MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim... (5 - Qism...)
MUHABBAT JILG`ALARI: Birinchi muhabbatim...
RASM
Avvalgi 1 - 2 - 3 - 4 - Qismlar...
(5 - Qism...)
* * *
Bizni qishloqdan uch yigit bir kunda hizmatga ketadigan bo`ldi. Ulardan biri bizdan bir yosh katta Qudratillo, men va do`stim Avaz... Qarangki taqdirni tuhfasini, yoshlikdan birga o`ynab katta bo`lgan do`stim bilan bir kunda, yana bir joyda hizmat qilish nisib etgan ekan.
Ota-onalarimizdan duo olib, o`z yigitlik burchimizni bajarish uchun yo`lga chiqdik.
MILLIY ARMIYA. Ilk kundanoq biz ko`p narsani tushuna boshladik. Vatanni sevishni, uni tinchligini asrash nechog`lik sharafli ish ekanligin teran his etib borardik.
(O`zbekiston Respublikasi qurolli kuchlari - O`zbekistor Respublikasi milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish, urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish va oldini olish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar qo`shilmalar va qismlarni o`z ichiga oladi.)
Men ham armiyamni bir qismiga aylanganimdan juda fahirlanardim va buyruqlarni bekamikust bajarishga harakat qilardim.
Ana-mana deguncha qasamyod kuni ham yetib keldi. Buvim, Dadam, oyim, amakim, opam, jiyanlarim kelishdi. Ochig`i shu kuni Shirin ham kelishini, armiya meni qanday toblayotganini ko`rishini juday istagandim, afsus u kelmadi. Lekin onamdan salom aytib iloji bo`lsa maktub ham yozib turishimni so`rabdi...
Qasamyoddan so`ng yaqinlarim bilan hayrlashdim. Onam oyda bir marta bo`lsa ham maktub yozib turishimni qattiq tayinladilar.
Kunlar asta o`ta bo`shladi, mashig`ulotlar, chegaradagi navbatchiliklar. Bir so`z bilan aytganda har bir qadaminiz qattiy belgilab qo`yilgan qoydalar asosini bosiladi...
Shu orada bir oy vaqt o`tti.
Hamma ham oylasiga maktub yozavermaydi. Ko`pchilik imkonini topib yaqinlari bilan qo`ng`iroqlashib qo`yaqoladi. Lekin erinmay maktub yozadiganlar ham uchraydi. Masalan Avaz:
- Abdullaev yur uydagilarga xat yozamiz! -dedi.
- Mayli yur yozamiz Zufarov...
Manaviy xordiq soatlarimizdan foydalanib biz ham bazi askarlar qatorida uydagilarga maktub yozishga qaror qildik.
Avval dadam, oyimga yozdim: Salomlar yo`llab, o`zlarini, so`ng yaqinlarimizni hol-ahvollarini so`radim. Keyin o`zim haqimda birozgina so`zladim. Ohirida, sog`-omonlikda urchrashguchda deb nuqta qo`ydim. Qog`oz orasiga, hizmat vaqtida tushgan suratimdan ikkidona qo`yib, kanvertga joyladim.
Endi esa Shirin uchun maktub yozishga o`tirdim: Salom Shirin...
Shu so`zlarni yozdimu, uyog`iga kerakli so`zlar topa oladim. Uzoq o`ylandim, lekin u mendan kutayon maktub so`zlarini qalbimdan chiqarib qog`ozga qoralay olmadim.
Kunlar yana shu zaylda o`taverdi. Bu ora qancha maktublar yozdim, oldim. Ha orada, 2, 3 bora ilojini topib qo`ng`iroqlashib oldim, garchi bu qoydaga zid bo`lsada. Maktublariga faqat onamdan javob keladi, ichida Shirinni salomi ham bo`ladi. Lotin alifboda yozilganidan maktubni Shirin yozib berayotgani tushunib olaman. Shunday vaqtlarda ko`zlarimni yumib ularni hayolan tasovurimda jonlantiraman. Qachonlardur qayona-kelin bo`lishlarini, bolalarimizga shu maktublar haqida gapirib berishlarini o`ylab quvonib ketaman. Yana maktub yozaman albatta qo`shnilarimizni ham eslab o`taman, ayniqsa Shirinni... Lekin bilaman Shirin uchun bu salom hisob eman. U mendan o`zi uchun alohida maktub, men unga bergan vadamni kutmoqda. Biroq qancha urunmay, u istagandek maktub yozishni undasidan chiqolmasdim. Hizmat vaqtimiz esa tobora kamayib bormoqda edi. Yana ikki oy va biz uyga qaytamiz.
Navbatdagi cho`l zonasida o`tgan uzoq kunlik, tayorgarliklardan qaytgan edik. Butun rotaga dam olishga ruhsat berildi. Bazilar telvizir qarshisiga, bazilar yana boshqa mashg`ulotlarga kirishdi. Biz 4, 5 kursant shashka musoboqasi uyuyshtirdik, navbatim kelguncha sabrim yetmadi. Manaviyat honasiga kirdim, hechkim yo`q edi. Negadur shu topda, hizmat vaqti tezroq tugasayu, uyga tezroq qaytish haqida o`ylardim. Ani damda yaqinlarim sog`inchi rosa sezilayotgandi. Ayniqsa Shirinni.
``Jonim mendan rosa hafa bo`lsang kerak?``
Qo`limga ruchka varoq oldim, shu onda qalbim kuzi ochilib tuyg`ularim sarchashasini oqib chiqishiga yo`l ochilgandek so`zlar go`yo quyulib kelaverardi.
* * *
Jajji qizaloq bo`lgan vaqtlardayoq, ismini yuragimga yozib qo`qa olgan. O`z ibo-hayosi ila sehirlab, odobi ila suydurib, arazi ila kuydurib hanuzgacha bechora oshig`i yuragida muhabbat olovini yoqib kelayotgan sevgilim Shirin...
Hoynaxoy mendan hafadursan-a? Osha kungi vadamni bajara olmaganim uchun! Bilsang edi, qancha-qancha urunushilarim besamar ketganini! Ilojim qancha mavridi shu kunga kelgan ekan...
Shirin. Men seni sevaman...
Esingda bormi 12, 13 yashar bola edik. Yoshlik qilib rayisni bog`idan dovcha o`g`irlab yeganimiz. Rayis esa oyinglarga arz qilib kelgandi. Ammam ikkimizni rosa urushib, so`ng jazo o`rnida tonggacha tik oyoqda turg`azib qo`ygandilari? Sen esa lom-lum, demay jimgina jazoni qabul qilgan eding. Xovli o`rtasida yolg`iz tong, otguncha turgan edik. Menku, o`g`ilbola edim, sen esa qizbola bo`laturib hatto nolib ham qo`ymagan eding. Tongda esa, biz bolalarni azobga qo`yib, o`zi ham mijja qoqmay bizdan berkinib deraza ortida o`tirgan ammam yig`lagudek bo`lib chiqqan edilar. O`rningda boshqa qiz bo`lganda yeg`lab, araz qilgan bo`lardi. Sen esa oyingni qo`lini o`pib kechrim so`ragansan. Bilasanmi o`shanda senga qoyil qolgandim. Uyalmasdan aytamn o`shanda sendan o`rgangan edim, inson ayib qildimi, aybiga munosib javob bera olishi kerakligini. Ayni o`sha tongda seni sevib qolganimni anglab yetgandim. Seni sevib qolgan kundan boshlab hayotimga o`zgardi, chin ma`noda o`zgarib ketdi. Sevib yashashni o`rgandim, ota-onani, yaqinlarni va albatta qalbim sohibasi bo`lgan seni sevishni. Shirin. Men seni sevaman... Bilasanmi hozir manashu so`zlarni qayta-qayta senga aytgim kelyabdi. Seni juda sog`inyabman, sensiz juda zerikyabman. Bilmadim Shirin agar sen bo`lmaganingda kimni sevardim!!! Sensiz olam men uchun qanday ko`rinish hosil etadi! Buni tasavurimga ham sig`dira olmayman.
Birga bo`lgan damlarimizni tez-tez yodga olib turaman. Samimiy suhbatlarimiz, hazil-huzullarimiz. Ayniqsa aytolmagan gaplarimizni ikkinch shahs tilidan bir-birimiz yetqazishimiz, menga juda yoqadi. Iboli-hayoli qizsan sevgilim, shuni uchunam seni ko`zlaring qarash, muhabbat uchquni yaraqlab turadigan nigohlarini tutib olish, men bechora oshig`inga qanchalik mushkul ekanligini bilsang edi. Bazan buning uddasidan chiqqanimda esa, ko`zlaringda o`z aksimni ko`rib, qalbingda mening ham o`rnim borligini his etaman, shu lahzalarda esa qanchalik quvonishimni, boshim osmonlarga yetishini bilsang edi.
Shu o`tgan yillar davomida, menga ko`p bora aytgan bir so`zing bor. Har gal shu so`zlarni eshitganimda, erkak bo`lib tug`ulganimga, erkak bo`lib yashayotganimga ollhga shukurlar aytan. Bu so`zlarni o`zing bilmagan holda aytib yuborasan, shuni uchun esingda ham bo`lmasligi mumkun.
``Siz haqiqiy o`g`ilbolasiz, qo`lizdan erkak qila oladigan haq qanday ish keladi. Hech narsani bilmay, deb aytmasiz!``
Shu so`zlarni aytganingda, o`zimdan fahrlanaman. Sen aytgandek hamma ishni uddasidan chiqishga harakat qilaman, izlaman o`rganaman. Sen menga olloh tomonidan, inson qiyofasida yuborilgan farishtasan.
MENING FARISHTAM...
Bilaman soliham shu yerni o`qiganing hamoni etiroz bildirasan. Yo`q sen shoshilma, avval o`zing haqingda ham eshit.
Sen hech qachon yolg`on gapirmaysan, bunga shufqam yo`q. O`zgalarni dilini og`ritmaysan. Hech qachon birovni sen deganingni eshitmaganman. Onangni ehtiyotlab, ezozlashinniyu, har kuni dadamni ohirati uchun duolarini kanda qilmaymsan. Yana bolalarni judayam sevasan. Iymon-etiqoding mustahkam, soliha qizsan...
Yana sanab o`taymi? Hurlardek chiroyingni, chiroyingdanda go`zal odobingni!
Ishonaver, Sevgilim sen men uchun, bamisli farishtasan.
``Sen tabassum qilganda jonim,
Olam yog`dularga to`lib ketadi.
Sen tabassum qilganda jonim,
Orzu og`ushiga olib ketadi.
Sen tabassum qilganda jonim,
Bahorlarim keladi qaytib.
Sen tabassum qilganda jonim,
Hijron ketar alvido aytib!``
Hozir shu lahzda, nimani ko`rishni istayotganimni bilasanmi? Sening tabassumingni, menga kulib qarashlaring sog`indim.
Shirin seni o`yladim, deguncha shirin hayollarga berilan. Nigohlarim tubiga, sening qarashlaringni muhirlab olganman. Shungami ko`zimni yumdum deguncha seni, go`zal ruhsoring ko`z oldimda namoyon bo`laveradi. Tushlarimniku, allaqachon sen bant etib olgansan.
Shirinim men seni sevaman...
Shu so`zlarni senga aytaman deb judayam ko`p marotaba urunganman. Mana bugun muhabbatim siyohi ila, qog`ozda bo`lsada shu so`zlarni senga ayta olganimdan juda baxtiyorman. Men seni sevaman...
V. GYUGO shunday degan ekan:
To`la baxtiyor bo`lish uchun baxtga ega bo`lmoq kifoya qilmaydi; unga sazovor ham bo`lish kerak.
Faqat ollohdan so`raymiz, bizni ham o`z baxtimizga sazovor qilsin...
Ismingni qalb daftariga oltin harflar bilan yozib olgan oshig`ing Rustam...
Kun, Oy, Yil...
* * *
Sana qo`ygach, yuragim to`lib toshib yana qayta o`qib chiqdimu, bir dona suratimni qo`shib asta kanvertga joyladim. Maktubni jo`natgach esa, o`zimni ancha yengil his etdim.
Javobini kutmadim, chunki men bitta maktub yozguncha o`n oy o`tqizdim. Qizboladan, ayniqsa Shirindan kutish qiyin, jurati yetmaydi. Shuni uchun javobini uyga qaytganda, uning ko`ziga qarab, kipriq qoqqancha sevgisini tastiqlashini ko`rish istagida xizmatim muddati tugashini kuta boshladim.
O`sha kutilgan ikki oy ham o`tti, quroldoshlar bilan qayta ko`rish umidida, chuqur hayrlashib poyezga o`tirgancha o`z uylarimiz tomon yo`l oldik.
Nazarimda mashinik atayin sekin haydayotgandek tuyuladi. Kupeya oynasidan ko`z uzmayman, har bekat o`tganda kishini orziqtirib yuboradigan tuyg`uni tuyaman, uy sog`inchi, yor sog`inchi yanada yurakni qizdiradi.
Shomga yaqin poyezdan tushdiku, yaqinlarimiz qarshi olishdi. Men uydagilarga surpiriz qilaman deb o`ylab qo`ygandim. Lekin do`stim Avaz, poyezga o`tirmasdan avva uyga xabar yetqazib ulgurgan ekan.
Sinfdosh do`stlarimiz ikkiga ajralishni istamay, buzni ham uyga kirishimiz yo`l qo`yishmadi. Sinfdoshlarimiz qishloq guzarida, biz uchun ziyfat dasturxonini yozishgan ekan. Bir amallab ota-onalarimizni ko`ndirib, bizni guzarga olib ketishdi. Ziyofat, gurung tongacha cho`zildi. Tongda, do`stlarimizga minnadorchilik bildirib, alohida bittadan, ziyofaga qazdor ekanligini aytib so`ng tarqaldik. Uyga qaytarkanman, yo`limiz boshida, taxta ko`prik yonida tushib qoldim. Uygacha piyoda qaytmoqlik uchun. Taxta ko`prikdan o`tganimni bilaman, uzoqdan ko`chalarni supurayotgan Shiringa ko`zim tushdi. Yuragim shu qadar etikib, dupurkab ketdiki, ovozi hatto qadam tovushlarimniham bosib ketayotgandek. O`zim bilmgan holda kaftlarimni karnay qilib baqirib yubordim: Shiiiiiriiiinnn!
U boshini ko`tarib men tomonga qaradi. Birzum tikildiyu spurgisini tashlab, bizni hovli tomon yugurdi. Darvozadan kirib, uydagilarga darak berdi chog`i tezda ortiga qayti. Darvozamiz yonida men ko`z uzmay qarab turardi, vujudimni butkul hayajon qoplab olgandi. Uni rosayam sog`inganman, tezroq yoniga borsam, oychehrasin yaqindan ko`rsam derdim. Asta qadamimni tezlatdim, so`ng lukkilab yugura boshladim. Unga yaqinlashganimda uning ham entikib, turgani ko`rib quchib olishdan o`zimni bazo`r tiydim. Birzum bir-birmizga tikildik, so`ng arsarga hos viqor bilan ches berib, o`ng qo`limni yuqori ko`tardim. U esa, sho`xchan qiqirlab, yengil sakrab kaftimga-kaftini urdi.
- Assalom alaykum askar!
- Va`alaykum assalom qo`shni qiz, qalaysan?
- Zo`r!
- O`zgarib ketibsan, ochib ketganingchi, qo`shni qiz!
- Siz ham, judayam o`zgarib ketibsiz...
- Meni sog`indingmi, qo`shni qiz?
Shu payt darvozadan onam chiqib keldilar.
- Askar bolam keldingmi?
- Assalom alaykum oyijon...
Onam quchib, yuzlarimdan o`pib, yelkalarimni silaganlarida mehrlarini, bo`ylarini tuydim. Ortlaridan dadam, opam, pochcham chiqib kelishdi. Dadamga salom berib qarshilarida tik turib ches berdim. Dadam fahir bilan bir lahza tikildilar va alik olib quchoq ochdilar. Dadamni quchog`iga kirgach, ko`zlarimni yumgancha, uyga yetib kelganimni chinakamiga his etdim.
- Ukajonim. -dedi, opam ham salomlashishga oshiqib.
- O`zimni opajonim... - qornilari ko`tarilib, farzant kutayotganlarini bildim, - O`ziz yaxshimisiz? Og`ir bo`lmay yuribsizmi? Qani meni erkatoy jiyanim?
- Voy jiyaning uyda, xozir chaqiraman. -dedi, opam.
Pochcham bilan salom alik qilgunimcha ichkaridan, opam uyqusurab turgan jiyanimni olib chiqdilar. Tog`asidan yotsirab turgan, jiyanimni erkalab asta qo`limga ko`tardim. Hammalari asta uy tomon siljidilar. Shu top bizdan biroz narida, bizni zavq bilan kuzatib turgan Shiringa ko`zim tushdi. Buni onam ham payqadilar.
- Shirin qizim, yur sen ham...
- Hola, biz haliroq oyim bilan alohida chiqamiz...
* * *
Birin ketin, qarindoshlar yaqin birodarlar kelib, ketib turishdi. Kelganlar meni so`roqqa tutishadi, qiziqarli voqealardan gapirib berishimni istashadi. Yoki mehmonxonaga o`rnatilgan telvizirda, hizmat davrida, yil davomida bo`lgan turli vaziyatlar videoga olingan lahvalar jamlangan diskni ko`rishadi. Yoki albomlarimni varoqlashadi. Vaqti-vaqti bilan do`slarim, chaqirib kelishadi...
Mening yuragim esa, qo`shni qiz tomon oshiqadi. U bilan bir lahza bo`lsada yolg`iz qolgim keladi. Ammo bir hafta o`tib ketsada, bunga imkon yo`q edi.
O`sha kuni, buvimlarnikiga borgandim. Uzoq o`tirib qoldim, chamasi soat 23:30 lar atrofida edi. Yolg`iz uyga qaytib kelayotgandim. Uzoqdan bo`lsada, Shirinni xonasida yongan chiroq shulasi yo`lga tushub turganini ko`rdim. Bu esa, hali u o`ringa yotmaganidan darak. Bu notog`ri bo`lsada, uni ko`rishga bo`lgan kuchli ishtiyoq, meni uni derazasi ostida borishga undadi. Taqqillatmoqchi edim, lekin yonida onasi bor bo`lsa, hijolatga qo`ymay dedim. Buni aniqlash uchun, ikkinchi qoydani buzdim va asta deraza romiga osilib ichkariga nazar tashladi. Parda ortida bo`lsada, hira sharpasidan fahimlay oldim. Farishtam qiblaga qaragancha joynomoz ustida, qo`llari duvoda edi. O`zi ohirlab qolgan ekan, ikki daqiqa o`tar-o`tmas o`rnidan turdi. Shundagina derazani uch bora ohista chertdim. Parda ortiga keldi, ammo javob qilishga shoshmadi.
- Shirin, bu men! -dedim, yana ohista chertib.
Asta pardani qiyalatib qaradi, men ekanligimga amin bo`lgach sekin derazani ochdi.
- Assalom alaykum!
- Vaalaykum assalom, sersalom qo`shni qiz, bezovta qilganim uchun kechir... -dedim, beymahalda derazasin chertganimdan o`zim hijolat bo`lib.
- Hechqisi yuq! - o`ychan termuldi, - Bemahalda qayerdan kelyabsiz?
- Daydib...
- Bir yil qishloqda bo`lmaganizni hissasini chiqayabsizmi? -dedi, kinoya qilib.
- Shunday desayam bo`ladi, qo`shni qiz.
- Men bu yurishizni yoqlamayman. - mendan havotir olib, dakki berdi, - O`zizga yarashadigan ish qiling!
- Ho`p bo`ladi...
- Endi uyga kiraqoling!
- Yo`q, - asta qo`limni cho`zib qo`lidan tutdim, - Kel biroz suhbatlashaylik...
Qo`llarini keskin tortib oldi.
- Romga osilman, bo`yog`i hali yaxshi qurimgan! -dedi.
Hayron bo`ldim, boyadan beri dimog`imni kiraska hidi qitiqlardi.
- Rom bo`yalganmi?
- Ha, - u pardani ochib xona ichini ko`rsatdi, - Uylar yaqinda remontdan chiqdi...
Tashqari devorlariga qaradim, chindan bo`yalgan ekan. Biroq men bir hafta davomida buni payqamabman.
- Kelmasizdan 2, 3 kun avval bo`yoqchilar, ishlarini tugatib chiqib ketishgandi.
- Yaxshi bo`yashdimi? Chala joylar qoldirib ketishmadimi?
- Yo`q, amakimni o`zlari bosh-qosh bo`ldilar.
- Ha, dadam qarab turgan bo`lsalar yaxshi.
Suhbat davom etyabdiyu, ammo men istagan mavzuga o`tilmayabdi. Shuni uchun to`g`ridan-to`g`ri o`zim so`rashga qaror qildim.
- Shirin...
- Hmm!
- Maktubimni o`qidingmi?
U maktubdan beyxabar insonday tajjublandi.
- Maktub! - birdan seskanib ketti, - Vooy oyim... -degancha asta parda ortiga o`tib oldi...
* * *
- Rustam uhlabsanmi o`rtoq? -dedi, Avaz.
Ko`zlarimni ochdim, hotiralarim ham birdan tarqab ketdi. Ter suv bo`lib oqardi. Parxonada to`rt kishi qolibmiz. Undan ham bitta umuman begona odam. Yonimda Avaz do`stim o`tirardi.
- Qalganlar qani? -dedim.
- Muzdek basenga tashlashyabdi. Men tushib keldim, senam chiqib kelasanmi?
- Ha...
Issiq parxonadan chiqib, muzdek suvga shung`ish yoqim holat emas, biroq tana uchun juda foydali. Lekin bu hammaga ham, tasviya etilavermaydi. Hullas qolganlarni bilmadimu, men ikki bor bassenga shung`ushni takrorladim. Baxtiyor sho`rva pishganini aytganidan so`ng, parxonadan chiqib kiyinib xammomni biqinidagi, choyxonaga o`tdik. Dasturxon yozilgan, xammanarsa tayyor. O`tirganimizdan so`ng, sho`rva tortildi. Sho`rvani tanovul qilgach, yana 2, 3 soat chaqchaqlashib o`tirdik. Kun ham allamahal bo`lib, choyxonani boshqa xonalari bo`shab ulgurgandi. Bollar turamiz-turamizga tushib qoldi. Baxtiyorga, har birimiz 200 dollardan yeg`ib bergach, tarqaldik.
Avaz bilan qishloq muyulishiga kelgan, ikkiga ayrldik. Men telefonim yoritkichini yoqib, qorong`u ko`chadan qaytarkanman, yana eski hotiralar olib keta boshladi.
* * *
Shirin oqada oyisi bizni kuzatib turgani ko`rganidan so`ng cho`chib, parda ortiga o`tib oldi. Men ortimda sharpa borligini payqab, usha tomonga o`g`rildim. Haqiqatdan ammam, menga g`azobno ko`zlarini tikib, turar edilar. Uyoqdan chiqib, yonimizga kelgunlaricha sezmabmiz.
- Amma! -bir necha sonya, bu ishimga izoqlay olmay o`ylanib qoldim, - Assalom alaykum. -dedim, nihoyat salomlashishga jazib etib.
- Va`alaykum... - ortlariga qaytdilar va buyruq ohangida: - Buyoqqa yur! -dedilar.
Indamay ortlaridan ergashdim, xovliga kirdik. Zina yonida to`xtadilar.
- Shirin, buyoqqa chiq...
Shirin boshini quyu solgancha xonasidan chiqib keldi.
- Oralaringda nima bor? -dedilar ikkimizga bir-bir qarab.
Men Shiringa qaradim, Shirin esa: hechnarsa yo`q degin, degandek iltijoli boqib, salgina bosh chayqadi. Uning bu ishorasidan, hayron qoldim, biroq ammamga javob qaytarishga shoshmadim.
- Rustam rostini ayt o`g`lim, qizlarim sen uchun kim? -dedilar, sabirsizlik bilan ikkinchi savolga o`tdilar ammam.
Bu savollari ham javobsiz qoldi. Ammam esa, halatlari cho`ntagidan o`sha men yozgan maktubni oldilar.
- Bu maktub Shiringa atalganmi? Ayt o`g`lim, bu maktubda nimalarni yozgansan? Qizlarimga singlingday qaraysan-a? To`g`rimi o`g`lim gapir? Shirin bilan oralaringda hechnarsa yo`g`aaa? -ammamning bunchalik, havotir bilan menga savollar yog`dirib tashlashlari, meni ko`nglimni g`ash qila boshladi, - Gapir o`g`lim nega jim turibsan?
- Biz Shirin bilan... Men Shirinni...
- Shirinni singlingday ko`rasan-a? - ammam so`zimni ilib ketdi, - Hovotir olmang, qizlariz men uchun opa-singlimday degin!
Men hamon tushuna olmasdim, ammam mendan nima istayotganini.
- Rustam o`g`lim. Shirinni chaqaloqlik paytida dadasi rahmatlini yaqin do`stlarini o`g`liga atab unashtirib qo`ygandik, ko`p vaqt bo`lmadi ulardan sovchilar kelib, to`yni belgilab ketishdi...
Ammamni bu so`zlardan keyin o`zimni go`yo devorni tagida qolgan insonday his qildim, biroq barcha og`riq qalbimda kechdi.
- Nima? Shirinni turmushga uzatasizmi?!
- Ha, albatta Shirinni bo`lg`usi eri, hozir chetilda. O`qishini tugatib ishga tushgan. Kelsa, bahorda to`ylarini qilamiz... - ammam qo`llarimni ushlab oldilar, - O`tinib so`rayman o`g`lim; sizni g`aflatda qoldirmadim, qiziz bilan oramizda hechnarsa yo`q degin?..
Bir Shiringa, bir onasiga qarayman. Shirin boshini quyi solgancha jim turaveradi. Ammam esa bizni munosabatlarimizni allaqochon sezganlar. Lekin erlarini ahti tufayli, o`zlari aytayotgan yolg`onni, biz ham tastiqlashimizni yani oramizda hechnarsa yo`qligini, o`z og`zimiz bilan aytishimizni istayabdilar. Yo`q, shunchalar hohlayabdilarki, hatto ko`zlarida yosh miltirayabdi.
- O`g`lim gapirsangchi, yo`q degin?
Ammam erlariga shu qadar sadoqatliki, erining vadasi oldida, bizni muhabbatimizni zarracha qadiri yo`q ekan. No iloj so`zlarini tastiqlab bosh irg`adim.
- Rahmat... - ammam yeg`lab yuborgidek bo`lib yelkamdan quchdilaru, chakkamdan o`pib, qo`limga maktubni tutqazdilar, - Shirin hali buni