtdida menga qolini siltab

"xayr" ishorasini qildi. Men ham

qolimni ohista siltab turardim.

Ular kirib ketishdi... Huddi

yuragimga sovuq qish fasli

kirib kelganday boldi...

-Timur

-ha Akbar aka

-endi gap bundoq.

-hozir ikkimiz zooparkga

boramiz. Seni ukamga tavsiya

qilaman

-rahmat sizga .

Yana yo'lga otlandik.

10 daqiqacha yurdik

chamamda...

Nihoyat yetib keldik zoo park

degan joyga . Ichkariga

kirarkanmiz oyoqlarim

qaltirardi...

Ha bu yerda chindan ham

hayvonlar kop edi. She'rlar,

Yo'lbars, tog' echkilari

vohakazolar...

Biz bog'ning chetrog'idagi

o'rtacha kattalikdagi binoga

kirdik. Adashmasam 14 -

xonaga kirdik.

U yerda bizni deyarli Akbar aka

bilan bir xil odam quchoq ochib

kutib oldi...

-iye aka keling deb akasi bilan

quchog'lashik sorashdi. Men

bilan ham qol berib

xushchaqchaq sorashdi.

Korinishidan yaxshi odamga

oxshaydi...

-ukam seni oldinga bekordan

bekorga kelmadik dedi Akbar

aka.

-xosh aka gapiravering nima

gap, nima xizmat.

-bu yigitni ismi Timur. O'zimizni

shahardan.

-xosh

-Bu yerga ish izlab kelibti. Seni

oldinga olib kelaverdim. O'zi

judayam zor bola...

U menga Yuzlandi va so'radi.

-xosh yigitcha qo'lingdan nima ish keladi

-hamma narsa dedim biroz o'ylanib

-yaxshi undan bolsa buguncha damingni ol. Ertaga soat oltidan ishga kelasan. Nima ish qilishingni o'shanda aytaman...

-xop raxmat.

Akbar aka ukasi bilan xayrlashdida u yerdan chiqdik...

Hamma ishlarim a'lo edikuya , ammo meni bir narsa o'ylantirardi. U ham bolsa "Qayerda tunash" muammosi edi. Ilojim yoq edi. Qisinibgina Akbar akaga aytdim.

-Akbar aka

-ha Nima boldi

-sizga raxmat. Mingdan ming minnatdorman. Sizdan u dunyoyu bu dunyo qarzdorman...

Sizi o'z akamdek hurmat qilaman dedim .

-eeh u uka bu dunyo qaytar dunyo. Nima eksang shuni o'rasan. O'zi 5 kunlik dunyo bu. Shu oz fursatni ham boy bermasdan odamlarga yaxshilik qilish kerak.

-ha tog'ri.

-iyaa aytgancha tunashga joying bormi?

Ana bolmasam. O'zimdan uyalib ketdim. Ahir o'zingiz o'ylab ko'ring. G'irt begona inson sizga shuncha yaxshilik qilsa. Siz qanday ahvolga tushardingiz.

-yoq , ammo topaman dedim.

-eh ukama. Nima bu yer senga qishlog'ingmidi? Qayerga borsang uyini berib qoyadigan. Bu yerni Poytaxt deyishadi. Hali yoshsanda keyin tushunib olasan.

-Haa

-yur men bilan... Bir paytlar Bu yerlarga kelinoying bilan kochib kelmoqchi bo'lib yaxshi niyatlar bilan uy olgandik...

Keyin taqdirning taqazosi bilan yana osha joylarda qolib ketdik. Hozir 2 ta talaba kvartirada turadi. Bo'sh xona bor sen ham o'sha yerda turib turasan.

Boshimda og'riq turdi. Nega, nega bu inson menga bunchalar mehribonlik qilyapti.

-xop dedim.

Shunday qilib 10 daqiqada kop qavatli uylardan biriga yetib keldik. Zinalardan ko'tarilib 3-qavatga chiqdik. Adashmasam 9 etajli bino edi.

Akbar akam eshikni taqillatdi.

Chamasi 10 sekundda menga qaraganda sal ozg'inroq bir bola eshikni ochdi...

-ASsalomu Alaykum keling Akbar aka.

Shunday deb bizga yo'l boshatdi.

Biz ham u bilan sorashib ichkariga kirdik.

Shinamgina edi. Bilishim boyicha 4xonali uy edi. Akbar akam bilan kirib oshxonadagi stulga otirdik. Haligi bola tez choy damlab oldimizga qoydida o'zi ham o'tirdi.

-gap bundoq Ikrom. Bu bola Timur mening shahrimdan.

Ikrom men bilan yana bir bor sorashib tanishganidan xursand ekanini aytdi.

Akbar akam meni ham shu yerda turishimni aytdi.

Meni bir xonaga olib kirdida shu xona seniki dedi. Xonada bir kishilik divan, shkaf bor edi.

Hammadan uzr soragan holda

Davomi Bor...

O‘xshash hikoyalar