MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (2 - Qism...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim...
RASM
Avvalgi 1 - Qism...
(2 - Qism...)
Shu orada qayoqdandur, Do`lanboyevlardan biri ham, yemakxonaga kelib qoldi. Bizdan 5, 6 yosh katta. Oramizda u bilan bir ko`chada turadiganlar ham bor. Hamma bir-bir so`rashib o`tardi. Menga qo`l cho`zgan mahal, ichimda shayton bir g`alayon qildiyu, g`irt nomardni yo`lini tutdim.
Ochig`i hayotimda hech qachon birovni bunchalik kamsitmagan edim. No o`rin joyda, tilimdan chiqqan no o`rin bu haqoratli so`zdan keyin u yoqamga yopishdi. Jo`ralarim o`rtaga tushib ajratib qo`yishdi. Avaz qo`limdan tortqilab nari olib ketdi.
- Qo`yvor Avaz uni jig`ini ezaman... -dedim, jahil ustida do`stimni qo`lidan chiqishga urunib. Ammo Avaz qo`yib yubormadi, siltab-siltab tinchlantirishga urundi. Ancha-muncha gapirdi. Oriyatli yigit bo`lgani uchun, ahmoqona ishimdan g`azablanardi. Jahlim chiqib turgani sabab Avazning gaplari huddi pichirlaganday qulog`imga kirmasdi. Lekin uning: erkayni ishini qilmading degan so`zi aniq va ravon eshitildi.
Do`stimning so`zlari dilimni og`ritti, jahil ustida keskin, o`zimdan nari itarib tashladim, ammo qancha achchiq bo`lsada u haqiqatni aytdi. Shuni uchun do`stimni achchiq dakkisini ichimga yutdim.
(Qachonlardir Do`lanboy degan kishi biz tomonlardan uylanib, shu yerda ichkuyov bo`lib qolgan ekan. U kishidan uch o`g`il, uch qiz zurruyod qolgan. O`g`illarini ikkitasi ham kimdurlarga ichkuyov bo`lgan. Shiringa sovchi bo`lib kelganlar o`sha Do`lanboy deganlarining, nabiralaridan biri edi. U kishi juda serfarzand bo`lib, yetti o`g`il va bitta qiz bor. O`g`illardan uchtasi bobosi va amakilariga munosib izdosh bo`lishgan. Ayollari esa menga shunday tuyuladi, tulkiday ayyor. Ha o`sha boyagi sovchilar. Bilmadim qanday uddalashadi! Qiz tomonni ko`ndirishadi. Balki atayin ichkuyov qilishni istaydigan, yolg`iz qizi bor oylalarni topishar. Rosti bu gaplar Do`lanboevlar sulolasi haqida qishloqda tarqalgan gaplar. O`zim ichikilab surushtirmaganman, shunchaki quloqqa chalingan, bazi kattalardan eshitganlarim holos...)
Haqoratim ham shu to`g`risida edi. Aynan nima deganimni aytishni hojati yo`q, har holda do`stim aytgandek yigit aytadigan gaplar emasdi, asfuski...
Aslini olganda Do`lanboyevlar ham yomon odamlar emas. Borgan joylarini obod qilishadi, birovga zarar yetqazmaydilar. Barchalari muloyim yumshoq ko`ngil insonlar. Lekin nega bunchalik jahlim chiqayabdi!!!
Ularning oylasini yaxshi bilaman, uylanadigani eng kichigi qolgan. U esa, Shirindan ancha kichik. Kelgan sovchi undan emas, o`ylashimcha! Yana ularda bir oylasi buzilib ajrashgani bor. Ayollarini gap-so`zlaridan sovchi jo`natgan aynan o`sha. Mana nimasi alam qilyabdi... Boshqadan bo`lganda ham, lokim yoshroq bo`lganda ham bunchalik quyushqondan chiqmasdim...
Shu Nuriya ammamga ham qoyil qolmadim. Kelib-kelib Do`lanbeyevlarni Shiringa munosib ko`rdimi?! Ahir qizlarida ko`nglim borligini, qanchalik qadirlashimni bilar edilar. Kuyib o`l deganday onamni ham yonlariga chaqiribdilara!..
Nohot yana umidlarim so`nsa. Taqdirga tan berishga majbur bo`lsam!
* * *
Janjal tinchib, hammomga kirdik. Shu payt, birdan oyog`im sirpanib, to`pig`imni qayib oldim.
- Astog`furullo, behosiyat kun bo`ldi men uchun... -dedim kutulmagan palakatdan nolib.
- Ko`rdingmi sen besababdan-besabab bir begunohni dilini og`ritding, uni urug`-aymog`ini haqorat qilovding, mana nohaq ekansan, o`n daqiqada hudodan qaytdi... -dedi, Avaz ayibimni yana bir karra yuzim solib.
- Sen haqsan do`stim... Vaqti kelganda uzur so`rab qo`yaman! -dedim yumshoqlik bilan, oqsoqlanib bir chekkaga o`tarkanman, - Chin so`zim!
Avaz yo`limni to`sdi, nigohlaridan ``Hali gapim tugamadi!`` degan manoni o`qib oldim.
- Yana nima?
- Senga nima bo`ldi? Jahildor bo`lib qolibsan? Yoki qoning qo`shilmayabdimi? -dedi.
Avazni tushunishga urunaman, haqiqatgo`y inson, nohaqlikni ko`rsa chidolmaydi. Ikkinchi sinf paytimda chuqurroq bilim olish maqsadida maktabdan, letseyga o`tib ketgandim. ``Qoning qo`shilmayabdimi?`` deganda ham shuni nazarda tutgandi. Lekin gapni chuvalashtirgisi kelmadi yoki no o`rin gapirib, qo`ygani o`ziham sezib yelkamga qoqib qo`yarkan:
- Do`st achitib gapiradi! -dedi, maqoldan parcha keltirib.
- Iymoni but yigitsan, Avaz. Sendan hafa bo`lgan dushman-ku o`rtoq... -dedim, men ham uni so`zlarini nasihatga yo`yib, - Boringa shukun...
Jo`ralarim orasida, yaxshiyam Avazday insonlar bor. Bazilarni ko`ziga yomon ko`rinsayam ``hay-hay`` deb turishadi. Sholi kurmaksiz bo`lmaydi deganlariday, oramizda ko`ngli har-xildagi kayfu-safoni istaydigonlar bor. Bazilar ayol bilan, bizilar mast qiladigan narsalar bilan kayf qilgisi keladi. Bilmadim, barchamizni sal bo`lsada yomon yo`llardan qaytarib turmaganida, doyim yig`ilishib turadigan joylarimiz ham islovatxona, mayxona yoki qumorxonaga aylanib ketarmidi?
- Do`stim chindanam asablaring tortishib qopti... - deya naridagi uqalovchini chaqirdi, - Hoy og`ayni bo`lib qoldizmi, manabu yigitni bir tepkilab qo`ying! -gapni kulguga oldi, hoholadi. - Senga foydali Rustam, hozir qushday yengil bo`lasan! -degancha o`zi parxona tomon ketdi.
* * *
Uqalovchi, o`z ishini ustasi ekan, go`yo manpada hamir qorganday, o`nbesh qaqiqaga qolmay tandirbop qilib qo`ydi. Masaj olib, asablar ham anchayin bo`shadi. Shundan keyin parxonaga kirdim.
Sinfdoshlar to`plangan davrada, suhbat uchun eng zo`r mavzu bu maktab davri haqida bo`ladi. Men kirganimda ham jo`ralarim maktab davridagi voqealarni eslab guring qilayotgan ekanlar. Hamma hangomalar, sevdim-kuydim shunga o`xshash voqealarni aksari yuqori sinf paytlarida bo`ladi. Ayni shu mavzuda, Avaz aytgandek: qonim qo`shilmay qoladi. Boya aytganimday meni shu davrim boshqa yerda o`tgan. Shuni uchun, biroz kulishgan bo`lib bir chekkaga o`tib oldim.
Issiq par og`ushida ruhim asta yengillasha boshladi. Ko`zlarimni yumib oldim...
Umirni oqayotgan anhorga qiyoslashadi. Men manashu fikrga qo`shilaman. Haqiqatan o`tayotgan umrimiz oqar suvday ortga qaytmaydi. Lekin hayotda shunday damlar bo`ladik, sen birdam to`xtab ortga qaragin, ho`o` o`sha boshlangan zilol bulog`ing, shildirab oqqan chashmangni qumsab qolasan. Mening ham qalbim tubida asrab, eslaganda ko`ngilga halovat berguvchi, eng go`zal, buloq suviday tiqin, hanuzgacha shuvurimdan o`chmagan yoqimli hotiralarim bor. Doyim g`azablanib, dilim siyoh bo`lganda, halovat istagan vaqtlarimda, birdan ortga qaraymanda umr anhorimning hali loyqalamagan, iflos oqavalar qo`shilmagan, boshlang`ich nuqtasini izlab qolaman...
Yengil tin ola boshlaganimdan so`ng, jo`ralarimning ovozlari go`yo uzoqdan eshitilayotgandey pasayib, asta hiralashib bordi. Men hotiralar ummoniga g`arq bo`la boshladim.
* * *
Bobom kolxozda traktorchi bo`lib ishlaganlar. Mustaqillikdan keyin, traktorchilarga, dalada jonbozlik ko`rsatganlarga davlat tomonida o`n so`tixdan yer-joy berilgan. Qishloq chetida, soy va zakanning yonma-yon kelib qolgani sabab kattakon dala juda qiyshiq bo`lib qolgan ekan. Aynan o`sha daladan yer taqsimlashgan. Yer-joylarni, yo`lga to`g`irlash maqsadida dalanini narigi, yonidan taqsimlashgan. Jami o`n sakkista joy berilgan. Qolgan tomoni esa yarim oy shaklidagi qiytiq yer qolgan. U yerga qishloq rayisi shaftoli, o`rik, gilos ko`chatlaridan o`tqazib, qariyalar uchun kichikroq bog` yaratgan.
Berilgan yerlarni qishloqqa yaqin qilish uchun zakan va soyga ko`prik qurish pilani bo`lgan. Ammo negadur qurulmagan. Bog`, soy, zakan va qurulmagan ko`prik tufayli, yo`l uzayib qishloqdan anchayin ajrab qolgan. O`sha paytda bobom: bu hilvat yerga uy qurmaymiz, ekin uchun foydalanamiz! deb o`ylab, eng ohiridan suvga yaqin joydan olishgan ekanlar. Lekin taqdir, taqozosi sabab, uy qurishga to`g`ri kelib qolgan. Kichik amakimni uylantirganlaridan keyin, kichikroq beznesga qo`l urush maqsadida kivartirani pullab, bir qismiga o`sha yerga uy qurib, ko`chib o`tganmiz. Qishloqqa teskari, yo`li o`ta rasvo, buni ustiga eliktir, gaz olib borish muammo bo`lgani uchun, hamma ham u yerga uy qurishga jazim etmagan. Balkim shuni uchun bir nechtasi haridaor topilib joylarini sotgan. O`zida qolganlarniki ham bo`sh yotardi. Biri terak o`tqazib qo`ygan bo`lsa, boshqalar devor bilan o`rab, qolganlarida esa shundoq ajriq, o`t-o`lan bosib yotardi.
Avvaliga ota-onam ham bu uymizga vaqtincha turar joy sifatida qarab yurishdi. Biroz vaqt o`tgach, bu hilvatning ham o`z avzalliklari borligini tushunishdi. Havosi musaffo, shahardagi shovqundan ancha yiroq. Hullas uyimiz maqul kelib, boshqa joyga ko`chmaslikka qaror qildik. Bunga yana bir inson sababchi desam adashmagan bo`laman. Hullas biz ko`chib o`tmasimizdan avval, bizdan bir yarim yilcha burun bir yosh oyla ham ikki qizalog`i bilan shu ovloqqa, bizni yon tomonimizdagi joyga uy solib, ko`chib kelgan ekan. Biz ularga devor qo`shni bo`ldik. Shundoq qilib ovloq joyda ikkita xonadon paydo bo`ldi.
Esimda, o`shanda shaharda o`sib ungan onam, bu muhitdan birozgina nolib shu gapni aytgandilar: darvozadan chiqsam, go`yo dunyoni chetiga borib qolganday bo`lylabman. Tez orada yangi hovliga ko`chib o`tsak kerak!
Qo`shni ayol esa: unday demang opa-singilday bir-birimizga tirgak bo`lib yashaymiz, degan edilar. O`sha vaqtlardayoq u ayolning juda samimiyligini onam tushungan va fikridan qaytgan deb o`ylayman.
Avvalo hali 30 yoshga ham to`lmagan ayolning, bunday ovloqda yoshgina qizchalari bilan bir yil qo`rqmay yolg`iz yashayotganini o`zi bir jasorat.
Keyin bu devor qo`shnimizni suyansa bo`ladigan, yaqinlari ham yo`q ekan. Eri olamdan o`tgan yoshgina beva ayol. Qo`shni bo`lganimizdan suyunib, tez-tez yonlariga chiqib turadigan ayolga, onam Nuriya deb murojat qilardilar. Ayol onamdan kichikroq bo`lgani uchun ``opa`` deb murojat qilardi. Ayolning ikki qizi bor. Kattasini ismi Nozima. Nozima opam Xolida bilan bir sinfda o`qir ekan. Kichigini ismi esa Shirin men tenggi, shiringina qizaloq...
Ayolni o`zi chumolidek mehnatsevar, ko`zlari mehirli, shirnso`z. Qizlari ham yumshoq ko`ngil, farishtadek oppoqqina yoqimtoy qizlar edilar.
Keyinchali ayolni tarixidan xabardan bo`lganmiz. O`zi asli boshqa yerli ekan. Rahmatli erini topish-tutishi tuzukkina o`ziga to`q odam bo`lgan, ammo ishlari ortga ketgan, yana qandaydur tuhmatlarga uchragan, qamalib chiqqan. Hullas bosh olib shu xilvatga kelib qolishgan. Shu joylardan arzongina yer olib, ko`zdan nari uy solishgan. Qo`ldan kelgancha yashashga harak qilganlar. Biroq ko`p o`tmay, eri olamdan o`tib qolgan ekan.
Ayolning, eriga sadoqati, o`ta mehnatsevarligi, kishilarda mehir uyg`otardi. Qishloq oqsoqollari ham modiy ham manaviy yordami ayamasdi. Ilk kundanoq, onalarimiz opa-singildek bo`lib ketishdi.
O'zimni ammam bolmagani uchun yoshligimdan onam, tengi ayolni korsak amma deyaverekanman. Nuriya opani ham amma deya boshladim. Hullas Nuriya ammam o`sha vaqtda pekaniyda ishlardilar. Yana kechqurin no`xat, ko`ksomsa pishirib erta tongda yo`l bo`yiga tog`ara ko`tarib sotib kelardi. Tomarqalariga kamtarona issiqxona qurdurgan ekan. O`sha yerga sotish uchun ko`katlar, gul ko`chatlari uchun urug` separdi. Ikki qizni bekamikust, hechkimdan kam qilmaslik uchun, qo`lidan kelgan hamma ishni qilardi.
Nuriya ammamni shijoati, kaftdek yerdanham foydalanishini ko`rib, onam va dadamning ham g`ayrati jo`shib ketdimi yo dehqonni farzandi ekanlarini eslab qolishdimi. Tomarqamizga lemunarya qurdik. Hech yo`q, uydagi kishilarni bekor qoldirmaydi, ham qo`shimcha daromad.
O`sha yili men va Shirin birinchi sinfga qadam qo`ydik. Bu paytgacha qarib uch, to`rt oy Shirina bilan bohchaga qatnab yurib, u bilan anchayin yaqin bo`lib qolgandik. Bolaligimning eng yorqin damlari huddi anashu yerdan boshlandi...
Maktabdagi ilk haftamiz edi. Tanafusda, o`sha paytlari gugurt qutini rasmli qismini qirqib olib ``Guppi`` degan o`yin o`ynalardi. Bizdan yuqori sinfdagi bollar o`ynayotgan ekan. Men tomosha qilib turgandim. Birdan yonimga Shirin yugurib keldida ortimga berkindi. Uning ortidan izma-iz, bizdan ikki sinf yuqorida o`qidigan Abbos ismli bola quvib keldi. Shirin mendan himoya istab kelgani, menga kuch baxshladi chog`i, qo`rqmay Abbosga qarshi chiqdim. Ammo yaramas juda chayir ekan. Birzum piypalashdigu, musht urib burnimni qonatdi. Qonni ko`rib esa o`zi qochib qoldi. Maktab shifokori, qonni to`xtatdi. Biroz yotib o`zimga kelgach, yuz qo`limni yuvib, darsga qaytdim. O`qtuvchimiz Qunduz opani rahmi keldimi gurpaga olib qolmadi, uyga ketishimga ruhsat berdi. Tabiyki yagona qo`shnim Shirinni menga yo`ldosh qilib yuborishdi...
Shirin bilan qaytarkanmiz, qishloq ichidan emas uzoqroq dala, aylanma yo`lidan yurdik. Aslida men shu yo`lni tanladim, Shirin menga ergashdi holos. Qo`limda o`zim bakalashka qopqog`idan yasab olgan ``Vizildaq!`` o`yinchoq. Shunchaki ipini ushlab qo`limda aylanirib kelarkanman, hayolimni birgina o`y bant etgandi. Bir oy avval uydagilar olib berishgan, oq ko`ylak va qora shimning ahvolini ko`rib onam, nima der ekanlar! Changa botgan shimimni yaxshilab qoqsam tazalanarku?! Ammo oq ko`ylakdagi qon dog`larini qanday ketqazaman?! Onam hunobi oshib jazolamasmikin! Shu kabi o`y hayolimdan birzumga ham yiroqlasha olmasdim. Yo`limiz boshiga yetmay, bog`ning o`ng yonidagi taxta ko`prikka kelganda to`xtadim. O`ylab qoldim: balkim ko`ylakdagi dog`ni ariqdagi suvda yuvib ketqazsamchi?! Ko`ylak tugmalarini bo`shatarkanman, taxta ko`prik yonidagi tollar panasiga, ariq bo`yiga tushdim. Lekin ariqdagi loyqa suvni ko`rib hafsalam pir bo`ldi. Hayol bilan ajriq ustiga cho`kdim.
Yo`l bo`yi lom-lum demay menga ergashib kelgan Shirin ham pastga tushib, tepamga keldi. Birozgina jim turdi. Keyin engashib bir qo`lini yelkamga qo`yib. Past ovozda ahvolimni so`radi:
- Og`riyabdimi? -dedi. Boshini yonboshga qiyshaytirgancha yuzimga tikilib.
- Salgina... -dedim.
Birzum ko`zini uzmay termulib turdida, yanaham yaqinroq surildi yelkamdan qo`lini olib, barmog`ini yuzimga teqqazdi. Shunda yuzimda og`riq yana ham kuchaydi.
- Vuuuyy... Og`ridi...
- Yomon ko`karib qolibdi... -dedi ovozi yanada hiralashib, o`zgacha kuyunchaklik bilan.
Avaylabgina yuzumni ushladim. Og`riq bor. Abbos bilan olishganimda tirsagi yuzimga urulganini esladim. O`yga tolib qoldim: bularni uydagilarga qanday tushuntiraman!
- Qanday rangda?
U yana birzum termuldi.
- Bodring... Yo`q baqilijon rangida!
Negadur yig`lagim keldi. Lekin Shirinni oldida ko`zyosh to`kishga or qildim. Shunda hamrohimning ham ko`zlarida yosh aylanayotganini ko`rdim.
- Endi oyim urishadilar... -dedida, nafasi tezlashib, kipriklari, lablari pirpirab ko`zidan yosh tomchilari dumalab tusha boshladi.
- Yig`lama! Oyinglar seni nega urushadi, sen hechnima qilmading-ku?!
- Anu bola meni deb urdi-ku!..
- Yo`q seni deb emas...
- Meni deb...
- Seni deb emas... -uni yig`laganini ko`rib, yuragimni battar qo`rquv bosdi. Yoshligimdan boxchada ham, urushib yig`lab kelsam, kimdur ursa. Dadam: ``Sen odobli, a`qilli bola bo`lib tinch yursen seni hechkim urmaydi!`` deb ayibni o`zimga ag`darib, yana dakki berardilar. Shuni uchun uydagilarga palonchi bilan urushdim deb aytmasdim.
- Hechkimga aytma... So`rab qolishsa yiqilib tushdi degin... -dedim qatiy, buyruq ohanggida.
- Ho`p... -dedi, bosh irg`ab.
- Ko`z yoshini artib ol... -dedim.
U barmoqlari uchi bilan ko`zlarini sidirdi, ammo kipriklari ostidagi namlik ketmadi.
- Artib ol... -dedim yana.
U yana o`shanday barmoq harakatlarini takrorladi, bu gal ham namlik ketmadi. Yaqin o`ltirgani uchunmi beihtiyor o`zim artib qo`ydim, lekin bu harakatimdan o`zim uyalib ketdim. Nigohlarimni birzum undan olib qochdim. U ham uyaldi shekila, harakatlar ortida ko`zlarini yashirdi. Avvaliga suv yoqasidagi yovvoyi yalpiz shohchasini sindirib oldi so`ng suvni o`ynagan bo`ldi. Ikkimiz ham jim, birdam orada jimlik cho`kdi. Shirin yalpiz barglarini suvga bo`ktirib o`ynardi. Men esa zimdan uning harakatlarini kuzatardim. Sal o`tib u ham men tomonga qarab-qarab qo`ydida, qo`lidagi yalpiz shoxchasini bir chekaga tashladi. Naridagi popkasini kichik cho`ntagiga solib qo`ygan rumolchasini oldi va ariqdagi muzdak suvga bo`ktirib, siqimladi.
Avvaliga uning bu hatti-harakatini tushunolmadim. Keyin bilsam u yuzimning ko`kargan joyiga muzdek rumolchasini qo`ymoqchi ekan. Shu damda judayam huyajonlanib ketdim. Yuzimga asta rumolchani bosganida, uning mehirli taftini tuydim. Qayg`urishi juda yoqimli edi. Rosti juda uyaldim.
- O`zim... O`zim... -deya rumolchani qo`lidan oldim.
- Yaxshi bo`ladi, tuzalib qoladi... -dedi, yanda kuyunib.
Rumolchani yuzimga bosganimda undagi muzdek suv siqilib, yuzimdan sizib tushdiyi, maykam ichiga tomchiladi. Bu holdan g`ashim keldi. Be ihtiyor yuzimni tirishtirganimni ko`rib, Shirin qiqirlab kulib yubordi.
- Ustimdan kulma hozir bir solaman... -dedim yolg`ontakam duq ohangida, kulganidan g`ashim kelib.
Ko`zlarini pirpiratib, urolmasligimni bilib yelkasini qisgancha yana jilmaydi. Shunda peshonasiga astagina bir chertdimda, barmog`imni qayirib ikkinchi bor chertmoqchiday uqtaldim.
- Vuuy... -degancha peshonasini ushlab, so`ng ikki kafti bilan yuzini berkitdi. - Chertma... -dedi.
- Kul yana... -dedim.
U jim qolganimi sezib, astagina barmoqlari orasidan, ko`z qirini tashladi. Haqiqatdan yoshlik eng beyg`ubor davir bo`ladi. Shirin shunday bir ajib qaragandiki, erkaligi o`ziga yarashagandi.
Yoqimtoy hamrohimga ozor berishga qo`lim borarmidi.
- Chertmiman, yur ketdik... -deb tepaga intildim. Sal ariq bo`yidan, teparoqqa ko`prikka ko`tarilar ekanman, yupkada bo`lgani uchun, ko`tarilishi onson bo`lsin, oyog`i sirpanmasin deb, qo`lidan ushlab ko`maklashdim.
- Rustam ko`ylagingni tugmalarini taqib ol... -dedi, ko`prik ustiga chiqqanimizdan so`ng.
Shoshgancha o`zimni tartibga solib, tugmalarni o`tqaza boshladim. Birdan u yana qiqirlab kulvordi:
- Tepa-past bo`lib qoldi-ku!
Shoshganda yoqam tagidagi bitta tug`mani boshqa teshikdan o`tqazibman. Shirin eslatgandan keyin birozgina hijolat tortib, tezda to`g`irlashga harakat qildim. Ammo negadur tugma o`lgur hecham barmog`imga o`ng kelmasdi. Shirinni sabri yetmadi chog`i kulgancha qo`llarini oldinga cho`zib o`zi to`g`irlashga kirishdi.
Ko`prik ustida turarkanmiz, tepadan tushayotgan tol barglaridan bir nechtasi, uning kokiliga ilashgan ekan. U tugmachani taqib qo`yguncha mening ham qo`llarim bekor turmadi, sochiga ilashgan, barglarni olib tashladim. Bu ishimdan allanechunk ko`zlari, kulgandek birzum harakatdan to`xtab qoldi. Asta yoqamni tog`irlab qo`yarkan, mamnun jilmaygancha past ovozda:
- Sen juda yaxshi bolasan... -dedi.
Men yaxshi bolaman! ``Sen ham juda yaxshi qizsan, mehribon, chiroyli!`` deya, ikki yuzidan o`pib, astagina bag`rimga bosdim va ``Seni hamdan ham ko`proq yaxshi ko`raman...`` dedim....
Eee yo`q, rosti bu lahzalar, mening hayoliy olamimda kechdi holos, o`zim esa duduqlanib bir so`zham deyolmay, yelka qisib qo`yishdan nari o`tmadim.
Eslasam o`sha vaqtlarda naqadar uyatchang bola bo`lgan ekanman, salgina hayajon bossa tomon, tildan qolganday botinib gapiraolmasdim. Huddi gun soqovlarday uyga qaytdik, faqatgini u darvozasini ochayotgan paytda sal dadillanib:
- Shirin urushganimni hechkimga aytmagin-aaa! -deya iltimos qildim.
U boshini qimirlatib qo`yarkan, jilmaygancha hayrlashib kirib ketdi.
Asta qosh qoraya boshladi. Ruhan dakki eshitishga tayorlana boshladim. Onam bilan dadam yuguruvchi atlet bo`lishan. Allaqanday musobaqalar paytida tanishib bir-birlariga ko`ngil qo`yishib so`ng oyla qurushgan.
Malum vaqt opam ikkimiz ulg`aygunimizgacha. Dadam maktabda jismoniy taribiya o`qtuvchisi bo`lib ishlaganlar. Onam esa siport maktabida yosh qizlarga murabbiya bo`lgan. Keyinchalik dadam oyna kesishga mo`ljallangan kichik korhona ochib beznesga o`tib ketdilar. Malum vaqtdan keyin onamning lavozimi oshib, masulyati ko`paydi. Har ikkovlarining ham kasiblari juda asabni zo`riqtiradi. Shuni uchun sal narsaga darov tutoqib ketishardi.
Bo`ladigan ishni bo`lgani maqul, shunga ko`ylak bilan shimni ko`zga tashlanadigan joyga ilib qo`ydim. O`zim esa halizamon boshlanib qoladigan savol-javobni kuta boshladim. Ayni shu lahzada Shirinni sharofati bilan omad men tomonga yuz burdi.
Onam dadam kelgan mahali, Nuriya ammam