tungi.ru

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (3 - Qism...)

MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim...

RASM

Avvalgi 1 - 2 - Qismlar...

(3 - Qism...)

Ertasi kuni maktabga ketayotib opamdan bir-necha daqiqa kechroq chiqdim. Chiqsam opam, Shirinni opasi Nozima ancha nariga borib qolishgandi. Odatda uch qiz doyim maktabga birga ketishardi. Men ulardan sal avval yoki kechroq chiqib, do`stim Avaz bilan chaqirishib borardim.

Bu gal Nuriya ammam Shirin bilan darvozalari yonida turishardi. Darov sezdim, meni kutishayotganini. Hoyna-hoy kechagi qahramonlik uchun shaxsan minnadorchilik bildirmoqchilar! Yonlariga borib salomlashdim.

- Rustam ma oool! -dedilar, bitta kanfetni qo`limga tutqazib.

- Yo`q rahmat... -dedim tortinib.

- Olaqo og`lim ol... -majburlab kaftimga tutqazdilar, - Aylanay sendan, bu qizni o`z singlingday himoya qilibsan... -yuzimdan o`pib, - Rahmat... -dedilar.

- Singlingday!!! Vooy oyi menaaa? - Shiringa ammamni ``singlingdey!`` degan so`zilari uncha hush yoqmadi chog`i, onasini so`zini keskin bo`ldi, - Biz tengmiz-ku! Bir sinfda o`qiymiz!

Shu joyda bo`sh kelgim kelmadi.

- Baribir sendan 4 oyga kattaman, o`zi aka deyishing kerak! -dedim.

- Bo`yi baland ham kuchli! -dedilar ammam, bizni bolalarcha aytishishimizga kulib, boshimni silab erkalab.

Bu esa Shiringa yanaham yoqmadi, burnini jiyirib qo`yarkan salgina jahil qilib:

- Biz boraqolaylik bo`lmasam! -deya ters burilib yo`lga tushdi.

Ammam birozgina engashib, yelkamdan tutgancha muluyimlik bilan:

- Qizimni dadasi yo`q deb birortasi hafa qilishiga yo`l qo`ymagin! -dedilar.

- Ho`p amma, uni hafa qilganni o`zim adabini beraman...

- O`zim aylanay sendan arslonim...

- Bo`pti amma, men kettim... -deya yugurib Shiringa yetib oldim.

Ortimga qarab-qarab qo`yarkanman. Ammam haliham bizni kuzatib turardilar. Ich-ichimdan shunday istak bo`ldiki, men Shirinni qo`lidan mahkam tulib oldim. U bir qarab qo`ydi ammo qo`lini olmadi. Men qaddimni tik tutgancha to`g`riga qarab ketaverdim. Saldatdek g`oz yurishim yoki qo`lidan ushlab olganim kulguli tuyulib, Shirin kulib, qaray boshladi. Men ham zimdan nigohimni tashlab qo`ysam, jim bo`lib olardi. Nigohimni olsam yana qiliq qilib kula boshlardi. Malum vaqtdan so`ng bu kulguli holatdan ikkimiz ham kulib yubordik...

Bizning begubor kulgumizda, kulgudan chaqnagan nigohlarimizda kichikkina beg`ubor olam bor edi. Bu olamda, bolalarcha do`stlik, ammamning tog`dek ishonchi va yuraklarga endigana qadalgan muhabbat atalmish tuyg`uning urug`lari, nish ura boshlagandi..

To`g`ri o`sha paytda bu tuyg`ular muhabbat ekanligini tushunmaganmiz. Sevgi, ishq bu tuyg`ular, bizga yaxlit qadir, o`zoro mehir bo`lib tuyulgan holos.

* * *

Birinchi sinfdanoq juda a`lo o`qidim. Bunga sabab, onam juda qattiqqo`l edilar. Bundan tashqari dadamning rag`bati. Bolaligimdan Futbol jinnisi edim. Agar chorak baxolarim hammasi 5. bo`lsa dadam, koptok, butsa, Real Madridning 7 raqamli futbolchisi Raulning formasini olib berar edilar. Bundan tashqari tez-tez Paxtakor stadiyoniga olib borardilar. Lekin o`zimda ham o`qishga ishtiyoq balant edi. Shuni inobatgan olgan onam meni letseyda o`qshimni, yanada yaxshiroq bilim olishimni istadilar. Shu tariqa 2 sinfdan maktabni letseyga o`zgartirdim...

Shu zaylda asta ulg`ayib bordik. Shirin bilan bir maktabda o`qimasakda, qo`shni bo`lganimiz uchun uni har kuni ko`rardim. Men shuni anglab yetardimki, go`yo ko`z o`ngimda olmos sayqallanib borardi. Yuqori sinfga o`tgandan keyin, qalblardagi muhabbat urug`lari ham barg yozib anchagina bo`y cho`zib qolgandi.

Shu damlarda o`zimda o`zgarish seza boshladim. Mudom Shirin tomonga intilish u haqida o`y surish yoqimli mashg`ulotimga aylanib qolgandi. Kundan-kun kuchayib borayotgan bu tuyg`ular ishq, muhabbat ekanligiga fahmim yetib qolgandi. Hamma yoshlar singari men ham o`zimcha sevgi, muhabbat haqida sh`erlar yod olardim, berkitib turli-tuman sevgi maktublarini yoza boshlardim.

Yana o`zimni kuchli ko`rsatib, bir yoqlarga qarab yugurib keladigan, temir shotiga turnik yasab osilib, tosh ko`tarib kuchumni ko`rsatib qo`yishga intiladigan bo`lib qolgandim. Raqiblarniku sanog`i yo`q, ayni kimdur bilan kuch sinashish kerak bo`lsa boxona tayin, Shinin uchun har qanday raqib bilan mushlashishga tayyor edim.

Lekin raqiblardan ustun jihatim, Shirin har doyin men tomonda ekanligi edi. Bir-birimizda ko`nglimiz borligi allaqachonlar kunday ayon bo`lsada, jurat etib tilimizga chiqara olmas edik.

``Sen menga yoqasan!`` deyishga qulay fursat bo`lmasdi.

* * *

Nuriya ammam, qizlari katta bo`lib, ularning ham yordami tega boshlagandan keyin, barcha ishlarini tashlab ona bolalar gulchilik bilan astoydil shug`ullana boshladilar. O`zlari yaxshi tushiungan, gulchilik kasbidan ro`zg`orlariga ham ancha baraka kirdi. Deyarli 3, 4 yilda juda katta ishni bajardilar. Uylarni qayta zamonaviyroq tamirlatdilar, to`y qilishdi, gulchilikni ancha rivojlantirib oldilar. Bu orada opalarimiz Xolida va Nozima inistitutga kirishdi, birin ketit turmushga uzatdik ikkisini ham. Biz u payt 9 sinfni bitirib kollejga qadam qo`ygan edik.

Shirin o`qishga qiziqmadi. Nuraya ammamga yordamchilik qilib, gulchilikni o`rgana boshladi. Uylarida hamma ayol bo`lgani uchun, erkaklar qiladigan ishlar chiqib qolsa mendan yordam so`rab turardilar. Tez-tez uylariga matorulda sopol tuvaklar, qopda chirindi o`g`it yoki ko`mir opkelganlarida yordamga chaqir edim...

* * *

Bahorning ilk oyi edi. Kecha kechki payt, shaharda turadigan repetitir xolamnikidan qaytib kelgandim. Erta tongdan onam: uydaligimdan foydalanib, kir kiyimlarni yuvmoqchi ekanliklarini aytib, suv tashib berishimni so`radilar. Kanesterlarni ko`tarib ko`chaga chiqdim. Qarasam Nuriya ammam bozorga ketmoqchi, bo`lib turishgan ekan. Buketlarni mashinaga joylabdilar. Taksis bilan tuvakdagi kattakon manzarali gulga ziyon yetqazmay, qanday joylashtirish haqida bosh qotirib turgan ekanlar. Nuriya ammam bilan deyarli ikki haftalarcha ko`rishmagan edik, shunga salomlashish maqsadida yonlariga bordim.

- Assalomu a`laykum amma!

- Voooy, amma degan tillaring aylanay... Va`alaykum assalom...

O`zimga yaqin olib amma deb murojat qilsam judayam sevinib ketadilar.

- Yordamim kerakmi?

- Bo`shmisan?

- Ha...

- Iyaaa aytgndek! - tajublandilar, - Tayorlovingga bormadingmi?

Ohirgi oylarda, kollejga ham repitetirimiz yani xolamning uyidan qatnab yurganim uchun, uyda deyarli bo`lmasdim.

- Ha, yo`q. Xolam: uydagilaringni ko`rib kel deb bugun dam olishimizga ruhsat bergan. Ayni bugun bekorchilikdan nima qilishni bilmay turubman! -dedim, yordamim tegsa hursan bo`lishimni shama qilib.

- Yaxshi, unday bo`lsa bir iltimosim bor...

- Iltimos qilib o`ltirasizmi! Buyuring amma...

- Pechkani buzib bersang...

Vohlimasmikin degan o`y, hayolimga keldi. Huddi shuni sezgandek, ammam so`zini davom ettirdi:

- Shu kunlarda, Noz opang, kuyovim va qudalarni chaqirmoqchiman. Pechkani olib bersang, Shiringa aytib, patolokni arttirib qo`yardim...

- Ho`p, bo`ladi. Boshqa og`irroq yumushlariz yo`qmi?..

- Bor... Parniknikni ustga yopilgan selafani oftobda kuyub ketmasin, loyqa suv sepib bergin... Anavu yerda ikki kattakon qopda chirindi bor shuni ham tuproqqa qorishtirish kerak, hoziroq demayman vaqt topib...

- ``Yes!`` qilamiz amma... Ha aytgandek, anavo gullar malikasi, ertayiz qani? Ko`rinmidi! Uyda bir o`zizmisiz? -dedim, Shirinni so`roqlab.

- Kechqurin bir vaqtgacha buket tayorlagandi. Shunga biroz uhlab olsin deb uyg`otmadim... -dedilar.

- Ha, shundaymi! Bo`lmasam amma, uyquchi qiziz uyg`onguncha, men ham oyim buyurgan bazi, ishlarimni qilaturaman...

- Bemalol ishingni qilaver, judayam zarur emas, qo`ling teygada qilib bersang bo`lgani...

Tuvakdagi gulni, mashinaga yuklashdimu, Nuriya ammamni bozorga kuzatib, uyquchi sevgilim uyg`onguncha, o`zim ham ishlarimni bajarishga kirishdim.

Soya-salqin bo`ladi. Mevasi kampo`t, murobboga yarar deya, uyumiz yonidan o`tgan ariqchani yoqasiga 3, 4 tup olcha ekkib qo`ygan edik. Avval shu olcha daraxtini, deraza romlariga qarab o`sgan shoxlarini bog`lab salgina yo`nalishga solib qo`ydim. To`rt arava tuproq to`kib, yo`lni balant pastini tekislab qo`ymoqchi edim. Negadur tayorlovda yurib, dangasa bo`lib qolibmanmi, hech ishga qo`lim bormadi. Birozgina dam olayin deb olcha tagiga, salqinga o`ltirdim. Asta ohirgi yillarda o`zim uchun yoqimli bo`lgan mashg`ulotga kirishib ketibman. Orzularga berilib, birzum Shirinimni qumsab, hayol surib qolibman!

Temir darvozani kichik eshikchasi tiriqlab ochilishi, o`ylarimni tarqatdi.

``Yoo qodir egam!``

Shunday hilqatni yaratgan tangriga behisob shukurlar aytarkanman. Allaqachonlar hayollarimniy, butun qalbimni egasiga aylanib ulgurgan malaksimo go`zalim bo`y ko`rsatdilar. Egnida o`ziga yarashgan, moviy rangli ko`ylak, lozim. Boshida bejirim shoyi rumol... Huddi hayolimdan chiqib kelgandek. Uni ko`rdimu, qalbim zavqqa to`ldi. Quyulib qolgan qonlarim, tomirlarimda shiddat bilan oqa boshladi.

``O`zimning oyruhsor sevgilim...``

Shu o`ylar hayolimdan o`tarkan, undan birzumga ham ko`zlarimni uzolmay qoldim.

Tavba-tavba, malaksimom lablarini kafti bilan to`sgancha esnay boshlasaya!!!

- Chiroyli qizlar esnaganda hunuk bo`lib ketadi degan so`zlar senga aytilmagan uyquchi... - hayron bo`lib men tomonga qaradi, - Otashin salomlar, gullar malikasiga... - dedim.

Hushomadim moydek yoqib, ko`zlari chaqnab ketdi. Qo`lini ko`ksiga qo`yib, erkalanganmano, tavoze bilan salgina bosh qimirlatib qo`yarkan:

- O`zlariga ham salomlar... Qalaydan ilmi-toliblar bizni ko`chaga oralab qoldilar?! -deya salomlashish uchun men tomon yura kelarkan.

- Ikki, uch oy uyda bo`lmaganimga ko`chaga ega bo`lvobtilarmi?! - men ham u tomonga qadam tashladim, - Agar bir yilga, armiyaga ketsam uyumizni ham menki dersan? -dedim, atayin birkun menga turmushga chiqishiga shama qilib.

- Ooo! - yaqinlashib kelarkan, jilmaygancha sho`xchan qo`l tashlab salomlashdi, - Qalaysiz?

- O`zingchi?

- Yaxshi, so`raganizdan buyon...

- So`ramasimdan avvalchi?

Savolimni javobsiz qoldirib, jilmayib qo`ydida kaftini bilan ko`ksini to`sgancha, supurgisini olib ko`cha supurishga taraddutlandi.

- Ketmon ko`tarib qolibsiz? - yo`l boshiga qarab qo`ydi, - Suv ochasizmi?

- Yo`q, yo`lni balant-pastini to`g`irlab qo`ymoqchi edim...

- Unda nimeee turibsiz, tez-tez to`g`irlang, men supurishim keray...

Supurishni biz tomondan boshlaganini ko`rib, gap uchurdim.

- Ko`nikib turganing yaxshi, keyinchalik ikkita xovlini supurib-sidishda qiynalmaysan!

- Nima? -dedi qoshlarini chimirgancha.

- Noza opam bilan Xoli turmushga chiqib ketdi... Endi sen ikki honadon qizisan, men esa o`g`li. Men supur-sidir qilolmayman, sen yer chopolmaysan. Shuni uchun, sendan u-gina, mendan bu-gina!

- O`o`-h-h-o`o`... - mayin jilmayib ma`noli kiprik qoqdi, - Agar shunday qilsak, ikki tomon uchun ham manfatli kelishuv bo`larkan-a?

- Ha-daa! Bordiyu buni, yozma bitim bilan qonunlashtirib olsak bormi...

- Hozircha og`zaki kelishuv yetarli deb o`ylayman...

- Yozma bitim sizga qimmatga tushadi demoqchisanda?

Yozma bitim deganimda, nikoh shartnomasini nazarda tutdim.

- Lavzi halol yigit uchun, og`zakisi ham kifoya qiladi deb o`ylayman! - hazilomus jilmayib, ayyorona qosh uchurdi, - Men anchadan buyon, xolamga yordamlashib, Xolida opamni yo`qliklarini bildirmay yurganimni hisobga olsak, siz mendan aaanchagina qarzdor bo`lib qoldiz.

- Oyimga qarashyabsanmi?

- Hmm!

- Rostdanmi?

- Hmm...

- Huddi kelindekmi?

- Yo`q. Qo`shni qizdek!

- Obboo, qo`shni qiz-ee!..

- Hmm! O`zizcha boyadan buyon nimalarga shama qilyabsiz?

- Hech nimaga!..

- Gap uchurguncha, tezroq ishizni bitqazin, qarang supurishga halal beryabsiz.

- Ho`p bo`ladi xonim.

Oraga yoqimli skunat cho`kdi. Men yo`lga to`kkan tuproqlarimni tekislab, shippalab bo`ldim. U esa bizning ko`chamiz tomonni supurib bo`lib, o`zlari tomonga endigina o`tgandi.

Shirinni huddi kelenchikdek ohista ko`cha supurishini, biroz zavq bilan kuzatdim. Qalbimni beqiyos tuyg`ular, beshikdagi bolasini allalayotgandek, ohista tebratadi. Shuvurimni yoqimli hayollar egallay boshladi.

Hayolan sassiz unga dilimdagi so`zlarni aytaman:

``O`zimni savriqomat Shirinim... Qani endi tezroq 3, 4 yil o`tsayu, biz oyla qursak. Sevikli rafiqam bo`lsang, uyquga yotganimda ham uyqudan uyg`onganimda ham seni ko`rsam. Shirinim qaydan ajayib bo`lar edi-aaa!``

Huddiki qalbim nidosini eshitgandek, supurishdan to`xtab boshini ko`tardi. Jilmaygancha uyimiz tomonga imladi.

- Ha, nima? - dedim, uni bu ishorasidan hayron bo`lib.

- Voy tovba! - kuldi, - Rustam tik turib, ochiq ko`z bilan uhlayabsizmi?

- Nima?

- Eshitmayabsizmi xolam chaqiryabdilar-ku! -dedi, jilmaygancha, darvoza tomon ishora qilib.

Tavba! Bekorga aytmas ekanlar: chin oshiq ko`r va kar bo`lib qoladi deb! Darvozani kichik eshigi ochiq, 3, 4 metrlar ichkarida, onam hovlida meni qarab: o`g`lim qulog`ingda naushnik bormi? deya chaqirayotgan ekanlar. Butun hayolim Shirinda bo`lib onamni birorta so`zlarin eshitmabman-a!!!

Onamga javob qaytargancha lapatka, ketmonni olib, onamni yonlariga shoshdim.

- Hoy Rustam hayrniyam nasiya qildizmi? -dedi, ortimdan Shirin, yolg`ondan qovog` uyub.

- Shirin hozir qaytib chiqaman, o`zi kecha keldimu halitdan hayrlashishga shoshasan-a.

- Voyvoo! Ketyabsizmi debmanda...

- Qo`rqma ertaga ketaman...

- Qachon ketsezam, bitim esdan chiqmasin-a. Tuvaklarni tashib berishiz kerak, men ko`tarolmayman.

- Saharda, sen noz uyquda yotganingda. Biz oyinglar bilan ayni shu masalada og`zaki bitim tuzushga ulgurdim!..

- Voy qanaqa bitim?! - oyisi menga ish buyurib ketganidan bexabar, tajjublanib. - Oyim nima dedilar?

- Hozir... - qo`limdagilarni ko`rsatdim, - Bularni tashlab, oyimga aytib chiqaman!

Onam yana 1, 2 ta yumushlar buyurishdi, ularni bajarganimdan so`ng Shirinni onasi aytgan, yumushlarni qilish uchun onamdan ruhsat oldim. Chiqqanimda Shirin ko`chani supurib bo`lib, uyigi kirib ketgandi. Darvozasini taqqillatdim:

- Hoy Shirin-n-n...

- Huuv, kelavering!

Hovliga kirib bordim. Hovli to`la turli-tuman gullar o`tqazilgan, kamida 300 dan oshik tuvaklar. Zinaning ikki yonidan, deraza tokchalari hovli atrofi, darvozaxona gullarga to`lgan. Shirinni o`zi esa, deraza romlarini artish bilan ovora.

- Horma Shirin.

- Bor bo`ling.

- Ho`sh ishni nimadan boshlay? Pechkani buzaymi yo chirindi bilan tuproq qorishtiraymi? Balki parnikingni ustiga loyqa suv separman! Aaaa Shirin nima deysan?

- Unisi ham bunisi ham emas, - qo`lidagi lattani tashlab, gullar oralab zinadan pastga tushib keldi, - Buyoqqa yuring... -degancha parnik tomon boshladi.

Parnik eshigidan ichkariga kirarkanman, yana bir marta qoyil qoldim. Yo`q, bu safar gullardan emas! Kiraverishda qator 12 dona gardishi, oshchaqi kattaligidagi tuvaklar turardi. Har biriga yarim quloch kaltak suqub, pamidor ko`chati o`tqazilgan. Pamidor ko`chatining bo`yi 55, 60 sm... Ko`chatlar shu qadar mehir bilan parvarish qilinganki, bamisli sanat asaridek. Ishlovi, o`g`iti, suvi hamma-hammasi qiyomiga yetqazib qaralgani, pamidor ko`chatlarining holatidan malum! Har birida kamida 15, 20 donadan pishgan, endigina bo`zargan yoki hali rang kirmagan pamidorlar, yuzalari oynadek yarqirab turardi.

- Qo`yil... Shirin bu seni ishingmi?

- Ha! - g`urur bilan boshini tik to`tarib, jilmaydi, - Zo`rmi?

- Zo`ram gapmi! Qoyilmaqom... Bu ishinga peshonangdan o`pib qo`yardimu, hijolat bo`lyabmanda!

- Yo`q, o`pib qo`yishiz shart emas!

- Rosdanmi?

- Ha! - bu gapimdan arazlagandek qovoq soldida, engashib poyadan uch dona, qipqizil pamidorni uzub oldi. Eshik tomon yurarkan erkalangannamo ohanda buyruq qildi, - Tuvaklarni hovli o`rtasiga, oftobga olib chiqib qo`ying...

- Ho`p bo`ladi beka, buyrug`iz amrivojib!

Uning ortidan fahir bilan qarab qoldim.

Ko`ksimga urib maqtanishdan tiyilmayman. Chunki o`zim baxti kulgan yigitman! Rost. Qani qasi yigitni sevgan qizi, meni Shirinimdek orasta, saramjon-sarishtali, mehnat sevar? O`ylashimcha bu zaminda uning oldiga tushadigan birorta qiz yo`q, albatta men uchun shunday!

* * *

Bahor quyoshining tig`i juda o`tkir bo`ladi. Tuvaklarni avaylab, xovli o`rtasiga, oftob nuri tushadigan joyga tashigunimcha o`zim ham terlab-pishib ketdim.

- Rustam manabuni boshizga o`rab oling, - qo`limga chit durra tutqazdi, - Boshizdan oftob o`tib ketmasin, oqibati chatoq bo`ladiya...

- Ahha! O`zimni mehribonim! - bu ishidan sevinib, durrani huddi ustalardek, boshimda o`rabodim, - Qalay endi, ustaga o`xshadimmi?

- Hmmm! - kulib, ikki bosh barmog`ini yuqori ko`tardi, - Zo`r... Haqiqiy usta, - ayyorona jilmaydi, - Uyumizga usta kelib qolibdi, yana bazi ishlar buyursam yo`q demasmikin? -dedi, ikkinchi shaxsga gapirgandek.

- Beka buyursa, hech bir usta yo`q demas... -dedi, men ham, huddi u gapirgani kabi ohangda.

- Unday bo`lsa! - jilmaydi va oshxona eshigini ko`rsatdi, - Anovi eshikni oshiq-moshiqi, liqi-liqi bo`lib qoldi...

- Oshiq-moshiqi, liqi-liqi bo`lgan bo`lsa tuzatamiz. Keyinchi?

- Tandirxona devorini suvog`i to`kilib ketti, 3, 4 chelak somonli loy qilib, shuni ham suvash kerak...

- Suvabtashlaymiz!

- Usta, anovi cherdakdagi lahtak tahtalardan bitta kichkina stulcha yasab bering...

- Ho`p, boshqa yumushlar yo`qmi beka?

- Buyoqqa yuring! - o`zining xonasi tomon boshladi, eshik yoniga kelganimda: - Shu yerda turing! -dedi.

- Ho`p!

Meni eshik yonida qoldirib, o`zi ichkariga kirib, deraza yoniga turib oldi.

- Asta men tomonga keling! - dedi, yumshmoq ohangda, qo`llari bilan o`zi tomon chorlab.

Bu holatdan hayratga tushdim. U yana chorladi.

- Sekin men tomon keling... - yuragimni hayajon bosib, asta u tomon yurdim, - To`xtang endi ortga qayting!.. -dedi to`satdan to`xtatib.

- Ustimdan kulyabsanmi? -dedim, bu ishidan biroz jahlim chiqib.

- Kulmayabman. Siz aytganimni qilib orqaga ikki qadam yuring! - birozgina orqaga yurdim, - Eshityabsizmi? -dedi.

- Nimani?

- Pol taxtasi g`ichirlayabdi!

Bir, ikki qimirladim, haqiqatdan pol g`ichirlayabdi.

``Jin ursin...``

Xonasiga chaqirsa, meni hayolimga... G`irt ahmoqman, Shirin haqida qanday bu hayolga bordim-a!!!

- Usta shuni ham to`g`irlay olasizmi?

- Arzimagan ish... Pol taxtasi lagadan ko`tarib qolgan, tagiga pono suqub, mihlab qo`yaman. Ustida raqs tushsang ham, qaytib g`ichirlamaydi.

- Qilib bo`lganizdan so`ng ko`ramiz...

Ortimga qaytdim.

- Beka ishni tartibi bilan qilmasak bo`lmidi. Aavval pechkani olib chiqayin, sen shiftni artib, tozalaguningcha, men qolgan ishlarni bajarsam bo`ladi!

- Ho`p bo`ladi usta, siz nima desy shu...

Men pechkani buzib, padvolga olib tushib qo`ygunimcha, Shirin bir idishda, shiftni artish uchun so`dali suv tayorladi.

- Beka shiftga bo`ying yetmaydi, oyog`ing ostiga birornima qo`yish kerak...

- Xontaxta bilan stulni qo`yamiz...

Bir tomoni ko`tarib devorga suyab qo`yilgan xontaxta va tikuv mashinasi yonidagi stulni ustma-ust qo`ydik.

- Beka endi bo`ying yetadimi?

- Ha, yetadi...

Stulni qimirlatib ko`rdim, qizbola uchun bu haflidek.

- Beka, hushyor bo`lgina, yeqilib tushmagani yana?

- Eee, meni bilmas ekansiz. - jiddiylashib, yenglarini shimardi, - Siz o`ylagandek nozikoyim emasman... -degancha tepaga chiqishga taraddutlandi.

- Olaaa! - kuldim, - Bo`pti, sen artib bo`lguningcha, men oshxona eshigini tuzatish uchun uymizga kirib bazi ajnomlarni olib chiqaman.

- To`xtabturing... Men tepaga chiqib olay, latta bilan idishdagi suvni olibberasiz, - bir qo`li bilan yelkamdan tuttib, tepaga intildi, - Aaaa-a-a-a!!!

Shirin stulga chiqayotgandi, nohos uzun etagini boshib oldiyu, o`zini eplolmay qoldi. Uni tutib qolmoqchi edim, ustimga qulab meni ham muvazanatdan chiqardi.

Gursullab gilam, ustiga quladik. Shirin quchog`imda, siynalari bilan yuzumni bosib olgandi. Qandaydur tasofduf sabab, uzun sochlari yelkalarim ostiga tushib qolibdi. Shuni uchun, meni harakatimsiz, o`zi ustimdan turib keta olmay, bir necha sonya noqulay ahvolda qoldi...

Yelkamni ko`targanimdan so`ng, Shirin o`rnidan turdi. Bechoraginam noqulay holatdan uyalib, yuzi qizarib ketgandi. Uni bu vaziyatdan qutqarish uchun, uyog`iga a`qlimni o`zi, yashin tezligida qaror chiqardi.

Ko`zlarimni yumib: voy jonim, degancha

O‘xshash hikoyalar