Sirli 2020 (To`liq). by Alcor yoki Skrillex
Sirli
Boshida qattiq og`riq bilan ko`zlarini ochgan Kamol shiftga qarab qayerdaligini chunishga xarakat qilardi. Oz fursatlik “mute” holatidan keyn o`ziga kela boshladi va qayerdaligini chundi. U shifoxonadagi palatalarning birida edi. Atrofda sukunat hech kim yo`q.
Kamol: O`zi nima bo`ldi, nega bu yerda yotibman? (u eslashga xarakat qilardi)
Ko`zlarini yumib o`yga cho`mdi. Nimalarnidir eslayotkandek edi.
Hayolida: Qandaydir mashinaning to`rmoz ovozi, qizning chinqirig`i va qorong`ulik…
Kamol: Ha demak o`sha qizni qutqaraman deb mashinaning tagida qolganman…
Naxotki, naxotki o`lgan bo`lsam (ho`rsinish va qo`rqish holatida shunday deb o`yladi) Lekin u qizning hayotini saqlab qoldim. …….
Yo`g`e to`xta ahir o`lgan bo`lsam boshimda og`riq bilan uyg`onmagan bo`lardim shekilli, aniq bilmadimu manimcha shunday bo`lishi kerak.
Xona eshigi sekin ochilib ichkariga yoqimtoy (Yoshi 23 24larda bo`lgan) hamshira kirib keldi. Kamolning ko`zlari ochiqligini ko`rib:
Hamshira: O`o` Salom o`zizga kebsizu
Kamol: S.S.Salom. (sal dovdirab va sal qizarib)
Hamshira: Qayerizdir og`rimayabtimi?
Kamol hayolida: shuyam savol bo`ldiyu. Mashinani tagida qolamanu hech qayerim og`rimaydimi? (Avtor nomidan: “Hayolot olamidan sal chetlashib tursak aslida jaa mashinaning tegida qob ketmagan. Shunchaki turtib yuvorgan.”)
Kamol: Yo`q og`rimayabti hammasi yaxshi (Babiram o`ylagan gap etilmidiyu)
Hamshira: Unda yaxshi, hudo hohlasa indinga sizga javob beramiz uyga ketishiz mumkin.
Kamol ko`yni taskin topib: Raxmat Ha aytganday men qutqarib qolgan qiz…?
Hamshira ho`rsingan holda: U o`sha kuni hayottan ko`z yumdi.
Kamol: Ahir??? Qanaqasiga? Man uniiiii….?
Hamshira: Bilaman uni qutqarishga harakat qilgansiz. Lekin uning yuragi bu voqealiga dosh bermadi.
Kamol: Ex. Nega axir.. Shunday yosh qizaaa.
Hamshira: Yosh emas siz qatori edi…
Kamol: Demak 18 yoshda bo`lgan (( Babiram hali yosh ekan…
Hamshira: Ha afsus. Lekin bo`lar ish bo`ldi. O`ylashdan esa naf yo`q Undan ko`ra oxirati obod bo`lsin deng
Kamol: To`gri lekiiiin.. Ha Joyi Jannatda bo`lsin
Hamshira yoqimli tabassum bilan: Ha etkaniz kelsin. Qayerda o`qis yoki ishlis? (Mavzuni o`zgartirishga xarakat qigan holda)
Kamol: Sobir Rahimov nomli maktabning 11-sinf o`quvchisiman hozircha Keyin man sizdan kichkinaman shunga sanlab murojant qilishingiz mumkin
Hamshira: Chunarli. Lekin nega hozircha? Keyin manga sizlab murojat qilish qulayroq
Kamol: Ota onam ma`lum sabablarga ko`ra uzoq muddatga boshqa shaxarga ketishyabti. Mani uyda yolgi`z qolmasligim uchun o`zlari tug`ulib o`sgan Bobur Shaxchasidagi maktabga o`tqizishmoqchi. U yerda Buvam Buvim va holam borla. Ular bilan yashab turaman… qaytishkunicha… (lekin nega bularni aytyabman chummadim?? )
Hamshira. AA manam o`sha yerda turaman. 13-maktabga emasmi mobodo?
Kamol: Huddi o`zigade.
Hamshira: U yerda ukam o`qidi b66 sinfida. Etkancha siz qutqarmoxchi bo`lgan qiz ham o`sha sinfda o`qirdi. ya`ni ukamning sinfdoshi... bo`lgan…
Kamol: Afsus… Keyn namuncha g`alati sinfning nomi? Odatiy 11-B yoki 11-A qilishsa bo`lmaydimi?
Hamshira: Maktab derektorimiz chet elda o`qib kelgani uchun shu sistemani maqul deb topgan. Mana 19 yildan beri shunaqa holat.
Kamol: Chunarli. Ha aytkancha ismizzi so`ramoxchdimim. Asosan Hamshira yoki Doktorlar ismlari yozilgan belgi kiyimlariga qadalgan bo`lardi. Siz esa uni cho`ntagizga sovobsiz. Faqatkina bosh xarifi ko`rinib turgan belgidan ma`lumki ismingiz S harfidan dan boshlanar ekan. Yaxshilab e`tabor bersa keyngi o xarfining yarmiyam ko`rinib turibti. Taxmin qiladigan bo`lsam ikta variant miyammaga kelyabti: “Sohiba yoki Sobriya”. Chuqurroq yondoshadigan bo`lsak ko`pchilik ismizzi ma`nosini so`rab bezovta qilurgani uchun belgini cho`ntagizga sob olgansiz. Demak noyobroq ism. Sohiba bunga to`g`ri kelmaydi chunki deyarli hamma bu ismga ko`p duch kelgan. Hullas tahminlarimga yondoshadigan bo`lsam Sobriya ismi 80% to`gri kelyabti…
Salom Sobriya mani ismin Kamol
Sobriyaning hayrattan og`zi ochilib qolgandi: S.S.Salom. Lekin qattan shuncha aniqlik… ?
Kamol: Bu shunchaki taxminlar. Bir omadim keb qoldide. Yoshiz nechchida?
Sobriya jilmayin: Yana taxmin qib ko`rin
Kamol: Hooooooop. Taxmin qiladigan bo`lsam. Tashqi ko`rinish va o`zizzi tutishizdan 20 yoki 21 yosh. (u atiydan yoshartirib etti. chunki o`zini judayam aqilli ko`rsatishni istamadi. shuncha gaptan keyinam )
Sobriya: Adashtiz hozircha 23 daman. Roppa rosa ikki haftadan keyn 24 ga to`laman
Kamol: Demak 29-fevral. Qanchalar noyob sana
Sobriya: Haaa. Aytmang. 4 yilda bir martta bir yoshga ulg`ayaman. Agar faktga yondoshsak endi 6 yoshga to`lar ekanman
Kamol: Ha. Demak singlim ekansiz Maylin hazil hazil bilanku tug`ulgan kunizga taklif qilasizmi?
Sobriya: Albatta.
Kamol: Raxmat. Anu…
Sobriya: Bemalol so`rayvering.
Kamol: Telegram nomeringizni so`ramoxchi edim.
Sobriya: Voy sho`x bolayey. Nima bir ko`rishda muhabbat deng
Kamol: Yo`q Yo`q. (yuzlari qizarib ketti) Bilasizmi siz bilan yaxshi kelishar ekanmiz. Xarakterlarimiz chiqisharkan. Shunga maslahat yoki savollar bo`b qolsa degandim…
Sobriya. Haa. Shunaqa deng?? Mayli, ukam qatori ekansiz. Keyn yomon bolaga o`xshamis. Balki yordamim kere bo`b qolar. Yozing: +751.554.111.21
Kamol: Raxmat…
Sobriya. Endi nomerim borakan kerak bo`lsam chaqirarsiz. Uzur qolgan bemorlarga qarashim kerak edi.
Kamol: Bemalol. Suxbat uchun raxmat
Sobriya: Arzimidi.
Biroz vaqt o`tkandan so`ng xonaga maktab formasida 3 ta o`quvchi kirib keldi. Ularning 2 tasi qiz 1 tasi o`g`il bola. Kamol ularga razm solib o`yladi: “Ko`rinishidan maktab o`quvchilari. Lekin nega kelsihti ekan? Taxmin qisam O`rtadagi qiz Ancha o`ziga ishongan Kiyinish va o`zini tutishidan bilinib turibti. Sochlarining asosiy qismi orqaga taralgan bo`sayam oldi ikki yonga tushirib qo`ygan oz qismi va cho`lkasi judayam chiroyli ko`rsatib turibti. Kiprigi odatiy. Qoshlari ingichka va uzun. Bo`ylariyam balandroq. Lekin yuz ifodasidan ancha jiddiy. (hullas “yoqimtoy” qiz edide )…. Ikkinchi qizning esa bo`yi pastroq sochlari jingalak, qoshlari odatiy. (u ham “yoqimtoy” de ) ko`zlarini yerdan uzmasligi va qizarib turganindan sezsa bo`ladiki uyatchang. Bolaga kelsak “Odatiy maktab o`quvchilaridek. Bo`yi o`rtacha. Sochlari sal uzunroq (moda ). Tashqi ko`rinishiga e`tibor berib yuradigan bollardan edi.
O`rtadagi qiz: Salom Kamol. Mani ismim Charos. Bu Muhlisa. Bu esa Ahror. Biz sani yengi sinfdoshlaringmiz.
Kamol: Salom Tanishkanimdan hursandman.
Charos: Eshitimizcha nuxushlikka uchrabsan. Hozir ahvoling yaxshimi?
Kamol: Raxmat aaancha yaxshiman
Charos: Oldin uchrashmaganmizmi??
Kamol: Yo`q manimcha.
Charos: Unda yaqinroq tanishsak. Man b66 sinfining “ximoyachisiman”
Kamol: Himoyachi? Nimadan himoya qilasiz?
Charos: Anuu….. (ozgina sukunatga cho`mdi)
Muhlisa: Shunchaki bizni himoya qiladi.
Kamol: Chunarli.
Ahror: Maylin damini oloqo. Ertadan keyn ko`risharmiz maktabda.
Kamol. Ha raxmat. Albatta. Kelganingla uchun raxmat.
Ular xonani tark etishti…
Oradan 2 kun o`tti.
Kamol Bobur shaxarchasiga kechagina kelgandi. Holasi esa atrofni deyarli tanishtirishga ulgurgandi. Maktabga borish tongi. (Kamolning Holasi ismi Hilola, 25 yoshlar atrofidi. Ko`rinishidan chiroyli samiymiy. Sochlari sarg`ishga moyil, mehribon qiz edi. U hali erga tegmagandi. Sevgan yigiti erta olamdan o`tkanligi sababli boshqasi bilan yaqin munosabatta bo`lishni hohlamasidi. Ya`ni sevgisini unutkisi uni o`rnini boshqasi bosishini istamas edi)
Hilola oshxonadan: Kamol uyg`onoqol. Birinchi kundan maktabga kech qolishshi hohlamassan?
Kamol ko`zlarini zo`rg`a ochib: Hoziir turvoman.
Amallab o`rnidan turib dushga kirib chiqti. Oshxonaga kirib: Assalom Aleykum hola yaxshi dam oldizmi?
Hilola: Voaleykum Assalom. Raxmat yaxshi. O`zinchi?
Kamol: Ajoyib.
Hilola: Tezroq choyini ichvol. Maktabga birga ketamiz.
Kamol: Birga ??
Hilola: Ha albatta axir o`sha maktabda derektor yordamchisi bo`b ishlaymanku.
Kamol: Voy. Bilmagandim
Ular choylarini ichib maktabga yo`l olishti. Albatta piyoda emas. Hilolaning moshinasi bor edi. (Oilavi meros bo`lib qolgan Hyundai avtomobili Hilolaga qolgan bo`lib Kamolning tog`asi baxtsiz hodisa tufayli olamdan o`tkandi. Mashina esa bilganingizdek…)
Hilola: Mana Maktabgayam yetib keldik. Yur sani sinfdoshlaring bilan tanishtiraman. Boxonada nima qattaliginiyam ko`rsatib ketaman.
Kamol: Okey.
b66 singa kirib kelisharkan, ichkarida jimlik. Odatiy sinflaga o`xshab baqr chaqir emasdi.
Hilola: Hammaga Salom. Bu silarning yengi sinfdoshilar ismi Kamol. O`ylimanki chiqishib ketasilar
Kamol: Salom… U atrofga razm sob bo`sh o`rindiq qidira boshladi. Orqa tarafda ikta parta (bir kishi o`tiradigan) bo`sh edi. Oldiga borib sal eskirgan va qanaqadir tirnoqda qirilgan partaga o`tirmoxchdi. Sinfdoshlaridan biri: To`xta u partaga o`tirma. Yaxshisi bunisiga o`tir.
Kamol: Hop hop.
Birinchi kun unchaligam yaxshi bo`lmadi. Hamma jiddiy. Qanaqadir g`amgin. Kamol o`yladiki hammasiga yaqinda mashina urib ketkan qiz sabab bo`sa kere. Manimcha unga raxmi keganidan hammada bir hil g`amgin ifoda…
Darslar tugagandan keyn Kamolning telefoni jiringladi.
Kamol: Alo. Eshitaman.
Sobriya: Salom Kamol. Bugun shifoxonaga kelib keting. Ko`rikdan o`tqazish keregidi.
Kamol: Hop albatta. (o`yladi: Nomerimmi qattan bildi axir yozmagandimku?)…
Kamol: Kirsam maylimi?
Doktor: Albatta. Kel o`tir. Ho`sh Kamoliddin? Hech qayer bezovta qib ko`ngil aynimayabtimi?
Kamol: Yo`q. Hammasi yaxshi.
Doktor: Unda yaxshi. Bir oz vaqtingni olaman. O`zimam tekshirib ko`rishim kerak.
Kamol: Hop hop.
Tekshiruv tugagach xonadan chiqib Kamol Sobriyaga telefon qildi.
Sobriya: Eshitaman Kamol gapiravering.
Kamol: Tekshiruvlardan o`ttim. Hammasi yaxshi ekan. Chaqirishga chaqirib o`ziz qatga ketib qoldiz?
Sobriya: Man bemorlani oldida edim.
Kamol: Ha mayli bemalol. Unda ko`rishkuncha.
Sobriya: Hop hayr ukacha
Shifoxona ko`p qavatli bo`lgani uchun liftdan foydalanilar edi. Kamol ham pasga tushish uchun liftga kirdi. 5 => 4 => 3 qavatda lift to`xtab ichkariga bir ko`zi yopilgan (yoki bog`langan) maktab formasidagi qiz kirdi. Ko`rinishidan chuqur o`yga cho`mgan. Qo`lida qandaydir qo`g`irchoq.
Kamol: Salom.
Qiz javob bermadi.
Kamol Tomog`ini qirib qo`ydi.
Qiz Kamolga qaradi lekin indamadi.
Kamol: Maktab formasida ekansiz. Qayerda o`qis?
Qiz pichirlagan holda: Hamma qatori maktabda…
Kamol: Haligi… Kimnidir ko`rgani kelumidiz?
Qiz: Keldim.
Kamol liftga qaradi. -1 => -2 “ting” lift ochildi. (-1 -2 qavatlar chunganingizdek shifoxonaning yer osti qismida joylashgan)
Kamol: aniq shu yergami? Axir chiqish 1- qavatdaku?
Qiz: Ha shuyer. deb liftdan chiqti.
Kamol qizning orqasidan qaradi. Svet hira yonishi sababli atrof unchalik yaxshi ko`rinmas edi. Qiz esa koridor bo`ylab nomalum qorong`ulik sari ketayotgan edi.
Kamol: Tepasida nima dib yozilgan ekan. Yaxshilabro qaradi va qo`rqib ketti.
Karidor tepasidagi ma`lumot doskasida: “MORG” dib yozilgandi.
Liftti ichiga kirib 1-qavat belgisiga bosdi.
Kamol: Bo`ttan sekin surish kere
U uyga qaytib keldi. Mehmonxonada qanaqadir ovoz eshitildi. Sekin quloq tutib gaplarni chunishga xarakat qilardi. Ichkarida buvasi gapirayotgan edi:
Ey hudo farzandlarimmi o`zing mag`firat qilgan bo`gin. Ularni oxiratlari obod bo`lsin.
Kamol Yig`lavordi. Ha uning faqatgina Tog`asi olamdan o`tmagandi. O`z onasi ham uni dunyoga keltirayotgan paytta olamdan o`tkandi. Hozirgi esa uning o`gay onasi bo`lib, otasi unga uylangani uncha uzoq vaqt bo`lmagandi. O`gay bo`lishi qaramay u onasi ham judayam mehribon, Kamolni o`z farzandidek ko`rardi.
Bir ozdan so`ng Holasi ham ishdan keldi. Ular onasi va boshqa voqealar haqida gaplashib o`tirishdi. Gapdan gap chiqib b66 sinfi haqida holasi gapirib qoldi.
Hilola: Hammasiga o`sha qarg`ish tekkan b66 xonasi aybdor.
Kamol: Qarg`ish???? Qanaqa qarg`ish?
Hilola: Buni sanga etishim keremasidi. Kel mavzuni yopa qolaylik.
Kamol: Yo`q axir manam o`sha sinfda o`qiyman. Bilishga haqqim bor.
Hilola biroz o`ylanib: Bilasammi manam o`sha sinfda o`qiganman. Opam ham. Tog`ang ham. Sevgan yigitim ham. Bu sinfga qarg`ish tekkan shuni bilaman holos. Qolgani esimda yo`q…
Kamol: Chunarli...
Ertasi kuni ertalab Kamol cho`chib uyg`onib ketti. Soatga qaradi. 6:30. O`rnidan turib dushga kirib chiqti. Oshxonaga kirdi. Negadir Holasi yo`q. Hilolaning xonasi oldiga borib eshikni taqillatni.
Kamol: Hola yaxshimisiz? Ishga kech qolas. Vaqt bo`b qoldi.
Hilola: Kamol negadir Boshim qattiq og`riyabti. Bugun ishga bormiman. O`zin bir amallab yetib olarsan.
Kamol: Hop hola. Ubu narsa keremasmi? Dori ob kelib berimi?
Hilola: Yo`q keremas. Xonamda hammasi bor. San ovora bo`ma. O`qishga kech qomagin. Choy ichish estan chiqmasin qornini to`qlab ket.
Kamol. Hop. Tuzalib ketin…
Kamol birinchi soatga 10 minut kechikib keldi. Mana o`sha sirli b66 sinfi. Ichkariga kirib o`qituvchidan kirishi uchun ruxsat so`radi.
O`qituvchi: Birinchi marta bo`gani uchun kechiraman. Keyngi safar kech qolmagin.
Kamol: Ho`p ustoz.
Shoshilib partasi tomon yurarkan, o`sha eski partada kimdir o`tirgandek tuyildi. Lekin unga e`tibor bergmadi. Tezroq joyiga o`tirib keyn bemalolroq qarirman dib o`yladi.
O`qituvchi yengi mavzular haqida gapira ketti. Ozgina vaqt o`tib o`qituvchi o`quvchilarga mashqlar berib xonani tark etti. Kamol endi atrofga qaray boshladi. Hamma dars qilish bilan ovora. Mana endi o`sha eski partadagi kimnidir bemalol ko`rsa bo`ladi. U qaradiyu sovuq ter chiqib ketti. O`sha partada kecha shifoxona liftida ko`rgan qiz oyna tarafga qarab o`tirardi. Bir ozdan so`ng u qiz sekin o`rnidan turib xonani tark etdi. Kamolni ajablantirgan narsa hech kim unga e`tibor ham bermadi. Birinchi soat tugadi.
Ahror Kamolning oldiga keb:
Yur Kamol Maktab hovlisga. Bolla bilan gaplashib o`tiramiz. Baxonoda tanishvolasan
Kamol: Unda Kettik
Ular tashqariga chiqishti va maktab hovlisi chetrog`idagi o`rindiqqa borib joylashishti.
Ahror: Hooop bolla Kamol yaqinda Shaxardan Kegan. O`zi yaxshi bola
Kamol atrofga qarardi va maktabning tomida turgan o`sha nomalum qizga ko`zi tushti.
Kamol: Hammadan uzur so`riman ishlarim boridi. Darsda ko`rishamiz. dib o`sha qizning oldiga ya`ni tomga yo`l ola boshladi…
Kamol qizning oldiga borib: Salom.
Qiz: Salom.
Kamol: Kecha Shifoxonada ko`rishkandik eslolismi?
Qiz: Kecha ?? Esimda yo`q.
Kamol: Liftdachi? Siz eng pasdagi qavatga tushudiz.
Qiz: Bo`lishi mumkin.
Kamol: Hop mayli. Sinfdosh ekanmiz, mani ismim Kamol.
Qiz: Maniki…. Iroda.
Kamol: O`o`o` chiroyli ism. Tanishkanimdan xursandman.
Qiz: Balki. Lekin man bilan gaplashmaganiz maqul.
Kamol: Axir? Nimaga?
Qiz: Mandan uzoqroq yuring. Xayr. dib tomning eshigi tomon yurib ketti.
Kamol hayron bo`b ozgina o`y surib turdi. O`ylari sal tarqagandan keyn sinfga tushti.
Ikkinchi soatga ham kech kirdi. Albatta bir ikki tanbex va joyiga o`tirdi. Bir oz o`qituvchining gaplariga e`tibor berib o`tirdi. Lekin qiziqishi ustunlik qilib Iroda o`tirgan parta tarafga qaradi...
Kamol hayolida: Iroda qani? Darsga kirmadimikin?
Yonida o`tirgan Ahrorga qarab: Iroda qani?
Ahror yuz qiyofasi o`zgargan holda: Kim?
Kamol: Bir ko`zi yopilgan qizchi?
Ahror boshina nomiga chayqatib: Yo`q! deb qo`ydi.
Suxbatni eshitib o`tirgan Charos Kamolga: Bo`lmagan voqealiklarga aralashmaganing maqul…
Kamol: Bo`lmagan voqealar? Bu nima deganin?
Charos: Hech narsa.
Kamol: Axir bilishim kerak?
Charos indamadi va teskari qarab oldi.
Ikkinchi soatam tugadi. Tanaffus.
Ahror: Kamol yur boyegi suhbatti davom ettiramiz.
Kamol: Hop yur.
Karidorda ketisharkan Kamol savol berdi: Ahror bilasanmi qandaydir g`alati voqealar bo`lyabti.
Ahror: Qanaqa?
Kamol: Bilmadim. O`zim ham chummayabman.
Ahror: Chummagan narsanga aralashmaganing maqul deb o`ylayman.
Kamol: Shunaqadir balki..
Ahror: O`zi ahvolin qale? Yaxshi bo`b qoldimmi ancha?
Kamol: Ha yomonmas
Ahror: Juda yaxshi.
Ular qolgan bollarning oldiga borib gaplashib o`tirishti. Gaptan gap chiqib Jalol (sinfdoshligisi): Shu la`nat tekkan sinfdan ketsamidi..
Kamol: Lanat tekkan?
Ahror Jalolga o`qrayib qo`ydi va: E`tibor berma xazillashyabtide.
Kamol: Balki bilganim ma`quldir?
Ahror: Nimani?
Kamol: Ha maylii Man hozir telefon qilib olishim keregidi.
U chetroqqa o`tib Sobriyaga telefon qildi: Salom Sobriya opa.
Sobriya: Salom.
Kamol: Bir savolim bor edi.
Sobriya: Bemolol.
Kamol: Bilasizmi kecha ko`rikka borganimda bir qizni ko`rgandim. Uni nega Shifoxonaga borganini bilmoxchidim.
Sobriya: Birnichi muhabbatmi?
Kamol: Yo`g`e. Qiziqish.
Sobriya: Qiziqish? Ho`p mayli? Etchi famiyami ismi.
Kamol: Ismi Iroda.
Sobriya: Hozir bilamiz. U kompyuterda yozayotgan ovozla kela boshladi…
Sobriya: Yo` unaqa odam yo`q.
Kamol: Unda o`lganlarchi?
Sobriya: O`lganlar?
Kamol: Ha Balkiim
Sobriya: Hop hozir...
Bir ozdan keyn: Yo`q negadir unaqasiyam. Hozir kecha duganam navbatchiydi. So`rab ko`richi o`zim telefon qilaman. deb telefonni o`chirib qo`ydi.
Kamol unchali ko`p kutmadi bir daqiqadanam kamroq, telefoni jiringladi.
Kamol: Eshitaman.
Sobriya. Bilasanmi Kamol Kecha Yoshi 15 16 larda bo`lgan qiz Shifoxonamizga o`lik holda olib kelingan ekan. Ismi Irodami yoki Nigorami. Bilomadim. Lekin anig`ini bilsam aytib yuboraman.
Kamol: Hop raxmat…
Uchinchi soat ham boshlandi. Kamol o`sha nomalum Irodaning bo`sh partasiga qarab hayol surib o`tirardi. Kimdir uni kuzatayotkandek tuyula boshlagan keyn atrofga qaradi. Charos unga shubxali qarab turardi. Kamol qaragandan keyn esa yana teskari qaravoldi…
Uchinchi soat tugagach Kamol bir o`zi karidor bo`ylab ketarkan ko`zi Kutubxonada o`tirgan Irodaga tushib qoldi. U ham kutubxonaga kirdi. Iroda daftarga nimalanidir chizib o`tirardi.
Kamol: Yana ko`rishdik.
Iroda: Ahir aytkandimku.
Kamol: Esimda… Nima chizyabsiz?
Iroda: Ko`rishin mumkin…
Kamol hayolida: Boya sizluvdi shekilli? dib chizayotganiga qaradi. Daftarda qandaydir qizning sur`atiydi.
Kamol: Bu hayolimi yoki hayotiy?
Iroda: Unisiyam bunisiyam…
Kamol: Nega bir ko`zizni yopib yuras?
Iroda: Sanlashin mumkin. Ahir bir sinfda “o`tiramiz”. Hohlisanmi bog`ich orqasida nima borligini ko`rishni?
Kamol: Agar Hohlamasen ko`rsatishin shartmas.
Iroda: Unda ko`rsatmi qo`yaqoli.
Kutubxona mudiri: Qxm Qxm. Sani oldin bu maktabda ko`rmagan ekanman?
Kamol: Assalomaleykum. Man yengi keludim.
Kutubxona Mudiri: Chunarli. Mani ismim Azamat. Shu kutubxonani mudiriman. Hohlagan payting kirishing mumkin. O`zi anchadan beri hich kim kirmi qo`ygandi.
Kamol hayolda: Hech kim?? Axiiirr….
Kamol: Mani ismim esa Kamol. b66 sinfda o`qiman.
Azamat: Chunarli. Darsinga boroqol. Keynroq kirarsan.
Kamol boshini chayqab chiqib ketti…
Bugungi dars kuniyam tugadi. Kamol ketish uchun maktab darvozasidan chiqqanida Charos va Ahror uni kutib turganini ko`rdi.
Ahror: Uygami?
Kamol: Ha, nimadir bo`ldimi?
Ahror: Yo`q yo`q hech narsa
Charos: Kamol oldinam shu yerga kelgammisan?
Kamol: Yo`q birinchi martta.
Charos: Hmm. Oldinam uchrashmaganmizmi ?
Kamol: Agar uchrashkanimizda esimda qolgan bo`lardi.
Charos. Chunarli. Mayli shuni so`ri dudim. Yaxshi yetvol, ertagacha.
Kamol: Hop yaxshi damolila.
Ahror: Duvay
Kamol uyi tomon yurarkan Yo`lni nargi betide ketayotgan Irodaga ko`zi tushib qoldi. Qiziqish ustunlik qib orqasidan kuzatishshi boshladi. Iroda ozgina yurgandan keyn qanaqadir tor ko`chaga burildi. Kamol ham. Ko`cha borgan sari torlashib borardi. Qanaqadir tashladiq uylar. Iroda yurayotganida stolbadagi qarg`alar qag`illab uchib ketardi. Bu Kamolni yanayam cho`chitardi lekin qiziqish ustinlik qilardi. Bu tor ko`chaning oxiri Katta mashina yo`lga olib chiqardi. Iroda katta yo`lga chiqtiyu Kamol chiqqunicha g`oyib bo`ldi.
Kamol chunmastan yo`l chetidagi magazinlarga qarab ketardi. Hayolini bir magazine o`ziga tordi unda qanaqadir noodatiy haykal turardi. Eshigida esa “iltimos kirib ko`ringlar” digan yozuv osilgandi. Yana qiziqish Kamol ichkariga kirdi. Ichkarida (kassada) bir kampir o`tirardi. Ko`zaynak taqgan. Sochlari oqargan. Ko`rinishidan ancha qari ko`rinardi.
Kampir: Yosh bolalarni bu yerda