tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (1 - Qism...)

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim...

(1 - Qism...)

MUQADDIMA.

Tun oydin, lekin oy tevaragida unda-bunda bulutlar suzub yurar edi. Shirin bilan yaqin jo`ramning to`yidan qaytayotgan edik. Birozgina shanpan ichganim uchun sarhushligim bor edi, shu sabab yana hamrohimni zeriktirib qo`ymaslik uchun og`zim tinmay, do`stimning to`yi zo`r o`tgani, kuyov jo`ralikni do`ndirganim, davrani rosa qizdirganim haqida so`zlab maqtanar edi... Shirin esa, istar-istamay menga quloq tutar, ilojini boricha ildam yurar, sezdirmaygina goh-goh hursunib qo`yardi. Uning qulog`i menda bo`lsada, hayoli umuman boshqa tomonda. Tahmin qilardim, uning hayollarda nimalar borligini. Tushunaman ruhsat etilgan vaqtdan ancha kech qolganimiz uchun onasi urishib berishidan havotirda edi.

Biz o`zimiz ``jin ko`cha`` deb ataydigan muyulishga kelganimizda, oy yon tomonimizga o`tib, soyalarimiz ariq bo`yidagi tollar poyiga yonboshladi. Shu top birdan Shirin vahima aralash, huddi sharpalar taqib etayotganday o`sha tomonga ko`z tashlab pinjimga kirib ketguday yaqinlashdi.

- Nima! -avvaliga tajjublandim, lekin qo`rqayotgani tezda fahimladim, - Tinchlikmi?

- Shu... Shu tollarni kesib tashlashmadida! Kimga kerak o`zi! -dedi, qo`rqayotganidan ovozida salgina qaltiroq turib.

- Iya!.. Gullar malikasi, qo`rqib kettingmi? - kuldim, -Men yoningdamanku!... - o`zimni botir ko`rsatib Shirinni bu yoniga o`tqazdim. Yelkasiga do`stona qo`l tashlab oldim. - Qo`rqma men har kuni shu yerdan o`taman. Qo`rqsang kalima qaytar, yaratganni o`zi asraydi har qanday balo qazolardan.

Aslini olganda o`zim ham juda botir emasman, ins-jinslar borligiga ishonaman. Shuni uchun beymahalda, doyim kalima qaytarib yuraman, ayniqsa bu tunda vahimali bo`lib qoladigan yo`ldan yurganimda.

O`zimham ichimda kalimda qaytara boshladim. Shirin esa astoydil ovozini chiqarib shivirlagancha kalima qaytarardi. Shu top, tollar panasida allina shiriladi. Shirin yanada qaltirab, pinjimga suquldi. Oy oydin bo`lsada, tollar panasida bizga qarab turgan sargimtir jonvorga ko`zim tushdi. Engashdimu, yo`ldan biri tuhumday, biri yong`qday keladigan toshlarni olib, o`sha tomonga ketma-ket uloqtirdim. Biriga chap berib qochidiyu, ikkinchisi borib oyog`iga tegdi... Eeh bechora it vangillaganch qochib qoldi.

- It ekankuuuu! - dedi Shirin ko`ksiga ``tuf-tuf`` deb tuflab qo`yarkan.

- Eee gullar malikasi... Seni deb Qodir novvoyni begunoh kuchuki, kaltak yediya!

- Ayib egasida, kech bo`lganda, eshigini berkitib qo`ymaydimi?!

- Qo`rqib ketdingmi? - uni tinchlantirish uchun asta uning qo`llaridan, tutdim, - Yoningdamanku, qo`rqma!

- Rosa kech qoldikda! - allanechuk sovuqqina, qo`lini tortib oldiyu, ildamlab qadamini tezlatdi, - Tezroq yursak bo`lardi...

Indamay ortidan yurdim, biroz yurgach sekinlab ortiga qayrildi, boyagi ishidan keyin gapirshdan to`xtab jiddiylashib qolganimni ko`rgach, ko`nglimni ko`tarishni istadimi jilmayib qarab, yelkalarimiz tegar darajada yaqinlashib oldi.

- Shirin senga bir qiziq narsa aytib beraymi? -dedim, salgina ko`z tashlab. U bosh irg`adi. - Bir kuni yoshina yurak onasidan beyso`roq yolg`iz sayrga chiqibdi. Sakrab o`ynab, hiyobon aylanib yurar ekan, nogoh qarshisidan o`ziga oxshagan yana bir jajji yurakcha chiqib qolibdi... -dedim, unga termulib, birzum jim qoldim.

- Keyinchi? - qiziq tuyulgandek u kuldi, - Shu holosmi?

- ``Kel ikkimiz do`st bo`limiz`` deb aytibdi birinchi yurakcha ikkinchisiga qo`l uzatib. Ikkichi yurakcha ham birinchisini qo`lidan tutibdi... Ikki yurakcha do`stliklaridan baxtiyor bir, birlariga jilmayib qarashibdi. Birga sayr qilishibdi, o`ynab kulishibdi. Tushga yaqin, biroz charchoq yozish uchun yo`l yoqasidagi o`rindiqqa o`ltirishibdi. Shu choq ko`zlari biroz narida ularni diqqat bilan kuzatib turgan alomat kimsaga tushibdi...

* * *

Dam olish kuni edi. Oyim ikki bor uyg`otganlariga ham qaramay, yuzimni qattiq bosgancha, yostiq quchoqlab, shirin uyqumni buzgum kelmay yotardim. Oyim uchunchi bor xonamga kirganlarida uyg`otib o`tirmadilar. Tezda qaytib chiqib ketdilar. Sal o`tib esa ko`chada yotgandek, kuzning sovuqqina havosidan tanam junjuka boshladi. Uyqusiragancha choyshobni ahtarib paypasladim. Topolmagach, uyg`onishga, o`rnimdan qo`zg`olishga majbur bo`ldim.

``Voooh onam, onajonim-aaa!``

Ustimdagi choyshobni olib, ko`chaga qaragan derazani lang ochib qo`yibdilar. Bu ham sovuq kunlarda uyquchilarni uyg`otishni samarali yo`li ekanda!

Esnoqdan qutulolmay, ko`zimni uqalagancha, birinchi navbatda quvvatlagichga qo`yilgan telifonimni oldim. Yuruqlikdan ko`zim jimirlab, senses ekranini siypalarkanman soat tongi 6:10 ligini ko`rib norozi qiyofada oshxonada yurgan onamga bir qarab qo`ydim.

``Nega biznikida sahar-mardonlab uyg`otish odatga kirgan-aaaa! Yana 20 minutcha uhlasam bo`lardi-ku!``

O`zimga-o`zim arzidod qilgan bo`ldim. Baribir uyqu buzlganidan so`ng qaytib uhlash mazza emasda.

Yengil harakatlar bilan, chigilimni yozib, tanamni qizdirgancha biroz jismoniy mashiqlar qildim. Foydasi tezda sezildi chog`i, boya tanamni junjuktirib, asabimni buzgan sovuq havo endi dimog`imga hush yoqib, kayfiyatimni ko`tardi.

Qishloq chetida, dalalar bo`yida yashashning ham o`zgacha gashti bor. Tongi shudring, yoqimli epkin, kislarodga boy havo. Deraza qarshisiga borarkanman, toza havodan simirib-simirib o`pkamni to`ldirdim.

``Vooh kuzning mo`jizasini!!!``

Yo`lning narigi tomonida devorsiz chorbog` bor. Chorbog`ning qirg`og`iga ekilgan ikki qator teraklarda yakka-dukka bargi qolibdi. Qolgani esa go`yo siriq, qizg`ich, zarg`aldoq rangli gilam to`shalgandek yo`lga to`kilibdi.

Deraza tokchasiga tizzamni qo`ygancha, bu go`zal manzarani telifonda suratga oldim va darxol ekran foniga joylashtirdim. Chorbog`ni u tomonida Toshtemir fermerning jo`hori ekilgan katakon dalasi bor. O`sha tomonga ko`zim tushdi. Dala ichida jo`xori poyosidan so`ta qayirayotgan odamlar ko`rindi. Derazadan boshimni chiqarib atrofga qaradim. Fermerni o`g`li Sherali allaqachonlab turib, hosilni yig`ishni boshlabdi.

``Mana qanday odamlar bor! Biz g`aflat bosib yotganimizda bular allaqachon ishni boshlagan. Shuni uchunam topganida baraka bor. Meni esa onam 6:10 uyg`otganlaridan hafa bo`lib o`tiribman-aaa!``

Fikrimni o`qigandek oshxona tomondan onamning jarangdor ovozlari keldi:

- Rustam... Turaqol o`g`lim...

Onamning ovozlariga taqlit qilgancha, katakdagi kurkalarim ham ``quli-quli, quli-quli`` deya ovqatimni ber deganday ovoz qilishdi.

- O`rnimdan turdum mana...

Onamga javob qaytarakanman, dalada ishlayotganlarga havas bilan tikildim.

Sherali jo`horini sotadi, unga pulini berib, yarim presep olsam bo`larkan. Dikuga solib yanchitib, kurkalarga bersam zo`r semiradida. Yangi yilda opam, pochcham, jiyanlaim kelganda duhobkada pishirardik...

Ertalabdan ko`ngilga yaxshi niyatlarni joylab, derazani berkitib xovliga chiqdim. Yuz qo`limni yuvib, kurkalarga yemishini bergach nonushtaga o`ltirdim.

- Oyi mashina qani? Dadam biror joyga kettilarmi? - Oshga kettilar, buryo`la bozor-uchar qilib kelishadi...

- Aytib qo`yishmabdilarda menam bozorga borishim kerak edi. Dam olish kunimda borib kelmasam keyin vaqtim bo`lmaydi.

- Bozorni qo`ytur o`g`lim, sen bugun opangnikiga borib kel.

- Tinchlikmi?

- Maftuna (opamni qayni singlisi) bugun dugonasi Rayhonni olib keladi. Tunov kuni men o`zim ham ko`rdim. Vooy biram yaxshi qiz ekan...

Onam chayqalgancha Rayhoni tarifini keltirib, husni malohatiyu, go`zal fazilatlarini sanab o`tarkanlar, uni bo`lg`usi kelinlari o`rnida ko`rayotganlarini yashirib o`tirmadilar.

``Shu opamga ham hayronman, menga qiz topish chekiga tushganmi! Avval qiyni singlisi, endi uni dugonasi!``

Ochini aytasam, onamning bu xabari, menga yoqmadi. Opamdan jahlim chiqdi.

- Nega o`ylanib qolding? - dedilar onam, choy ho`plagancha uzoq jim qolganimdan sarosimalanib.

- Ha, o`ylash kerakda oyi. Uylanish o`ylamay qiladigan ishmasku, to`g`rimi?!

- Sen o`ylab bir qarorga kelguningcha soqoli serkillagan chol bo`lasan... Qachon onang haqidaham o`ylaysana?

Onam rat etishimni sezgandek, hunobi oshib, jahil qilgancha dasturxondagi idishlarni yig`ishtira boshladilar.

- Oyi go`yo meni 40 qa chiqqandan gapirasiza! Endigina 23 ga to`lgan bo`lsam, keyin uylanish o`yinchoq emasku? Avval o`zimni o`nglab olay. Qiladigan ancha ishlar bor. Anovi qo`shni chorbog` sotar ekan, shuni olmoqchiman. Issiqxona quramiz. Keyin manabu, uyni yana bir yevro remont qilishim kerak. Tagimga bitta mashina ham olay. Innaykeyin uylanish masalasiga navbat kebqolar...

- Innaykeyin, innaykeyin!!! Heey joning omon bulgur, dadang, men tuni-kun bekorga ishlayabmizmi? - onam jahil qilgancha, idishlarni sharaqlatib, stol ustiga qo`ydilar. - Hech tashvesh yema, yeg`ib-terganimiz sezi barcha orzu havaslaringa yetadi o`g`lim... O`sha chorbog`ni men o`zim olib beraman, mashina masalasiga kelsak, bitta xovliga bitta mashina yetadi, uy esa hech qanday remontga mutoj emas. Sen bekorga bosh qotirguncha, yaxshisi menga bitta kelin opkelish haqida o`yla... Qachongacha qo`lim kosov, sochim supurga bo`ladi?! Qachon bitta kelin kelib, meni ham ishimni yengillatadi aaaa?

- Kelinni qo`yaturing oyi. Hozir ortiqcha nonxo`rni nima keragi bor... -gapni hazilga burdim. - Nima ish qilish kerak?.. Siz mendan foydalaning. Dam olish kunlari, ishdan qaytaganda o`zim hamma aytgan ishlarizni bajaraman... -onamning qo`llaridan idish-tovoqlarni oldim, - Bularni yuvush kerakmi? Hozir boblab tashayman...

Idishlarni ko`tarib jumrak tagiga bordim. Jumrakni ochsam suv tomchilab turibdi.

Onam yana tushunturishga urunib, gaplarini davom ettirdilar:

- Qachom men ham odamlarga o`xshab kelinni qo`lidan choy ichaman?!

- Hozircha o`g`lizni qo`lidan icha turing... Ishoning choy damlashda meni oldimga tushadigani yo`q...

Hazil huzul gaplar bilan choynakni ko`targancha, suv bo`chkani, chelakni qaradim. Bir qultum ham suv yo`q.

- Rustam bachkana bo`lmasdan choynakni joyiga qo`y. Uyda umuman suv yo`q. Undan ko`ra suv olib kel...

Ishonqiramay jumrakni qayta-qayta ochib yoparkanman yomon alam qilib ketdi. Salkam 380 metrdan quvur yotqizib uyga artizon tushursamu, kamiga yana chelaklab suv tashisam.

- Bitta nasoscha qo`yay desam...

Qishloqdagilarni ko`pchiligi, suvga ham nasos qo`yib olgan.

- Kerakmas, nasoscha-pasoschang...

Onam bunday o`zgani haqqini yeb, ishdan qattiq tiyaladilar. Bizga ham yo`l qo`ydirmaydilar.

- Oyi bitta bizmasku nasos qo`yadigan...

- Birovni nasibasini qirqib suv ichishga hohishim yo`q. 15 yil suv tashib ichdik, yana tashib ichaveramiz.

- Eee oyi nega doyim shunaqa qilasiza? Bo`lmasa suv chiqar deb nima qilardiz? Qancha mablag` ketdi-ya!

- Bo`ldi ortiqcha gap kerakmas... Sen undan ko`rasi, Rayhona bilan bir ko`rishgin... - onam hursungancha, iltijoli boqdilar, - Ahir tushunranchi, jonim bolam, opang atiyin sen uchun uchrashuv uyushtiryabdi. Bo`ladigan ishni keyinga surmaylik, yana boshqasiga tegib ketib, quruq qolmagin, shundoq qizdan?

Gapni boshqa tomonga bururishga qancha urunmay onam aylantirib shu mavzuga opkelaverardilar.

- Tegib ketsa juda yaxshi, baxtini bersin.

- Sen qanaqa bolasana-aaaa? Onangga rahming......

Shartta onamning so`zini bo`ldim.

- Suv olib kel dedizmi? Hozir Toshakani shiponidan, shirin suv olib kelaman... -dedimda onamni hay-hayiga ham qaramay, ikkita kanesterni olib suv opkelishga shoshildim.

Ohirgi ikki yilda, onamning birdan bir istagi, tezroq meni uylantirishu, kelinli bo`lish. Sira ``O`g`limning ham yoqtirgani bordur!`` deya, ko`nglimga quloq solaydilar. Nima bo`lganda ham, ona baribir ona. Ula bilan ko`p tortishib, dillarini og`ritib qo`yishdan qo`rqdim, suv olib kelish boxanasida juftakni rosladim.

* * *

Ikkinchi birgadani binosiga qachonlardur samatok qoqilgan ekan. Judayam chuqurdan chiqganigami suvi juda shirin. Keyinchali yerlar fermerlarga o`tgandan keyin, eskirgan binoni buzub o`rniga, chiroyli yozgi shiypon qurdirdi. Mana necha yildirki shu yerdan shuv tashib ichamiz. Nari borsa 300 metrli masofada.

Bu shiypon bilan bog`liq qanchadan qancha shirin hotiralarim bora! Eslaganda yoqimli hislar churmab oladi.

Hullas kanistirlarni to`ldirib, buryo`la Sherali bilan boya ko`ngilga tugib qo`ygan masalani ham hal qilib, onam hovuridan tushganda uyga qaytdim.

Kanistirdagi suvlarni suv idishlarga quydim. Qarasam onam uylarni supurib-sidirayotgan ekanlar. Yana uylanish haqida so`z ochishlaridan cho`chib ketmon, tokqaychini olib lemunaryaga kirib ketdim. Bir, ikki soat issiqxonada ishladim. Shu orada ovoz keldi. Onamlarmi deya quloq tutsam ko`chada kimdur chaqirayotgan ekan. Onam chiqib bir zum gaplashdilarda ortga qaytdilar. Sal o`tib yasanib olib: zarur ish chiqib qoldi deya ketdilar.

Ichimga bir g`ul-g`ula tushdi: yana sovchilikka ketib qolmadilarmikin deya! Lekin tinchlanishim uchun sabab bor. Onam bunday masalada buvim va dadamdan bemaslaham hechnima qilmasliklarini bilaman.

Biror zarur ishdurda! Uncha etibor bermadim. Issiqxonadagi yumushlarni tugatib endi xonamga kirib telvizirni qo`ygandim, telifonim jiringlab qoldi.

Sinfdosh jo`ram Baxtiyor qo`ng`iroq qilib, bugun gap borligini, uni navbati ekanligini eslatdi.

Suyunib ketdim, o`ziyam ayni muddo ish bo`ldi. Onamning: uylan deb qistovga olishlaridan, bir kunga bo`lsada dam oladigon bo`ldim.

Butunlay yodimdan ko`tarilibdi. Har oyning ohirgi yaksanbasida, sinfdoshlar bilan yig`ilishib gap o`ynaymiz. Bizni gapimiz boshqalarnikidan sal farq qiladi. Gap beradigan odam harakatni tushdan boshlaydi. Qassobdan dum olib, sho`rva solib qo`yadi. Bizlar soat 11, 12 larda yig`ilamiz. Avvaliga futbol o`ynaymiz, so`ng kafeda tomog`ni ho`llab olamiz va hammomga kiramiz. Bir vaqtgacha parxonada gurung qilib, charchaqlardan halos bo`lguncha, obdon o`tiramiz. So`ngra chiqib rosa qaynatib qiyomiga yetgan dumsho`rvani tanovul qilib, tanamiz yayrab tarqalamiz...

Oramizda havaskor futbolchilar borligi uchun, anchadan buyon futbol ham shu gapni bir qismiga aylanib qoldi. Yozgi vaqtlarda ko`l bo`yida o`tirib, cho`milib, baliq ovlab gap yerdik. Endi kunlar sovganidan buyon, hammomda, parxonada o`tishni odat qildik! Buning ham ramziy manosi bor. Oy davomida bo`lgan barcha ko`ngilsizliklar, charchoqlarni parxonada o`tirib, terlab chiqarib tashlaymiz. Yangi boshlanajak oy uchun paklanib olishdek manosida. O`rtog`larim orasida, usta sportchilarni borligini bir yaxshi tomoni doyim sog`lom hayotni targ`ib qilishadi. Gapni boshlashda ham har qanday spirtlik ichimlik, qizlar, qumor o`ynash man qilingan. Ammo shunga qaramay nafsini tiyolmaydigonlar istagiga qarab, o`z cho`ntagidan, kafida ichib olishi mumkun. Boshdan kelishib olganmiz, shohonan darsturxon shart emas, faqat bitta tavom tortiladi. Eng muhumi oqibat yo`qolmaslik, do`stlar diyodori va moddiy ko`mak. Gap bergan, har bir kishidan 200 dollardan yig`ib oladi.

Orziqib kutadigan shunday kun yodimdan chiqarganim uchun, o`zimni ko`yigan bo`ldimu, tezda harakatga tushdim. Mazza qilib koptok tepish uchun butsaglarmni tayorladim. Dazmol urulgan, sevimli kulubim formamni rugzagimga joyladim.

Shu orada yana telefon qo`ng`irogi bo`ldi. Olsam Baxtiyor, mashinada ekan yo`l bo`yiga chiqib turishimni so`radi. Rugzagimni yelkaga ilib, sevimli qo`shig`imni hirgoya qilgancha, yo`lga shoshdim. Darvoza hatlagan mahalimda, qarshimda turgan kulurang jiguliyga ko`zim tushdi.

``Lanatlar bo`lsin... Nega mening MUHABBATIM, o`zi bilan HIJRON atalmish ukasini ergashtirib yuradi-a?``

Mashinadan tushayotgan uch aylni ko`rib, rosti qon bosimim ko`tarilib ketti chog`i bir lahzaga ko`z oldimdan qora bulutlar suzib o`tdi. Qo`shnimning darvozasi yonida chug`urlashib qolgan bu ayollar ko`zimga balodek ko`rinishardi. Yuragim havotirdan chunonan dupurlardiki!.. Butun badanimni sovuq ter bosdi. Bekorga emass albatta. Mahallamda tog`ara ko`targan bu ayollar Shiringa sovchi bo`lib kelishgan!

Asta qadam olarkanman, oyog`im ostidagi yerga botib qolayotgandek qadamim og`irlashdi. Be nihoya kuchli havotirdan, yuragimga cho`g`day botayotgan alamdan qonim tomirlarimda chunonan gupurib oqdiki, oqibatda miyyamda yoqimsiz og`riq turdi. Beihtiyor o`zimni yumib boshimni changallab oldim.

``Qulchilikka keldik, ostonangizni supurgani keldik!``

Ularni quloqqa yoqimsiz ovozdan o`zimga keldim va ayollarni kimligini aniqlashga urundim. Nogoh menga ham ko`z tashlab qo`ygan ayolni tanidim.

``Do`lanboyevlardan...``

Huddi kutib turgandek eshikham darov ochilaqoldi. Ayollar tirjayishib, sovchilikka kelganini qayta-qayta takitlab, ayyorona qochirimlar qilishardi. Bunday gaplar esa battar g`ashimga tega boshladi.

Yurakni alam, o`ti kuydurganidan, bog`zimga tiqilgan achchiqni qimtinib-qimtinib bazo`r ichimga yutarkanman, beihtiyor dilimdagi so`zlar tilimga chiqib ketdi.

``Qorang o`chgur, tulki nusxalar!`` deya shivirladim, menga qarab qo`ygan ayolga qovog`im solgancha.

Asta qadam olishim ham sekinladi. Eshik yo`parasiga kelganda, ochiqligidan foydalanib, bir necha sonyaga xovli ichiga yuz burdim.

``Eeee voh bu qanday savdo!``

Kiraverishda Shirinning onasiga qo`shilib mening onam ham sovchilarni kutib olayotgandilar. Ikkovlarining ham yuzidagi mamnunlikni ko`rib, battar qaqshadi yurak sho`rlik.

(Nuriya ammam - Shirinni onasi.)

Nuriya ammam qarab qolganimni ko`rib savolomus jilmayib qo`ydilar. Huddu hech narsadan xabarlari yo`qdek. Shunchaki jilmayib qardilar. Qani endi shunday huquqim bo`lsayu, sovchilarni haydab yuborsam edi. Afsus, afsuski oshib o`tishim mushkul bo`lgan ko`pgina dovonlar bor.

- Rustam... -dedilar endi biroz hayrat bilan qosh uchurib.

``Iltimos, muhabbatimni o`zgalarga berib yubormang...`` deganday o`tinch bilan ularga tikildim. Bu orada onamning ham nigohlari menga tushdi. Endi ulardan hijolat bo`lib, shunchaki salomlashgan bo`lib yengilgina bosh irg`ab qo`ydimda, ortimga qaramay yo`limda davom etdim.

Yo`lda ketamayu, hayolan Nuriya ammamdan javob kutib, o`sha eshik yonida qolib ketgandayman.

Asfalt yo`lga chiqarkanman, mashina signalidan ruhim o`zimga keldi.

- Rustam sakra, o`rtoq... -dedi Baxtiyor o`rindiqqa imlab.

- Qalaysan Baxti, kutib qoldingmi?

- Hozirgina keldim, Avaz qani?

Mashinaga o`tirib, jo`ram bilan salomlashgan, u-yoq-bu yoqdan gaplashgan bo`ldik.

* * *

Mini maydonchada futbol o`ynagan vaqtimiz, esimda qolgani, bemaqsad u-yoqdan-bu yoqqa yurganimu, Avaz do`stimning mendan juda ko`p norozi bo`lgani. Butun hayolim Shiringa kelgan sovchilarda bo`lgani uchun, o`yinim chiqmadi. Anig`rog`i umuman to`p tepish yurakka sig`madi. Bir amallab o`yinni tugatgach, odatdagidek tomoqni ho`llab, nafasni roslab olish uchun yo`l bo`yidagi yemakxonaga kirdik.

Jo`ralarim bugun kayfiyatim chatoqligini, bot-bot eslatib, shashlik bilan bir qadaxdan aroq ichishni taklif qilishdi.

Odatta rat etardim, bu gal esa, yurak hovurimni bosish uchun, do`stim Avazning: ichmagin, deyishiga parvo qilmay, limmo-lim qadahni bir olishda jig`ildonimga urdim. Avvaliga tomog`ni yondirib o`tgan azoq tufayli, hiyla o`zimni yengil his qildim. Ammo sal vaqt o`tib, yurakdagi cho`q alanga olib ketdi. Huddi ichimga olabuji kirib oldiyu, g`ashimni qo`zg`ota boshladi. Nimanidur sindirib, kimnidur do`pposlash kabi buzg`unchi tuyg`ular qo`zg`alon qila boshlagandi. Bu albbatga, azboriyi kuchli alamdan, Shirimni o`zgalar olib ketmoqchiligiga chiday olmayotganimdan edi...

Jo`ralarim vaqti-vaqti bilan luqma tashlab gurungga qo`shilishga chorlardi. Lekin hecham avvalgi safarlardagidek qo`shib ketaolmasdim, nuqul asabiylashib, uyga qaytgim, sovchilarga qanday javob berilgani bilgim kelardi.

- Rustam... Bugun seni nima jin urdi? Kasal bo`lib qolmadingmi? - savol berib qoldi Avaz, - Ishonib seni birinchi tanlabman! Nima bir oyda, to`p tepishni unitib qo`ydingmi?

- Bazida Ranaldu, Messiyam o`ynalmay qoladi-ku? -dedim, tirshaygancha o`zimni oqlab.

- Gap bo`sa bo`ldi bularga!..

Avaz yutqazib qo`yganimizdan hali ham hafaga o`xshardi. Nima qilganda ham usta siportchida, shunchaki ko`ngil ochish bo`lsaham yutishga intiladi.

Eng yaqin do`stim. U bilan ham sinfdosh, ham quroldoshmiz, shunga bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Do`stimga hazil qilib, biqiniga bir turtub yelkasiga qo`l tashladim.

- Do`stim bugun havo

O‘xshash hikoyalar