MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (4 - Qism...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim...
RASM
Avvalgi 1 - 2 - 3 -[ Qismlar...
(4 - Qism...)
Shirinni o`zini tutishini ko`rib, kulgum qistardi. Uni bu xolatidan chiqarish uchun, piyoladagi suvdan bir ho`pladimu, birozgina kaftimga quydim va shitob bilan yuziga sepdim.
- Ho-o-o-yy!!! - seskanib, ko`zlarini katta-katta ochgancha, baqirdi - Rustam jin-n-nimisiz-z-z?
- Qo`rqib ketdingmi deb o`ylabman, - hoholab kuldim, - Rangingni oqarganini qara, nozikoyim!
- Vo-o-oy siz, hali bu hazilmidi?! - xontaxta ustida turgan ho`l lattani oldib, men tomon uloqtirgani shaylandi, - Hali sizga ko`rsatib qo`yaman...
Jahli chiqib qo`lidagi lattani men tomon uloqtirdi. Uni tinchlantirish uchun piyoladagi suvni ustiga sepib yubordim.
- Hooo, telba esizni yedizmi?
Jahli chiqib, tokchadan, menga uloqtirish uchun nimadur olganini ko`rib, tashqariga qochdim.
- Kechirin beka! -dedim yana g`ashiga tegib, ustidan kulib.
- Beka, deyavermang!..
- Ho`p beka!
- Hozir rostakamiga, qovurg`ayzni sindiraman! -dedi.
- Oldin yetvol. - dedimda, zina panjarasi ustidan bir sakrab o`tib, hovliga tushdim.
- Hooy ehtiyot bo`ling, gullarimni sindirasiz... -dedi, ortimdan shoshib chiqib.
- Urmaysanmi? -dedim, yolg`ondan shafqat so`rab.
Asta gullar orasidan ehtiyot bo`lib yurib, devor tagiga o`rnatilgan so`rini chetiga borib o`tirdim.
- Yo`q, urmiman, - qo`lidagilarni tashlab, arazlagancha qovog`ini solib, yonimga kelib o`tirdi, - Rustam, bu nima qilganiz? Ahir qarang, ustumni ho`l qildiz...
- Hechqisi yo`q, tezda qurib qoladi, beka...
- Sizga beka deyavermang dedim-ku?
- Ho`p, beka. - yanayam g`ashiga tegib, yelkam bilan yelkasiga ohista turtdib, qulog`iga pichirladim: - Beka, beka, beka...
Bir hursinib qo`ydiyu, arazlab bir nuqtaga termulgancha, jim bo`lib oldi.
Arazladi, uning arazida ham o`zgacha joziba bor. Uni teranroq anglash uchun, kiprik qoqmay, nigohimni tikaman. Vujudimni ajib tuyg`ular, junbushga keltiradi... Ha, arazi yoqimlidur, ammo uning ochiq chehrasi, mayin tabassumi, ming chandon afzalroq... Asta ko`nglini olishga chog`landim, jinjilog`im bilan jinjilog`ini turtdim. Hayoli buzulib men tomonga qaradi.
- Beka, hazilim qo`pol chiqqan bo`lsa kechir, - jilmayib jinjilog`imni ko`tardim, - Kel yarashamiz?
Birzum tikildi, bir hursunib qo`ydiyu yuzini narigi tomonga burdi, shu asnoda yarashishga razi bo`lib jinjilog`ini yuqori ko`tardi. Jinjiloqlarimiz qovushdi.
- Yarashdik-a, beka?
- Yarashdik... - mahzun jilmaydi, - Faqat boshqa bunday hazil qilmang ho`p?
- Men shunchaki...
- Shunchakiy ham qilmang iltimos... Ustizga yeqilganimda, sizni ahvolizni ko`rib, ziyon yetkazib qo`ydimmi deb yuragim orqaga tortib ketdi...
- Qiziqsana beka, qanaqa ziyon?! Aaaa o`zing ham pardek yengilsanu!
- Siz hazil deb o`ylayabsiz! - u hursindi, - Turmada yomon odamlar dadam rahmatli ham urib jigarlarini ezib qo`yishgan ekan. Dadamlar ham shuning orqasidan, erta olamdan o`tib ketishgan bilmaysizmi?
Afsus uni noqulay ahvoldan chiqaram deb, yarasini yangil qo`ydim.
- Kechir Shirin, men buyog`ini o`ylamabman... Men sheni bayagi vaziyatdan... - o`rnimdan turdim, - Ha mayli, qo`y endi bo`lar ish bo`ldi. Kel undan ko`ra ish-ishimizni qilaylik. Sen ehtiyot bo`lib shiftni artib, tozala. Men uydan anjomlarni olib chiqib, qolgan ishlarni qilaman...
- Ho`p, usta...
Jilmayib qo`ydida, o`rnidan turib, zinadan yuqori ko`tarildi. Men anjomlarni olib chiqish uchun uyga chopdim.
* * *
Birinchi navbatta oshxona eshini tog`irladim, keyin polni. Bu orada, eskirib qolgan narvonni ham yangilab qo`ydim. Cherdakdan lahtak taxtalardan olib tushib Shirinni buyurtmasini yasadim. Chirindi va tuproqni qorishtirib bo`lgach, qo`limga ketmon olib, chorbog`dan biroz tuproq chiqarib, suvoq uchun loy tayorlashga kirishdim. Shu payt Shirin uydan chiqib keldi. Chehrasi ochiq, boyagi hafaligidan asar ham qolmagan!
- Hormang usta?
- Bor bo`ling beka!
Bu safar ``beka!`` deyishimga etiroz bildirmadi, aksincha hursand bo`lib kulib qaradi.
- Usta, tushlikka nima ovqat qilib berayin?
- Aziyat chekmang, tushgacha ishlarimni tugatsam, tushlikni uyda qilaman...
- Men uyimda, shuncha ishimni beminnat bajarib bergan ustani qornini to`yg`azamay chiqarib yurarkanmanmi?!
- Bo`lmasam, tanlovni pazanda bekani ihtiyoriga qo`yib beraqolaylik. Ho`sh beka nima ovqat qilib berasiz?
- Ummmm! Kecha bug`doy tuyib qo`ygandim. Bug`doy go`jaga tobiz qalay?
- Jon deydim, bunday mazali taonga...
- Usta soat o`n ikki bo`lyabdi! Taom bir soatlarda pishidi, siz ham ulgurasizmi?
- Harakat qilaman!
- Unda sizga omad, usta...
Shirin abetga taom pishirgani oshxonaga kirib ketdi. Men loyni yaxshilab pishitib, tandirxona devorini suvadim, o`nta chelakda loyqali suv tayorlab, parnik ustiga sepib chiqdim. Ishimni tugatgach, chelakdagi suvda asboblarni yuvayotgandi. Shirin sochuq va ovdasta ko`tarib yonimga keldi.
- Usta bo`ldizmi?
- Ollohga shukur, ishlarimiz unumli bo`ldi, tugatdim...
- Qo`lizni yuvib oling, tushlik ham tayyor!
Yuz qo`limni yuvib bo`lgach, sochuqni tutqazdi va o`zi qilgan ishlarimga bir-bir ko`z yugurtirib chiqdi.
- Usta. Erkagi bor xonadon boshqacha bo`ladi-a? - dedi, yuziga hira mahzunlik soya solib.
Yana dadasi yodigga tushdimi, yengil hursinib qo`ygancha ko`zlarini olib qochdi.
- Shirin yana yumushlaring bo`lsa tortinib o`tirma ho`pmi?
- Ho`p! - qo`limdan sochuqni olib ortiga qaytdi, - Siz so`riga chiqib turing, hozir ovqatni suzib boraman.
Hovlini sevgilim tayorlagan, hushtam tavomni isi tutib ketgandi. Oshxonada yurgan Shiringa qarab, yanada sevenaman, muhabbat lazzatidan sarhush bo`laman.
Mening Shirinim har javhada benazir qiz, pishirgan tamomlari lazzatli, tikish-bichishdaham epchil, tillari shirin, birovga yomon gapirib dilini og`ritmaydi, eng muhimi qalbi tozza soliha, nomozni kanda qilmaydi.
So`ri yoniga bordim, ikki tomonga baxmal ko`rpachalar solib, chetlariga yostiq suyab qo`yilgan. O`rtada kichikroq xontaxta, ustiga kumush ragli guldor dasturxon. Dasturxonga ikki dona uyda yopilgan non, sovub qolmasligi uchun ustiga g`ilof kiydirilgan choynak, yonida to`ntarib qo`lilgan ikki dona pahtagulli piyola bor. Yana dasturxonda bir likop parvarda, kichik kosada qatiq, yangi pamidordan tayorlangan achiq-chuchuk... Bir so`z bilan aytganda, kamtarona dasturxon tuzalgan.
Ha chindanam kamtaronadur! Lekin bu dasturxon, menga atab sevgilim tomonidan yozilgan. Men uchun esa bu, har qanday badavlat oylaning shohona bayram dasturxondiganda ming chandon afzalroqdur...
Nonni burdalarkanman, atrofga bir nazar tashlab oldim. Shirin erkagi bor xonadonni boshqacha bo`ladi deb aytdi. Lekin qizi bo uyning ham o`zgacha fayzi bo`ladi! Negaligini bilmadimu, shu xonadonga kirsam, o`zimni yengil his qilaman, dilim yayraydi.
U ko`rindi, patnis ko`targncha ostonadan asta tushib keldi. Ikkita kosa, bittasiga ko`proq, ikkinchisiga nisbatan ozroq taom quyulgan.
- Usta, uzur ovqatim jindey kechib ketdi...
``Farishtam o`zimni!``
Parnik ustiga loyqa suv sepib yurganimda. Shirin yo`paradgi xonada peshin nomozini o`qiyotganiga ko`zim tushgandi. Agar qizbolani shunday sabab tufayli ovqati kechsa, mayli ming karra kechiksada zarracha hafa bo`lmasa kerak hech bir inson.
- Hijolat bo`lma, ochiqib-ochiqib yeyilsa taom yanda hushtam bo`ladi!..
U bu gapimdan mamnun bo`lgancha kosalarni dasturxonga qo`ydi. Bir nima esdan chiqqandek, birzum o`ychan dasturxonga tikildi, so`ng jilmaydi.
- Aaaa! Muoboda zerikkan bo`lsayz, qo`shiq qo`yib kelaman? -dedi, patnisni olib oshxonaga qaytishga taraddutlanarkan.
- Og`irrog`idan bo`lsa yo`q demasdim...
- Hozir! -dediyu zippillagancha zinadan ko`tarilib uyga kirib ketdi, derazalarni ochib, tufli qutisidek keladigan karnakni, deraza tokchasiga qo`ydi, - Usta Sherali Jo`rayevni disketi bor ekan?
- Ayni muddaoo... -dedim.
Qaytib kelib so`riga ko`tarildi.
- Vooy nega ovqatlanmay o`tiribsiz?
- Bismilloh...
* * *
Tavomlanib bo`lgach, Shirin kosalarni olib oshxonga tashlab chiqdi. U-yoq-bu yoqdan gaplashib o`tirgan edik. Adashmasam uchunchi qo`shiq tugab to`rtinchisiga o`tgandi. Sherali Jo`rayevning eng ommabop qo`shiqlaridan biri ``BIRINCHI MUHABBATIM!`` qo`shig`i musiqasi yangray boshlagach, ikkimiz ham ohangga quloq tutib, jim qoldik.
``Kecha oqshom falakda oy bo`zarib botganda,
Zuhro yulduz miltirab, xira xanda otganda,
Ruhimda bir ma`yuslik, sokinlik uyg`otganda,
Men seni esga oldim, birinchi muhabbatim,
Eslab xayolga toldim, birinchi muhabbatim.``
Shirin dasturxondagi bir nuqtaga termulgancha, hayolchan qoldi.
Labiga yoyilgan nim tabassum, Shirin ham shu lahzada dilkash ohang, og`ushida muhabbat hayoli bilan bant ekanligidan, darak berardi.
Otashin nigohim taftini tuydi chog`i, nigohlari nuqtadan uzulib yuqori ko`tardi, ko`zlarimiz lahzalarda to`qnashdi. Qizbola baribir nigohlar to`qnashuviga dosh berishi amrimahol, u ham nigohini kipriklari ortiga berkitti. Mening qalbimda jo`sh urayotgan tuyg`ularni u ham tuya boshladi chog`i, kipriklari, lablarga titroq kiradi, yanoqlari alvon tus ola boshladi, go`yo tana azolari sohibasini tuyg`ularini oshkor etisha qastlashgandek, Shirinni hayajon bosdi. Tuyg`ular oshkor bo`lish jarayoni, tobora tezlashib borardi. Birgina hayosi sabab, ko`zlarini yashirishga muaffaq bo`lardi.
Sevgilimni hayodan pastga qaragan ko`zlar, uyatdan qizargan yuzlari, hayajondan titrayotgan lablariga qarab, sevgi deb atalmish muqaddas tuyg`uning qanchalik go`zal ekanligi, yuraklarimiz mana shu tuyg`ular bilan yashayotganiga amin bo`laman.
Sevgimni izhor etish vaqti kelganini ich-ichimdan sezaman, yuragimni shu qadar hayajon qamrab oladiki, hatto ovozimda titroq turdi.
- Shirin-n!
- Hmm!
Hozir qalblar tubidagi sirlar ochilishini sezdek, u ham kiprik ostidan salniga nazar tashlab qo`ydi.
- Shirin senga anchadan buyon bir gapni aytaman deymanu, fursat topolmayman!
- Nima ekan?
Ko`zlarimda ishqing olovi, yanada chaqin sochadi.
- Men seni...
Shu payt darvoza yoniga mashina kelib to`xtadi. Shirinni diqqati buzulib orqaga o`grildi.
- Oyim keldilar... -dedida o`rnidan turib darvoza tomon ketdi.
``Shirin seni yaxshi ko`raman!``
Dil izhorim tilimdan chiqib ulgurmay qolib ketti.
Ammamni barvaqt qaytishlari, qulay vaziyatni chippakka chiqarib qo`ydi.
Endi ortiq bu yerda o`tirishdan foyda yo`qligini tushunaman. Yana ammamni yonida tuyg`ularni tizgini boy berib biron nimani sezdirib qo`ysam, Shirinni onasi yonida hijolatga qo`yishim tayin. Hali bu kabi qulay imkonyat, yana bo`lishiga ishongan xolda, dasturxon xaqqiga duo qildimu, Shirinni ortidan chiqdim.
Ular bozordan qaytgan, tuvakdagi gullarni mashinadan tushirayotgan ekanlar.
- Rustam sen ham shettamiding, og`lim?
- Ha amma, yaxshi borib kelvoldizmi?
Shirinni qo`lidagi tuvaklarni olib, ichkariga tashiy boshladim.
- Bugun bozor yaxshi bo`ldi... - ammam ichkariga kirib, yelpig`ichda o`zini sovutarekanlar, qilgan ishlarimga bir ko`z yugurtirib, mamnun chayqaldilar, - Barakalla qo`ling dar ko`rmasin, o`g`lim.
- Oyi, Rustam hamma aytgan yumushlarizni, ortig`i bilan bajarib qo`yishdi... -dedi Shirin, qaysi ishlarni qilganimizni, bir-bir sanab o`tarkan.
- Rahmat, arslonim... -dedilar ammam yelkamga qoqib.
- Arzimaydi. - anjomlarni olib, ketishga shaylandim, - Bo`pti amma, men ham uyga kiraqolayin.
- Shoshma birgalashib tushlik qilamiz?
- Shirin mazali tavom pishirib berdi, rahmat yeb oldim.
Ammam bilan hayrlashib, ko`chaga chiqqanimda Shirin ortimdan kuzatib chiqdi.
- Hooy usta.
- Ha!
- Boya birnima aytmoqchi ediz? -dedi.
- Shunchaki...
- Aytavering?
- Har joyda ataveradigan gap emas, mavridi kelganda aytaman...
- Hmmm, o`ziz bilasiz. Xayr!
- Ko`rishguncha...
Shirinim salgina arazlab qo`l siltagancha uyiga kirib ketti.
``Go`zalim mani!``
Shirinni araz qilishidan, u ham shu dil izhorimni kutayotgan bo`lsa ne ajab.
Bazida o`zimdan jahlim chiqadi: ``Erkaymisan o`zi? Seni sevaman deyish shunchalik qiyinmi?!`` deyman o`zimga.
Bu haqida judayam ko`p o`ysuraman. Ha chindan men uchun juda mushkul vazifa.
O`ylashimcha oshiq, qalbining sohibasi bo`lgan mahbubasiga ``Men seni sevaman!`` deya, shunchaki dil izhori qilmasligi kerak.
Men kutaman, dil izhorim uchun, shunday bir ilohiy lahzalar kelishini kutaman.
Bu ilohiz lahza, shunday bo`lmog`i kerakki, unda oshiqlar qalb dunyolariga g`arq bo`lib ketishlari, bir-birini, har bir hatti-harakatini qalban his etishlari kerak! Ayni shu lahzalarda borliq va sevgi dunyolari uzviy birlashib ketadi. Oshiq yuragi oynasidan muhabbati qasriga, shu saltanatining sohibasi, qalbining asil malikasi bo`lmish mahbubasining ko`zlariga boqadi. Ayni shu lahzada, oshiqlar qalbida yashayotgan chin sevgi, hatto ularni yurak urushlarini ham o`z izmiga bo`y so`ndiradi. Man shu lahzada, oshiq tilidan yangraga o`sha muqaddas so`zlar, oshiqlarning qalbiga adadiy muhurlanadi... Bu so`zlar, hech qachon oshiqlar qalbidan o`chmaydi, har qanday holatdaham ular qalbida barxayot yashaydi...
Men ham aynan shunday lahzani kutaman. Pok sevgimga ollohni o`zi ko`makdosh bo`lishiga chin dildan ishonan...
* * *
Kollejni tomomlagach armiya hizmatiga chaqruv oldim. Uydagilar xursand bo`lishdi. Repititir o`zimni xolam, bemminat o`qitganlari sabab, kallejda o`qish davomida, inistitutga kirish uchun ozmi-ko`pni tayorganlik ko`rgan edim. Armiya hizmati esa, inistitutga kirishim uchun qo`shimcha imkonyatlar yaratishi mumkun. Albatta hizmat davomida, imtiyozlar taqtim etuvchi qo`shimcha ballarni qo`lga kiritsamgina!
Hullas uch kundan so`ng hizmatga jo`nab ketamiz. Uyga keladigan, do`stlarim, tanishlarim uchun ketishimdan avval bir chiroyli ziyofat uyushtirishga qaror qildim. Shu maqsadda bozorga tushgandim.
Ammam anchadan buyon, Shirinni ham o`zlari bilan bozorga olib chiqayotgan edilar. Qo`shni bo`lsakda, ohirgi yillari Shirin bilan avvallardagidek yozilib gaplashishga deyarli imkon bo`lmasdi. U ham onasiga yengillik bo`lshi uchun tinmay harakatda. Men ham o`qish, bo`sh vaqtlarda esa, dadamga qarashib korxonadagi ishlardan ortmasdim.
Yomg`ir yog`ayotgani uchun, usti berk oziq-ovqat rastasi olralab yurdim. Buryo`la Shirinni ko`rib ketaman degan niyatimham yo`q emasdi. Hayol bilan ketayotgan edim, ortimdan kimdur yelkamni ushladi. O`grilsam Shirin, kulib turibdi.
- Assalom alaykum!
- Va`alaykum assalom...
- Buyerda nima qilib yuribsiz? -dedi, qo`limdagi sumkalarga imlab.
- Guruch olgani tushgandim.
- Aaaa! Guruch ho`o` narida sotiladi...
- Yo`q, guruch oldim, sizlar bilan salomlashib o`tib ketay degandim. Qara niyatim holis ekan o`zing uchrading...
- Haaa, shunaqada biz eslashiz bilan qarshizdan chiqaveramiz... - gina qilib, qosh chimirdi, - Siz esa armiyaga ketayotgan ekansizu, haligacha menga aytmaysiz?
- Gullar malikasi! Aytiginchi ohirgi marta qachon nafas roslab gaplashdik?
- Eshimda yo`q! -dedi yelka qisib.
Sumkalarimni ko`targancha, yo`lda davom ettik.
- Siz boyxonim, bozorchi bo`lvolib oqibatni ham unutvordiz!
- Yo`g`ee! Hali unchalikka bormadikku? -dedi, hijolat bo`lgancha.
- Hee! Bormagan bo`lsayz endi borasizda?
``Honasi keldi, senam ichindagini aytvol Rustam!`` dedim, o`zimga o`zim.
- Shirin kunda, kun-ora ko`rishamiz-a?
- Hmm, ko`rishamiz!
- O`sha vaqtda menga nima diysan?
- Nima derdim? Salomlashaman!
- Yanachi?
- Sog`lig`izni so`rayman!
- Yana?
- Bilamdim... - hayron bo`lib, yelka qisgancha, labini tirshladi, - Nima deyman, o`ziz ayting?
- Salomlashasanu: keyin gaplashamiz, hozir ovqat qilishim kerak, halizamon oyim keladilar, gullarga qarashim kerak deysan yoki bozorga shoshib ketayotgan bo`lasan!
- Nima qilay, rosdan o`sha paytda shoshayotgan bo`lamande!..
- Ho`sh, unda men nima qilishim kerak? Seni mashinaga o`tirib ketayotganingda ortindan baqirishim kerakmi: Shirin men armiyaga ketyabman deb? - so`zlaridan, yuziga tabassum yoyilib, kaftlari bilan lablarini to`sdi, - Kuling, kuling Shirinxon, siz bizdan ayib topib gina qilasiz, arablab olasiz! Ayib o`zizda bo`lsa kulib qo`yaqolasiz-a?!
- ...
- Qiz ko`ngli gul bo`lsa, yigitniki podshox bo`ladi. Shirinxon!.. -dedim.
Bu gaplarimdan keyin Shirinda salgina o`zgarish sezildi.
- Kechiring Rustam, sizni aybizni ko`ribmanu, o`zimnikini sezmabman!
- Kechirdim...
Bu orada rasta boshiga chiqib ulgurgan edik, buyog`iga Shirin gulchilar yoniga, men esa mashinalar turar joyi tomonga yo`l olishim kerak edi. Negadur ikkimiz ham hayrlashishni istamay, turib qoldik. Ustiga ustak, burro tilimga ham bir tuzuk so`z kelmasdi. Shirin esa hayrlashishim, yoki biror nima deyishimni kutib, og`zimni poylardi. Nihoya bir necha sonyalardan so`ng o`zi so`radi:
- Uyga qaytasizmi endi?
- Ha uyga...
- O`zlazni mashinangizda keldizmi yoki yo`lovchi?
- O`zimiznikida! Nega so`rayabsan?
- Agar malol kelmas 10, 15 daqiq kutib turmaysizmi?
- Biror narsa ola ketishim kerakmi?
- Men ham siz bilan ketvolardim! -dedi.
- Oyinglarchi?
- Oyim yana 2, 3 soat shu yerda bo`ladilar, - Shirin bizdan ancha narida savdo qilayotgan onasiga bir qarab oldi, - Kutib turasizmi?
Shirin bilan yolg`iz qolish imkonyati yaralganidan, judayam quvonib ketdim.
- Voy, Shirin seni kutish kerak bo`lsa, umrimni ohirigacha kutib, turishim mumkun! -dedim, ishshayib.
- Indamasa, juda olasizaaa? Undan ko`rasi mashinayz qatta turgani aytsez bo`lardi!
- Mashinalar turarjoyda, kiraverishida turibdi.
- Kutib turing, 10 daqiqa boraman! -dediyu, shoshib onasini yoniga ketti.
Shirinimni kutish onlari, vaqt ham to`xtb qolgandek. Telefon ekraniga qarab, daqiqalarni sanayman. Sonyalarning immillab yurishi, yuragimni betoqat qiladi. Aksiga olgandek vaqt Shirin aytgan daqiqalardan o`tib keta boshladi. Har bir o`tayotgan sonya esa, tanamga bitta-bitta sanchilayotgan ingnaek og`riq beradi. 12, 13, 14 daqiqalarni sanashda davom etaman. Va nihoyat orqa eshik ochilib Shirin o`tirdi.
- Kutib qolmadizmi?
- Yo`q...
- Unda tezroq yuraylik!
- Shirin oldiga o`tib ol. -dedim.
- Nega? Orqada ketaqolay? -dedi, rat etib.
- Iltimos, oldiga otaqo! - oynacha orqali, qaradim, - Uchkundan so`ng bir yil uyda bo`lmayman. Boshqa bundan imkonyat bo`miydi...
- Rustam uyalmaysizmi qizbolaga shuqa degani? -dedi, to`satdan jahli chiqib.
So`zlarimni no tog`ri tushunib, hafa bo`ldi. Ochig`i bunday bo`lishini kutmagandim. Ilgarili bir-birimizi juda yaxshi tushunardik. Nazarimda oshirib yubordim. O`z so`zlarimdan o`zim izza bo`ldim. Oraga sovuq sukunat cho`kdi.
Mashinani asta o`t oldirarkanman, oynacha orqali Shiringa qaradim. U esa aytgan gapimdan qattiq ranjigan, qovog`ini solib olganancha yon tomonga qarab olgandi. Ulg`ayib borganimiz sari, so`zlar manosi tasir doyirasi ham o`zgarib borishini teran his etdim. Noiloj so`zlarimga izoh berdim:
- Yaqinlarimni diydoriga to`yib olay degandim, holos. So`zlarim og`ir botgan bo`lsa kechirasan!
Shirin ma`noli qarab qo`ydi, ammo indamadi yoki javob topolmadi. Katta yo`lga chiqib oldik.
- To`xteng! - Shirin oldinga intilib, yo`l chetida turdgan ikkita bola yetaklagan ayollarni ko`rsatdi, - Hamqishlog`imiz birga olaketaylik, qarang bolalari bilan yomg`irda turishibdi... -dedi.
Ayollarga biz bilan birga ketishlarini taklif qilik, ayollar esa jon deb rozi bo`lishdi. Shu yerda meni seventirgan ish sodir bo`ldi. Shirin mashinadan tushib, ayollarga orqa o`rindiqni bo`shatib, o`zi old o`rindiqqa o`tib oldi.
Tabiyatan bolajon insonman, shunga bo`lsa kerak bolalar bilan tezda til topishib olganimni o`zimham bilmay qolaman. Ayollardan birining 3, 4 yoshlar atrofidagi bolasi bor ekan. Qishloqqa kelguncha, shu bolacha bilan hamrohlarimizni rosa kuldirib qiziqarli savol-javoblar qilib kelim!
- Rustam bolalar bilan zo`r chiqashib ketasiz-a? -dedi Shirin, ayollar qishloq boshida tushib qolgandan keyin.
- Ha, bollachalar bilan yaxshi muloqot o`rnataman, chunki ular meni tushinadi. Lekin negadur yaqinlarim tushunmaydi! Ayniqsa Shirin degan qo`shni qiz! -dedim.
- Men u qizni taniyman! -dedi.
- Rosdana?
- Balki u qo`shni boladan, hafadur!
- Nega hafa bo`ladi? Qo`shni bola, hech qachon, unga yomon ko`ngilda qaramagan bo`lsa?
- U bola yaxshiligini biladi, lekin