tungi.ru

Yoshlik Davri 2020. by Alcor yoki Skrillex

Assalomu A`leykum Sayt ahli. Bu safar romantik mavzu haqida yozgim keldi. Bu hikoyada bo`layotgan voqealar aynan O`zbekistonda emas. Qandaydir to`qima joylarda. Personajlar ham to`qima. Yoqadi digan umiddiman))

Yoshlik Davri.

Ertalab quyoshning zarin nurlari derazadan yuziga tushib uyg`ongan Jasur soatga qaradi. 7:45

Jasur: Yo`q Yo`q Yo`q. Birinchi kundan kech qolayabman. Nega budilnigim jiringlamadi? (Telefonin olib qaradi. Zaryadkasi tugab o`chib qolgandi) Judayam soz, kecha zaryadkaga qo`yib uhlash keragidi.

U o`rnidan turib shoshilib dushga kirib chiqti. Pala partish kiyinib kravoti oldida turadigan tumbuchkalarni ochib PowerBank qidira boshladi.

Jasur: Sho`tta bo`lishi kerak. Kecha shu yerga qo`ygandimku?... Ha mana toptim. Ishqilib zaryadkasi bo`lsinde… Telefonini olib PowerBank ga uladi, telefon ekranida quvvatlanayotgan belgi chiqti.

Jasur: Yaxshi. dib kecha tayyorlab qo`ygan partfel va telefonni olib choy ham ichmasdan tashqariga shoshib chiqib ketdi.

Holida (Ijaraga qo`yuvchi): Birinchi kundan kech qoldingmi?

Jasur: Assalomaleykum Buvijon. Ha uhlab qolibman.

Holida: Yaxshisi metroda bor. Shunda 5 daqiqa oldinroq ulgurasan.

Jasur telefonini yoqib soatga qaradi 7:59. “Agar 25 minutda yetib borsam haqiqattanam 5 minut voxliroq boraman” “Rahmat buvijon kuniz yaxshi o`tsin”

Holida: Arzimidi bolajonim. Omadini bersin.

Jasur kotta ko`chaga chiqib metro bekatiga borib yer ostiga tushib ketti.

O`quv majlislar zali oldidagi metro bekati soat 8:56.

Jasur shoshib chiqib o`quv majlislar zali tomon yugurdi. Eshik oldida Ro`yhatga Oluvchi Ayol (kirdi chiqtini yozuvchi) turgandi:

O`quvchimisiz?

Jasur: Ha. Shohida opa. Kech qob kettim.

Shohida: Ismimmi…?? Etkancha birka …(Ism familiya yozilib turadigan birka) Birinchi kundan kech qoldizmi?

Jasur: Bu Shaxarga yaqinda kelgandim. Uncha yaxshi bilmayman. Metroga tushkandim boshqa tarafga ketib qolibman. So`rab surushtirib amallab yetib kevoldim.

Shohida: Eh yaxshi ish bo`lmabti. Maylin o`quvchilik guvohnomasi bormi?

Jasur cho`ntaklarini qaradi “Yoq” Partfeliga qaradi “Eng tegida ekan”

Jasur: Huh. Mana.

Shohida: Ha yaxshi. Boroqolin shoshiling.

Majlislar zalida barcha oq`uvchilarni yeg`ib yil boshidagi tanishuv yoki tushunturuv yig`ilishi bo`layotgan edi.

Jasur eshikni ochib shoshib kirib keldi.

Gapirayotga o`qituvchi: Hammasi shu. Gaplarimni yaxshi tushundilar degan umiddaman. Marhamat endi oq`ishga. Hammaga omad. (ma`lumot: bu yer faqat majlis yoki tadbirlar bo`ladigan joy edi. O`quv binosi esa ancha uzoqda)

Hamma o`quvchilar tashqariga chiqa boshlashti. Jasur ham noiloj chiqti. Atrofga qaradi chetroqda ikki qiz suhbati:

Birinchi qiz: O`quv binosiga nimada boramiz Guli?

Guli: Nigor o`ylab qarasak o`quv binosi uncha uzoqmas keyin bugun faqat tanishuv va klublarga a`zo bo`lish bilan kun o`tadi. Yaxshisi piyodaaa, muzqaymoq yeeeeb bemalol boramiza

Nigor: Kettik unda.

Jasur ularni suhbatini eshitib miyyasiga yaxshi fikr keldi. “Yaxshisi shularni orqasidan boraman, agar yana o`zim xarakat qisam hamma tarqaganda yetib borsam keregov”…

Jasur qizlarni ketidan iloji boricha sezdirmastan kuzatib borishga xarakat qilardi.

Guli: Kel shu do`konga kiramiz. Muzqaymoqlari yaxshi.

Nigor: Hop yur.

Jasur qizlarni orqasidan do`konga kirdi. Ikkala qiz muzqaymoq olib kassa oldiga ketishkanida, u ham ko`ziga yaxshi ko`ringan muzqaymoqdan olib hozigina qizla pul to`lab ketkan kassa oldiga keldi.

Do`konchi Jasurdan muzqaymoqni olib lazerdan o`tqazdi “tiit” va:

“Sizdan 5000ball.

Jasur: Bir haftali faolligim kettiya bitta morojniyga” (xazil )

Sizdan 2500so`m.

Jasur pulni berib tashqariga chiqti haligi qizla hovo singigande g`oyib bo`lgandi.

Jasur: Voy? Yer yutdimi?

Shu payt do`kon oynasiga suyanib turgan bola:

San ham adashib qoldingmi? dib qo`lidegi muzqaymoqni tishlab qo`ydi (o`zini qo`lidegi )

Jasur unga qarab o`yladi “Kiyimlarini hammasi Brend mahsulotlar. Soatiku Rolex. Soch turmagiyam palon pullikdir. Manimcha shishkani bolasi bo`lsa keregov ”

Jasur: Salom. Ha yaqinda kelgandim shaxarri unchalik bilmaganim sababli…

Notanish bola: Mandayam shu ahvol. Ikta qizni kuzatib kevotudim yo`qotib qo`ydim. Etkancha ismim Qahramon.

Jasur: Maniki Jasur. Tanishkanimdan xursandman.

Qahramon: axa. Yur shu yo`l adashmasam o`quv binosiga olib chiqadi.

Jasur: Kettik unda.

Qahramon: Qachon kelganding o`zi?

Jasur: Endi 2 kun bo`ldi. O`zindachi?

Qahramon: Manga 1 hafta bo`ldi. Qayerdansan?

Jasur: Bobur shaxarchasidan.

Qahramon: Haligi xar xil voqealar yuz berayotgan 13-maktabdan emasmi mobodo?

Jasur: Ha o`sha shaxarchaku, lekin man boshqa maktabda o`qiganman.

Qahramon: Ha chunarliii. Man bo`lsa Ulug`bek shaxridanman. O`zi shu gaplar rostmi?

Jasur: Qaysi gaplar

Qahramon: O`sha qarg`ish tekkan maktab haqidagi gaplarde.

Jasur: Bilmadim. Man boshqa maktabda o`qiganman. Keyin to`g`risini aytsam esimda yo`q.

Qahramon: Esimda yo`q??

Jasur: Ha. Boshqa narsalardan gaplashaylik. O`zin nega bu yerga topshirding? Axir Ulug`bekda eng kotta o`quv markazi borku?

Qahramon: To`g`ri hohlasam o`sha yerga kirsam bo`lardi. Dadamning bir og`iz gaplari. Lekin o`zim hohlamadim. Hullas yoshligimdan birga o`sgan bir qiz bor. Uyimdagilar kotta bo`sen shu qizga uylanasan diyishkan. U bog`chadayam Maktabdayam orqamdan kuzatib yuradi. Qizlar bilan gaplashishimga qo`ymaydi. Nima desa shu bo`lishi kerak edi. Jonimga tegib ketkanidan uni aldab o`sha o`qishka kiraman deb o`zim bu yerga keldim.

Jasur: Nima shunchalik yomonmidi?

Qahramon: Yomonam gapmi? Daxshat. Yetmaganiga ota onalarimiz do`st. Hammasini hal qilib qo`yishkan edi. Qarshiliklarimdan so`ng fikrligisini o`zgartirishti.

Jasur: Chunarli.

Qahramon: Vo ana yetib keldigov.

Jasur: Anniqmi?

Qahramon: Ha boshqa bino bo`lishi ham mumkin emas. Keyin qara boyagi qizlar darvozadan aynan shu yerga kirib ketishyabti.

Jasur: To`ri etasan.

Gaplashib turishkanida ularning oldiga Mersedes Bens w222 keb to`xtadi. Orqa eshik ochilib ichidan bir qiz qo`lida bir buket atir gul bilan chiqib keldi. Tashqi ko`rinish: Judayam chiroyli, sochlari sarg`ishga moyil, so`ngi modadagi tizzadan sal balandroq turadigan usti bosh. Qo`lida eng qimmat soatlardan bo`lgan “Audemars Piguet Millenary Haute Horlogerie Diamond Fury” Sumkasi “Gykaco” Oyoqkiyimi ham shunga bos. Bo`ynida qimmatbaho sipochka.

Jasur: Vau. Kottakonlani farzandiga o`xshaydi.

Qiz to`ri ular tomon yurib kelardi.

Jasur: Biza tomonga kelyabtimi?

Qahramon qo`rquv ohangida: No-di-ra…

Jasur: Tanisanmi?

Nodira jilmaygan holda to`ri Qahramonning oldiga kelib qo`lidagi Atirgul bilan uning yuziga ikki marotaba zarba berdi. Qahramon qotib qolgandi.

Nodira: O`qishka kirganing bilan tabriklayman

Qahramon yuzini ushagan holda: San bu yerda nima qilyabsan?

Nodira: Tabriklagani keldim. Bu gul sanga. Hovotir olma tikanlarini bittalab olib tashladim. dib qaytib ketti.

Buni voqeani ko`rgan atrofdagi talabalar pichirlab kula boshlashti. “Birinchi kundan sevgi mojorosimi? ” “Bechorani omadi chopmaganga o`xshaydi”

Qahramon qo`lidagi buketti qattiq qisib: Shuncha xarakat qilib endi boshlayotgan yangi hayotim ham birinchi kundan o`z nihoyasiga yetdi.

Jasur Qahramonni qo`lidagi buketni olib ichidagi atirgullarni ularni yonidan o`tayotkan yo`lovchi qizlarga tarqata boshladi.

Jasur: Marhamat oling bu bizdan arzimas sovg`a. “Marhamat” “Marhamat”

Gullarni olgan qizlar bo`lsa jilmayib raxmat dib o`tib ketishar edi. Qahramon ham o`ziga kelib Jasurga yordamlasha boshladi…

Hamma o`quvchilar o`z o`quv xonasida yeg`ilishti. O`qituvchi darsliklar, o`quv rejimi, sharoitlar haqida chuntirayotgan edi.

Jasur yonida o`tirgan Qahramonga qarab: O`zi nega Nodirani yoqtirmaysan? Axir shundo chiroyli qiz bo`sa.

Qahramon: San uni bilmaysanda. Yoshligimizdan beri faqat uni aytkani bo`ladi. “Qahramon u bo`lmaydi. Bu yaxshi. Qahramon u qizlar bilan yurma. Qahramon bugun ko`chaga chiqma. Qahramon… Qahramon…” Jonimga tegib ketkan. O`ylab ko`r sanda ham shunday bo`lganida 20 yil faqat bitta gapni eshitsang? Birovni ko`ngliga qarab ish qilsang yoqgan bo`larmidi?

Jasur: Haa chunarli.

Qahramon: Uni ko`rishniham hohlamayman. O`zi undan zo`rg`a qochib kelgandim. Qanday qilib topti ekana?

Jasur: Balki kimdir aytkandir.

Qahramon: Bo`lishi mumkin emas. Bu yerga topshirishimni hech kimga aytmagandim. Xattoki unga ham biz tarafdagi o`qishka topshirayotganimni uni ham o`sha yerga topshirishini aytkandim. Xayronman.

Jasur: Unda manam bilmadim.

O`qituvchi: Hoy ikkalang. Birinchi kundan boshlayabsilarmi?

Jasur: Kechiring domla.

O`qituvchi: Eh bu yoshlar… Adashibam kettim…

Hullas o`quvchilar gaplarimni chundinglar degan umiddaman. Man bir ozdan kegin kelaman ketib qolmanglar.

Orqada o`tigan kimdir Qahramonni yelgasiga urib qo`ydi (chaqirish ma`nosida). Qahramon orqaga qarab rangi oqarib ketti.

Jasur: Ha arvoh ko`rdimmi? dib uyam qaraganida Nodira kulib qarab turgandi.

Jasur: Nodira?

Qahramon: San bu yerda nima qilyabsan?

Nodira: Ahir yigitimni bir o`zini bu o`qishta o`qishiga yo`l qo`yolmas edim.

Qahramon: Man sani yigiting emasman!

Nodira: Nega asabiylashasan? Bir joyda o`qishimiz yoqmadimi?

Qahramon: Nima? Bir joyda? Axir san?

Nodira: Aldayotganingni bilardim. Shuning uchun man ham shu yerga topshirdim.

Qahramon baqirishni boshladi: Nima mani hammaga sharmanda qimoqchimisan?

Nodira: Man nima qildim?

Qahramon: Bo`ldi hammasi jonimga tegib ketti. Barbie ligingi borib ota onanga qilasan. Stolni qattiq urib xonadan chiqib ketti.

Jasur nima deyishka hayron jim turardi.

Nodira esa Qahramonning muomilasidan hafa bo`lib yeg`lab yubordi.

Jasur cho`ntagidan dasturmolchani olib Nodiraga uzatib:

Qo`yin siqilmang. Hammasi yaxshi bo`lib ketadi.

Nodira dasturmolchani olib yoshlarini artib:

Raxmat. Lekin yaxshi bo`ladiganga o`xshamaydi. Man unga qancha yoqishga xarakat qilsam u Mandan shunchalik uzoqlashib ketmoqda.

Jasur: Adashyabsiz. Xar doim xarakatning orqasidan barokat bo`lgan.

Nodira: Bilmadim bilmadim. Ha aytgancha tanishib qo`yaylik ismim Nodira.

Jasur: Maniki esa Jasur. Tanishkanimdan hursandman.

Nodira dasturmolchani qaytarib: Man ham. Dalda bo`lganiz uchun raxmat kottakon.

Jasur: Do`stlar orasida raxmatga hojat yo`q deb qo`lini uzatdi. (do`st bo`lamizmi degandek)

Nodira ham jilmayib qo`lini uzatdi: Shunday bo`laqolsin …

O‘xshash hikoyalar